07.06.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3266-2
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining qarori, 07.06.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3266-2
Kuchga kirish sanasi
07.06.2022
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
1. 31-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “pasport yoki uning o‘rnini bosadigan hujjat” degan so‘zlar “pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud ularning o‘rnini bosadigan boshqa hujjat” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 49-banddagi “ro‘yxat raqami 2833, 2016-yil 11-oktabr” degan so‘zlar “ro‘yxat raqami 3327, 2021-yil 19-oktabr” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 1-ilovaning 5-bandidagi “Pasport yoki uning o‘rnini bosadigan hujjat” degan so‘zlar “Pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud ularning o‘rnini bosadigan boshqa hujjat” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.