28.05.2021 yildagi SQ-295-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2020-yil yakunlari boʻyicha ijrosi toʻgʻrisidagi hisoboti haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2020-yildagi ijrosi “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonun va koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish, global inqiroz oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari bilan belgilangan tadbirlarni muddatida va toʻliq amalga oshirishga yoʻnaltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yilda jahon iqtisodiyoti 4,3 foizga, jumladan rivojlangan davlatlar iqtisodiyoti 5,4 foizga, bozor iqtisodiyotiga oʻtayotgan hamda rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyoti 2,6 foizga qisqarganiga qaramasdan, Oʻzbekistonda ijobiy iqtisodiy oʻsish surʼati saqlab qolinishiga erishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimiz iqtisodiyoti 2020-yilda 2019-yilga nisbatan 1,6 foizga oʻsib, YAIM hajmi 580 trln 203 mlrd soʻmni tashkil etgan, bunda yalpi qoʻshilgan qiymat tarkibida xizmatlar 36,3 foizga (2019-yilda 36,1 foizga), qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida 28,2 foizga (28,0 foizga), sanoatda 28,5 foizga (29,3 foizga), qurilish sohasida 7,0 foizga (6,6 foizga) yetgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyaviy faollikning pasayishi kuzatilib, asosiy kapitalga nisbatan oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi 2019-yilga qaraganda 8,2 foizga qisqarib, 202 trln soʻmni tashkil etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi savdo aylanmasi 2019-yilga nisbatan 13,1 foizga kamayib, 36 mlrd 299 mln AQSH dollariga yetgan. Bunda eksport 13,4 foizga, import esa 12,8 foizga qisqargan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inflyatsiya darajasi tasdiqlangan prognoz parametrlaridan past boʻlib, 11,1 foizni tashkil etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti daromadlari 132 trln 938 mlrd soʻmni tashkil etib, belgilangan 128 trln 745 mlrd soʻm prognoz 103,3 foizga bajarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti xarajatlari 144 trln 142 mlrd soʻmni yoki YAIMga nisbatan 24,8 foizni tashkil etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy budjetlar daromadlari 27 trln 703 mlrd soʻmni tashkil etib, ushbu budjetlar ixtiyorida prognozdan tashqari 2 trln 727 mlrd soʻm mablagʻ qolgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy budjetlar xarajatlari rejaga nisbatan 104,8 foizga ijro etilib, 47 trln 191 mlrd soʻmni tashkil etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika budjetiga soliq tushumlari boʻyicha belgilangan prognozdan ortiqcha tushirilgan 1 trln 361 mlrd soʻm mablagʻ ham mahalliy budjetlarga oʻtkazib berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy budjetlarga respublika budjetidan jami 2 trln 691 mlrd soʻm yoʻnaltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan 74 trln 231 mlrd soʻm, yaʼni jami xarajatlarning 51,5 foiziga teng yoki YAIMga nisbatan 12,8 foiz miqdorida mablagʻ berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya xarajatlarini moliyalashtirishga Davlat budjeti jami xarajatlarining 13,1 foizi yoki 18 trln 844 mlrd soʻm mablagʻ sarflangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti taqchilligi 11 trln 204 mlrd soʻmni tashkil etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti daromadlari va xarajatlari ijrosini taʼminlash, budjet mablagʻlaridan maqsadli, samarali foydalanishda kamchiliklarga ham yoʻl qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetiga soliq qarzi 11 trln 180 mlrd soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilga (8 trln 651 mlrd soʻmga) nisbatan 22,6 foizga yoki 2 trln 528 mlrd soʻmga oʻsgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Fargʻona, Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida soliq qarzi (132 mlrd soʻmdan — 579 mlrd soʻmgacha) oʻsgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjetga ortiqcha toʻlangan soliqlar miqdori oʻtgan yilga (1 trln 235 mlrd soʻm) nisbatan 395 mlrd soʻmga yoki 32 foizga qisqargan boʻlsa-da, (841 mlrd soʻm) yuqoriligicha qolgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasida ortiqcha toʻlangan soliqlarni qaytarish yoki hisobga olish yuzasidan taqdim etilgan arizalarning hisobini yuritish boʻyicha axborot tizimi mavjud emasligi oqibatida 14 359 ta xoʻjalik yurituvchi subyektning 33 mlrd 642 mln soʻmlik ortiqcha toʻlagan soliqlari qaytarib berilmagan yoki ularga foizlar hisoblanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi gʻaznachilik tizimida davlat boji, yigʻimlar va boshqa majburiy toʻlovlarni avtomatlashgan holda ajratish tartibi barcha vazirlik va idoralarga joriy etilmagani tufayli Davlat budjetiga daromadlarni toʻliq kirim qilish taʼminlanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank tomonidan 39 mlrd 74 mln soʻmlik soliq Davlat budjetiga toʻlab berilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjet intizomiga rioya etilishi va mablagʻlardan maqsadli foydalanish yuzasidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan 246 mlrd soʻmlik noqonuniy xarajatlarning faqat 169 mlrd soʻmi (69%) budjetga qaytarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Noqonuniy xarajatlar 2019-yilga nisbatan Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tizimida 8,5 barobarga, Xalq taʼlimi vazirligi tizimida 3,2 barobarga, Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida 2,9 barobarga, Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida 2 barobarga oshgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat, Suv xoʻjaligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi, Turizm va sport hamda Qishloq xoʻjaligi vazirliklari tizimida yirik miqdorda (2 mlrd soʻmdan — 6 mlrd 800 mln soʻmgacha) noqonuniy xarajatlar aniqlangan. “Oʻzbekkino” milliy agentligida 17 mlrd 900 mln soʻmlik qonun buzilish holatiga yoʻl qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qashqadaryo, Andijon, Surxondaryo Fargʻona, Toshkent, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Namangan, Xorazm viloyatlari, Toshkent shahar hokimliklari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan (6 mlrd 200 mln soʻmdan-26 mlrd soʻmgacha) hamda hududiy obodonlashtirish boshqarmalari, “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari tomonidan (3 mlrd 500 mln soʻmdan — 8 mlrd 400 mln soʻmgacha) yirik miqdorda noqonuniy xarajatlar amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy budjetlar ijrosini taʼminlashda ham mablagʻlarning noqonuniy sarflanishi holatlari aniqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismidan budjetga oʻtkazilgan ortiqcha toʻlovlar chegirib tashlanmasdan xarajatlarning amalga oshirilishi natijasida 95 mlrd 700 mln soʻmlik manbasiz xarajatlar yuzaga kelgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy Kengashlar tomonidan budjet daromadlari turlarining budjetlararo notoʻgʻri taqsimlanishi natijasida Qonunda belgilangan daromadlar taqsimoti buzilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bankrotlikning soddalashtirilgan tamoyillari asosida 2019-2020-yillarda 184 nafar sud boshqaruvchisi tomonidan bankrotlik ishi yuritilgan korxona va tashkilotlar soni 9 844 ta boʻlib, shundan 9 756 tasi tugatilgan va davlat reyestridan chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bankrotlik ishlarini yuritishda tugatilayotgan korxona va tashkilotlarning budjet oldidagi qarzlarini (1 trln 200 mlrd soʻm) undirish darajasi 0,07 foizni tashkil etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bankrotlikning soddalashtirilgan tamoyillari asosida 2019-2020-yillarda amalga oshirilgan tugatish ishlari uchun sud boshqaruvchilariga hisoblangan mukofot puli 44 mlrd soʻmni tashkil etgani holda bankrotlik ishlarini yuritish natijasida budjetga undirilgan (1 mlrd 200 mln soʻm) xarajatlarni qoplash samaradorligi 37 baravar past boʻlgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2020-yil yakunlari boʻyicha ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotini eshitib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 3210-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2020-yil yakunlari boʻyicha ijrosi toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetining 2020-yildagi ijrosi jarayonida yoʻl qoʻyilgan xato-kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin hamda budjet mablagʻlarining noqonuniy sarflanishiga yoʻl qoʻygan vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari mansabdor shaxslari masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2021-yildagi ijrosi holati, jumladan ijtimoiy sohaga Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlarining ajratilishi, muddatida hamda maqsadli sarflanishi yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining hisobotlarini har chorak yakuni bilan Vazirlar Mahkamasi Rayosatida eshitib borish amaliyotini joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankrotlik taomillarini qoʻllashda barcha kreditorlar, shu jumladan Davlat budjeti manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish va ilgʻor xorijiy tajribalardan foydalangan holda bankrotlik sohasida munosabatlar samaradorligini taʼminlash maqsadida amaldagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida olinadigan tashqi qarzning cheklangan hajmlariga toʻliq amal qilinishini hamda ular hisobiga amalga oshirilayotgan xarajatlarning maqsadli ishlatilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari hisobidan moliyalashtirilishi belgilangan loyihalar uchun mablagʻlarning muddatida ajratilishi hamda maqsadli ishlatilishini nazoratga olsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror ijrosi yuzasidan umumiy nazorat oʻrnatsin hamda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha 2021-yilning 5-avgustiga qadar Oliy Majlis Senatiga umumlashtirilgan axborot taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti barqarorligini taʼminlagan holda budjet tashkilotlari va budjetdan mablagʻ oluvchilarning Davlat budjetida koʻzda tutilgan xarajatlarini oʻz vaqtida moliyalashtirishni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezident-yuridik shaxslarga beriladigan budjet ssudalarining foiz stavkalarini Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan kam boʻlmagan miqdorda belgilash yuzasidan Budjet kodeksiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet tashkilotlari va budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan budjet mablagʻlaridan maqsadli, samarali foydalanish boʻyicha dastlabki hamda joriy nazoratni olib borish yuzasidan taʼsirchan choralar ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda gʻaznachilik tizimida davlat boji, yigʻimlar va boshqa majburiy toʻlovlarni avtomatlashgan holda ajratish tartibini ishlab chiqsin hamda barcha vazirlik va idoralarga nisbatan toʻliq qoʻllanishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy intizom va nazoratni kuchaytirish, ichki audit tizimini mustahkamlash, noqonuniy xarajatlar, kamomadlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha zarur choralar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan parametrlarga mos ravishda soliq turlari boʻyicha budjetga tushumlarni toʻliq taʼminlash, soliq va toʻlovlar boʻyicha daromadlarni koʻpaytirish hamda qoʻshimcha manbalarni aniqlash, shuningdek, budjetga toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlarning yigʻiluvchanlik darajasini oshirish yuzasidan tegishli choralarni koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-iyulga qadar yuridik shaxslarning Davlat budjeti oldidagi qarzdorligi qisqartirilishini, shuningdek, mahalliy budjetlarga hisoblangan qoʻshimcha daromadlar undirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-sentabrga qadar soliq toʻlovchilar tomonidan ortiqcha toʻlangan soliq summasini qaytarish yoki hisobga olish yuzasidan taqdim etilgan arizalarning hisobini yuritish boʻyicha axborot tizimini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi Barqaror rivojlanish milliy maqsadlar va vazifalarda belgilangan koʻrsatkichlarning (indikatorlarning) bajarilishi boʻyicha tahliliy maʼlumotlarni yil yakuniga qadar Oliy Majlis Senatiga har chorakda kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tumanlar va shaharlar hokimlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti mablagʻlaridan foydalanishda asossiz va maqsadsiz ortiqcha xarajatlarga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarning faoliyatini tanqidiy koʻrib chiqib, kelgusida shu kabi salbiy holatlarning oldini olish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy budjetlar qoʻshimcha mablagʻlarining tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari Kengashlari qarorlari asosida sarflanishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan xarid qilingan tovar hamda xizmatlar, qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilayotgan obyektlar roʻyxati va qurilish-taʼmirlash ishlarining moliyalashtirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rasmiy veb-saytlarida joylashtirib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar hamda tumanlar va shaharlar Kengashlariga tashkilotlar, muassasalarning mahalliy budjetlar hisobidan xarajatlarni amalga oshirishlarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyalashtirish manbasi aniq boʻlmagan tadbirlar uchun mablagʻ ajratish holatlariga barham berish yuzasidan tegishli choralar koʻrib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bajariladigan ishlarni tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari va ekspertiza xulosalarisiz hamda loyiha-smeta hujjatlarini qurilish-montaj ishlari bilan bir vaqtda tayyorlash jarayonining natijadorligi masalasini Kengash majlislarida muhokama qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudratchi (loyihachi) tashkilotlarni belgilangan tartibda tender oʻtkazmasdan tanlab olishning oldini olish yuzasidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi (E. Gadoyev) zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 28-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SQ-295-IV-son