Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish jarayonini yanada soddalashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-sentabrdagi 565-sonli “Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublikada oliy taʼlim tashkilotlariga munosib, bilimli yoshlarni tanlash imkonini berishga hamda abituriyentlar orasida sogʻlom raqobatni yaratishga, shu jumladan, diniy taʼlim muassasalarini yuqori malakali ilmiy kadrlar bilan taʼminlashga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi ayrim taʼlim yoʻnalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar soni keskin kamayib, qabul chegarasidagi ballar pasayib ketgan. Shu bois Akademiyaning baʼzi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga hujjat topshirgan hamda dastlabki imtihondan oʻta olmagan abituriyentlar uchun boshqa oliy taʼlim tashkilotlariga turdosh taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kirish imtihonlarida ishtirok etish imkoniyatini berish zarurati yuzaga kelmoqda.
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining boshqa oliy taʼlim tashkilotlari bilan integratsiyasini rivojlantirish, abituriyentlar uchun erkin va adolatli tanlov muhitini yaratish hamda qabul jarayonlarini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin:
abituriyentlar uchun oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish imtihoni boʻyicha turdosh taʼlim yoʻnalishlari tanlovi imkoniyatlarini kengaytirish;
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida dastlabki imtihonni taʼlim shaklidan qatʼi nazar, faqat dinshunoslik va islomshunoslik bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun tatbiq etish;
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiga kirish imtihonlari uchun qabul komissiyasiga hujjatlarni onlayn tarzda elektron shaklda yuborish orqali hujjatlarning aslini taqdim etish amaliyotini bekor qilish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi S.D. Toshboyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 14-iyul,
386-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-iyuldagi 386-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 22-iyundagi 466-son qarori 12-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2022/2023 oʻquv yilidan boshlab Akademiyaga talabalar taʼlim shaklidan qatʼi nazar, dastlabki imtihon (“Dinshunoslik” va “Islomshunoslik” bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun), kasbiy (ijodiy) imtihon hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari orqali qabul qilinsin. Bunda, kasbiy (ijodiy) imtihon Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati boʻyicha oʻtkazilsin”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiga oʻqishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 5-iyundagi 358-son qarorida:
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilansinki, 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining “Dinshunoslik” va “Islomshunoslik” bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqishga qabul qilish jarayonida dastlabki imtihondan oʻtish tartibi tatbiq etiladi. Bunda, dastlabki imtihon natijalariga koʻra abituriyentlarni kirish imtihonlarining keyingi bosqichlariga (kasbiy (ijodiy) imtihon va test sinovlari) oʻtkazish yoki oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilinadi”;
b) 1-ilova (Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom)da:
“8. Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish “Dinshunoslik” va “Islomshunoslik” taʼlim yoʻnalishlari uchun ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq, boshqa taʼlim yoʻnalishlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
9. Abituriyentlar “Dinshunoslik” va “Islomshunoslik” taʼlim yoʻnalishlari uchun Akademiyaning maxsus dasturi orqali elektron shaklda qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
rektor nomiga ariza;
fuqarolik pasporti (yoki ID-karta) yoki ichki ishlar boʻlimlari tomonidan berilgan 09-shakl boʻyicha jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, pasport seriyasi va raqami koʻrsatilgan maʼlumotnoma;
pasport yoshiga yetmaganlar uchun tugilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;
umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan)”;
13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. “Dinshunoslik” va “Islomshunoslik” taʼlim yoʻnalishlari uchun hujjatlar oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kiradigan abituriyentlardan hujjatlar qabul qilish boshlangan kundan 20 kun davomida qabul qilinadi. Oxirgi oʻn kun davomida dastlabki imtihonni oʻtkazish va undan muvaffaqiyatli oʻtmagan abituriyentlarga Akademiyaning “Dinshunoslik” va “Islomshunoslik” taʼlim yoʻnalishlaridan tashqari taʼlim yoʻnalishlariga yoki boshqa oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun hujjatlar topshirish imkoniyati yaratiladi.
“Dinshunoslik” va “Islomshunoslik” taʼlim yoʻnalishlariga dastlabki imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlar tomonidan kirish imtihonlarining keyingi bosqichida ishtirok etish uchun hujjatlar topshirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan umumiy tartib asosida amalga oshiriladi”;
16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. “Dinshunoslik” va “Islomshunoslik” taʼlim yoʻnalishlari uchun abituriyent maxsus dastur orqali taqdim etilgan hujjatlarni qaytarib olish toʻgʻrisida qabul komissiyasiga ariza berish, shuningdek, dastlabki imtihon natijalariga koʻra keyingi bosqichga oʻtmagan hollarda hujjatlarni qaytarib olish huquqiga ega”;
18-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Dinshunoslik” va “Islomshunoslik” bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun dastlabki imtihon”;
Ilova (Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga qabul qilish sxemasi)da:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi bakalavriatining “Dinshunoslik” va “Islomshunoslik” taʼlim yoʻnalishlariga qabul qilish
SXEMASI”;
SXEMASI”;
“I bosqich” pozitsiyasi “Bajarish muddatlari” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kiradigan abituriyentlardan hujjatlar qabul qilish boshlangan kundan 20 kun davomida”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2022-y., 09/22/386/0637-son)