Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 22.07.1999 yildagi 359-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

TOSHKENT ISLOM UNIVERSITETI MASLAHAT KENGASHI NIZOMINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent islom universiteti Maslahat kengashini tuzish to‘g‘risida” 1999-yil 7-iyundagi 1015-F-son Farmoyishini bajarish hamda universitet faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent islom universitetining Maslahat kengashi nizomi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 22-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
359-son

Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
22-iyuldagi 359-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent islom universitetining Maslahat kengashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOMI

I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent islom universiteti Maslahat kengashini tuzish to‘g‘risida” 1999-yil 7-iyundagi Farmoyishiga asosan tuzilgan Universitet Maslahat kengashi Toshkent islom universitetining faoliyatini tashkil etish, yurtimiz va chet ellardagi islom universitetlari, diniy tashkilotlar, tadqiqot va ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish, zamonaviy fikrlovchi hamda diniy ilmlarga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash, universitet, islom tadqiqotlar markazi, akademik litsey faoliyati siyosatini shakllantirishda tavsiyalar beradigan kengash hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.2. Toshkent islom universitetining Maslahat kengashi jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatadi, universitet o‘quv va ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda muvofiqlashtiruvchi va uyg‘unlashtiruvchi mohiyatga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.3. Toshkent islom universitetining Maslahat kengashi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. MASLAHAT KENGASHINING VAZIFALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.1. Toshkent islom universitetining rahbariyati, ilmiy-pedagogik kadrlar tarkibini shakllantirishda universitet oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, tavsiyalar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2. Universitet talabalarini mustaqil Vatanimizga sadoqatli va fidokor bo‘lgan, boy madaniy va ma’naviy merosimizni chuqur o‘rgangan, zamonaviy texnologiyalar va ta’lim uslublari asosida dunyoviy hamda diniy ilmlarni uyg‘un ravishda o‘zlashtirgan yetuk mutaxassislar darajasida tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.3. Jahondagi nufuzli ilmiy-tadqiqot markazlarining va oliy ta’lim muassasalarining tajribasini atroflicha o‘rganish, tahlil etish hamda diniy tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatish asosida universitet o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini zamonaviy talablar darajasida tashkil etish, millatimizning buyuk ilmiy, ma’naviy qadriyatlari asosida yetuk islomshunos mutaxassis kadrlarni tayyorlashni ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.4. Homiylarni, shu jumladan, xorijiy sarmoyalarni jalb etish, yetakchi tadqiqot va ta’lim markazlarining o‘qitish uslubiyati, ta’limni tashkil etish tajribasini yaqindan o‘rganish va Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga mos ravishda tatbiq etish hamda chet ellardan ta’lim va tadqiqotlar jarayoniga sohaning yetuk mutaxassislarini taklif etishda tavsiyalar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.5. Universitetning vazifalaridan kelib chiqqan holda Islom tarixi va madaniyati bo‘yicha konseptual tadqiqotlar dasturlarini tahlil qilish, ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha tavsiyalar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.6. Mamlakatimizda mavjud bo‘lgan boy diniy, milliy va ma’naviy merosni o‘rganish, diyorimizdan yetishib chiqqan allomalarning asarlarini tadqiq etish, ilmiy-tanqidiy materiallarni tayyorlash va ularni nashr etishda ko‘maklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.7. Universitet Ilmiy kengashini tuzish, uning faoliyatini tashkil etish va ilmiy yo‘nalishlarini belgilashda tavsiyalar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.8. Dunyoviy va diniy fanlarning uyg‘unligini ta’minlash asosida o‘quv dasturlarini muvofiqlashtirish, takliflar tayyorlash hamda o‘quv jarayoni oldiga qo‘yilgan vazifalarni har tomonlama takomillashtirishda universitet Ilmiy kengashiga tavsiyalar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.9. Universitet va uning huzuridagi Islom tadqiqotlar markazi, akademik litseyda olib boriladigan ilmiy-uslubiy tadqiqotlar yo‘nalishi va mavzulari bo‘yicha hamda Manbalar xazinasini tashkil etishda tavsiyalar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.10. Universitetning maqsad va vazifalarini amalga oshirishda keng jamoatchilik bilan aloqa bog‘lash, bu borada omma fikrini shakllantirishga ko‘maklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.11. Respublikaning ushbu soha mutaxassis kadrlariga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olgan holda ularning yo‘nalish va ixtisosliklari ro‘yxatini tuzishda tavsiyalar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.12. Kadrlar tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasiga muvofiq universitetning manfaatdor tashkilotlar bilan shartnomalar tuzishida ko‘maklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.13. Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning respublikamiz va chet ellarda malaka oshirishlarini tashkil etishda yordam berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.14. Universitetning ijtimoiy-moddiy muhiti, sport-sog‘lomlashtirish, sog‘liqni saqlash, davolash hamda madaniy-maishiy muassasalar tarmog‘ini rivojlantirishda ko‘maklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. MASLAHAT KENGASHI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.1. Maslahat kengashining tarkibi Prezident farmoyishi bilan tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.2. Maslahat kengashi yig‘ilishlarini Prezident tomonidan tayinlangan Rais boshqaradi. Maslahat kengashi yig‘ilishlari ikki oyda bir marta, shuningdek zarur bo‘lgan hollarda o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.3. Maslahat kengashi qabul qilgan tavsiyalar bayonnomalarda rasmiylashtiriladi va bu tavsiyalar universitet rahbariyati hamda uning ilmiy kengashiga ijro uchun yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.4. Universitet rahbariyati berilgan tavsiyalarning bajarilishi bo‘yicha Maslahat kengashiga muntazam axborot berib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.5. Maslahat kengashining raisi o‘z ish faoliyati to‘g‘risida Prezident devoniga muntazam axborot berib turadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.6. Maslahat kengashi faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishi bilan belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi yoki tugatiladi.