08.07.2022 yildagi SQ-564-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2021-yil yakunlari boʻyicha ijrosi toʻgʻrisidagi hisoboti haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2021-yildagi ijrosi “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonun hamda global inqiroz oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari bilan belgilangan tadbirlarni muddatida va toʻliq amalga oshirishga yoʻnaltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda 2021-yilda muvofiqlashtirilgan fiskal va monetar siyosat natijasida yalpi ichki mahsulot (YIM) 7,4 foizga oʻsgan. YIM hajmi 734 trln 600 mlrd soʻmni, jumladan uning tarkibida xizmatlar 35,7 foizni, qishloq xoʻjaligi 25,0 foizni, sanoat 28,5 foizni, qurilish sohasi 6,2 foizni tashkil etgan. YIM tarkibida qoʻshilgan qiymat 681 trln 400 mlrd soʻmni tashkil etib, 7,5 foizga koʻpaygan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy oʻsishning asosiy drayverlari — sanoat va xizmatlar sohasi mos ravishda 8,7 va 9,2 foizga, qishloq xoʻjaligi 4,0 foizga hamda qurilish sohasi 6,8 foizga oʻsgan. Tashqi savdo aylanmasi 2020-yilga nisbatan 16,0 foizga oʻsib, 42 mlrd 100 mln AQSh dollarini tashkil etgan. Inflatsiya darajasi tasdiqlangan prognoz parametrlaridan past boʻlib 10 foizni tashkil qildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erishilgan makroiqtisodiy koʻrsatkichlar va samarali fiskal siyosat natijasida Davlat budjeti daromadlari 164 trln 799 mlrd soʻmni tashkil etib, belgilangan 147 trln 688 mlrd soʻm prognoz 111,6 foizga bajarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti xarajatlari 188 trln 257 mlrd soʻmni yoki YIMga nisbatan 25,6 foizni tashkil etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan qariyb 92 trln 14 mlrd soʻm, yaʼni jami xarajatlarning 48,9 foiziga teng yoki YIMga nisbatan 12,5 foiz miqdorida mablagʻlar ajratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya xarajatlarini moliyalashtirishga Davlat budjeti jami xarajatlarining 15,9 foizi yoki 29 trln 900 mlrd soʻm miqdorida mablagʻ sarflangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti taqchilligi 40 trln 800 mlrd soʻmni yoki YIMga nisbatan 5,6 foizni tashkil etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida mahalliy budjetlarning daromadlar qismi prognozga nisbatan 119 foizga bajarilgan yoki 35 trln 200 mlrd soʻmni, xarajatlar qismi esa 65 trln 534 mlrd soʻmni tashkil etib, 111 foizga ijro etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika budjetiga soliq tushumlari boʻyicha belgilangan prognozdan ortiqcha tushirilgan 3 trln 368 mlrd soʻm mablagʻlar mahalliy budjetlarga oʻtkazib berilib, mahalliy budjetlarda 8 trln 500 mlrd soʻmlik qoʻshimcha manba shakllantirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, mobil aloqa xizmati va alkogol mahsulotlari uchun aksiz soligʻi tushumlaridan tegishli ravishda 2 trln 804 mlrd soʻm mablagʻ mahalliy budjetlarga oʻtkazib berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, mahalliy budjetlarga respublika budjetidan 10 trln 443 mlrd soʻm miqdorda tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun 2021-yilda 407 mlrd 100 mln soʻm yoʻnaltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtkazilgan tahlil va oʻrganishlar Davlat budjeti daromadlari hamda xarajatlari ijrosini taʼminlashda, budjet mablagʻlaridan samarali va maqsadli foydalanishda ayrim kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligini koʻrsatdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 28-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2020-yil yakunlari boʻyicha ijrosi toʻgʻrisidagi hisoboti haqida”gi SQ-295-IV-sonli Qarorida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi tushumlarini gʻaznachilik tizimi orqali avtomatlashgan holda yuritish amaliyotini yoʻlga qoʻyish nazarda tutilgan boʻlsa-da, ijrosi toʻliq taʼminlanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjetga boqimanda qarzdorlik 2022-yil 1-yanvar holatiga 2021-yilning mos davriga nisbatan 1,7 baravarga oshib, 3 trln 55 mlrd soʻmni tashkil etgan. Bu koʻrsatkich Navoiy viloyatida 2,0 baravar, Samarqand viloyatida 1,8 baravar, Sirdaryo viloyatida va Toshkent shahrida 1,7 baravar, Jizzax viloyatida 1,5 baravar hamda Qashqadaryo viloyatida 1,4 baravar, yirik soliq toʻlovchilarning soliq qarzi esa 3,5 baravar oʻsgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjetga ortiqcha toʻlangan soliqlar miqdori oʻtgan yilga (150 mlrd 700 mln soʻm) nisbatan 45 mlrd soʻmga qisqargan boʻlsa-da, umumiy qarzdorlik (105 mlrd 700 mln soʻm) yuqoriligicha qolgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, ortiqcha toʻlangan soliqlar Toshkent shahrida 46 mlrd 300 mln soʻmni, Fargʻona viloyatida 10 mlrd 400 mln soʻmni, Toshkent viloyatida 10 mlrd soʻmni tashkil qilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, 2022-yil 1-yanvar holatiga 627 mlrd 900 mln soʻmlik ortiqcha (notoʻgʻri) soliq toʻlovlari gʻaznachilik organlari tomonidan belgilangan muddatlarda qaytarilmaganligi oqibatida mahalliy budjetlar prognoz koʻrsatkichlarining 88,0 mlrd soʻmga (shakllangan qoʻshimcha daromadning 2,1 foizi) ortiqcha bajarilishiga olib kelgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Qashqadaryo viloyati mahalliy budjeti qoʻshimcha daromadlarining 17,0 mlrd soʻmi yoki 7,9 foizi oʻz vaqtida qaytarilmagan toʻlovlardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi tomonidan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning hisoblanishi va tushumi toʻgʻrisidagi hisobotlarning shakllari hamda ularni taqdim etish muddatlari ishlab chiqilmagan hamda Ichki ishlar vazirligi IHXB tomonidan 1 trln 58 mlrd soʻmlik jarimalar toʻliq undirilmagan. Buning natijasida Davlat budjetiga atigi 227 mlrd 100 mln soʻm ajratma qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturlari doirasida hokimliklar tomonidan yer uchastkalari oʻz vaqtida elektron auksion (“E-IJRO AUKSION”)ga joylashtirilmagani, uy-joylarni qurish yakuniga yetkazilmagani oqibatida aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan 2 trln 28 mlrd soʻm miqdoridagi mablagʻlarning 597 mlrd 500 mln soʻmi yoki 29,5 foizigina oʻzlashtirilgan, xolos.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat qarzi kelishuvlari boʻyicha qayta kreditlash shartnomalari orqali kredit mablagʻlari toʻlovlari doirasida 264 ta subqarz kelishuvi boʻyicha solishtirma dalolatnomalar tuzilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan qarz mablagʻlari uchun 8 ta oʻz kuchini yoʻqotgan qaror boʻyicha 82 mlrd 200 mln soʻmlik toʻlovlar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3 ta kelishuv boʻyicha Moliya vazirligi oldidagi 156 mlrd 400 mln soʻm muddati oʻtgan debitor qarzdorlik yuzasidan solishtirma dalolatnomalar tuzilmagan hamda qarzdorlikni undirish choralari koʻrilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tashqi qarzi hisobiga yakunlangan baʼzi loyihalar kechiktirib bajarilgan va oxiriga yetkazilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini hamda iqtisodiyotni rivojlantirish loyihalari doirasida imzolangan shartnomalarning ijrosida ham kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim loyihalar boʻyicha tuzilgan shartnomalar qiymati asossiz ravishda oshirilgan va muddati uzaytirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, Hisob palatasi tomonidan 2 ta investitsiya loyihasi samarasiz deb topilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, 2022-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan davlat kafolati berilgani uchun 32 ta bitim boʻyicha 4,7 mln AQSh dollari miqdorida muddati oʻtgan toʻlovlar undirilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining daromadlar prognoz koʻrsatkichlarini oʻzgartirish yuzasidan tegishli qarorlari qabul qilinmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, hisobot davrida mahalliy budjetlarning daromadlar prognoz koʻrsatkichlarini 812 mlrd 400 mln soʻmga kamaytirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilinmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, Andijon, Buxoro, Namangan, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi 32 ta tuman (shahar) mahalliy budjetlarida notoʻgʻri shakllantirilgan qoʻshimcha daromad manbalari hisobidan 10 mlrd 425 mln soʻmlik xarajatlar amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, moliya va gʻaznachilik organlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasining 6 ta tuman (shahar) mahalliy budjetlarida notoʻgʻri ajratmalar oʻz vaqtida tuzatilmaganligi natijasida shakllangan daromadlarning prognozdan orttirib bajarilgan qismidan 3 mlrd 124 mln soʻmlik manbasi aniq boʻlmagan xarajatlar amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjet kodeksining mahalliy budjetlarda shakllangan qoʻshimcha manbalaridan tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining qarorlari asosida foydalanish talabiga Namangan (11 ta holatda 6,2 mlrd soʻm), Fargʻona (23 ta holatda 3,7 mlrd soʻm) va Jizzax (31 ta holatda 1,7 mlrd soʻm) viloyatlarida rioya etilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, markazlashgan ichimlik suvi tarmogʻiga ulanish, umumtaʼlim maktablari va ichki yoʻllarni taʼmirlash koʻrsatkichlari past boʻlishiga qaramasdan, Fargʻona (20,6 mlrd soʻm), Namangan (19,9 mlrd soʻm), Buxoro (9,0 mlrd soʻm) va Jizzax (7,8 mlrd soʻm) viloyatlarida mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan hokimliklar xodimlarining oylik ustamalari va ragʻbatlantirish xarajatlari moliyalashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjet intizomiga rioya etilishi va budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi yuzasidan oʻtkazilgan 7 133 ta moliyaviy nazorat tadbirining 5 380 tasida yoki 75 foizida (122 mlrd 800 mln soʻmlik kamomad, 949 mlrd 300 mln soʻmlik noqonuniy xarajat) moliyaviy xato-kamchiliklar aniqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, bunday holatlar Xalq taʼlimi (24 mlrd 945 mln soʻm), Sogʻliqni saqlash (29 mlrd 655 mln soʻm), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim (24 mlrd 848 mln soʻm), Madaniyat (5 mlrd 710 mln soʻm) vazirliklari tizimida kuzatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xaridlari sohasida yetarli darajada nazorat oʻrnatilmaganligi oqibatida davlat buyurtmachilari tomonidan xaridlarning raqobatli usullarini chetlab oʻtgan holda qonunchilikka zid ravishda toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar tuzish, yuqori narxlarda xaridlarni amalga oshirish, belgilangan tartibda hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazmaslik holatlariga yoʻl qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan sanoat yarmarkalari va elektron kooperatsiya birjasi portali orqali 27 ta holatda 10 mlrd soʻmlik savdolar amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax (13 ta holatda 2 mlrd soʻmlik), Namangan (10 ta holatda 2 mlrd soʻmlik) va Fargʻona (21 ta holatda 617 mln) viloyatlarida tovarlarni yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar gʻaznachilik boʻlimlarida roʻyxatdan oʻtkazilmagan, ammo sud qarorlariga asosan toʻlovlar amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash, Suv xoʻjaligi vazirliklari va Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining budjet mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻliq faoliyatining maqsadli indikatorlari ijrosida ham ayrim kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Suv xoʻjaligi sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish dasturi doirasida Qashqadaryo viloyatidagi Chimqoʻrgʻon va Pachkamar, Samarqand viloyatidagi Kattaqoʻrgʻon, Surxondaryo viloyatidagi Janubiy Surxon va Fargʻona viloyatidagi Karkidon suv omborlarida nazorat-oʻlchash uskunalari hamda xabar berish tizimlarini joriy qilish uchun hududiy moliya bosh boshqarmalari tomonidan mablagʻlar ajratilmagan hamda maqsadli indikatorlar bajarilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqarish quvvatlarini yangilash va umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini ekspluatatsiya qilish dasturi doirasida umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida oʻlchov tarozilarini oʻrnatish uchun 150 mlrd soʻm miqdorida mablagʻ oʻzlashtirilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2021-yil yakunlari boʻyicha ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotini eshitib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 3210-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2021-yil yakunlari boʻyicha ijrosi toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Moliya vazirligiga davlat tashqi qarzi hisobiga amalga oshirilayotgan loyihalar samaradorligining pastligi, shuningdek, davlat xaridlari sohasida qonunchilik hujjatlariga rioya etilmayotganligi, mahalliy budjetlarda shakllantirilgan qoʻshimcha manbalardan maqsadli sarflanishi ustidan yetarli darajada nazorat oʻrnatilmayotganligi koʻrsatib oʻtilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi joriy yilning 1-avgustiga qadar Davlat budjetining 2021-yildagi ijrosi jarayonida yoʻl qoʻyilgan xato-kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin. Shu bilan birga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot davrida budjet mablagʻlarining noqonuniy sarflanishiga yoʻl qoʻygan vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining masʼuliyatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlarining raqobatli usullarini chetlab oʻtgan holda mahalliy budjetlarda shakllangan qoʻshimcha manbalar hisobidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining qarorlarisiz toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar tuzishga yoʻl qoʻygan Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari va moliya bosh boshqarmalari boshliqlarining faoliyatini tanqidiy oʻrganib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, Andijon, Buxoro, Namangan, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi jami 32 ta tuman (shahar) mahalliy budjetlarida notoʻgʻri shakllantirilgan qoʻshimcha daromad manbalari hisobidan xarajatlarni amalga oshirgan mansabdor shaxslarning javobgarlik masalasini hal qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida olinadigan tashqi qarzning cheklangan hajmlariga toʻliq amal qilish hamda ular hisobiga amalga oshirilayotgan xarajatlarning maqsadli ishlatilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2022-yildagi ijrosi holati, jumladan ijtimoiy sohaga Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlarining ajratilishi, muddatida hamda maqsadli sarflanishi yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining hisobotlarini har chorak yakunida Vazirlar Mahkamasi Rayosatida eshitish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qaror ijrosi yuzasidan umumiy nazorat oʻrnatsin hamda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha 2022-yilning 1-sentabriga qadar Oliy Majlis Senatiga umumlashtirilgan axborot taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti barqarorligini taʼminlagan holda budjet tashkilotlari va budjetdan mablagʻ oluvchilarning Davlat budjetida koʻzda tutilgan xarajatlar oʻz vaqtida moliyalashtirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet mablagʻlaridan maqsadli, samarali foydalanish boʻyicha dastlabki hamda joriy nazoratni olib borish yuzasidan taʼsirchan choralar ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashabbusli budjetlashtirish jarayoni boʻyicha gʻolib deb topilgan loyihalar ijrosi ustidan doimiy nazorat olib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻaznachilik tizimida davlat boji, yigʻimlar va boshqa majburiy toʻlovlarni avtomatlashgan holda ajratish tartibini ishlab chiqsin hamda barcha vazirlik va idoralarga nisbatan toʻliq qoʻllanishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xaridlar shaffofligini taʼminlash maqsadida korporativ buyurtmachilarning elektron kooperatsiya portalida tuzgan shartnomalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni maxsus axborot portaliga (xarid.uz) avtomatik yuborish hamda ushbu portallar oʻrtasida integratsiya tizimini taʼminlash choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat buyurtmachilari tomonidan elektron savdolarda tuzilgan shartnomalar boʻyicha toʻlovlar Hisob-kitob kliring palatasida harakatsiz va samarasiz band qilinishining oldini olishga qaratilgan qonunchilik hujjatlarini takomillashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjet kodeksiga xalqaro moliya institutlaridan yoki xalqaro obligatsiyalarni joylashtirishdan jalb qilingan mablagʻlarning Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarda aks ettirilishini nazarda tutuvchi normalarni kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jalb qilingan qarz mablagʻlari yuzasidan muddati oʻtgan debitor qarzdorlikni undirish choralarini koʻrish, shuningdek, davlat kafolati berilgan bitimlar boʻyicha muddati oʻtgan toʻlovlar undirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy intizom va nazoratni kuchaytirish, ichki audit tizimini mustahkamlash, noqonuniy xarajatlar, kamomadlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha zarur choralar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan prognozlarga mos ravishda soliq turlari boʻyicha budjetga tushumlarni toʻliq taʼminlash, soliq va toʻlovlar boʻyicha daromadlarni koʻpaytirish hamda qoʻshimcha manbalarni aniqlash, shuningdek, budjetga toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlarning yigʻiluvchanlik darajasini oshirish, yuridik shaxslarning Davlat budjeti oldidagi qarzdorligini qisqartirish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda Budjetdan tashqari davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasining hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlar hisobidan qonunchilikda belgilangan taqsimot meʼyorlari asosida Davlat budjetiga tushumlar ustidan nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi budjet intizomiga rioya etilishi va budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi yuzasidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlari va jinoyat ishlari jarayonida aniqlangan kamomad, moliyaviy xato-kamchiliklarning tizimli kelib chiqish holatlarini tahlil qilib, ularni oldini olish va bartaraf etish boʻyicha amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tumanlar va shaharlar hokimlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti mablagʻlaridan foydalanishda asossiz va maqsadsiz ortiqcha xarajatlarga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarning faoliyatini tanqidiy koʻrib chiqib, kelgusida shu kabi salbiy holatlarning oldini olish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy budjetlar qoʻshimcha mablagʻlarining tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari qarorlari asosida sarflanishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar hamda tumanlar va shaharlar Kengashlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli mahalliy budjetlarning daromadlari prognoz koʻrsatkichlarini kamaytirish va mos ravishda tegishli budjetlar xarajatlarini balanslashgan holda saqlash yuzasidan oʻz vaqtida qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlar, muassasalarning mahalliy budjetlar hisobidan xarajatlarini amalga oshirishda moliyalashtirish manbasi aniq boʻlmagan tadbirlar uchun mablagʻ ajratish holatlariga barham berish yuzasidan tegishli choralar koʻrib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi (E. Gadoyev) zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 8-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SQ-564-IV-son