16.06.2022 yildagi PQ-283-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholiga tez tibbiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholiga tez va shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishni yanada yaxshilash va yaqinlashtirish, shuningdek, 2022-yil 18-mart kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sogʻliqni saqlash sohasi vakillari bilan “Tibbiyotdagi islohotlar — inson qadri uchun” mavzusidagi ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Respublika tez tibbiy yordam markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) va uning 14 ta hududiy filiali tez tibbiy yordam xizmati hamda tibbiy avtoxoʻjaliklar negizida tashkil qilinsin va tez tibbiy yordamning yagona vertikal boshqaruv tizimi yoʻlga qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi tez tibbiy yordam faoliyatini respublika boʻyicha muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tez tibbiy yordam xizmati xodimlari hamda maxsus avtotransport vositalari (ehtiyot qismlar, yoqilgʻi-moylash materiallari va boshqalar), dori vositalari va sarflash materiallari, tibbiy jihozlar taʼminoti Markazning hududiy filiallariga oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz va uning hududiy filiallarida situatsion muvofiqlashtiruvchi boʻlimlar tashkil etilib, tuman (shahar) va hududlardagi tez tibbiy yordam tizimi faoliyatini tahlillar asosida boshqaradi va takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi avtoxoʻjaliklar tarkibidagi tez tibbiy yordam avtotransport vositalari Markazning hududiy filiallari tarkibiga oʻtkaziladi hamda avtotransport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish autsorsing shartnomalari asosida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tez tibbiy yordam avtotransport vositalarida yoqilgʻi-moylash materiallarining sarfi elektron dastur orqali nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev) bir oy muddatda Markaz va uning hududiy filiallari ustavlari va tuzilmalarini tasdiqlasin. Bunda, Markaz direktoriga, zarur hollarda, tasdiqlangan tuzilmalarga xodimlarning cheklangan umumiy soni va ish haqi fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev) Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) bilan birgalikda sogʻliqni saqlash tizimi xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni hamda davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida Markaz va uning hududiy filiallari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududiy filiallari, markaziy tuman (shahar) shifoxonalari hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi avtoxoʻjaliklarning yangilangan shtat normativlarini ishlab chiqsin va 2022-yil 1-sentabrga qadar tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tez tibbiy yordam sifatini yaxshilash va aholiga yanada yaqinlashtirishga oid chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tez tibbiy yordam xizmatini isloh qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tez tibbiy yordam tizimida mavjud avtotransport vositalari parkini bosqichma-bosqich yangilash rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ishchi guruh (O. Fazilkarimov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturda belgilangan chora-tadbirlar ijrosining tahlil qilinishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida maqbullashtiriladigan boʻlim va tashkilotlarning belgilanishini hamda mulkiy, moliyaviy va mehnat munosabatlari belgilangan tartibda hal etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tez tibbiy yordam xizmati boʻyicha aholiga qulay va sifatli xizmat koʻrsatilishi boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligining tez tibbiy yordam boʻyicha elektron avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini Toshkent shahri tajribasi asosida respublikaning boshqa hududlarida 2023-yil 1-sentabrga qadar toʻliq joriy qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, 2022-yil 1-dekabrga qadar Andijon, Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari, 2023-yil 1-sentabrga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlari tuman (shahar)laridagi dispetcherlik xizmatlari tugatilib, Toshkent shahri tajribasi asosida Markazning hududiy filiallarida yagona “Call-markaz”lar faoliyati yoʻlga qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, tez tibbiy yordam boʻyicha elektron avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini joriy etish Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimlari — “Call-markaz”larni tashkil etish, jihozlash va ularning infratuzilmasini yaratish (elektr, suv, yuqori tezlikdagi Internet, telefon, ratsiya aloqasi va boshqalar) hamda atrofni obodonlashtirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash vaziri B.A. Musayev — “Call-markaz”larni jihozlash talablarini belgilash, ularning xizmat koʻrsatish hajmi va yuqori sifatini taʼminlashga shaxsan masʼul etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq “Call-markaz”larda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chaqiruvlarni qabul qiluvchi xodimlar bilan birga shifokor xodimlardan iborat maxsus tibbiy maslahat xizmati faoliyati tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rahbar lavozimlariga IT-parklardagi iqtidorli yoshlar orasidan munosib nomzodlar tayinlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saralash orqali bemor ahvoli, kasallik turi va ogʻirlik darajasiga qarab chaqiruvlarga tegishli tibbiy brigadalarni yoʻnaltirish tizimi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tez tibbiy yordamning tuman (shahar) yoki hudud chegarasidan qatʼi nazar bemorgacha masofaning yaqinligiga qarab tibbiy brigadani yoʻnaltirish yoʻlga qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ishchi guruh (O.Fazilkarimov) joylarda tez va shoshilinch tibbiy yordam xizmati faoliyatini takomillashtirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturi amalga oshirilishini taʼminlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Markaz va uning hududiy filiallarini 4-ilovaga muvofiq joylashtirish, ularni zamonaviy bino va inshootlar bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Markazning hududiy filiallari va “Call-markaz”larni jihozlash, infratuzilmasini yaratish (suv, elektr, aloqa, Internet, lokal tarmoq va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tez tibbiy yordam xizmati xodimlarini hamda avtotransport vositalari, ehtiyot qismlar, yoqilgʻi-moylash va boshqa materiallar, dori vositalari, sarflash materiallari va tibbiy jihozlar taʼminotini hududiy filiallarga oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) markaziy tuman (shahar) shifoxonalari qabulxonalarini shoshilinch xizmat koʻrsatishga va yuqori texnologik tibbiy jihozlarni oʻrnatishga moslashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) tez tibbiy yordam avtotransport vositalariga radioaloqa vositalari va GPS-trekerlar oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) tez tibbiy yordam brigadalarini planshetlar bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) Markazning hududiy filiallarida elektron avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini Toshkent shahri tajribasi asosida joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) tez tibbiy yordam avtotransport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish, ularni yoqilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlashni autsorsingga oʻtkazish hamda elektron tizim orqali nazorat qilishni tashkillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga mazkur bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2022-yil 1-dekabrga qadar hamda 2023-yil 1-sentabrga qadar mutasaddi rahbarlar hisobotini eshitish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam oʻquv-mashgʻulot markazi Respublika tez tibbiy yordam markazi xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash maktabi (keyingi oʻrinlarda — Maktab) etib qayta tashkil etilsin va Markaz tasarrufiga oʻtkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Maktab tez tibbiy yordam xizmati xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash uchun ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Kadastr agentligi (F. Pulatov) bilan birgalikda 2022-yil yakuniga qadar 10 mingta koʻchaga nom berish ishlarini yakunlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) tez tibbiy yordam xizmatini tashkil etish va raqamlashtirish uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kamida 25,5 milliard soʻm miqdordagi mablagʻlarni Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltirsin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Sogʻliqni saqlash vazirligining Jahon banki shoshilinch xizmatlarni rivojlantirish loyihasi doirasida 5 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni tez va shoshilinch tibbiy yordamni raqamlashtirish tadbirlariga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Sogʻliqni saqlash muassasalarining eskirgan va foydalanilmayotgan avtotransport vositalarini kimoshdi savdolarida sotishdan tushgan mablagʻlar tez tibbiy yordam xizmati avtoparkini yangilash maqsadlari uchun Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamgʻarmasi hisob raqamiga yoʻnaltirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Sogʻliqni saqlash vazirligiga tez tibbiy yordam boʻyicha elektron avtomatlashtirilgan boshqaruv hamda yagona qoʻngʻiroqlarni qabul qilish tizimlarini respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etish uchun Toshkent shahrida mazkur tizimlarni joriy qilishga jalb qilingan tizim integratori bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzishga ruxsat berilsin. Bunda, koʻrsatilgan xizmat tariflari Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-fevraldagi PF-35-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev) 2022-yil yakuniga qadar mavjud oʻrinlar va shtat birliklari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaziy tuman (shahar) shifoxonalarining shoshilinch tibbiy yordam boʻlimlaridagi oʻrinlari pediatriya, terapiya va xirurgiya boʻlimlari tarkibiga oʻtkazilib, bemorlarni kasallikning ogʻirlik darajasi boʻyicha saralaydigan (triaj) tunu-kun ishlaydigan shoshilinch qabul boʻlimlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududiy filiallari hamda barcha tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarida shoshilinch qabul boʻlimlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 1-son, Yashnobod tumanidagi 4-son, Yunusobod tumanidagi 7-son shahar klinik shifoxonalari hamda Uchtepa tumanidagi Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi tarkibida alohida yuridik maqomga ega boʻlmagan tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Markaz va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, ularning hududiy filiallari hamda tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarida davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmat turlaridan tashqari xizmatlarni pullik asosda tashkil etishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev) yangi tashkil etilayotgan tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarini jihozlash uchun Jahon bankining “Oʻzbekistonda COVID-19 koronavirusi infeksiyasiga qarshi kurashish boʻyicha shoshilinch choralarni koʻrish” loyihasi doirasida iqtisod qilingan mablagʻlarni yoʻnaltirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) bilan birgalikda 2022-yil 1-sentabrga qadar shoshilinch qabul boʻlimlarining yangilangan shtat normativlarini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda 2022-yil 1-dekabrga qadar markaziy tuman (shahar) shifoxonalarining oʻrinlar fondini aholi soni va kasalliklar yoʻnalishlaridan kelib chiqib qayta koʻrib chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 5-ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sogʻliqni saqlash vaziri B.A. Musayev belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Qarorning oʻz vaqtida va samarali ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari L.N. Toʻychiyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 16-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-283-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi PQ-283-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tez tibbiy yordam sifatini yaxshilash va aholiga yanada yaqinlashtirishga oid chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Mablagʻ

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun masʼullar

I. TEZ TIBBIY YORDAM XIZMATINI BOSHQARISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH

1.1. Tez tibbiy yordam xizmati respublika, viloyat va tuman (shahar) darajalarida yagona boshqaruv tizimini shakllantirish

1.

Respublika tez tibbiy yordam markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) va uning 14 ta hududiy filialini tashkil qilish hamda tez tibbiy yordamning yagona vertikal boshqaruv tizimini yoʻlga qoʻyish.

1. Markaz va uning hududiy filiallari ustavi va tuzilmasini tasdiqlash.

2022-yil 15-iyul

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2. Tez tibbiy yordam xizmati xodimlarini hamda maxsus avtotransport vositalari (ehtiyot qismlar, yoqilgʻi-moylash materiallari va boshqalar), dori vositalari va sarflash materiallari, tibbiy jihozlar taʼminotini Markazning hududiy filiallariga oʻtkazish.

2022-yil 1-avgust

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

3. Maqbullashtiriladigan boʻlim va tashkilotlarni belgilash hamda mulkiy, moliyaviy va mehnat munosabatlarini belgilangan tartibda hal etish choralarini koʻrish.

2022-yil 1-avgust

4. Markaz va uning hududiy filiallari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududiy filiallari, markaziy tuman (shahar) shifoxonalari hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi avtoxoʻjaliklarning yangilangan shtat normativlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil 1-sentabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

2.

Tez tibbiy yordam xizmatini isloh qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha hududiy ishchi guruhlar tarkibini shakllantirish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlari bilan hududiy ishchi guruhlar tarkibini tasdiqlash va Sogʻliqni saqlash vazirligiga taqdim etish.

2022-yil 1-iyul

-

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Ishchi guruhlar tomonidan tegishli hududda tez tibbiy yordam xizmatini isloh qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2022-yil 1-avgust

3.

Markaz va uning hududiy filiallari bino va inshootlariga, ularni jihozlashga hamda tezkor Internet, telefon, radioaloqa tizimlariga boʻlgan meʼyoriy talablarni ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-avgust

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qurilish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

4.

Markazning hududiy filiallarini mos binolarga joylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-2023-yillar davomida

Hisob-kitoblar asosida

Mahalliy budjet mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

1.2. Tez tibbiy yordam faoliyatini raqamlashtirish

5.

Toshkent shahri tajribasi asosida har bir hududda tez tibbiy yordam boʻyicha elektron avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini (keyingi oʻrinlarda — Axborot tizimi) joriy etish.

Bunda, quyidagilarni nazarda tutish:

har bir hudud boʻyicha yagona chaqiruv markazi — “Call-markaz”larni tashkil etish va hudud boʻyicha barcha chaqiriqlarni faqat ushbu “Call-markaz”lar orqali qabul qilish;

“Call-markaz”lar tomonidan chaqiruvlarni bemor ahvoli, kasallik turi va uning ogʻirlik darajasiga qarab saralash hamda tegishli tibbiy brigadalarni yoʻnaltirish;

tez tibbiy yordamni tuman (shahar) yoki hudud chegarasiga qarab emas, bemorgacha masofaning yaqinligiga qarab koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish;

dori vositalari sarfini tizim orqali nazorat qilish.

1. Markazning hududiy filiallarini ularning IT-infratuzilmasi, elektr taʼminoti va xodimlarning malaka oshirganligi toʻgʻrisida maʼlumotlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish.

2022-yil 1-iyul

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Axborot tizimi integratori

2. Axborot tizimini joriy etish boʻyicha shartnoma tuzish.

2022-yil 1-avgust

-

-

3. Texnik topshiriq ishlab chiqish va mutasaddi tashkilotlardan ekspert xulosasini olish.

2022-yil 1-avgust

-

-

4. Axborot tizimini barcha hududlarda toʻliq joriy etish.

2023-yil 1-sentabr

Hisob-kitoblar asosida

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, Jahon bankining kredit mablagʻlari

5. Markazning hududiy filiallari xodimlarini Axborot tizimidan foydalanish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish.

Reja-jadval asosida

Hisob-kitoblar asosida

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi

6.

Markazning hududiy filiallari va “Call-markaz”larni jihozlash va infratuzilmasini yaratish (elektr, suv, yuqori tezlikdagi Internet, lokal tarmoq, telefon va boshqalar) va atrofini obodonlashtirish.

1. Qattiq va yumshoq inventar, kompyuter, qoʻshimcha monitor, uzluksiz quvvat manbalari (UPS), axborot panellari (tegishli moslamalar bilan), individual eshitish moslamalari va boshqa zarur jihozlar bilan taʼminlash.

2. Uzluksiz elektr taʼminoti manbai bilan taʼminlash (zaxira elektr tarmogʻi, generator uskunasi, qoʻshimcha akkumulyator batareyalari), zaxira manbaiga avtomatik oʻtish tizimini (AVR) yoʻlga qoʻyish.

3. Server qurilmalari, sovitish moslamalari (konditsioner) bilan taʼminlash.

4. Yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulash.

5. Lokal tarmoqni yaratish.

6. Markazlashgan videokuzatuvni yoʻlga qoʻyish.

2022-2023-yillar davomida

Hisob-kitoblar asosida

Mahalliy budjet mablagʻlari, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, Jahon bankining kredit mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

7.

Tez tibbiy yordam avtotransport vositalariga GPS-trekerlar va radioaloqa vositalari oʻrnatish.

Bunda, har bir avtomashinaning yoqilgʻi sarfi, bosib oʻtgan masofasi va uning joylashuvi onlayn rejimda nazorat qilinishini nazarda tutish.

Tez tibbiy yordam avtotransport vositalarini GPS-trekerlar va radioaloqa vositalari bilan taʼminlash:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 156 ta;

Andijon viloyati — 245 ta;

Buxoro viloyati — 154 ta;

Jizzax viloyati — 124 ta;

Qashqadaryo viloyati — 253 ta;

Navoiy viloyati — 95 ta;

Namangan viloyati — 229 ta;

Samarqand viloyati — 282 ta;

Surxondaryo viloyati — 195 ta;

Sirdaryo viloyati — 95 ta;

Toshkent viloyati — 240 ta;

Fargʻona viloyati — 294 ta;

Xorazm viloyati — 149 ta;

Toshkent shahri — 50 ta.

2022-yil yakuniga qadar

Hisob-kitoblar asosida

Mahalliy budjet mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

Tez tibbiy yordam xizmatida radioaloqa tarmogʻini yaratish.

1. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar vakillaridan iborat tarkibda ishchi guruhni shakllantirish.

2022-yil 1-iyul

-

-

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Ishchi guruh tomonidan xalqaro tajribani inobatga olgan holda Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tasarrufidagi radioaloqa tizimidan tez tibbiy yordam xizmatida foydalanish imkoniyatlarini oʻrganish va tahliliy maʼlumotlar tayyorlash.

2022-yil 1-avgust

3. Tez tibbiy yordam xizmatida radioaloqa tarmogʻini yaratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga qaror loyihasini kiritish.

2022-yil 1-sentabr

9.

Tez tibbiy yordam brigadalarini planshetlar bilan taʼminlash.

Tez tibbiy yordam brigadalari uchun planshetlar xarid qilish:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 176 ta;

Andijon viloyati — 325 ta;

Buxoro viloyati — 154 ta;

Jizzax viloyati — 150 ta;

Qashqadaryo viloyati — 350 ta;

Navoiy viloyati — 95 ta;

Namangan viloyati — 300 ta;

Samarqand viloyati — 378 ta;

Surxondaryo viloyati — 250 ta;

Sirdaryo viloyati — 140 ta;

Toshkent viloyati — 240 ta;

Fargʻona viloyati — 400 ta;

Xorazm viloyati — 169 ta;

Toshkent shahri — 50 ta.

2022-yil yakuniga qadar

Hisob-kitoblar asosida

Mahalliy budjet mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Aholiga chaqiruvlarni mobil ilova orqali amalga oshirish imkoniyatini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-2023-yillar davomida

Hisob-kitoblar asosida

Mahalliy budjet mablagʻlari, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi

11.

Shifoxonalarda mavjud boʻsh oʻrinlarni onlayn tarzda elektron axborot tizimi orqali koʻrish imkoniyatini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-2023-yillar davomida

Hisob-kitoblar asosida

Mahalliy budjet mablagʻlari, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi

1.3. Shoshilinch tibbiy yordam tizimini takomillashtirish

12.

Quyidagilarni tashkil etish:

Markaziy tuman (shahar) shifoxonalaridagi shoshilinch tibbiy yordam boʻlimidagi oʻrinlar pediatriya, terapiya va xirurgiya boʻlimlari tarkibiga oʻtkazilib, bemorlarni kasallikning ogʻirlik darajasi boʻyicha taqsimlaydigan (triaj) tunu-kun ishlaydigan shoshilinch qabul boʻlimi;

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi 1-son, Yashnobod tumanidagi 4-son, Yunusobod tumanidagi 7-son shahar klinik shifoxonalari hamda Uchtepa tumanidagi Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi tarkibida, alohida yuridik maqomga ega boʻlmagan tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlari;

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududiy filiallari hamda barcha tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarida shoshilinch qabul boʻlimlari.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil yakuniga qadar

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

13.

Shoshilinch qabul boʻlimlarining yangilangan shtat normativlarini tasdiqlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-sentabr

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

14.

Markaziy tuman (shahar) shifoxonalari qabulxonalarini hamda yangi tashkil etilayotgan tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarini shoshilinch xizmat koʻrsatishga va yuqori texnologik tibbiy jihozlarni oʻrnatishga moslashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-oktabr

Hisob-kitoblar asosida

Mahalliy budjet mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

15.

Tez tibbiy yordam xizmatida sanitar aviatsiya shaklida tibbiy xizmatlar koʻrsatish uchun havo transportidan (vertolyot va samolyot) foydalanish tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil 1-sentabr

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

II. TEZ TIBBIY YORDAM XIZMATINING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI TAKOMILLASHTIRISH

16.

Ekspluatatsiya muddatini oʻtab boʻlgan hamda maʼnan eskirgan 2 183 dona “Damas” va boshqa rusumli maxsus avtotransport vositalarini zarur tibbiy jihozlar bilan jihozlangan zamonaviy avtomobillarga bosqichma-bosqich almashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022 — 2025-yillar davomida

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2022-yilda 890 dona maxsus avtotransport vositasini xarid qilish.

27 mln AQSH dollari

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari, Davlat budjetidan ajratilgan hamda Tez tibbiy yordam tizimini rivojlan-tirish jamgʻarmasi mablagʻlari

2023 — 2025-yillarda har yili 419 tadan jami 1 257 ta maxsus avtotransport vositasi hamda 31 tadan jami 93 ta yoʻltanlamas avtotransport vositasini xarid qilish.

Tez tibbiy yordam xizmati faoliyatidan chiqarilayotgan “Damas” avtomobillarini:

10 yildan koʻp foydalanilmagan soz holatdagi maxsus avtotransport vositalarini boshqa davolash-profilaktika muassasalariga tibbiy xizmat transporti sifatida topshirish;

nosoz holatdagi yoki 10 yildan koʻproq foydalanilayotgan avtomobillarni oʻrnatilgan tartibda auksion orqali sotish.

Hisob-kitoblar asosida

17.

Markazning hududiy filiallariga tez tibbiy yordam xizmati xodimlarini hamda maxsus avtotransport, dori vositalari, sarflash materiallari va tibbiy jihozlar taʼminotini oʻtkazish.

Avtotransport vositalarini saqlash, taʼmirlash, yoqilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlashni autsorsing xizmatiga oʻtkazish hamda elektron tizim orqali nazorat qilishni tashkillashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-yanvar

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

18.

Markaz va uning Toshkent shahar hududiy filialini zamonaviy loyiha asosida barpo etish hamda tezkor Internet, telefon xizmati, radioaloqa tizimlari bilan taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-mart

Hisob-kitoblar asosida

Mahalliy budjet mablagʻlari

Toshkent shahar hokimligi, Qurilish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

III. TEZ TIBBIY YORDAM XIZMATI XODIMLARINING SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISH, KOʻRSATILADIGAN TIBBIY YORDAM SIFATINI OSHIRISH

3.1. Tez tibbiy yordam xizmati xodimlarini ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish

19.

Tez tibbiy yordam boʻyicha elektron avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi yoʻlga qoʻyilgan hududlarda ushbu tizimdagi maʼlumotlardan foydalangan holda xodimlar faoliyatini KPI tizimi orqali baholash mexanizmini joriy etish.

Qoʻshma buyruq

2022-yil 1-oktabr

Hisob-kitoblar asosida

Tez tibbiy yordam muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmalari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

20.

Markaz va uning hududiy filiallarida davlat tadbirlaridan tashqari boshqa tadbirlarga tez yordam brigadalarini jalb qilishni pullik asosda tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-sentabr

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

3.2. Tez tibbiy yordam xizmati xodimlarini oʻqitish tizimini takomillashtirish va malaka oshirishning yangi mexanizmlarini joriy etish

21.

Respublika tez tibbiy yordam markazi xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash maktabi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:

Maktabning hududiy filiallarini tashkil etish va ularning grant hamda homiylar mablagʻlari hisobidan jihozlanishini taʼminlash;

Maktab va uning hududiy filiallariga pullik xizmatlarni tashkil qilishga hamda pullik xizmatlardan kelib tushgan mablagʻlarni oʻzining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, KPI tizimi asosida xodimlarni munosib ragʻbatlantirishga yoʻnaltirishga ruxsat berish;

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil yakuniga qadar

-

Xorijiy grant hamda homiylar mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

tez tibbiy yordam brigadalarining 12 mingdan ziyod shifokorlari va 28 mingga yaqin feldsher va hamshiralarini oʻqitish tizimini yoʻlga qoʻyish;

malaka oshirish jarayoniga Turkiya, Koreya Respublikasi va Fransiya kabi tez tibbiy yordam tizimi rivojlangan mamlakatlardan mutaxassislar jalb qilish.

Reja-jadval asosida

22.

Toshkent shahri tez tibbiy yordam stansiyasidagi simulyatsion markazda tez tibbiy yordam avtotransport vositalari haydovchilarini tajriba-sinov tariqasida birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha bir oylik kursda oʻqitishni tashkil etish, bunda:

2022-yil oxirigacha Toshkent shahridagi tez tibbiy yordam haydovchilarini;

2023-yildan boshlab bosqichma-bosqich hududlardagi tez tibbiy yordam haydovchilarini oʻqitish.

Reja-jadval asosida

2022-yil oktabr oyidan boshlab

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

23.

Tez tibbiy yordam brigadalari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish modullarini ishlab chiqish.

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi

2022-yil 1-oktabr

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

24.

Toshkent va Samarqand shaharlari tez tibbiy yordam stansiyalaridagi simulyatsion markazlarda bir haftalik kursda tegishli tez tibbiy yordam xodimlarining malakasini oshirish, bunda:

2022-yil oxirigacha Toshkent va Samarqand shaharlaridagi tez tibbiy yordam xodimlarining;

2023-yildan boshlab bosqichma-bosqich hududlardagi tez tibbiy yordam xodimlarining malakasini oshirish.

Reja-jadval asosida

2023-yil yakuniga qadar

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

25.

Tez tibbiy yordam xodimlarini xorijga malaka oshirishga yuborish.

Reja-jadval asosida

2022-2023-yillar davomida

Hisob-kitoblar asosida

Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

26.

Tibbiyot yoʻnalishidagi professional taʼlim muassasalarida (tibbiyot texnikumlari va kollejlar) feldsherlikka oʻqiyotgan yoshlarni tez tibbiy yordam avtotransport vositalarini boshqarishga oʻrgatish.

Tibbiyot yoʻnalishidagi professional taʼlim muassasalarida feldsherlikka oʻqiyotgan yoshlarni asosiy taʼlim dasturlariga qoʻshimcha ravishda haydovchilikka oʻqitishni yoʻlga qoʻyish.

Bunda:

tibbiyot yoʻnalishidagi professional taʼlim muassasalarini haydovchilik guvohnomalarini berish huquqiga ega taʼlim muassasalariga biriktirish;

haydovchilik guvohnomasini olish istagida boʻlgan oʻquvchilar roʻyxatini shakllantirish va biriktirilgan taʼlim muassasalariga taqdim etish;

shakllangan guruhlarni ichki ishlar organlaridan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish va haydovchilikka oʻqitish kurslarini tashkil etish.

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

Hisob-kitoblar asosida

Budjet mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3.3. Tez tibbiy yordam tizimida koʻrsatiladigan tibbiy xizmatni yanada yaxshilash

27.

Tez tibbiy yordam koʻrsatishning standart va protokollarini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash.

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi

2022-yil 1-sentabr

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

28.

Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida tez tibbiy yordam orqali kelgan bemorlarga ixtisosligi boʻyicha shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish. Koʻrsatilgan tibbiy yordam uchun toʻlovlarni Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-avgust

Hisob-kitoblar asosida

Sogʻliqni saqlash vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi

29.

Sirdaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida nodavlat tibbiyot tashkilotlariga tez tibbiy yordam orqali kelgan bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish. Koʻrsatilgan tibbiy yordam uchun toʻlovlarni Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-avgust

Hisob-kitoblar asosida

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi

30.

Aholining tez tibbiy yordam xizmatidan foydalanishdagi masʼuliyati va buning ahamiyatini keng targʻib etuvchi materiallarni tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida doimiy koʻrsatib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-2023-yillar davomida

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi PQ-283-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tez tibbiy yordam xizmatini isloh qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ISHCHI GURUH TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

O.R. Fazilkarimov

sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari, Komissiya raisi

2.

M.Sh. Yuldashev

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi boshqarma boshligʻi, Komissiya raisining oʻrinbosari

3.

D.T. Sultanov

Vazirlar Mahkamasining bosh mutaxassisi

4.

A.R. Mansurov

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi boshqarma boshligʻi

5.

U.R. Riskiyev

Sogʻliqni saqlash vazirligi bosh boshqarma boshligʻi

6.

A.D. Xasanov

Moliya vazirligi departament direktori oʻrinbosari

7.

F.R. Dalimov

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi boshqarma boshligʻi

8.

I.M. Ergeshev

Kadastr agentligi boshqarma boshligʻi

9.

F.F. Axunov

Qurilish vazirligi boshqarma boshligʻi

10.

B.Y. Kazakbayeva

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

11.

Lavozimi boʻyicha

Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori

12.

A.X. Gafurov

“BePro dasturchilar markazi” MCHJ bosh direktori

13.

D.B. Tulyaganov

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori, Komissiya kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoxud tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi PQ-283-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tez tibbiy yordam tizimida mavjud avtotransport vositalari parkini bosqichma-bosqich yangilash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hududlar

Jami

2022-yilda

2023-yilda

2024-yilda

2025-yilda

Maxsus avtotransport vositasi

Maxsus avtotransport vositasi

Maxsus avtotransport vositasi

Yoʻltanlamas avtotransport vositasi

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

145

73

21

21

21

9

2.

Andijon viloyati

177

63

37

37

37

3

3.

Buxoro viloyati

129

71

18

18

18

4

4.

Jizzax viloyati

103

51

16

16

16

4

5.

Qashqadaryo viloyati

228

78

47

47

47

9

6.

Navoiy viloyati

59

31

8

8

8

4

7.

Namangan viloyati

232

69

52

52

52

7

8.

Samarqand viloyati

261

98

52

52

52

7

9.

Sirdaryo viloyati

89

58

10

10

10

1

10.

Surxondaryo viloyati

171

67

32

32

32

8

11.

Toshkent viloyati

222

59

52

52

52

7

12.

Fargʻona viloyati

270

108

52

52

52

6

13.

Xorazm viloyati

126

59

22

22

22

1

14.

Toshkent shahri

5

5

-

-

-

-

Jami

2217

890

419

419

419

70

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan yoʻltanlamas avtotransport vositasiga boʻlgan ehtiyoj asosida mazkur roʻyxatga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
(3-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi PQ-18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2025-y., 07/25/18/0062-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi PQ-283-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika tez tibbiy yordam markazi hududiy filiallarini joylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reja-jadvali
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hududlar

Filial joylashtiriladigan manzil

Filialni joylashtirish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

Amalga oshirish muddati

1.

Qoraqalpogʻiston

Respublikasi

Nukus shahri, Allayar Dosnazarov koʻchasi, 100-A-uy

(Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpogʻiston filiali binosi)

Binoda rekonstruksiya ishlarini olib borish

2023-yil may

2.

Andijon viloyati

Andijon shahri, Milliy tiklanish koʻchasi, 5-uy

(Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali Tez tibbiy yordam stansiyasi)

Binoda rekonstruksiya ishlarini olib borish

2022-yil avgust

3.

Buxoro viloyati

Buxoro shahri, Bahouddin Naqshband koʻchasi 159-uy

(Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali Tez tibbiy yordam stansiyasi)

Yangi bino qurish

2023-yil iyun

4.

Jizzax viloyati

Jizzax shahri, Shifokorlar koʻchasi, 1-uy

(Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali Tez tibbiy yordam boʻlimi)

Qoʻshimcha bino qurish

2023-yil dekabr

5.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahri, “Xoʻjaxiyol” MFY, Abay koʻchasi, 2-uy

(Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali Tez tibbiy yordam stansiyasi)

Binoda rekonstruksiya ishlarini olib borish va qoʻshimcha bino qurish

2023-yil avgust

6.

Navoiy viloyati

Navoiy shahri, Ibn Sino koʻchasi, 27-uy

Qoʻshimcha bino qurish

2023-yil dekabr

7.

Namangan viloyati

1. Namangan shahri, Shohruhobod koʻchasi, 26-uy

(Ryespublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali Tez tibbiy yordam stansiyasi)

Binoni kapital taʼmirlash

2023-yil dekabr

2. Namangan shahri, “Chamanzor” MFY, Goʻzal koʻchasi, 94-uy

Yangi bino qurish

2023-yil avgust

8.

Samarqand viloyati

Samarqand shahri, Xoʻja Ahror Vali koʻchasi 21-uy

(Soʻzangaron tibbiyot kolleji)

Binoda rekonstruksiya ishlarini olib borish

2022-yil sentabr

9.

Surxondaryo viloyati

Termiz shahri, “Oʻzbekiston” MFY, Alisher Navoiy koʻchasi, 68-uy

(Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filiali Tez tibbiy yordam boʻlimi)

Binoni foydalanishga topshirish

2022-yil sentabr

10.

Sirdaryo viloyati

Guliston shahri, 4-mavze, Guliston koʻchasi

(Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filiali Tez tibbiy yordam boʻlimi)

Binoda rekonstruksiya ishlarini olib borish

2023-yil sentabr

11.

Toshkent viloyati

Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, “Oybek” MFY, Ulugʻbek koʻchasi, 1-uy

(Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filiali Tez tibbiy yordam stansiyasi)

Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, “Birlik” MFY hududidan filial uchun yer maydoni ajratish va yangi bino qurish

2023-yil iyul

12.

Fargʻona viloyati

Fargʻona shahri, “Iftixor” MFY, Tabobat koʻchasi, 24-uy

(Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Fargʻona filiali Tez tibbiy yordam stansiyasi)

Binoni kapital taʼmirlash va rekonstruksiya ishlarini olib borish, qoʻshimcha bino qurish

2023-yil avgust

13.

Xorazm viloyati

Urganch shahri, Komiljon Otaniyozov koʻchasi, 1-uy

(Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali Tez tibbiy yordam boʻlimi)

Binoni kapital taʼmirlash va rekonstruksiya ishlarini olib borish, qoʻshimcha bino qurish

2023-yil may

14.

Toshkent shahri

Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Markaz-4, 17-a-uy

(Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent shahar Tez tibbiy yordam stansiyasi)

Toshkent shahri, Yunusobod tumani hududidan Respublika tez tibbiy yordam markazi hamda uning Toshkent shahar filiali uchun yer maydoni ajratish va yangi bino qurish

2023-yil mart

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi PQ-283-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4391-son qarori 12-bandining ikkinchi xatboshisi “roʻyxat boʻyicha” soʻzlaridan keyin “tibbiyot yoʻnalishidagi oʻquv simulyatsion asbob-uskunalar, shuningdek,” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi “Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bemor bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish va dori vositalarini bepul yetkazib berish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-217-son qarori 9-bandining uchinchi xatboshisidagi “1-iyunga” soʻzlari “1-iyulga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 07/22/283/0537-son; 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 23.01.2025-y., 07/25/18/0062-son; 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)