28.05.2022 yildagi SQ-547-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasining 2021-yil va 2022-yilning birinchi choragidagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) tomonidan 2021-yil va 2022-yilning birinchi choragida qonunchilik va parlament nazorati faoliyati doirasida 47 ta majlis oʻtkazilib, ularda 140 ta masala muhokama etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik faoliyati doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatlari va ekspertlarni jalb qilgan holda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan hamda maʼqullash uchun Senatga kiritilgan qonunlar dastlabki tarzda koʻrib chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orolboʻyi mintaqasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan qabul qilingan 30 ta normativ-huquqiy hujjat, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 14 ta qarori va 1 ta Farmoni ijrosi oʻrganilib, maʼlumotlar tayyorlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilishga oid 6 ta qonun va qonunosti hujjatlarining oʻzaro muvofiqligi tahlil qilinib, ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat-tahlil faoliyati doirasida 26 ta tadbir oʻtkazilgan. Jumladan, 5 ta qonunning ijrosi holati va huquqni qoʻllash amaliyoti oʻrganilgan. Shuningdek, vazirlik, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining 5 ta hisoboti va 15 ta axboroti eshitilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita tashabbusi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari hamda aholi turar joylarida quyosh va shamol energiyasidan foydalanish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va ijtimoiy soha obyektlarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda “Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish strategiyasi toʻgʻrisida”gi qarori loyihalari ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabrdagi “2020-2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4889-sonli qarori ijrosi ustidan Qoʻmita tomonidan qatʼiy parlament nazorati oʻrnatilishi natijasida qaror doirasida ishga tushirilishi lozim boʻlgan 12 trln 626,2 mlrd soʻmlik 1 359 ta loyihaning 9,9 trln soʻmlik 1 266 tasi oʻzlashtirilgan. 2022-yilning birinchi choragi yakuni boʻyicha 9,1 trln soʻmlik 1 139 ta (84 %) loyiha ishga tushirilgan va 9 152 ta yangi ish oʻrni yaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi maxsus rezolyutsiyasini amalga oshirish choralari toʻgʻrisida”gi PQ-5202-sonli qarorining hamda “Orolboʻyi mintaqasida tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-25-sonli Farmonining joylarda ijro etilishi oʻrganilgan. Ushbu qarorlar ijrosi yuzasidan 10 ta vazirlik va idoraga senator soʻrovlari yuborilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita aʼzolarining tegishli davlat hokimiyati, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga yuborgan 105 ta senator soʻrovining 87 tasi ijobiy hal etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida saylovchilar bilan 2 018-marta uchrashuv tashkil etilib, fuqarolardan kelib tushgan 15 557 ta yozma va ogʻzaki murojaatning 10 112 tasi ijobiy hal etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita aʼzolari qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyatini aholiga tushuntirish va boshqa masalalarga bagʻishlab oʻtkazilgan 4 921 tadan ortiq ommaviy tadbirlarda ishtirok etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekanallarda 997 ta, radiokanallar orqali 881 ta, bosma ommaviy axborot vositalarida 704 ta, Internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda 2 301 ta chiqish tashkil etilgan. Qoʻmita faoliyatiga oid 8 ta videorolik tayyorlanib, MTRK telekanallari orqali efirga uzatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, xorijiy ommaviy axborot vositalarida 17 ta chiqish tashkil qilingan. Nufuzli xorijiy ilmiy-tadqiqot nashrlarida 16 ta maqola chop etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga “xonadonbay” maslahat berish, yotoqda qolgan bemorlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tadbirlari tashkil etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keng jamoatchilik ishtirokida oʻtkazilgan “Orolga madad” aksiyasi doirasida Orol dengizining qurigan tubidagi oʻrmonchilar shtabiga 5 tonnaga yaqin saksovul urugʻi va koʻchatlar yetkazib berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita hamkorligida yangi avlod biooʻgʻitlari asosida resurstejamkor, iqtisodiy samarali bioagrotexnologiya yaratilgan. Ushbu bioagrotexnologiya 2021-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasining 1 440 gektar yer maydonlarida qoʻllanilgan. Natijada hosildorlik 25 — 30 foizga oshgan, suv resurslari 15-20 foizga tejalgan, mineral oʻgitlardan foydalanish 50 foizga kamaygan. Tuproqning shoʻrlik darajasi esa sezilarli darajada pasaygan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita tashabbusi bilan Nukus shahriga qiymati 350 ming AQSh dollariga teng uchuvchisiz boshqariladigan apparatlarni (dron) vodorod yoqilgʻisi bilan quvvatlash uskunasi oʻrnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarganlik va ochiq suv havzalariga ifloslantiruvchi oqovalarni oqizganlik uchun keltirilgan moddiy zararni aniqlash” metodik qoʻllanmasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyati hokimligi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi: Xorazm tajribasi” tizimi amaliyotga joriy etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis Senatining 2022-yil 4-fevraldagi SQ-483-IV-sonli Qarori bilan Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi qayta tashkil etilib, ekologiya masalalari Qoʻmitaga oʻtkazilgan va qoʻshimcha vazifalar yuklatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasining 2021-yil va 2022-yilning birinchi choragidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasining 2021-yil va 2022-yilning birinchi choragidagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasiga oid qonun hujjatlari ijrosi ustidan tizimli parlament nazoratini amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orolboʻyi mintaqasini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish yuzasidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlar ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar murojaatlarida, aholi bilan uchrashuvlarda koʻtarilgan masalalarni hal etish yuzasidan senator yoki parlament soʻrovi yuborish hamda uning natijalarini Qoʻmita, Senat Kengashi, Senat yalpi majlislarida eshitish amaliyotidan kengroq foydalansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat-tahlil tadbirlariga Qoʻmita huzuridagi ekspertlar guruhi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, tashkilotlar, muassasalar, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillarini faol jalb qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita aʼzolarining hududlarda aholini tashvishga solayotgan muammolarni tizimli ravishda oʻrganishlarini tashkil etsin va ularning yechimi yuzasidan parlament nazorati mexanizmlaridan samarali foydalanishda hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari majlislarida muammolarni olib chiqishda amaliy yordam koʻrsatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarda Senat aʼzolari faoliyati yuzasidan aholi va keng jamoatchilik xabardorligini oshirishda ommaviy axborot vositalari va blogerlar bilan tizimli ishlarni yoʻlga qoʻyishlariga koʻmaklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita aʼzolarining senator soʻrovi institutidan samarali foydalanishini taʼminlash maqsadida ularga uslubiy yordam koʻrsatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi bilan birgalikda 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasining 79, 80 va 81-maqsadlarida belgilangan topshiriqlarni amalga oshirishda hamkorlikni yoʻlga qoʻysin hamda ularning bajarilishini Qoʻmita majlislarida muhokama qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik nazoratning jamoatchi inspektori institutini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qaror ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan umumlashtirilgan maʼlumotni joriy yilning 1-noyabriga qadar Senat Kengashiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, tuman va shahar Kengashlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida aholi orasida keng muhokamalarga sabab boʻlayotgan masalalar yuzasidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, sanoat korxonalari rahbarlarining mahalliy Kengashlarda axboroti eshitib borilishini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, shu jumladan chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish borasida aholi orasida tushuntirish va targʻibot ishlarini olib borish, bu borada ommaviy axborot vositalarida chiqishlarni koʻpaytirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi B. Alixanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 28-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SQ-547-IV-son