O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-sonli “Fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarining qo‘llanishini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslardan soliqlar va yig‘imlarni undirishni tartibga solish to‘g‘risida” 1997-yil 23-oktabrdagi 483-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 29-dekabr,
575-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-dekabrdagi 575-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-martdagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandi quyidagi mazmundagi “n” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“n) ayrim hollarda va belgilangan tartibda tegishli soliq to‘lovlari uchun mablag‘larni bevosita aholidan yig‘ish”;
“n” — “s” kichik bandlar tegishlicha “o” — “t” kichik bandlar deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholi bilan hisob-kitoblar qilishda nazorat-kassa mashinalarini majburiy tartibda qo‘llash to‘g‘risida” 1994-yil 26-dekabrdagi 621-son qarorining 1-bandi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Belgilansinki, turg‘un savdo tarmoqlari orqali savdo qiluvchi jismoniy shaxslar nazorat-kassa apparatlaridan foydalanishga majburdir”.