15.06.2022 yildagi 333-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati saf boʻlinmalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati saf boʻlinmalari faoliyatini tashkil qilishda xizmatni oʻtashning zamonaviy uslublarini joriy qilish hamda ularning yuqori harakatchanligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati saf boʻlinmalarining naryadlari tomonidan patrul xizmatini faqat avto va mototransport vositalarida olib borishga oʻtkazish uchun zarur boʻlgan transport vositalari bilan bosqichma-bosqich taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati saf boʻlinmalari tarkibida otliq otryadlarni bosqichma-bosqich tashkil etish hamda mazkur otryadlarni xizmat otlari, tegishli transport vositalari va anjomlar bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Navoiy viloyatlari ichki ishlar boshqarmalarining patrul-post xizmati saf boʻlinmalari tarkibida tashkil etiladigan otliq otryadlarni ushbu ichki ishlar boshqarmalariga tegishli boʻlgan yer maydonlarida barpo etiladigan bino va inshootlarda, Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasining patrul-post xizmati saf boʻlinmasi tarkibida tashkil etiladigan otliq otryadni esa Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish departamentiga tegishli boʻlgan yer maydonida barpo etiladigan bino va inshootlarda joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Buxoro, Fargʻona, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari ichki ishlar boshqarmalarining patrul-post xizmati saf boʻlinmalari tarkibida tashkil etiladigan otliq otryadlarni joylashtirish uchun Nukus va Buxoro shaharlari, Fargʻona, Qarshi, Termiz tumanlari hududida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan 1 gektardan zaxira yer maydonlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda tegishli viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga doimiy foydalanish huquqi bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ajratish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023 — 2026-yillarda ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati saf boʻlinmalarini avto va mototransport vositalari, xizmat otlari va anjomlar bilan taʼminlash dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan patrul-post xizmati saf boʻlinmalarining otliq otryadlari uchun yangi bino va inshootlarni qurish hamda mukammal taʼmirlash dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati saf boʻlinmalari otliq otryadlarining (keyingi oʻrinlarda — otliq otryadlar) shtat birliklari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining amaldagi shtat birliklari doirasida shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023 — 2026-yillarda ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati saf boʻlinmalarini avto va mototransport vositalari, xizmat otlari va anjomlar bilan taʼminlash dasturi doirasida otliq otryadlarga qorabayir zotli otlar mazkur sohaga ixtisoslashgan mahalliy tashkilotlar tomonidan yetkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning ijrosini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga har yili ajratiladigan Davlat budjeti mablagʻlari doirasida hamda vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
otliq otryadlarning tuzilmasini, ushbu otryadlar toʻgʻrisidagi nizomni, ularning xodimlari uchun xizmat kiyimining namunasini, ularni ekipirovka, anjom va boshqa zarur vositalar bilan taʼminlash boʻyicha tabel meʼyorlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat otlarining kirim-chiqim qilinishi, saqlanishi, parvarish qilinishi, oʻrgatilishini hamda yem-xashak, zootexnika va veterinariyaga oid hamda boshqa anjomlar bilan taʼminlanishini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi qoʻllanmani ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) uch oy muddatda otliq otryadlar uchun yangi bino va inshootlarni qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlasin va belgilangan tartibda kelishsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) toʻrt oy muddatda otliq otryadlarning yoʻnalishlarda oʻz vaqtida jinoyat va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni barvaqt aniqlash va ularga chek qoʻyish boʻyicha aniq vazifalarini, hududiy ichki ishlar organlari va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlarning kuch hamda vositalari bilan hamkorlikni tashkil etish va muvofiqlashtirish uslublarini, shuningdek, xizmat otlarining imkoniyatlaridan samarali foydalanish koʻnikmalarini shakllantirishni belgilagan holda, otliq otryadlar bilan maxsus taktik mashqlar, xizmat va jangovar tayyorgarlik mashgʻulotlarini oʻtkazishga doir mavzuli reja-jadvallar va oʻquv dasturlarini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Fargʻona, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari hokimliklari Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda patrul-post xizmatining saf boʻlinmalari tarkibida tashkil etiladigan otliq otryadlarni joylashtirish uchun yer uchastkalari belgilangan tartibda ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 2023 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan patrul-post xizmati saf boʻlinmalarining otliq otryadlari uchun yangi bino va inshootlarni qurish hamda mukammal taʼmirlash dasturi doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari — buyurtmachi etib belgilansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bosh loyiha va pudrat tashkilotlari — belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tanlov (tender) savdolari natijalari boʻyicha aniqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Buyurtmachiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharsozlik hujjatlari ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalashtirish jarayonida tekshiruv va qurilish sifati boʻyicha texnik nazoratni amalga oshirish vazifalari yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Oʻzavtosanoat” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi soʻrovnomalari boʻyicha ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati saf boʻlinmalari va otliq otryadlariga ushbu qarorda belgilangan avtotransport vositalarini sotib olish uchun tegishli shartnomalar tuzilishida amaliy yordam koʻrsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi Ichki ishlar vazirligiga tender hujjatlarini koʻrib chiqishda, xizmat otlari va anjomlarni xarid qilishda, xodimlar xizmat otlaridan foydalanishi va ularni saqlash bilan bogʻliq qoidalarni oʻzlashtirishda mutaxassislar ajratish va maslahatlar berish orqali koʻmaklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 15-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
333-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-iyundagi 333-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023 — 2026-yillarda ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati saf boʻlinmalarini avto va mototransport vositalari, xizmat otlari va anjomlar bilan taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Nomlanishi

Oʻlchov birligi

Ehtiyoj

Taxminiy narxi

(bir dona/ming soʻm)

Umumiy narxi

(mln soʻm)

2023-yil

2024-yil

2025-yil

2026-yil

miqdori

summasi

(mln soʻm)

miqdori

summasi

(mln soʻm)

miqdori

summasi

(mln soʻm)

miqdori

summasi

(mln soʻm)

Avto va mototransport vositalari

Yengil avtomobil, shu jumladan:

537

139

130

130

138

1.

“Neksiya-3” yoki uning muqobili

dona

295

121 598

35 871,4

79

9 606,2

72

8 755,1

72

8 755,1

72

8 755,1

2.

Skuter yoki uning muqobili

dona

242

15 000

3 630,0

60

900,0

58

870,0

58

870,0

66

990,0

Jami soʻm:

39 501,4

10 506,2

9 625,1

9 625,1

9 745,1

Xizmat otlari va tashish uchun tirkama (treyler)

1.

“Qorabayir” zotiga mansub xizmat otlari

bosh

110

50 000

5 500,0

25

1 250,0

25

1 250,0

30

1 500,0

30

1 500,0

2.

Xizmat otlarini tashishga moʻljallangan tirkama (treyler) 2-x

dona

26

40 000

1 040,0

13

520,0

13

520,0

-

-

-

-

Jami:

6 540,0

1 770

1 770

1 500

1 500

Xizmat otlari uchun anjomlar

1.

Egar toʻplami (egar, qorinbogʻ, uzangi, yugan, noʻxta, terlik)

komp-t

110

3 000

330,0

25

75,0

25

75,0

30

90,0

30

90,0

2.

Ortopedik valtrap (yopingʻich)

dona

110

300

33,0

25

7,5

25

7,5

30

9,0

30

9,0

3.

Tepki kamarlari (uzangi)

komp-t

110

250

27,5

25

6,3

25

6,3

30

7,5

30

7,5

4.

Tizgin

dona

110

500

55,0

25

12,5

25

12,5

30

15,0

30

15,0

5.

Ot yopinchigʻi (qishki, shimuvchi va paxta tolali)

komp-t

110

700

77,0

25

17,5

25

17,5

30

21,0

30

21,0

6.

Ot uchun bing toʻplami (oddiy, jarrohlik, yelimli, dum uchun), oyoq himoya vositasi (nagatka)

komp-t

110

150

163

25

3,8

25

3,8

30

4,5

30

4,5

7.

Zanjirli chumbur

dona

110

175

19,4

25

4,4

25

4,4

30

5,3

30

5,3

8.

Arqonli chumbur

dona

110

100

11,0

25

2,5

25

2,5

30

3,0

30

3,0

9.

Suli xaltasi

dona

110

30

3,3

25

0,8

25

0,8

30

0,9

30

0,9

10.

Sugʻorish chelagi

dona

110

20

2,2

25

0,5

25

0,5

30

0,6

30

0,6

11.

Ot choʻtkasi

dona

110

20

2,2

25

0,5

25

0,5

30

0,6

30

0,6

12.

Qirgʻich

dona

110

15

1,65

25

0,4

25

0,4

30

0,5

30

0,5

13.

Taqalash (taqa) asboblari

komp-t

13

100

1,3

2

0,2

3

0,3

4

0,4

4

0,4

14.

Xromli charm qoʻlqop (kragi)

juft

110

100

11,0

25

2,5

25

2,5

30

3,0

30

3,0

15.

Taqa (2 juft)

juft

110

100

11,0

25

2,5

25

2,5

30

3,0

30

3,0

16.

Taqa mixlari

dona

28160

1

28

7 040

7,0

7 040

7,0

7 040

7,0

7 040

7,0

17.

Ot uchun plastik-kevlar himoya vositalari toʻplami (maxsus operatsiyalar paytida)

komp-t

110

20

2,2

30

0,4

40

0,6

30

0,6

30

0,6

18.

Goʻng yigʻish uchun maxsus qop

dona

110

50

5,5

30

1,0

40

1,5

30

1,5

30

1,5

Jami:

638,2

145,3

146,1

173,4

173,4

HAMMASI

46 679,7

12 421,5

11 541,2

11 298,5

11 418,5

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Xarid qilinadigan avto va mototransport vositalari, xizmat otlari va ular uchun anjomlar hamda tashish uchun tirkama (treyler)larning qiymatiga tender (tanlov) savdolari natijalariga asosan aniqlik kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-iyundagi 333-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan patrul-post xizmati saf boʻlinmalarining otliq otryadlari uchun yangi bino va inshootlarni qurish hamda mukammal taʼmirlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Obyekt nomi

Sigʻimi, bosh ot

Amalga oshirish muddati

Obyektning dastlabki loyiha qiymati (mln soʻm)

shu jumladan, yillar boʻyicha

2023-y.

2024-y.

2025-y.

2026-y.

Respublika boʻyicha jami*

43 000

3 000

12 000

12 000

16 000

Yangi qurilish (10 ta)

40 000

12 000

12 000

16 000

Mukammal taʼmirlash (3 ta)

3 000

3 000

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV otliq boʻlinmasiga yangi bino qurish

10

2026-yil

4 000

4 000

2.

Andijon viloyati IIB otliq boʻlinmasi binosini mukammal taʼmirlash

10

2023-yil

1 000

1 000

3.

Buxoro viloyati IIB otliq boʻlinmasiga yangi bino qurish

10

2025-yil

4 000

4 000

4.

Jizzax viloyati IIB otliq boʻlinmasiga yangi bino qurish

10

2026-yil

4 000

4 000

5.

Qashqadaryo viloyati IIB otliq boʻlinmasiga yangi bino qurish

10

2026-yil

4 000

4 000

6.

Navoiy viloyati IIB otliq boʻlinmasiga yangi bino qurish

10

2026-yil

4 000

4 000

7.

Namangan viloyati IIB otliq boʻlinmasi binosini mukammal taʼmirlash

10

2023-yil

1 000

1 000

8.

Samarqand viloyati otliq boʻlinmasiga yangi bino qurish

10

2024-yil

4 000

4 000

9.

Sirdaryo viloyati otliq boʻlinmasiga yangi bino qurish

10

2025-yil

4 000

4 000

10.

Surxondaryo viloyati IIB otliq boʻlinmasiga yangi bino qurish

10

2025-yil

4 000

4 000

11.

Fargʻona viloyati IIB otliq boʻlinmasiga yangi bino qurish

10

2024-yil

4 000

4 000

12.

Xorazm viloyati IIB otliq boʻlinmasi binosini mukammal taʼmirlash

10

2023-yil

1 000

1 000

13.

Toshkent viloyati IIBB otliq boʻlinmasiga yangi bino qurish

10

2024-yil

4 000

4 000

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Obyektlarning umumiy qiymatiga ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari hamda tender (tanlov) savdolari natijalariga asosan aniqlik kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Otliq boʻlinmalar bino va inshootlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlarining loyiha-smeta hujjatlarida zamonaviy yoritish vositalari, isitish va sovitish tizimi hamda zarur texnik vositalar va jihozlar nazarda tutilgan.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 09/22/333/0527-son)