O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASh DAVLAT QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI HUZURIDAGI IQTISODIY NOChOR KORXONALAR IShLARI QO‘MITASINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASh DAVLAT QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI HUZURIDAGI IQTISODIY NOChOR KORXONALAR IShLARI QO‘MITASINING
Qarori
TUGATILAYOTGAN IQTISODIY NOChOR QURILISh TAShKILOTLARINING QURILISh TEXNIKASI, TRANSPORT VOSITALARI VA KIChIK MEXANIZATSIYA VOSITALARI, ShUNINGDEK MOL-MULKINI REALIZATSIYA QILISh NATIJASIDA KELIB TUShGAN MABLAG‘LARNI ULARNING BUDJETGA SOLIQ TO‘LOVLARI BO‘YIChA QARZLARINI QOPLASh HISOBIGA “QURILISh-LIZING” LIZING KOMPANIYASIGA BERISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 28-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1476]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2019-yil 23-avgustdagi 360-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1476-1, 23.08.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 23-oktabrdagi “Kapital qurilishda ijara va lizing xizmatlari tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 462-sonli qarorining 4 va 5-bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida qaror qilamiz:
1. Tugatilayotgan iqtisodiy nochor qurilish tashkilotlarining qurilish texnikasi, transport vositalari va kichik mexanizatsiya vositalari, shuningdek mol-mulkini realizatsiya qilish natijasida kelib tushgan mablag‘larni ularning budjetga soliq to‘lovlari bo‘yicha qarzlarini qoplash hisobiga “Qurilish-lizing” lizing kompaniyasiga berish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 12-aprel,
39-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 12-aprel,
2005-34-son
Davlat mulki qo‘mitasi raisi M. ASQAROV
Toshkent sh.,
2005-yil 12-aprel,
01/06-15/01-son
Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi raisi G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2005-yil 12-aprel,
GS 05/02-84-son
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasining 2005-yil 12-apreldagi 39, 2005-34, 01/06-15/01 va GS-05/02-84-son qarori bilan
“TASDIQLANGAN”
“TASDIQLANGAN”
Tugatilayotgan iqtisodiy nochor qurilish tashkilotlarining qurilish texnikasi, transport vositalari va kichik mexanizatsiya vositalari, shuningdek mol-mulkini realizatsiya qilish natijasida kelib tushgan mablag‘larni ularning budjetga soliq to‘lovlari bo‘yicha qarzlarini qoplash hisobiga “Qurilish-lizing” lizing kompaniyasiga berish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 23-oktabrdagi “Kapital qurilishda ijara va lizing xizmatlari tizimini joriy etish to‘g‘risida” 462-son qarorining 4 va 5-bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan va tugatilayotgan iqtisodiy nochor pudrat qurilish tashkilotlarining qurilish texnikasi, transport vositalari va kichik mexanizatsiya vositalari (bundan keyin — qurilish texnikasi), shuningdek mol-mulkini realizatsiya qilish natijasida kelib tushgan mablag‘larni ularning budjetga soliq to‘lovlari bo‘yicha qarzlarini qoplash hisobiga “Qurilish-lizing” kompaniyasiga (bundan keyin — Kompaniya) berish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Nizom mulkchilik shaklidan qat’i nazar, budjetga soliq to‘lovlari bo‘yicha qarzi bo‘lgan barcha tugatilayotgan iqtisodiy nochor pudrat qurilish tashkilotlariga, shu jumladan bankrot korxonalarga (bundan keyin — tugatilayotgan korxonalar) tatbiq etiladi.
2. Tugatish ishini yuritishni boshlash bilan bankrot deb e’lon qilish va tashkilotni tugatish chog‘ida tugatuvchi boshqaruvchi (tugatuvchi) qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda tugatilayotgan tashkilotning mol-mulkini inventarizatsiya qiladi va baholaydi. Unda budjetga soliq to‘lovlari bo‘yicha qarz, shuningdek navbatdan tashqari xarajatlarni va birinchi navbatning barcha talablari bo‘yicha kreditorlik qarzini so‘ndirish uchun mol-mulk mavjud bo‘lgan taqdirda tugatuvchi boshqaruvchi (tugatuvchi) kreditorlar yig‘ilishining roziligi bilan tugatilayotgan tashkilotning budjetga soliq to‘lovlari bo‘yicha qarzini so‘ndirish hisobiga Kompaniyaga beriladigan qurilish texnikasining ro‘yxati va mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan mablag‘lar summasini belgilaydi.
3. Qurilish texnikasini va tugatilayotgan tashkilot mol-mulkini realizatsiya qilishdan olingan mablag‘larning berilishini tashkil etish uchun tugatuvchi boshqaruvchi (tugatuvchi) Kompaniyaga unga qurilish texnikasini berish mumkinligi to‘g‘risida taklif yuborib, uning batafsil ro‘yxati, texnik holati va qiymatini, shuningdek tugatilayotgan tashkilotning budjetga soliq to‘lovlari bo‘yicha qarzi doirasida mol-mulkni realizatsiya qilishdan olgan mablag‘lari summasini ko‘rsatadi.
4. Kompaniya 5 kun mobaynida tugatuvchi boshqaruvchi (tugatuvchi) taklif etgan qurilish texnikasi ro‘yxatini ko‘rib chiqadi va, lizing va ijarada talabgirligi, shuningdek uning foydalanish imkoniyatini hisobga olib, tugatuvchi boshqaruvchi (tugatuvchi)ga kompaniyaga beriladigan qurilish texnikasi ro‘yxatini yuboradi.
Agar Kompaniya balansiga beriladigan qurilish texnikasi qiymatining summasi tugatilayotgan tashkilotning budjetga soliq to‘lovlari bo‘yicha qarzi summasidan yuqori bo‘lsa, tugatuvchi boshqaruvchi (tugatuvchi) Kompaniya bilan birgalikda unga doir qarz doirasida beriladigan qurilish texnikasi ro‘yxatini belgilaydi.
5. Kompaniya javobi olinganidan keyin tugatuvchi boshqaruvchi (tugatuvchi):
bir hafta ichida tugatuvchi boshqaruvchi va Kompaniya vakillaridan qabul qilish-topshirish komissiyasini tuzadi hamda Kompaniyaga topshiriladigan qurilish texnikasining qiymatini tugatilayotgan tashkilotning budjetga soliq to‘lovlari bo‘yicha qarzi summasi bilan solishtiradi, uning belgilangan tartibda aniqlangan baholash qiymatini ko‘rsatgan holda qurilish texnikasi ro‘yxati ilova qilingan qabul qilish-topshirish dalolatnomasini tuzadi va uni Kompaniyaga topshirishni tashkil qiladi. Qurilish texnikasini qabul qilish-topshirish dalolatnomasiga yuqorida ko‘rsatilgan organlarning vakillari imzo chekadi va ularning muhri bilan tasdiqlanadi;
dalolatnoma imzolanib, qurilish texnikasi topshirilganidan keyin ikki kun ichida Toshkent shahri hokimligining Moliya bosh boshqarmasiga (manzili: Toshkent shahri, GSP 700000, Movarounnahr ko‘chasi, 3-uy) ilova qilingan xat bilan birga qurilish texnikasini qabul qilish-topshirish dalolatnomasining bir nusxasini yuboradi.
6. Kompaniya qurilish texnikasi olingach bir hafta ichida Toshkent shahri hokimligining Moliya bosh boshqarmasi bilan shartnoma tuzib, unda muddatlarni va qurilish texnikasi qaytarilayotgan qiymatining summasini ko‘rsatadi.
7. Qolgan qurilish texnikasi va boshqa mol-mulkni tugatuvchi boshqaruvchi (tugatuvchi) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda realizatsiya qiladi.
8. Agar Kompaniyaga berilgan qurilish texnikasi qiymatining summasi tugatilayotgan tashkilotning budjetga soliq to‘lovlari bo‘yicha qarzi summasidan kam bo‘lsa, qolgan qurilish texnikasi va boshqa mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan mablag‘lar qolgan qarz doirasida Kompaniyaga Toshkent shahri hokimligining Moliya bosh boshqarmasi ochadigan maxsus maqsadli hisobraqamidan beriladi.
9. Tugatuvchi boshqaruvchi mol-mulk, shu jumladan tugatilayotgan tashkilotning Kompaniya talab qilmagan qurilish texnikasi realizatsiya qilinganidan keyin ikki kun ichida budjetga soliq to‘lovlari bo‘yicha qolgan qarz doirasidagi mablag‘larni Toshkent shahri hokimligi Moliya bosh boshqarmasining maxsus maqsadli hisobraqamiga o‘tkazib, ayni vaqtda Toshkent shahri hokimligining Moliya bosh boshqarmasi va Kompaniyani bundan xabardor qiladi.
10. Toshkent shahri hokimligining Moliya bosh boshqarmasi va Kompaniya tugatuvchi boshqaruvchining Moliya bosh boshqarmasi maxsus maqsadli hisobraqamiga tugatilgan tashkilotning sotilgan mol-mulkidan olingan mablag‘larni uning budjetga soliq to‘lovlari bo‘yicha qarzini so‘ndirish hisobiga o‘tkazilgani to‘g‘risida bildiruvnomasini olgandan keyin bir hafta ichida uzil-kesil shartnoma tuzib, unda muddatlar va qurilish texnikasi qaytarilayotgan qiymatining summalari va tugatilayotgan tashkilotlar mol-mulkini realizatsiya qilishdan olingan mablag‘larni ko‘rsatadi.
Toshkent shahri hokimligining Moliya bosh boshqarmasi yuqorida ko‘rsatilgan shartnoma imzolanganidan keyin ikki kun ichida Kompaniyaga tugatilayotgan tashkilot mol-mulkini realizatsiya qilishdan maxsus maqsadli hisobraqamga kelib tushgan mablag‘larni o‘tkazadi.
11. Tugatilayotgan tashkilotlarning Kompaniyaga ularning budjet oldidagi qarzini so‘ndirish hisobiga berilayotgan asosiy vositalari qiymati daromad va mol-mulk soliqlari bo‘yicha soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
12. Olingan mablag‘lar Kompaniya tomonidan faqat keyinchalik uni pudrat qurilish tashkilotlariga lizing va ijaraga berish uchungina qurilish texnikasini sotib olishga sarflanishi mumkin. Mablag‘lardan maqsadli foydalanilmagan yoki ular o‘z vaqtida qaytarilmagan taqdirda Toshkent shahri hokimligining Moliya bosh boshqarmasi ushbu mablag‘larni belgilangan tartibda Toshkent shahri mahalliy budjetining daromadiga olib qo‘yadi.
13. Tugatuvchi boshqaruvchi (tugatuvchi) tugatish ishini yuritish yakunlanganidan so‘ng ikki kun ichida:
tugatilayotgan tashkilot ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi soliq organiga tugatish balansini, Kompaniyaga qurilish texnikasi va tugatilayotgan tashkilot mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘lar uning budjetga soliq to‘lovlari bo‘yicha qarzi doirasida berilganini tasdiqlovchi hujjatlarning butun paketini taqdim etadi;
soliq organi bilan tugatilgan tashkilotning budjetga soliq to‘lovlari bo‘yicha qarzi so‘ndirilganini tasdiqlaydigan solishtirish dalolatnomasini tuzib, uning nusxasini ikki kun ichida Toshkent shahri hokimligining Moliya bosh boshqarmasiga yuboradi.
14. Kompaniya tomonidan qurilish texnikasi qiymati va har bir tugatilgan tashkilot mol-mulkini sotishdan olingan mablag‘lar qaytarilishi Toshkent shahrining mahalliy budjetiga mazkur tugatilgan tashkilot bo‘yicha tuzilgan shartnomaga muvofiq belgilangan muddatlar va summalarga qat’iy amal qilgan holda bajariladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan mablag‘larni o‘z vaqtida o‘tkazmaganlik uchun Kompaniya o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun o‘tkazib yuborilgan to‘lov summasining 0,07 foizi miqdorida penya to‘laydi.
15. Kompaniyaga qurilish texnikasining berilishi va tugatuvchi boshqaruvchi tomonidan mol-mulk realizatsiyasidan olingan mablag‘larni budjetga to‘lovlar bo‘yicha tegishli qarz doirasida o‘tkazilishi, shuningdek Kompaniya tomonidan qurilish texnikasi qiymati hamda tugatilayotgan tashkilot mol-mulkini realizatsiya qilishdan olingan mablag‘larni uning budjetga soliq to‘lovlari bo‘yicha qarzini so‘ndirish hisobiga to‘liq va o‘z vaqtida qaytarilishi ustidan nazoratni Toshkent shahri hokimligining Moliya bosh boshqarmasi va tegishli soliq organlari amalga oshiradi.
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 22-son, 161-modda)