15.06.2022 yildagi PQ-280-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 16.06.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiiy gaz bozorini isloh qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar toʻgʻrisida”gi PF-101-son Farmoniga muvofiq respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va aholisining tabiiy gazga boʻlgan talabini ishonchli va uzluksiz taʼminlash, gaz uzatish tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, eng yaxshi xalqaro tajriba asosida tarmoqda sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Energetika vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy gazni markazlashgan tartibda xarid qilish va sotish funksiyasini bajaruvchi “UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyatini (keyingi oʻrinlarda — “UzGasTrade” AJ) tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻztransgaz” AJni tabiiy gazni tashish, saqlash va tranzit qilishga ixtisoslashgan yagona magistral gaz uzatish tizimi operatori etib belgilash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, 2022-yil 1-avgustdan boshlab “UzGasTrade” AJ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy gazni davlatning yagona operatori sifatida respublikadagi ishlab chiqaruvchilardan Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan narxlarda va import orqali tashqi manbalardan markazlashgan tartibda xarid qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Hududgaztaʼminot” AJga va magistral gaz uzatish tizimiga ulangan isteʼmolchilarga tabiiy gazni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotish, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida koʻzda tutilgan holatlardan tashqari yagona eksport qiluvchi funksiyalarini bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, mahsulot taqsimotiga oid bitimlarni hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar, qoʻshma korxonalar va “UzGasTrade” AJ oʻrtasidagi tabiiy gazni xarid qilish toʻgʻrisidagi shartnomalarni rasmiylashtirish ishlari 2022-yil 1-avgustga qadar “Oʻztransgaz” AJ tomonidan bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Moliya vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda xalqaro moliya institutlarini va konsultantlarni jalb qilgan holda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻztransgaz” AJning mavjud kreditor qarzdorligini toʻlash va debitor qarzdorligini undirish, moliyaviy holatini sogʻlomlashtirish, boshqaruv va tashkiliy tuzilmasini qayta koʻrib chiqish, zamonaviy moliyaviy hisobdorlik va boshqaruv hamda xarid tamoyillarini tatbiq etish va “Oʻztransgaz” AJ tomonidan 2024-yil yakuniga qadar xalqaro kredit reytingi qoʻlga kiritilishi boʻyicha chora-tadbirlar rejasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻztransgaz” AJ va “Hududgaztaʼminot” AJ bilan birgalikda respublika boʻyicha gaz taqsimlash stansiyalari va sanoat tugunlarini xatlovdan oʻtkazsin va ushbu obyektlar orqali xizmat koʻrsatiladigan isteʼmolchilarga bogʻliq holda ularni qayta taqsimlash boʻyicha takliflarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika gaz uzatish tizimini, shu jumladan yer osti gaz saqlash omborlari infratuzilmasini 2040-yilgacha rivojlantirish va modernizatsiya qilish strategiyasini ishlab chiqish boʻyicha texnik topshiriqnomani Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasi Energetika vazirligi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Oʻztransgaz” AJ magistral gaz uzatish tizimidagi barcha kirish va chiqish nuqtalarida oʻrnatilgan gaz hisoblagichlarni xatlovdan oʻtkazgan holda ularning ustidan onlayn nazorat oʻrnatish tartibini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“UzGasTrade” AJ ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketlari boʻyicha aksiyador huquqi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“UzGasTrade” AJning ustav kapitali Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya mablagʻlarining bir qismi hisobidan shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy gazni sotib olish va ichki bozorda uni sotish bilan bogʻliq 2022-yil 1-avgust holatiga mavjud debitor va kreditor qarzdorliklar boʻyicha barcha huquq va majburiyatlar “Oʻztransgaz” AJ zimmasida qoladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻztransgaz” AJning tabiiy gazni xarid qilish va sotish shartnomalari hamda bitimlari, shu jumladan mahsulot taqsimotiga oid bitimlar boʻyicha huquq va majburiyatlari 2022-yil 1-avgustdan boshlab “UzGasTrade” AJga oʻtadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorga muvofiq xoʻjalik jamiyatlarining bir tashkilotdan boshqa bir tashkilotga oʻtkazilayotgan mulki, mulkiy huquqlari, shuningdek, ustav kapitalidagi aksiyalari va ulushlari qiymati, shu jumladan ularni qayta tashkil etish va tugatish chogʻida soliqqa tortishning barcha turlari boʻyicha soliq solish obyekti hisoblanmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“UzGasTrade” AJning ustav kapitalini shakllantirishda baholovchi tashkilot tomonidan mol-mulklarni baholash talab etilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi har yili tabiiy gaz resurslari va isteʼmoli balansidan kelib chiqqan holda tabiiy gazning keyingi yildagi eksport hajmi yuzasidan takliflarni 1-oktabrga qadar (2022-yil uchun — joriy yil 1-avgustga qadar) Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“UzGasTrade” AJ tomonidan tabiiy gazni import qilish tender, tanlov hamda Hukumat qarori asosida toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar natijalariga koʻra amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi “Oʻztransgaz” AJning majburiyatlari boʻyicha ilgari berilgan davlat kafolatlariga mazkur qarordan kelib chiqib oʻzgartirishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi (J. Qoʻchqorov) “Oʻztransgaz” AJning tabiiy gazni tashish xizmati uchun tariflarni belgilashda uning zimmasida qoladigan kreditor qarzdorliklar toʻlab berilishi taʼminlanishini inobatga olsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ikki hafta muddatda “UzGasTrade” AJ taʼsis hujjatlari tasdiqlanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bir oy muddatda “Oʻztransgaz” AJ va “UzGasTrade” AJ tashkiliy tuzilmalarini hamda “UzGasTrade” AJ Kuzatuv kengashining tarkibi unga kamida ikkita mustaqil aʼzo sifatida xorijiy mutaxassislar jalb qilinishini inobatga olgan holda tasdiqlanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻztransgaz” AJ va “UzGasTrade” AJ rahbarlik lavozimlariga zarur tajriba va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar, shu jumladan xorijiy mutaxassislar jalb etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki bozorda sotiladigan energiya resurslarini soliqqa tortish tartibini takomillashtirish boʻyicha takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “UzGasTrade” AJ Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi, 45a-uy manzilidagi binoga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Moliya vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda “UzGasTrade” AJning tabiiy gazni sotib olish va sotish narxlaridagi tafovut sababli yuzaga keladigan zararlarini qoplash va operatsion faoliyatini moliyalashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda “UzGasTrade” AJning faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur boʻladigan mablagʻlar hisob-kitobi va manbai boʻyicha aniq takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keyingi yillarda ushbu maqsadlar uchun subsidiyalarni “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi qonun loyihalarida nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi uch oy muddatda, istisno tariqasida, “Oʻztransgaz” AJ va “UzGasTrade” AJ tomonidan ularni ajratish va faoliyatlarini alohida tashkil etish, ularning operatsion, iqtisodiy va moliyaviy modellarini ishlab chiqish, tabiiy gazni yetkazib beruvchilar va xarid qiluvchilar bilan shartnomalar bazasini ajratish va boshqa transformatsiya jarayonlarini yoʻlga qoʻyish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha xalqaro konsalting kompaniyasi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Energetika vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 15-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-280-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 07/22/280/0535-son; 03.08.2023-y., 07/23/242/0556-son; 03.05.2025-y., 06/25/74/0404-son)