04.07.2022 yildagi 359-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyini tashkil etish to‘g‘risida” 2022-yil 16-fevraldagi PQ-129-son va “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2022-yil 2-martdagi PQ-150-son qarorlari)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyini tashkil etish to‘g‘risida” 2022-yil 16-fevraldagi PQ-129-son va “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2022-yil 2-martdagi PQ-150-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni R.M. Djurayev va O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 4-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
359-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 359-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-band quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyini tashkil etish to‘g‘risida” 2022-yil 16-fevraldagi PQ-129-son qaroriga muvofiq Harbiy musiqa akademik litseyi bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarning 30 foizi miqdorida, respublikaning boshqa davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda esa o‘zlari to‘plagan ballarning 15 foizi (shu jumladan, ijodiy imtihonlar bo‘yicha) miqdorida qo‘shimcha ball shaklida imtiyoz beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi — o‘n beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 594-son qarori bilan tasdiqlangan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat va magistraturasiga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va Davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qaroriga muvofiq “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyini tashkil etish to‘g‘risida” 2022-yil 16-fevraldagi PQ-129-son qaroriga muvofiq Harbiy musiqa akademik litseyi bitiruvchilariga Universitetning bakalavriatiga o‘qishga kirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarning 15 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklida imtiyoz beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 29-noyabrdagi 971-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qarorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyini tashkil etish to‘g‘risida” 2022-yil 16-fevraldagi PQ-129-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida kadrlarni tayyorlashning uzluksiz tizimini takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidagi harbiy orkestr jamoalari, shuningdek, boshqa orkestr va badiiy jamoalar uchun damli va zarbli cholg‘ular ijrochiligi yo‘nalishida kadrlarni maqsadli tayyorlash tizimini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 1, 2 va 6-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 4-banddagi “Respublika ixtisoslashtirilgan” so‘zlari “Harbiy” so‘zi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilovaning nomidagi “Respublika ixtisoslashtirilgan” so‘zlari “Harbiy” so‘zi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1, 20 va 30-bandlardagi “Respublika ixtisoslashtirilgan” so‘zlari “Harbiy” so‘zi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizomga 1-ilova belgisi va nomidagi “Respublika ixtisoslashtirilgan” so‘zlari “Harbiy” so‘zi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizomga 2-ilova belgisi va matnidagi “Respublika ixtisoslashtirilgan” so‘zlari “Harbiy” so‘zi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizomga 3-ilova belgisidagi “Respublika ixtisoslashtirilgan” so‘zlari “Harbiy” so‘zi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizomga 4-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilova belgisidagi “Respublika ixtisoslashtirilgan” so‘zlari “Harbiy” so‘zi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyga kirish uchun imtihonlarni umumiy baholash mezonlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Topshiriqlarni bajarish

Maksimal ball

1.

Ona tili (diktant):

15

1.1

mutlaqo xatosiz yozilgan diktant, bitta orfografik yoki bitta punktuatsion xatoga yo‘l qo‘yilgan

13 — 15

1.2

diktant ikkita orfografik va ikkita punktuatsion xatolar bilan yozilgan, xatolar nisbati o‘zgarganda ularning umumiy miqdori to‘rttadan oshmasligi lozim

10 — 12

1.3

diktant to‘rtta orfografik va to‘rtta punktuatsion xatolar bilan yozilgan, xatolar nisbati o‘zgarganda ularning umumiy miqdori sakkiztadan, ammo orfografik xatolarning miqdori oltitadan oshmasligi lozim

7 — 9

1.4

diktant yettita orfografik va yettita punktuatsion xatolar bilan yozilgan

4 — 6

1.5

diktant to‘qqizta orfografik va to‘qqizta punktuatsion xatolar bilan yozilgan

1 — 3

1.6

diktant o‘nta va undan ortiq orfografik hamda o‘nta va undan ortiq punktuatsion xatolar bilan yozilgan

0

2.

Matematika (nazorat ishi):

15

2.1

barcha vazifalar va misollar xatosiz bajarilgan, 1 ta hisoblashga oid xatoga yo‘l qo‘yilgan

13 — 15

2.2

2 ta hisoblashga oid xatoga yo‘l qo‘yilgan

10 — 12

2.3

bitta vazifa va misolda yoki 3 ta hisoblashga oid xatoga yo‘l qo‘yilgan

7 — 9

2.4

ikkita vazifani bajarishda xatolarga yoki 4 ta hisoblashga oid xatoga yo‘l qo‘yilgan

4 — 6

2.5

ikkita vazifa va bitta misolni bajarishda xatolarga yoki 5 ta hisoblashga oid xatoga yo‘l qo‘yilgan

1 — 3

2.6

barcha vazifalar va misollar bajarilmagan

0

3.

O‘qish:

10

3.1

bir daqiqada 70 ta va undan ortiq so‘z

10

3.2

bir daqiqada 60 — 65 so‘z

7 — 9

3.3

bir daqiqada 50 — 55 so‘z

4 — 6

3.4

bir daqiqada 40 — 45 so‘z

1 — 3

3.5

bir daqiqada 40 so‘zdan kam

0

4.

Psixologik test:

20

4.1

Har bir to‘g‘ri javob uchun

1

5.

Ijodiy imtihon (musiqa):

40

5.1

ijro etish usuli (ritm):

10

5.1.1

berilgan usulni aniq takrorlash

8 — 10

5.1.2

berilgan usulni nisbatan takrorlash

5 — 7

5.1.3

berilgan usulni noaniq takrorlash

1 — 4

5.1.4

berilgan usulni takrorlay olmaslik

0

5.2

Xotira:

10

5.2.1

uzun va qisqa musiqa parchalarini aniq takrorlash

8 — 10

5.2.2

uzun va qisqa musiqa parchalarini nisbatan takrorlash

5 — 7

5.2.3

uzun va qisqa musiqa parchalarini noaniq takrorlash

1 — 4

5.2.4

uzun va qisqa musiqa parchalarini takrorlay olmaslik

0

5.3

Eshitish qobiliyati:

10

5.3.1

fortepianoda ijro etilgan tovush va tovushlar sonini to‘liq topish

8 — 10

5.3.2

fortepianoda ijro etilgan tovush va tovushlar sonini nisbatan topish

5 — 7

5.3.3

fortepianoda ijro etilgan tovush va tovushlarsonini noaniq topish

1 — 4

5.3.4

fortepianoda ijro etilgan tovushlarni topa olmaslik

0

5.4

Mustaqil tayyorlangan qo‘shiqni kuylash yoki asarni cholg‘uda ijro etish:

10

5.4.1

sof va aniq ohangda kuylash yoki cholg‘uda ijro etish

8 — 10

5.4.2

qo‘shiqni nisbatan sof ohangda kuylash yoki cholg‘uda asarni ijro darajasi

5 — 7

5.4.3

qo‘shiqni noaniq ohangda kuylash yoki cholg‘uda asarning ijro darajasi

1 — 4

5.4.4

qo‘shiqni kuylay olmaslik

0

Jami:

100

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizomga 5-ilova belgisi va nomidagi “Respublika ixtisoslashtirilgan” so‘zlari “Harbiy” so‘zi bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomining 59-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“59. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qaroriga muvofiq “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyini tashkil etish to‘g‘risida” 2022-yil 16-fevraldagi PQ-129-son qaroriga muvofiq Harbiy musiqa akademik litseyi bitiruvchilariga Institutga o‘qishga kirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarning 30 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklida imtiyoz beriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qarori bilan tasdiqlangan Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat Xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom quyidagi mazmundagi 421-422-bandlar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“421. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyini tashkil etish to‘g‘risida” 2022-yil 16-fevraldagi PQ-129-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyi bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarning 30 foizi miqdorida ball shaklida imtiyoz beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
422. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2022-yil 2-martdagi PQ-150-son qaroriga muvofiq “Vatan tayanchi” harakatining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan “Vatan tayanchi” otryadi a’zolariga Akademiyaga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballarining 5 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklida imtiyoz beriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizom quyidagi mazmundagi 531-532-bandlar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“531. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyini tashkil etish to‘g‘risida” 2022-yil 16-fevraldagi PQ-129-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyi bitiruvchilariga OHTMga o‘qishga kirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarning 30 foizi miqdorida ball shaklida imtiyoz beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
532. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2022-yil 2-martdagi PQ-150-son qaroriga muvofiq “Vatan tayanchi” harakatining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan “Vatan tayanchi” otryadi a’zolariga OHTMga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballarining 5 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklida imtiyoz beriladi”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2022-y., 09/22/359/0594-son)