15.06.2022 yildagi PQ-281-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parrandachilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada parrandachilik sohasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, ichki va tashqi bozorlarga yo‘naltirish uchun raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish, parrandachilik xo‘jaliklarining ozuqaga bo‘lgan talabini barqaror ta’minlash mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, sohaga keng aholi qatlamlarini jalb etish va huquqiy madaniyatini oshirish, shuningdek, tarmoqda ilmiy-texnik yondashuvlar va axborot texnologiyasidan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda “Parrandasanoat” uyushmasining 2023-yil 1-apreldan boshlab parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, subsidiyalar ajratish va boshqa imtiyozlardan foydalanish huquqini faqatgina “my.vetgov.uz” saytida ro‘yxatdan o‘tgan hamda belgilangan tartibdagi mezonlarga mos keluvchi parrandachilik xo‘jaliklariga berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-dekabrga qadar “my.vetgov.uz” saytini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
parrandachilik sohasidagi ma’lumotlarni tizimli tahlil qilish uchun soliq xizmati, statistika, bojxona, veterinariya organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlarning axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
parrandachilik xo‘jaliklaridagi ota-onalar galasi, inkubatsion tuxumlar, bir kunlik jo‘jalar, ozuqa yem zaxirasi, parrandachilik mahsulotlari (iste’mol tuxumi), parranda go‘shti hamda boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishdan to oxirgi iste’molchiga sotish hajmlarining butun zanjiri bo‘yicha kompleks hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
parrandachilik xo‘jaliklarining haqiqiy ishlab chiqarish quvvatlarini, shuningdek, ozuqa yem mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji va subsidiyalar ajratish miqdorini aniqlash mezonlarini joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining asoslantirilgan hisob-kitoblariga muvofiq 2022-yil 1-sentabrga qadar “my.vetgov.uz” saytini bosqichma-bosqich takomillashtirish uchun zarur mablag‘larning ajratilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi (G‘aniyev, Qo‘chqorov) 2022-yil 1-noyabrga qadar ushbu bandda nazarda tutilgan mezonlar bo‘yicha tartibning ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, 2022-yil 1-iyundan boshlab Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan tijorat banklariga ularning buyurtmasiga asosan joylashtiriladigan 400 milliard so‘mgacha kredit resurslari hisobidan parrandachilik xo‘jaliklari va parranda omuxta yemi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlariga don zaxirasi yaratish uchun Markaziy bank asosiy stavkasida 3 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatgacha revolver kreditlar ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, ushbu kredit hisobidan tadbirkorlik subyektlarining tijorat banklaridan olingan boshqa kreditlarini so‘ndirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) parrandachilikni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli davlat dasturlari bo‘yicha kredit mablag‘lari 10 yilgacha muddatga 3 yilgacha imtiyozli davr bilan ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, asosiy poda (gala)ni shakllantirish, shu jumladan inkubatsion tuxum, jo‘jalar (final gibrid), ona tovuqlar va ota-ona galasini xarid qilish bilan bog‘liq tadbirlar uchun kreditlar investitsiya loyihasini moliyalashtirish sifatida uzoq muddatga ajratilishi nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-iyundagi “Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5146-son qaroriga muvofiq Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan parrandachilik loyihalarini moliyalashtirish uchun “Mikrokreditbank” ATBga ajratilgan maqsadli mablag‘larning 1-bosqichidan qaytgan qismi ushbu qarorning 4-bandi “a” kichik bandi ikkinchi-uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan maqsadlarga “b” kichik bandida belgilangan muddatlarda kredit ajratish uchun yo‘naltirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining parrandachilik xo‘jaliklari va parranda omuxta yemi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari loyihalarini moliyalashtirish uchun “Mikrokreditbank” ATBga yo‘naltirilgan miqdoridagi mablag‘larini qaytarish muddati 7 yildan 10 yilgacha 5 yillik imtiyozli davr bilan uzaytirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-noyabrdagi “Parrandachilikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4015-son hamda 2021-yil 14-iyundagi “Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5146-son qarorlariga asosan parrandachilik mahsulotlari va parranda omuxta yemi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlariga ularning mavjud quvvatlarini to‘liq ishga tushirish, shu jumladan modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, ozuqa mahsulotlari zaxirasini tashkil etish va aylanma mablag‘lar bilan to‘ldirish uchun mazkur qaror qabul qilingunga qadar ajratilgan kreditlarning qaytarish muddatini tadbirkorlarning arizalariga ko‘ra hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi takliflariga asosan o‘n yilgacha uzaytirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tijorat banklari parrandachilik va omuxta yem mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlarning qaytarish muddatlarini qarzdorlarning arizalariga asosan ularning moliyaviy holati va pul oqimlari prognozi tahlilidan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Moliya vazirligi bir oy muddatda “Parrandasanoat” uyushmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tarmoq korxonalariga xizmatlar ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, sohaga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, xodimlarni ijtimoiy rag‘batlantirish, ko‘rgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni amalga oshirish uchun 2023-yilning avgust — dekabr oylarida teng ulushlarda qaytarish sharti bilan yillik 4 foiz stavkada 10 milliard so‘m ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Parrandasanoat” uyushmasiga a’zo bo‘lgan parrandachilik xo‘jaliklariga 2022-yil 1-iyuldan boshlab 2024-yil 1-yanvarga qadar davrda parrandachilik xo‘jaliklariga har bir bosh 1 kunlik nasldor jo‘jani import qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun davlat tomonidan ajratiladigan subsidiya miqdori 12 ming so‘m etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Moliya vazirligi mazkur qarorning 9-bandida nazarda tutilgan subsidiya to‘lovlari bo‘yicha moliyaviy resurslar ajratilishini, shu jumladan respublika budjetining parametrlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston Respublikasi va boshqa davlatlardagi bug‘doy va makkajo‘xori doni, soya va kungaboqar shroti ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni birja savdolariga jalb etish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, “Parrandasanoat” uyushmasi xorijiy kompaniyalar tomonidan birja savdolariga yem mahsulotlari talabni qondiradigan hajmlarda qo‘yilishini ta’minlash maqsadida parrandachilik korxonalarini birja savdolariga jalb qilish choralarini ko‘rsin hamda ularning bug‘doy, makkajo‘xori doni, soya va kungaboqar shroti mahsulotlariga bo‘lgan talabini korxonalar kesimida har oy birjaga kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “O‘zdonmahsulot” AJ, “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ kalendar yilning yanvar — iyun, dekabr oylarida har oyda kamida 30 ming tonna donni sotish uchun birja savdolariga chiqarish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyat hokimlari, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “Parrandasanoat” uyushmasi 2022-yil 1-sentabrga qadar respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan har bir yirik parrandachilik xo‘jaliklarining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha muammolarini, ularning ishlab chiqarish quvvatlarini, mahsulot ishlab chiqarish hajmi va tannarxini o‘rgansin hamda hududlarda tuxum yo‘nalishida amalga oshiriladigan loyihalarning samaradorligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari S. Xolxo‘jayev parrandachilikni mahallalar kesimida rivojlantirish va sohani moliyaviy qo‘llab-quvvatlash masalalarini hal qilish uchun mas’ul etib belgilansin va sohani rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har o‘n besh kunda Chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirish Respublika kengashiga axborot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda “Parrandasanoat” uyushmasi bilan birgalikda 2022-yil yakuniga qadar 1-ilovaga muvofiq parranda mahsulotlari yetishtirishning prognoz ko‘rsatkichlarini bajarish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari “Parrandasanoat” uyushmasi bilan birgalikda parranda go‘shti ishlab chiqarish hajmlarini yil yakuniga qadar kamida 35 foizga oshirib, 600 ming tonnaga yetkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-iyundagi “Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5146-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “Parrandasanoat” uyushmasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi B. Norqobilov va “Parrandasanoat” uyushmasi raisi B. Isayev zimmasiga qarorning o‘z vaqtida va samarali ijro etilishini ta’minlash hamda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish yuzasidan Chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirish Respublika kengashiga takliflar kiritib borish vazifasi yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur qaror ijrosini ta’minlashga mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatini nazorat qilish hamda muvofiqlashtirish Bosh vazir o‘rinbosarlari Sh.M. G‘aniyev va D.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 15-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-281-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-281-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yilda parranda go‘shti yetishtirishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PROGNOZ KO‘RSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

tonna

T/r

Hududlar nomi

Broyler go‘sht

Boshqa turdagi parranda go‘shti

Jami parranda go‘shti

1.

Qoraqalpog‘iston

Respublikasi

19,8

3,2

23,0

2.

Andijon viloyati

35,5

6,5

42,0

3.

Buxoro viloyati

22,5

4,5

27,0

4.

Jizzax viloyati

26,4

3,6

30,0

5.

Qashqadaryo viloyati

25,4

4,6

30,0

6.

Navoiy viloyati

11,8

3,2

15,0

7.

Namangan viloyati

36,4

5,6

42,0

8.

Samarqand viloyati

127,0

12,0

139,0

9.

Surxondaryo viloyati

10,3

4,7

15,0

10.

Sirdaryo viloyati

36,4

1,6

38,0

11.

Toshkent viloyati

110,0

13,0

123,0

12.

Farg‘ona viloyati

54,1

4,9

59,0

13.

Xorazm viloyati

12,6

4,4

17,0

Jami:

528,1

71,9

600,0

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-281-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-iyundagi “Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5146-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2-bandning “a” kichik bandi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 4-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mazkur mablag‘larning 70 million AQSH dollari ekvivalentidagi qismi tadbirkorlik subyektlariga Markaziy bank asosiy stavkasida kreditlar berish uchun “Mikrokreditbank” ATBga 10 yil muddatga 5 yillik imtiyozli davr bilan Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foiz punktdan past foiz stavkada ajratiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 5-band “a” kichik bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“parrandachilik xo‘jaliklari va omuxta yem ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish quvvatlaridan kelib chiqib, inkubatsion tuxum, bir kunlik jo‘ja, ozuqa mahsulotlari va uning qo‘shimchalari, dori vositalari, qo‘shimcha komponentlar, bug‘doy, makkajo‘xori, soya doni, soya va kungaboqar shrotini zaxira qilishga aylanma mablag‘larni to‘ldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
go‘sht yetishtirish yo‘nalishidagi yangi loyihalarni amalga oshirish, barcha turdagi inkubatsion sexlar, parrandachilik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash texnologik asbob-uskunalari, shuningdek, maxsus texnikalar va ularning ehtiyot qismlari hamda boshqa asosiy vositalarni sotib olish va modernizatsiya qilish”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 07/22/281/0526-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)