24.06.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2886-9
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining qarori, 24.06.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2886-9
Kuchga kirish sanasi
24.06.2022
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
1. 26-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari hamda 38-bandning to‘rtinchi va oltinchi xatboshilaridagi “pasport yoki uning o‘rnini bosadigan hujjat” degan so‘zlar “pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud ularning o‘rnini bosadigan boshqa hujjat” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 381-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “40” raqami “36” raqami bilan almashtirilsin.
3. 76-banddagi “ro‘yxat raqami 2833, 2016-yil 11-oktabr” degan so‘zlar “ro‘yxat raqami 3327, 2021-yil 19-oktabr” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 1-ilovaning 5-bandidagi “Pasport yoki uning o‘rnini bosadigan hujjat” degan so‘zlar “Pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud ularning o‘rnini bosadigan boshqa hujjat” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.