18.07.2022 yildagi PQ-323-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.07.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida xotin-qizlarning taʼlim olishlarini qoʻllab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim tashkilotlarida tahsil olish istagidagi xotin-qizlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning ilmiy salohiyati va malakasini tizimli oshirib borishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-87-son Farmoniga muvofiq, 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab respublikadagi barcha xususiy, xorijiy va davlat oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shaklida xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt asosida tahsil olishi uchun imtiyozli shartlarda taʼlim kreditlarini moliyalashtirish maqsadida tijorat banklariga Davlat budjetidan mablagʻ ajratishning yangi tizimi joriy etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari Moliya vazirligi tomonidan joylashtiriladigan depozit mablagʻlari hisobidan taʼlim kreditlarini 14 foiz stavkada ajratadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim krediti boʻyicha foiz stavkalarini soʻndirish Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan, ularni tijorat banklariga toʻlash orqali amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim kreditini rasmiylashtirishda va uning qaytarilishida talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishiga ruxsat etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan tijorat banklarining soʻrovlariga asosan kelgusida 14 foiz stavkada taʼlim krediti ajratish uchun ularga 10 foiz stavkada depozit mablagʻlari joylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma tomonidan taʼlim kreditlari uchun tijorat banklariga zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlash va nazorat qilish maqsadida Jamgʻarmaga 1 ta Maktabgacha taʼlim vazirligi shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan va 1 ta Moliya vazirligining umumiy shtat birliklari doirasida jami 2 ta shtat birligi ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt asosida oʻqishi uchun taʼlim kreditlarini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Moliya vazirligi Jamgʻarmaga 2022-yilda mablagʻlarning Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari, budjetni qoʻllab-quvvatlash uchun jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining kreditlari, suveren xalqaro obligatsiyalarni chiqarish va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ajratilishini, 2023-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov hamda moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 18-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-323-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi “Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini soddalashtirish hamda pensiya va nafaqalarni yetkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5102-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisidagi “2022-yil 1-iyuldan” soʻzlari “2023-yil 1-yanvardan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 1-ilovaning 28-pozitsiyasi “Amalga oshirish muddatlari” ustunidagi “2022-yil iyul” soʻzlari “2023-yil yanvar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-iyuldagi “Oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5203-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qaror nomlanishi va muqaddimasidagi “Oliy taʼlim” soʻzlari “Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“1. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab respublikadagi barcha oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shaklida toʻlov-kontrakt asosida tahsil olish uchun taʼlim krediti ajratishning yangi tizimi yoʻlga qoʻyilsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshi “oila aʼzolari” soʻzlaridan keyin “va boshqa uchinchi shaxslar” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi “Oliy taʼlim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun taʼlim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 527-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qaror nomlanishi, muqaddimasi hamda 1-bandi birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “oliy taʼlim” soʻzlari “oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “oliy” soʻzidan keyin “, oʻrta maxsus va professional” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“respublikadagi oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari, shu jumladan xususiy va xorijiy oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari hamda ularning filiallari talabalariga kontrakt toʻlovlari uchun kredit ajratish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizomning nomidagi “oliy” soʻzidan keyin “, oʻrta maxsus va professional” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan taʼlim muddati bir yil va undan ortiqni tashkil etuvchi barcha oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari (davlat, nodavlat oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari)da (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkiloti) va qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shaklida toʻlov-kontrakt asosida tahsil olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan taʼlim kreditlarini (keyingi oʻrinlarda — taʼlim kreditlari) ajratish va ularni qaytarish tartibini belgilaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Taʼlim kreditlari tijorat banklari tomonidan taʼlim tashkilotlari bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shaklida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek oʻqishini koʻchirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan talabalarga (keyingi oʻrinlarda — kredit oluvchi) beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi “vasiylari” soʻzi “boshqa uchinchi shaxslar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidagi “Oliy taʼlim tashkilotida” soʻzlari “Taʼlim tashkilotida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “oliy taʼlim tashkilotiga” va “oliy taʼlim tashkilotida” soʻzlari tegishincha “taʼlim tashkilotiga” va “taʼlim tashkilotida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-bandidagi “oliy” soʻzi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-bandidagi “Oliy taʼlim tashkilotlari” soʻzlari “Taʼlim tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-bandining “b” kichik bandi, 21-bandining birinchi xatboshisi va 23-bandidagi “oliy” soʻzi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “oliy taʼlim tashkilotlariga” soʻzlari “taʼlim tashkilotlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 27.05.2024-y., 06/24/82/0372-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)