15.06.2022 yildagi PQ-280-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida”gi PF-101-son Farmoniga muvofiq respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va aholisining tabiiy gazga bo‘lgan talabini ishonchli va uzluksiz ta’minlash, gaz uzatish tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, eng yaxshi xalqaro tajriba asosida tarmoqda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida:
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;