09.06.2022 yildagi PQ-275-son

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbalari

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish metodlarini joriy etish

1.

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) faoliyatini yo‘lga qo‘yishga oid hujjatlarni tayyorlash.

1. Institut ustavini ishlab chiqish, tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

-

2022-yil 1-iyul

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Toshkulov),

Institut

2. Amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida Institut tashkiliy tuzilmasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil 1-iyul

2.

Institutning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

1. Institutning shtatlar jadvalini o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash.

-

2022-yil 1-avgust

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Toshkulov),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Institut

2. Institutning 2022-yilga mo‘ljallangan xarajatlar smetasini o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash.

2022-yil 1-avgust

3.

Institutning professor-o‘qituvchilar tarkibiga zarur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega kadrlarni jalb etish.

1. Institutni pedagog va ilmiy xodimlar bilan to‘ldirish uchun bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov e’lon qilish.

2. Mutaxassisligi (kvalifikatsiyasi) mos keluvchi pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga saralab olish.

-

2022-yil 1-avgust

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Toshkulov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov),

Institut

4.

Institutga talabalarni qabul qilish jarayonini tashkil etish.

1. Institutda bakalavriat va magistratura bosqichlarida kadrlar tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasini shakllantirish.

-

Har yili iyun — avgust oylari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Toshkulov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(Norkulov),

Institut

2. Institutning bakalavriat va magistratura bosqichlariga qabulni tashkil etish.

Har yili avgust-sentyabr oylari

5.

O‘quv jarayonini ilg‘or xorijiy tajriba va kadrlar buyurtmachilari talablari asosida tashkil etish.

1. O‘quv rejalaridagi fanlar sonini nomutaxassislik fanlar hisobiga bosqichma-bosqich kamaytirish hamda mustaqil ta’lim salmog‘ini oshirish orqali Institutning ta’lim dasturlarini takomillashtirib borish.

-

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Toshkulov),

Institut

2. Ta’lim dasturlari mazmunini kadrlar buyurtmachilari talablari hamda yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribalari asosida shakllantirish.

2022-yil 1-sentabr

3. Institutda mutaxassislik fanlarini tegishli xorijiy tillarda o‘qitish tizimini joriy etish.

Doimiy

4. Bitiruvchi kurs talabalari amaliyotini kelgusida talabalar ishga joylashishi mumkin bo‘lgan tashkilotlarda tashkil etish.

Doimiy

5. Xorijiy mutaxassislar ishtirokida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar, mahorat darslarini o‘tkazish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

6. O‘quv jarayoniga xorijiy mamlakatlar yetakchi oliy ta’lim muassasalarining ta’lim texnologiyalari va metodikalarini tatbiq etish.

Doimiy

6.

Institut professor-o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini rivojlantirish, jumladan xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida malaka oshirish hamda ilmiy stajirovka o‘tash tizimini yo‘lga qo‘yish.

1. Institut professor-o‘qituvchilarini nufuzli xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining malaka oshirish kurslariga yuborish.

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Toshkulov),

Institut

2. Professor-o‘qituvchilar uchun xorijiy ilmiy markazlar va oliy ta’lim muassasalarida, shuningdek, kadrlar buyurtmachilari bo‘lgan tashkilot va korxonalarda stajirovkalar tashkil etish.

Doimiy

7.

Professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar va talabalar uchun zamonaviy badiiy, ilmiy va o‘quv adabiyotlarning elektron kataloglari hamda jahon ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.

1. Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida Institutning Axborot-resurs markazi foydalanuvchilari uchun kompleks elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish.

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari

2023-yil 1-iyun

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Toshkulov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev),

Institut

2. Veb-texnologiyalarni qo‘llagan holda Institut Axborot-resurs markazi raqamli resurslarining elektron katalogini yaratish.

Doimiy

3. Institut professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari hamda talabalarining xorijiy kutubxonalar resurslari va ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalaridan erkin hamda bepul foydalanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

Doimiy

8.

Institutning ta’lim jarayoni va ilmiy-tadqiqot faoliyatini zamonaviy o‘quv adabiyotlar bilan ta’minlash.

1. Institutning ta’lim jarayoni va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun zarur bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxatini shakllantirish.

Davlat budjetidan mazkur maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘lar, Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari

2022-yil 1-avgust

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Toshkulov),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Institut

2. Zamonaviy o‘quv adabiyotlarni yarat�sh, xorijiy adabiyotlarni xarid qilish va tarjima qilish, Axborot-resurs markazi fondini muntazam ravishda yangilab borish.

Doimiy

3. Barcha o‘quv-metodik majmualarni Institutning elektron kutubxona tizimiga kiritilishini ta’minlash.

2023-yil 1-yanvar

9.

Institut talabalarining chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha tashqi baholash tizimini joriy etish.

1. Turli yo‘nalishlardan tanlab olingan bir guruh (kamida 20 nafar) yuqori kurs talabalari bilimini milliy yoki xalqaro tan olingan imtihon tizimlari orqali baholash.

2. Baholash natijasi bo‘yicha ta’lim jarayoni va o‘quv dasturlarini takomillashtirish.

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari

Har yili, o‘quv yili davomida

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Toshkulov),

Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi

(Obidov),

Institut

10.

O‘quv jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish.

1. Institut o‘quv auditoriyalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash.

Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab doimiy

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Toshkulov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Shermatov),

Institut

2. “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish — NEMIS” axborot tizimiga tegishli ma’lumotlarni o‘z vaqtida va sifatli kiritilishini ta’minlash.

Doimiy

3. “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish — NEMIS” axborot tizimi orqali elektron jurnal, elektron davomat va elektron dars jadvali tizimidan foydalanishni yanada kengaytirish.

Doimiy

4. O‘quv auditoriyalarini onlayn rejimda ishlaydigan veb-kameralar bilan jihozlash va har bir fakultetda ma’ruza mashg‘ulotlari uchun mo‘ljallangan “SMART” auditoriyalar yaratish.

2023-yil 1-sentabr

II. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish hamda yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish

11.

Institut professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirib borish hamda yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish.

1. Institut professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda yosh tadqiqotchilarini ilmiy-tadqiqot ishlariga faol jalb etish.

2. Professor-o‘qituvchilar hamda yosh tadqiqotchilarning xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda muntazam ravishda ishtirokini ta’minlash.

3. Professor-o‘qituvchilar hamda yosh tadqiqotchilarning ilmiy maqolalarini Web of Science, Scopus, Google Scholar kabi xalqaro ma’lumotlar bazalarida indekslanuvchi jurnallarda chop etish va ularning iqtiboslik darajasini oshirish choralarini ko‘rish.

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

2022-yil 1-avgustdan boshlab doimiy

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(Abduraxmonov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov),

Institut

12.

Institutda amaliy, fundamental va innovatsion tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish.

1. Amaliy, fundamental va innovatsion tadqiqotlar mavzularini tegishli sohalar muammolarini inobatga olgan holda ishlab chiqish.

2. Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish uchun loyiha va takliflar kiritib borish.

-

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab doimiy

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Toshkulov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(Abduraxmonov),

Institut

13.

“Yosh filolog” o‘quv laboratoriyasini tashkil etish.

1. Laboratoriya uchun xonalarni tayyorlash va zamonaviy uskunalar bilan jihozlash.

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

2023-yil 1-fevral

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Toshkulov),

Institut

2. Laboratoriya faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2023-yil 1-mart

3. Talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirish.

2023-yildan boshlab doimiy

14.

Talabalarning ilmiy-ijodiy salohiyatini oshirib borish.

1. Iqtidorli talabalarni saralab olish va ularga tajribali professor-o‘qituvchilarni biriktirish.

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab doimiy

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Toshkulov),

Institut

2. Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga yo‘naltirish.

Doimiy

3. Ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etayotgan talabalarni rag‘batlantirib borish.

Doimiy

15.

Institutning ta’lim va boshqaruv jarayonida IT-texnologiya infratuzilmasini rivojlantirish.

1. Institut binolarini optik tolali simlar bilan jihozlash va yagona tarmoq boshqaruvini yaratish.

Institutning budjetdan tashqari mablag‘la�i

Reja-jadvalga muvofiq

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Toshkulov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Shermatov),

Institut

2. Institutning b?rcha binolarida Wi-Fi tizimi orqali Internet tarmog‘idan keng foydalanish imkoniyatini yaratish.

2022-yil 1-oktabr

3. Professor-o‘qituvchilar va talabalarda video, audio va animatsion materiallar ustida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish.

Doimiy

III. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

16.

Institu�ning o‘quv dasturlarini xalqaro tan olingan tashkilotlarda akkreditatsiyadan o‘tkazish.

1. Institutning o‘quv dasturlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun xalqaro tan olingan tashkilotlar bilan aloqalarni o‘rnatish.

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari

2022/2023 o‘quv yili davomida

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Toshkulov),

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

(Tashkenbayev),

Institut

2. O‘quv dasturlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish.

2025/2026 o‘quv yiliga qadar

17.

Xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.

1. Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari doirasida yuqori ilmiy salohiyatga ega professor-o‘qituvchilar va mutaxassislarni Institut doktorant va mustaqil tadqiqotchilariga ilmiy maslahatchi sifatida biriktirish.

2. Xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalari bilan mutaxassislik fanlari bo‘yicha vebinarlar tashkil qilish.

3. Xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari va ilmiy fondlarning grant mablag‘larini jalb etish.

Xalqaro grantlar, Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab doimiy

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Toshkulov),

Institut

18.

Institutda tahsil oluvchi xorijiy talabalar ulushini oshirish.

1. Institutda xalqaro talabalar anjumanlarini o‘tkazish va ularda xorijiy talabalar ishtirokini ta’minlash.

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari

Reja-jadvalga muvofiq

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Toshkulov),

Institut

2. Xorijiy fuqarolarni Institutga jalb qilish bo‘yicha ta’lim agentliklari bilan kelishuv imzolash.

2023/2024 o‘quv yili davomida

3. Kelishuv doirasida xorijiy, avvalambor, MDH davlatlarida Institut faoliyatini targ‘ib qilish.

Reja-jadvalga muvofiq

19.

Xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda talabalar akademik almashinuvi va qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish.

1. Yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar bilan qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borishni yo‘lga qo‘yish.

2. Talabalarning xalqaro ilmiy konferensiyalarda ishtirokini ta’minlash.

3. Xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalari bilan talabalar akademik almashinuvi amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab doimiy

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Toshkulov),

Institut

IV. Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularning bandligini ta’minlash

20.

Institut talabalariga o‘qishdan bo‘sh vaqtda qo‘shimcha daromad topishga ko‘maklashish.

1. Dars mashg‘ulotlaridan keyin Institutning bo‘sh auditoriyalarida talabalar tomonidan til o‘rgatish kurslarini tashkil etish orqali ularga qo‘shimcha daromad topish uchun sharoit yaratib berish.

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari, homiylik xayriyalari

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab doimiy

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Toshkulov),

Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi

(Obidov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Institut

2. Institut talabalarining tikuvchilik va to‘quvchilik bilan shug‘ullanishi uchun xona ajratish va uni kerakli dastgohlar bilan jihozlash choralarini ko‘rish.

Doimiy

3. Talabalarni jalb etgan holda “Tarjimonlik markazi”ni tashkil etish hamda tarjima xizmatini ko‘rsatish.

2022-yil 1-oktabr

4. Hunarmandchilik sohasida yuqori natijalarga erishgan ustalar tomonidan talabalarga qo‘shimcha hunar o‘rgatishga qaratilgan mashg‘ulotlar tashkil etish.

Doimiy

21.

Institutda beshta muhim tashabbusni keng joriy etish maqsadida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan “Yoshlar markazi”ni tashkil qilish.

1. Markaz nizomi va chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

2022-yil 1-dekabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Toshkulov),

Institut

2. Institutga tegishli binolarda Markaz uchun beshta muhim tashabbusni qamrab oladigan xonalar ajratish.

2023-yil 1-yanvar

3. Xonalarni beshta muhim tashabbus doirasidagi zarur texnika va jihozlar bilan ta’minlash.

2023-yil 1-mart

22.

Institutda beshta muhim tashabbus doirasida to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

1. Maqom, estrada, teatr, rassomchilik va sport yo‘nalishlarida to‘garaklar hamda badiiy havaskorlik jamoalarini tashkil etish va yoshlarni mazkur to‘garaklarga jalb etish.

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari, homiylik xayriyalari

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab doimiy

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Toshkulov),

Yoshlar ishlari agentligi

(Sa’dullayev),

Institut

2. Institut talabalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan sport tadbirlarini tashkil etish.

Doimiy

3. Talabalarning badiiy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Men sevgan badiiy asar” kabi tanlovlarni muntazam tashkil etib borish.

Doimiy

23.

Talabalarni o‘z ustida muntazam ishlashga undash maqsadida taniqli mutaxassislarni jalb qilgan holda tadbirlar o‘tkazish.

1. Respublikada va xorijiy davlatlarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar va notiqlar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Shakllantirilgan ro‘yxatga muvofiq seminar, ochiq muloqot va boshqa tadbirlarni, shu jumladan masofaviy tarzda tashkil qilish.

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Toshkulov),

Institut

24.

Institutda talabalarni ish bilan ta’minlash maqsadida “Karyera markazi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

1. “Karyera markazi” uchun alohida xona ajratish va uni kerakli moddiy-texnik baza, ko‘rgazmali qurollar bilan ta’minlash hamda Markazning nizomini ishlab chiqish.

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari, homiylik xayriyalari

2023-yil 1-iyul

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Toshkulov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov),

Yoshlar ishlari agentligi

(Sa’dullayev),

Institut

2. “Karyera markazi” tomonidan Institut ta’lim yo‘nalishlariga mos tashkilot va korxonalar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.

2023-yil 1-sentabr

3. Hamkor korxona va tashkilot vakillariga Institut talabalarini saralab olishi uchun tegishli sharoit yaratish.

Reja-jadval asosida

25.

Institut talabalarini hududdagi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalariga biriktirish.

1. Hududdagi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalarini imzolash.

-

2023-yil 1-sentabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Toshkulov),

Xalq ta’limi vazirligi (Saidov),

Institut

2. Talabalarga doimiy ravishda mazkur ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tash va o‘z bilimlarini mustahkamlash uchun sharoit yaratish.

Doimiy

26.

Romanlar, hikoyalar va kinofilmlar orqali yoshlar ongida xalq qahramonlari haqida chuqur tasavvur uyg‘otish maqsadida targ‘ibot-tashviqot ishlarini keng yo‘lga qo‘yish.

1. Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Najmiddin Kubro, Is’hoqxon Ibrat, Qatag‘on qurbonlari, Ikkinchi jahon urushi davrida o‘z jonini fido qilgan qahramonlarning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ijodiy kechalar va uchrashuvlarni tashkil etish.

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari, homiylik xayriyalari

Reja-jadval asosida

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Toshkulov),

Madaniyat vazirligi

(Nazarbekov),

Yozuvchilar uyushmasi

(Saidov),

Institut

2. Talabalar ijodiy ishlari tanlovlarini o‘tkazish.

Har yili aprel oyida

3. Obro‘li va el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan keksa avlod vakillari bilan doimiy uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etish.

Doimiy

27.

Institutda “Tarjimonlar klubi” faoliyatini tashkil etish.

1. Institutda Prezident ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari uchun “Tarjimonlar klubi”ni tashkil etish.

2. Klubda ijod maktabi o‘quvchilarining darsdan bo‘sh vaqtlarida xorijiy tillarni o‘rganishi, tarjimonlik mahoratini egallashi uchun to‘garaklar va mahorat darslari tashkil etish.

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari, homiylik xayriyalari

2022-yil 1-oktabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Toshkulov),

Institut

28.

Namangan davlat universiteti tizimidagi “Is’hoqxon Ibrat — Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyini Institut tizimiga o‘tkazish va faoliyatini lozim darajada tashkil etish.

1. Muzeyda mavjud eksponatlarni va moddiy qimmatliklarni inventarizatsiyadan o‘tkazish.

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari, homiylik xayriyalari

2022-yil 1-avgust

Madaniy meros agentligi

(Abdikarimov),

Namangan viloyat hokimligi

(Abdurazakov),

Namangan davlat universiteti

(Turg‘unov),

Institut

2. Muzeyni Institut tizimiga o‘tkazish bo‘yicha topshirish-qabul qilish dalolatnomasini rasmiylashtirish.

2022-yil 1-sentabr

3. Muzey faoliyatini lozim darajada tashkil etish va uning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish.

Doimiy

4. Institut talabalarining muzeyga tashrif buyurish reja-jadvalini tasdiqlash.

Har o‘quv yili boshida

5. Reja-jadval asosida talabalarning muzeyga tashrif buyurishlarini ta’minlash.

Reja-jadval asosida

T/r

Ustuvor vazifa

Maqsadli ko‘rsatkich

Yillar kesimida

O‘sish ko‘rsatkichi

(2023-yilga nisbatan)

2023-yil

2024-yil

2025-yil

2026-yil

1.

Xorijiy tillar bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega talabalar ulushini oshirish

Jami talabalar soniga nisbatan, foizda

30

45

60

100

3,3 baravar

2.

Yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash

Ilmiy salohiyat, foizda

24

32

43

57

2,4 baravar

3.

Himoya qilinadigan falsafa doktori dissertatsiyalari (PhD) soni

6

13

19

22

3,7 baravar

4.

Himoya qilinadigan fan doktori dissertatsiyalari (DSc) soni

2

4

6

8

4 baravar

5.

Falsafa doktori ilmiy darajasini olishga talabgor doktorantlar (PhD) soni

10

12

16

22

2,1 baravar

6.

Fan doktori ilmiy darajasini olishga talabgor doktorantlar (DSc) soni

2

4

6

6

3 baravar

7.

Mustaqil izlanuvchilar soni

6

14

19

24

4 baravar

8.

Professor-o‘qituvchilarning ilmiy-uslubiy faoliyati natijadorligini oshirish

Darsliklar soni

2

5

8

10

5 baravar

9.

O‘quv qo‘llanmalar soni

4

8

15

20

5 baravar

10.

Monografiyalar soni

4

6

8

10

2,5 baravar

11.

Scopus, Web of Science ma’lumotlar bazasiga kiritilgan maqolalar soni

16

40

70

100

6,3 baravar

12.

Respublika jurnallarida e’lon qilingan ilmiy maqolalar soni

30

70

100

120

4 baravar

13.

Scopus, Web of Science ma’lumotlar baza�iga kiritilgan har bir maqolaga to‘g‘ri keluvchi iqtiboslar soni

0,5

1,0

1,5

2,0

4 baravar

14.

Ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalarini amaliyotga tatbiq etishdan olingan mablag‘lar (mlrd so‘m hisobida)

Xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari va ilmiy fondlardan olingan mablag‘lar

0,1

0,3

0,8

1

10 baravar

15.

Davlat grantlari asosida o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlardan olingan mablag‘lar

0,1

0,2

0,3

0,5

5 baravar

16.

Xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish

Jahonning yetakchi universitetlari va ilmiy markazlariga xizmat safarlariga yuboriladigan Institut professor-o‘qituvchilari soni

8

10

15

20

2,5 baravar

17.

Institutga kamida bir oy muddatga tashrif buyuradigan xorijiy olimlar soni

2

2

4

8

4 baravar

18.

Institutda tahsil oladigan xorijiy talabalar soni

5

10

30

50

10 baravar

19.

Akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etuvchi talabalar soni

10

30

50

80

8 baravar

20.

Institut professor-o‘qituvchilarining xorijiy olimlar bilan hammualliflikda chop etgan maqolalari soni

5

10

15

20

4 baravar