Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2026 29.06.2022 yildagi PQ-299-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-388-sonli “O‘zbekiston Respublikasining “2026-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2026-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy moslashuviga hamda kelgusida jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga amaliy ko‘maklashish mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoniga muvofiq, ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarga kelgusida jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga amaliy ko‘maklashish uchun “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tizimi joriy etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har bir tuman (shahar)da tuman (shahar) hokimlari rahbarligida Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish bo‘yicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish masalasini ko‘rib chiquvchi idoralararo doimiy komissiyalar (keyingi o‘rinlarda — Idoralararo komissiyalar) tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish bo‘yicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish bo‘yicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish masalasini ko‘rib chiquvchi idoralararo doimiy komissiyalarning namunaviy tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, 2022-yil 1-sentabrdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiyalar ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik kabi yo‘nalishlardagi aniq loyihalarini o‘rganib chiqish va moliyalashtirish bo‘yicha asoslantirilgan xulosalarni tayyorlashga mas’ul hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarga “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi” mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan birinchi navbatda tuman (shahar) budjetlari mablag‘lari hisobidan, yetishmagan qismi bo‘yicha esa — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining o‘n baravari miqdorida beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tartib-taomillari Moliya vazirligining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali ochiq va shaffof tarzda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ichki ishlar vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-sentabrga qadar ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlarning elektron almashinuvini ta’minlash maqsadida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga tegishli ma’lumotlar bazasini integratsiya qilish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Moliya vazirligi Ichki ishlar vazirligi hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda 2022-yil 1-sentabrga qadar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish bo‘yicha texnik imkoniyatlarni nazarda tutuvchi alohida modul yaratilishini va ishga tushirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2022-yil 1-sentabrga qadar Idoralararo komissiyalar faoliyatini tashkil etish uchun ularni zarur multimedia materiallari, mebel, kompyuter texnikasi va boshqa asbob-uskunalar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklari 2023-yil va keyingi yillar uchun tegishli budjetlar parametrlarini shakllantirishda ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarga “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish bilan bog‘liq xarajatlarni nazarda tutib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-avgustdagi “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4797-son qarori 3-bandining uchinchi xatboshisi “ehtiyojmandlik darajasini” so‘zlaridan keyin “, shuningdek, ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolar tomonidan taqdim etilgan tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik kabi yo‘nalishlardagi loyihalarni” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning ijrosi uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi B.D. Islamov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 29-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-299-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyundagi PQ-299-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish bo‘yicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tartibi to‘g‘risidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning (keyingi o‘rinlarda — ko‘mak oluvchilar) ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish bo‘yicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni (keyingi o‘rinlarda — yordam puli) berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yordam puli har bir ko‘mak oluvchiga uning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish uchun tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik kabi yo‘nalishlardagi loyihalarini amalga oshirishni moliyalashtirish maqsadida bir marta beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yordam puli mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining o‘n baravari miqdorida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yordam puli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yilda — tuman (shahar) budjetlari qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan, yetishmagan qismi bo‘yicha esa — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil va keyingi yillar uchun — tuman (shahar) budjetlari mablag‘lari hisobidan, yetishmagan qismi bo‘yicha esa — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobidan ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yordam puli “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ko‘mak oluvchilarga yordam pullari tuman (shahar) hokimlari rahbarligida tashkil etilgan Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish bo‘yicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish masalasini ko‘rib chiquvchi idoralararo doimiy komissiyalarning (keyingi o‘rinlarda — Idoralararo komissiyalar) qarorlari asosida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Idoralararo komissiyalar qarorlarini qabul qilish va ularning bajarilishini ta’minlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tuman (shahar) hokimi Idoralararo komissiyaga raislik qiladi va Idoralararo komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarni tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Idoralararo komissiya raisi bo‘lmaganda yoki uning topshirig‘iga ko‘ra Idoralararo komissiya yig‘ilishlariga tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari raislik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati Idoralararo komissiyaning ishchi organi (keyingi o‘rinlarda — ishchi organ) hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi organ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiya yig‘ilishlari kun tartibiga kiritiladigan masalalarni tayyorlaydi, yig‘ilish bayonnomasini yuritadi va rasmiylashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiya a’zolariga Idoralararo komissiya yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana va joy to‘g‘risida xabar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘mak oluvchilarning arizalari bilan ishlaydi va ularni ko‘rib chiqish uchun Idoralararo komissiyaga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Idoralararo komissiya qarorlari uning yig‘ilishida (sayyor yig‘ilishida) ishtirok etadigan a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lganda, raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiyaning har bir a’zosi qabul qilinayotgan qaror yuzasidan o‘z fikrini yozma ravishda bildirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qarorlarni tezkor qabul qilish maqsadida Idoralararo komissiya raisi alohida masalalar yuzasidan Idoralararo komissiya a’zolari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish orqali qaror qabul qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Idoralararo komissiya yig‘ilishlarida (sayyor yig‘ilishida) bayonnoma yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiya yig‘ilishlarida qabul qilingan qarorlar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda xulosa bilan rasmiylashtiriladi va rais tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Idoralararo komissiya tomonidan qabul qilingan qarordan norozi bo‘lgan uning a’zosi tegishli qaror qabul qilingan kunning o‘zida taklif yoki fikrlarini yozma ravishda ishchi organga taqdim etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Idoralararo komissiya qarorlarining bajarilishi Idoralararo komissiya raisi tomonidan nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yordam pulini berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ko‘mak oluvchilar jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin uch oy muddatda o‘z xohishiga ko‘ra ishchi organga o‘zining tadbirkorlik, me’morchilik yoki hunarmandchilik kabi yo‘nalishlardagi aniq loyihasini ilova qilgan holda ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda ariza taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi organga loyiha bilan birgalikda yordam pulini olish yo‘nalishi, qaysi maqsadlarda sarflanishi hamda loyiha natijasi bo‘yicha kutilayotgan taxminiy daromad haqida ma’lumot ham taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ishchi organ uch ish kuni mobaynida arizani Idoralararo komissiyaga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiya tomonidan o‘n ish kuni mobaynida ariza o‘rganib chiqiladi, ko‘mak oluvchilar taqdim etgan loyihani moliyalashtirish maqsadga muvofiq yoki muvofiq emasligi yuzasidan xulosa tayyorlanadi hamda ariza tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ko‘mak oluvchilarning loyihasini moliyalashtirish maqsadga muvofiqligi yuzasidan xulosani tayyorlash quyidagi mezonlarga asoslanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshlamoqchi bo‘lgan tadbirkorlik, me’morchilik yoki hunarmandchilik faoliyatining natijadorligi va daromadli ekanligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla fuqarolar yig‘inining ijobiy tavsiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kam ta’minlangan yoki yolg‘izligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan yoki voyaga yetmagan farzandi borligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p (4 va undan ortiq) farzandi borligi va moddiy ko‘makka muhtojligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noturar joylarda istiqomat qilayotganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiya ko‘mak oluvchilarning loyihasini ushbu mezonlarga qat’iy rioya etgan holda xolisona baholaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Idoralararo komissiya ko‘mak oluvchilar loyihasini moliyalashtirish maqsadga muvofiq emasligi yuzasidan xulosaga kelganda, ko‘mak oluvchilarga taqdim etilgan loyihani takomillashtirish yoki yangi loyiha taqdim etish bo‘yicha tavsiyalar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ko‘mak oluvchilar uch oy muddatda Idoralararo komissiyaning tavsiyalari asosida dastlabki taqdim etilgan loyihani takomillashtirgan holda yoki yangi loyihani taqdim etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, qayta taqdim etilgan loyihalarga ushbu Nizomning 15 — 17-bandlari tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Idoralararo komissiyaning ko‘mak oluvchilar taqdim etgan loyihani moliyalashtirish yuzasidan kiritgan xulosasi Idoralararo komissiya raisi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng ishchi organ bir ish kuni mobaynida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga tegishli ma’lumotlarni kiritadi va xulosani tuman (shahar) hokimliklarining moliya bo‘limlariga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga tegishli ma’lumotlar kiritilgandan so‘ng uch ish kuni mobaynida mazkur tizim orqali ko‘mak oluvchilarning mobil telefon raqamiga yoki elektron pochta manziliga yordam puli ajratilganligi to‘g‘risida xabar yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yordam pulini berish bo‘yicha elektron to‘lov qaydnomalari tizimda avtomatik ravishda shakllantiriladi va AT “Xalq banki” tuman (shahar) bo‘limiga (filialiga) yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tuman (shahar) hokimliklarining moliya bo‘limlari uch ish kuni mobaynida yordam pulini berish uchun tegishli mablag‘larni AT “Xalq banki”ning tuman (shahar) bo‘limi (filiali) maxsus hisobvarag‘iga har oyning 5-sanasiga qadar o‘tkazib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. AT “Xalq banki” tuman (shahar) bo‘limi (filiali) bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘mak oluvchilarga yordam pulini to‘laydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yordam puli to‘langanligi to‘g‘risida Idoralararo komissiyaga ma’lumot taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘lanmagan mablag‘larni tegishliligiga ko‘ra tuman (shahar) budjeti yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga qaytaradi hamda tegishli moliya bo‘limlariga elektron ma’lumot taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AT “Xalq banki”ga Moliya vazirligi bilan tuzilgan shartnomaga asosan ko‘mak oluvchilarga beriladigan yordam pulining bir foizi miqdorida bank xizmat haqini to‘lab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ishchi organ yordam puli berilgan vaqtdan boshlab bir yil davomida ko‘mak oluvchilar loyihasining amalga oshirilish holatini (shu jumladan, yordam pulining maqsadli sarflanishini) har chorakda bir marta monitoring qiladi, monitoring natijasi bo‘yicha ma’lumotnoma tayyorlaydi hamda uni Idoralararo komissiyaga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ko‘mak oluvchilarga yordam pulini berish uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli foydalanilishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish bo‘yicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish bo‘yicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ko‘mak oluvchi

Ko‘mak oluvchi o‘zining tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik yoki shu kabi boshqa yo‘nalishdagi aniq loyihasini ilova qilgan holda ishchi organga ariza taqdim etadi.

Jazoni o‘tab bo‘lgandan keyin uch oy ichida

2-bosqich

Ishchi organ

Arizani Idoralararo komissiyaga kiritadi.

Uch ish kunida

3-bosqich

Idoralararo komissiya

1. Ko‘mak oluvchining loyihasini o‘rganib chiqadi va moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi yoki yetarli asos mavjud bo‘lmasa, moliyalashtirish muvofiq emasligi to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi.

2. Idoralararo komissiya tomonidan ko‘mak oluvchining loyihasini moliyalashtirish maqsadga muvofiq emas deb topilganda, unga loyihani takomillashtirish yoki yangi loyihani taqdim etish bo‘yicha tavsiyalar beradi.

O‘n ish kunida

4-bosqich

Idoralararo komissiya raisi

Idoralararo komissiya tomonidan tayyorlangan ko‘mak oluvchining loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha xulosani tasdiqlaydi.

Xulosa taqdim etilgan kunning o‘zida

5-bosqich

Ishchi organ

Idoralararo komissiyaning ko‘mak oluvchi taqdim etgan loyihani moliyalashtirish yuzasidan kiritgan xulosasi Idoralararo komissiya raisi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng Moliya vazirligining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga tegishli ma’lumotlarni kiritadi va xulosani tuman (shahar) hokimligining moliya bo‘limiga yuboradi.

Xulosa tasdiqlan-gandan keyin bir ish kunida

6-bosqich

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi

Ko‘mak oluvchining mobil telefon raqamiga yoki elektron manziliga yordam puli ajratilganligi to‘g‘risida xabar yuboriladi, yordam pulini berish bo‘yicha elektron to‘lov qaydnoma (vedomost)lari shakllantiriladi.

Uch ish kuni ichida

7-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi moliya bo‘limi

Yordam pulini berish uchun zarur mablag‘larni AT “Xalq banki” bo‘limi (filiali)ning maxsus hisobvarag‘iga o‘tkazib boradi.

Har oyning 5-sanasiga qadar

8-bosqich

AT “Xalq banki” bo‘limi (filiali)

Ko‘mak oluvchiga yordam pulini to‘laydi, Idoralararo komissiyaga yordam puli to‘langanligi to‘g‘risida elektron ma’lumot taqdim etadi, to‘lanmagan mablag‘larni tegishliligiga ko‘ra tuman (shahar) budjeti yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga qaytaradi hamda tuman (shahar) moliya bo‘limiga elektron ma’lumot taqdim etadi.

Bir oy ichida

9-bosqich

Ishchi organ

Ko‘mak oluvchi loyihasining amalga oshirilish holatini monitoring qiladi, monitoring natijasi bo‘yicha ma’lumotnoma tayyorlaydi va Idoralararo komissiyaga kiritadi.

Yordam puli to‘langan vaqtdan boshlab bir yil davomida har chorakda bir marta

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish bo‘yicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish yuzasidan ularning tadbirkorlik, me’morchilik yoki hunarmandchilik kabi yo‘nalishlardagi loyihalarini o‘rganish natijalari bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XULOSA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Fuqaro ___________________________________________________________________

(F.I.O., tug‘ilgan sanasi, yashash manzili)

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ning “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni olish bo‘yicha _______ yil ________dagi arizasi va ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish yuzasidan tadbirkorlik, me’morchilik yoki hunarmandchilik kabi yo‘nalishlardagi loyihasini Idoralararo komissiya tomonidan o‘rganish natijalariga ko‘ra quyidagilar aniqlandi:

________________________________________________________________________________

(loyihani moliyalashtirish maqsadga muvofiq yoki muvofiq emasligi yuzasidan ma’lumotlar)

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

XULOSA

1. Fuqaro _____________________ning loyihasini moliyalashtirish maqsadga muvofiq / muvofiq emas.

2. Fuqaro _____________________ga uch oy ichida Idoralararo komissiya tavsiyalari asosida dastlabki taqdim etilgan loyihani takomillashtirgan holda yoki yangi loyihani taqdim etishi mumkinligi tushuntirilsin.



___________ tuman (shahar) hokimi

________________
‎(imzo)‎

_______________(F.I.O.)‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish bo‘yicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

___________________________________ (tuman (shahar)
‎ Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish bo‘yicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish masalasini ko‘rib chiquvchi idoralararo doimiy komissiyaga ‎‎

“Dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni olish uchun

ARIZA

1. ________________________________________________________________

(F.I.O., tug‘ilgan sana, tug‘ilgan joyi)

Yashash manzili: ___________________________________________________ ________________________________________________________________________.

(doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha hisobga olingan joy)

Mobil telefon raqami: _____________________________________________.

Elektron pochta (agar mavjud bo‘lsa): ________________________________.

2. Ushbu bilan menga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyundagi PQ-299-son qaroriga muvofiq ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish bo‘yicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni olishda amaliy yordam berishingizni so‘rayman.

3. Arizaga tadbirkorlik, me’morchilik yoki hunarmandchilik kabi yo‘nalishlardagi loyiha ilova qilinadi.

Ilova: “____” varaqda.

To‘ldirilgan sana ____________________________________________

Ariza beruvchining imzosi ___________________________________________

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyundagi PQ-299-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish bo‘yicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish masalasini ko‘rib chiquvchi idoralararo doimiy komissiyalarning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Lavozimi bo‘yicha

tuman (shahar) hokimi, Komissiya raisi

2.

Lavozimi bo‘yicha

tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Komissiya raisi o‘rinbosari

3.

Lavozimi bo‘yicha

tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazi boshlig‘i

4.

Lavozimi bo‘yicha

tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limi (boshqarmasi) boshlig‘i

5.

Lavozimi bo‘yicha

tuman (shahar) moliya bo‘limi boshlig‘i

6.

Lavozimi bo‘yicha

tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i

7.

Lavozimi bo‘yicha

tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i

8.

Lavozimi bo‘yicha

tuman (shahar) mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi boshlig‘i

9.

Lavozimi bo‘yicha

ichki ishlar organlari hududiy probatsiya inspektori, Komissiya kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 07/22/299/0572-son)