09.06.2022 yildagi 322-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlarda oliy ma’lumotli xotin-qizlar ulushini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlarda mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlarni (keyingi o‘rinlarda — xotin-qizlar) davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha alohida qabul parametrlarini belgilash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlarga Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan bir marta 3 yil muddat davomida amal qiladigan tavsiyanoma berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlarni oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tanlovlar natijasiga ko‘ra alohida qabul parametrlari doirasida o‘qishga qabul qilish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun tanlovlar umumiy tartibda davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari (test sinovi, kasbiy (ijodiy) imtihon) doirasida o‘tkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kirish imtihonlari yakunlariga ko‘ra to‘plangan ball bo‘yicha talabalikka tavsiya etilmagan, biroq to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 30 foizini va undan kam bo‘lmagan ballni to‘plagan tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan taqsimlangan kvotalar asosida, ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda, alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida tanlovga ko‘ra to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tizimida professional ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda kollej va texnikumlarni bitirgan hamda oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar ro‘yxatini mutaxassisligi bo‘yicha shakllantirsin va doimiy yangilab borsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mazkur ro‘yxatdagi xotin-qizlarning kamida besh yil mehnat stajiga egaligini “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi ma’lumotlari asosida aniqlasin va doimiy yangilab borilishini ta’minlasin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda har yili 1-iyunga qadar xotin-qizlar mehnat faoliyati kam bo‘lgan sohalarda kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi 500 ta alohida kvotani davlat oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha taqsimlash va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 2022-2023 o‘quv yili uchun talabgorlardan hujjatlarni qabul qilish muddatlari istisno tariqasida Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining takliflari asosida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan belgilansin, kelgusi o‘quv yillaridan boshlab talabgorlardan hujjatlarni qabul qilish 1-ilovaga muvofiq umumiy tarzda amalga oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar va boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollar oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentabrdagi 585-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Z.B. Mahkamova hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshqulov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 9-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
322-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlarni davlat oliy ta’lim muassasalariga alohida qabul parametrlari doirasida tanlov natijalariga ko‘ra to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) tavsiyanomasi asosida mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar hisobidan, ish faoliyatiga mos bo‘lgan davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari (test sinovi, kasbiy (ijodiy) imtihon) doirasida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga, Toshkent davlat yuridik universiteti va boshqa oliy ta’lim tashkilotlarining “Yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishiga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi guruh — talabgorga tavsiyanoma berish masalasini ko‘rib chiqish uchun tashkil etilgan tuman (shahar) hokimi o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i (ishchi guruh rahbari), tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i, tuman (shahar) moliya bo‘limi boshlig‘i, tuman (shahar) soliq bo‘limi boshlig‘i, tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i, tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i, Yoshlar ishlari agentligi tuman (shahar) bo‘limi rahbaridan iborat tarkibda Oila va xotin-qizlar bo‘limida tuziladigan guruh.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh faoliyati uning a’zolarining uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassislik — talabgorning o‘rta maxsus va professional ta’lim bo‘yicha olgan mutaxassisligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor — tavsiyanoma asosida mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan hamda davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish istagida bo‘lgan xotin-qizlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tavsiyanoma olish uchun talabgor quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tavsiyanoma berilgan kundan boshlab uch yil muddat davomida faqat bir marta oliy ta’lim muassasasiga qabul qilinishi uchun amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tavsiyanomaga ega bo‘lgan talabgorlarni davlat oliy ta’lim muassasalariga tanlov natijalari doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tavsiyanomani berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari talabgorga tavsiyanoma berish masalasini ko‘rib chiqish uchun har yili 25-aprelga qadar ishchi guruhlarni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tavsiyanoma olish uchun talabgor yashash joyi yoki turgan joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari (ishchi guruh)ga har yili 1-maydan 1-iyunga qadar ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq ariza bilan murojaat qiladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda ko‘rsatilgan muddatdan kechikib berilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ishchi guruhlar tavsiyanoma olish maqsadida murojaat etgan talabgorlarning ariza va unga ilova qilingan hujjatlarini mazkur Nizomning 3-bandida belgilangan mezonlarga muvofiqligi yuzasidan har yili 1-iyundan 7-iyunga qadar ko‘rib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ishchi guruhlar tomonidan mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan mezonlarni tasdiqlovchi ma’lumotlar va elektron shakldagi hujjatlar (mehnat stajini tasdiqlovchi ma’lumotlar, o‘rta maxsus ta’lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlovchi arxiv ma’lumotnomasi) “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi hamda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi joriy qilingunga qadar ishlagan va 2020-yil 1-yanvardan keyingi davrda mehnat faoliyatini olib bormayotgan talabgorlarning ish staji ma’lumotlari (agar “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida qayd etilmagan bo‘lsa) ularning mehnat daftarchalaridagi yozuvlar asosida olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorlarning o‘zlari tomonidan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritilgan va bugungi kunda tizimda tasdiqlanmagan ish staji ma’lumotlari mehnat daftarchalaridagi yozuvlar bilan bir xil bo‘lgan taqdirda inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ishchi guruhlar tavsiyanoma berishga tavsiya etilgan talabgorlarning ro‘yxatlarini shakllantiradi. Bunda talabgorlarning hujjatlarini ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tavsiyanoma berishga tavsiya etish to‘g‘risida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tavsiyanoma berishga tavsiya etishni rad etish to‘g‘risida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilar tavsiyanoma berishga tavsiya etishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorning ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan mezonlarga muvofiq emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza vakolatga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan berilganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ishchi guruh yig‘ilishining yakuni bo‘yicha elektron hujjat shaklidagi bayonnoma tuzilib, ishchi guruh rahbari va a’zolarining elektron raqamli imzolari bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruhning xulosasi asosida tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbarining talabgorga tavsiyanomani berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori (elektron hujjat shaklida) qabul qilinadi va tegishli hujjatlar ilova qilingan holda ko‘rib chiqish uchun 10-iyunga qadar Qo‘mitaga taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qo‘mita tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbarining qarori va unga ilova qilingan hujjatlarni har yili 10-iyundan 14-iyunga qadar mazkur Nizom talablariga muvofiqligi yuzasidan ko‘rib chiqadi hamda tavsiyanomani berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida Qo‘mita birinchi rahbarining buyrug‘i chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tavsiyanoma ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq Qo‘mitaning birinchi rahbari tomonidan, birinchi rahbar lavozimi vakant bo‘lganda va/yoki uning vazifalarini bajarish boshqa shaxsga yuklatilganda esa — ushbu rahbar tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qo‘mita birinchi rahbarining buyrug‘i har yili 14-iyunga qadar tegishli tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limiga (ishchi guruhga) talabgorni xabardor qilish uchun yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh tomonidan ikki ish kuni ichida talabgorlarning mobil telefon raqamiga yoki elektron manziliga tavsiyanoma berishga tavsiya etilganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida xabar yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor qarordan norozi bo‘lgan taqdirda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qo‘mita har yili 15-iyunga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tavsiyanoma berilgan xotin-qizlar elektron reyestrini shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar haqidagi ma’lumotlarni ularning ish faoliyatiga mos bo‘lgan yo‘nalishlarini ko‘rsatgan holda Davlat test markazining maxsus dasturiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tavsiyanoma berilgan talabgorlarning ro‘yxatini o‘z rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ishchi guruh har yili 15-iyunga qadar tavsiyanoma talabgorlarga yetkazilishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari ishchi guruhlar faoliyatini tashkil qiladi, muvofiqlashtiradi hamda amaliy va metodik jihatdan ko‘maklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. O‘qishga qabul qilish bo‘yicha alohida qabul parametrlarini belgilash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qo‘mita Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda har yili 10-iyunga qadar xotin-qizlar mehnat faoliyati kam bo‘lgan sohalarda kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi 500 ta alohida kvotani davlat oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha taqsimlaydi va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat komissiyasi)ga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Davlat oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha taqsimlangan alohida kvota har yili 15-iyunga qadar Davlat komissiyasi qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Talabgorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tavsiyanomaga ega bo‘lganlar davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlarning imtiyozlari haqidagi ma’lumotlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining (keyingi o‘rinlarda — Davlat test markazi) maxsus dasturi orqali ro‘yxatdan o‘tish jarayonida talabgorlarning shaxsiy kabineti (imtiyozlar bo‘limi)da shakllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Davlat test markazi 10 kun muddatda talabgorlarning shaxsiy kabineti (imtiyozlar bo‘limi)da tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlarning imtiyozlari haqidagi ma’lumotlar qayd etilishi yuzasidan rasmiy dasturga o‘zgartirishlar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorlarning shaxsiy kabinetida unga tegishli tavsiyanoma haqida ma’lumot mavjud bo‘lmasa, Qo‘mitaga murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Talabgorlarning test sinovida ishtirok etishi va natijalarni e’lon qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun tanlovlar umumiy tartibda davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari (test sinovi, kasbiy (ijodiy) imtihon) doirasida o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Kirish imtihonlari yakunlariga ko‘ra to‘plangan ball bo‘yicha talabalikka tavsiya etilmagan, biroq to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 30 foizini va undan kam bo‘lmagan ballni to‘plagan tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda, Davlat komissiyasi tomonidan taqsimlangan alohida qabul parametrlari doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Kirish imtihonlarida to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 30 foizini va undan kam bo‘lmagan ballni to‘plagan, ammo talabalikka tavsiya etilmagan tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar yuzasidan ma’lumotlar Davlat test markazi tomonidan ballar ketma-ketligi bo‘yicha, abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tish davrida tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlarining yakuniy natijasi e’lon qilingan kundan boshlab besh kun muddatda Qo‘mitaga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan alohida qabul parametrlari doirasida, ballar ketma-ketligi bo‘yicha abituriyent ro‘yxatdan o‘tish davrida tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishiga tanlov natijasi asosida talabalikka tavsiya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Mazkur Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tavsiyanomaga ega bo‘lgan talabgorni davlat oliy ta’lim muassasalariga tanlov natijalari doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Talabgor

Oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish maqsadida tavsiyanoma olish uchun murojaat qiladi.

Har yili 1-maydan 1-iyunga qadar

2-bosqich

Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi

1. Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlarida tegishli tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh shakllantiriladi.

Har yili 25-aprelga qadar

Ishchi guruhlar

2. Xotin-qizlarning murojaatlari asosida ularga tavsiyanoma berishga tavsiya etish yoki uni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qiladi va uni tuman (shahar) oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga taqdim qiladi.

Har yili 1-iyundan 7-iyunga qadar

3-bosqich

Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi

Ishchi guruh xulosasi asosida xotin-qizlarga tavsiyanoma berishga tavsiya etish yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda uni Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi.

Har yili 7-iyundan 10-iyunga qadar

4-bosqich

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

1. Taqdim etilgan qaror va unga ilova qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqib, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi birinchi rahbarining tavsiyanomalarni berish yoki uni rad etish to‘g‘risidagi buyrug‘ini chiqaradi.

Har yili 10-iyundan 14-iyunga qadar

2. Tasdiqlangan tavsiyanomalarni barcha tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlariga yuboradi.

Har yili 15-iyunga qadar

5-bosqich

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

1. Tavsiyanoma berilgan xotin-qizlar elektron reyestrini shakllantiradi.

2. Tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar ro‘yxatlarini va ular haqidagi ma’lumotlarni maxsus dasturga kiritish uchun Davlat test markaziga yuboradi.

3. Tavsiyanoma berilgan talabgorlarning ro‘yxatini Qo‘mitaning rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.

Har yili 15-iyunga qadar

6-bosqich

Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi

Tavsiyanomalar talabgorlarga yetkazilishini ta’minlaydi.

Har yili 15-iyunga qadar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

NAMUNA

__________ tuman (shahar) oila va xotin-qizlar
‎bo‘limi boshlig‘i

__________________ga

_________ tumani (shahri) “_________” MFY
‎ _________ ko‘chasi ____-uy ____-xonadonda

yashovchi fuqaro

________________ dan

ARIZA‎

Men __________________ mutaxassisligi bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotganimga

(mutaxassislik nomi)

_____ yil bo‘lganligi munosabati bilan xotin-qizlar uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida ajratilgan alohida qabul parametrlari doirasida ___________________ ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kirish uchun tavsiyanoma olishimga ruxsat berishingizni so‘rayman.

Arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qilaman:
1. Fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi.
2. Mehnat daftarchasidan ko‘chirma
3. Ma’lumotnoma-obyektivka.
_____________________ ____________‎

_______________

(F.I.O)

(sana)‎

(imzo)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy ta’lim muassasalariga kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga alohida qabul parametrlari asosida tanlovda ishtirok etishi uchun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAVSIYANOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

TAVSIYANOMA

№ AA 000000

Ushbu tavsiyanoma fuqaro __________________________________________________________________________________ga

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

___________________(JSHSHIR) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
20___ yil “___”____________dagi “_____”-son qaroriga muvofiq mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat __________________ ta’lim yo‘nalishlariga umumiy qabul parametrlaridan tashqari tanlovda ishtirok etish uchun berildi.

Tavsiyanoma O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi birinchi rahbarining 20___ yil “___”___________dagi “_____”-son buyrug‘iga asosan berildi.

Tavsiyanoma rasmiylashtirib berilgan kundan e’tiboran uch yil muddat davomida faqat bir marta oliy ta’lim muassasasiga qabul qilinish uchun amal qiladi.

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi birinchi rahbari

________________

(F.I.O.)

(imzo)

QR — kod (matrik shtrixli kod)

20_____ yil “___”__________


Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar va boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollar oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentabrdagi 585-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni hamda “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 5-martdagi PQ-5020-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, ehtiyojmand xotin-qizlarning ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishlarini rag‘banlantirish va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, bilim olishlari uchun imkoniyatlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 5-martdagi PQ-5020-son qarori hamda “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoniga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) har yili bazaviy to‘lov-kontrakt asosida davlat oliy ta’lim muassasasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilingan, ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarni (keyingi o‘rinlarda — ehtiyojmand talabalar) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hisobidan o‘qitish tartibi joriy etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bunda, o‘qish uchun to‘lov pullari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har yili 150 nafardan ehtiyojmand talabalar uchun mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan qaytarish shartisiz qoplab berilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorini to‘lab berish maqsadida talabgorlarni tanlab olish mezonlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorlarni tanlab olish shartlari va shu maqsadda mahalliy hokimliklar huzurida tashkil etilayotgan komissiyalar faoliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy hokimliklar tomonidan oliy ta’lim muassasalariga tanlangan 150 nafar talabgorlarga to‘lov-kontrakt miqdorini to‘lab berish tartibi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 3-banddagi “Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi” so‘zlari “Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Z.B. Maxkamova hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshqulov zimmasiga yuklansin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ilova (Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollar oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom) da:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. Ushbu Nizom ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlar (keyingi o‘rinlarda — talabgorlar) oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (keyingi o‘rinlarda — hokimliklar) tomonidan to‘lab berilishi tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizom 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul parametrlari doirasida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida davlat oliy ta’lim muassasasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga (ta’lim shaklidan qat’i nazar) talabalikka tavsiya etilgan, ikkinchi va undan yuqori bosqichlarda tahsil olayotgan talabgorlarga nisbatan qo‘llaniladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab har yili o‘zlarining hududlaridan o‘qishga kirgan 40 nafardan, ikkinchi va undan yuqori bosqichlarda tahsil olayotgan 110 nafar, jami 150 nafar xotin-qizlar uchun mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan bazaviy to‘lov-kontrakt summasini to‘rt o‘quv yilining yakunlanishiga qadar to‘lab beradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidan “hamda davlat oliy ta’lim muassasalari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“a” va “b”-kichik bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“a) kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar. Bunda kam ta’minlangan oila deganda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali belgilangan tartibda kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila tushuniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, ya’ni yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlar;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi “v”-kichik band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“v) ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, ya’ni boquvchisini yo‘qotgan (turmush o‘rtog‘i vafot etgan), voyaga yetmagan farzandlarni yolg‘iz tarbiyalayotgan ehtiyojmand ayollar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 6-banddagi “ijtimoiy holati to‘g‘risidagi ma’lumotnomani (hujjatni)” so‘zlari “arizani” so‘zi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 7, 8, 9 va 10-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7. Oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan talabgorlarning ijtimoiy holati to‘g‘risida ma’lumotlar (talabgorning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi, ota-onasi yoki ularning biri vafot etganligi to‘g‘risida o‘lim guvohnomasi, turmush o‘rtog‘i vafot etganligi to‘g‘risida o‘lim guvohnomasi nusxasi va voyaga yetmagan farzandining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi) “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Har bir davlat oliy ta’lim muassasasi belgilangan mezonlar asosida talabgorlar ro‘yxatini tahlil qilib, mazkur Nizomning 5-bandida keltirilgan mezonlar asosida talabgorlar ro‘yxatini 5 kalendar ish kunida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan har yili 5 kalendar ish kuni ichida talabgorlarning ro‘yxati, talab etilgan hujjatlar (talabgorning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi, ota-onasi yoki ularning biri vafot etganligi to‘g‘risida o‘lim guvohnomasi nusxasi, yoxud turmush o‘rtog‘i vafot etganligi to‘g‘risida o‘lim guvohnomasi nusxasi va voyaga yetmagan farzandining tugilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi) ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari aniq ko‘rsatilgan holda yozma ravishda doimiy yashash joyi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Hokimliklar tomonidan mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq tarkibda Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) tuziladi. Komissiya Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan taqdim etilgan talabgorlar ro‘yxatini quyidagi tartibda ko‘rib chiqadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya a’zolari tuman (shahar)larga biriktiriladi, tuman (shahar) hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i hamda tegishli mahalladagi xotin-qizlar faollaridan iborat tarkibda ishchi guruh tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh 5 kalendar ish kunida talabgorlarning doimiy yashash joyi bo‘yicha ijtimoiy holatini o‘rganadi, o‘rganish natijalariga ko‘ra Ishchi guruh har bir talabgorlar bo‘yicha dalolatnoma tuzadi va Komissiyaga taqdim qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur hollarda Ishchi guruhlar tomonidan mazkur Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan mezonlarni tasdiqlovchi ma’lumotlar va elektron shakldagi hujjatlar (tug‘ilganlik, nikoh qayd etilganlik, vafot etganlik haqida va boshqa) “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya 5 kalendar ish kunida ishchi guruh tomonidan taqdim etilgan tegishli hujjatlarni o‘rganib, talabgorlarning to‘plagan ballari, hududlardagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj hamda talabgorlarning tahsil olayotgan bosqichlarini inobatga olib 150 nafar xotin-qizlarni saralab oladi va bayonnomani rasmiylashtiradi hamda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi 10 kalendar ish kunida tavsiyanomalarni tasdiqlaydi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Komissiya har o‘quv yilida 1-oktabrdan kech bo‘lmagan muddatda bazaviy to‘lov-kontrakt summalari to‘lab berilishi belgilangan (tavsiyanoma berilgan) xotin-qizlar ro‘yxatini hamda shartnomani imzolash bo‘yicha xulosalarni tegishliligi bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalariga yozma ravishda kiritadi va belgilangan tartibda shartnomalarni rasmiylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Komissiya a’zolari tomonidan talabgorlardan 150 nafarini tanlab olishda birinchi navbatda ularning ijtimoiy holati, ehtiyojmandligi, to‘plagan ballari, hududlardagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj hamda tahsil olayotgan bosqichlari inobatga olinadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) 11-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) 13-banddan “hamda davlat oliy ta’lim muassasalari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) Nizomga 1-ilova (Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollar oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash komissiyasining namunaviy tarkibi) da:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tavsiyanoma berish komissiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TARKIBI”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o‘rinbosarlari — oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari o‘rinbosari, Komissiya kotibi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) Nizomga 2-ilova (Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollar oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tartibi sxemasi)ning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Amalga oshirish mexanizmi

Subyektlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkazilgan kirish imtihonlari (test sinovi, kasbiy (ijodiy) imtihon) yakuni bo‘yicha tanlov natijalarini e’lon qilish.

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi, Davlat test markazi

Test sinovlari to‘liq yakunlangandan keyin bir hafta ichida

2-bosqich

Belgilangan mezonlarga mos keluvchi xotin-qizlar tomonidan oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyasiga moddiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan murojaat qilish.

Talabgorlar

Test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kalendar kun davomida

3-bosqich

Bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ikkinchi va undan yuqori bosqichlarda tahsil olayotgan, belgilangan mezonlarga mos talabgorlar ro‘yxatini shakllantirish.

Davlat oliy ta’lim muassasalari

Test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 5 kalendar kun davomida

4-bosqich

Talabgorlar ro‘yxatini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga yuborish.

Davlat oliy ta’lim muassasalari

Test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 5 kalendar kun davomida

5-bosqich

Talabgorlarning ro‘yxatini doimiy yashash joyi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuborish.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

5 kalendar ish kuni ichida

6-bosqich

Komissiya a’zolarini tuman (shahar)larga biriktirish.

Tuman (shahar)larga biriktirilgan Komissiya a’zosi, tuman (shahar) hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i hamda tegishli mahalladagi xotin-qizlar faollaridan iborat tarkibda ishchi guruhni tuzish.

Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Komissiya)

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan ro‘yxat yuborilgan kuni

7-bosqich

Talabgorlarning doimiy yashash joyi bo‘yicha ijtimoiy holatini o‘rganish.

Har bir talabgor bo‘yicha dalolatnoma tuzish va Komissiyaga taqdim qilish.

Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i hamda tegishli mahalladagi xotin-qizlar faollari (keyingi o‘rinlarda — Ishchi guruh)

5 kalendar ish kunida

8-bosqich

Ishchi guruh tomonidan taqdim etilgan tegishli hujjatlarni o‘rganib, 150 nafar xotin-qizlarni saralab olish va bayonnomani rasmiylashtirish hamda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasiga yuborish.

Komissiya

5 kalendar ish kunida

9-bosqich

Tavsiyanomalarni tasdiqlash va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuborish.

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

10 kalendar ish kunida

10-bosqich

Bazaviy to‘lov-kontrakt summalari to‘lab berilishi belgilangan (tavsiyanoma berilgan) xotin-qizlar ro‘yxatini hamda shartnomani imzolash bo‘yicha xulosalarni tegishliligi bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalariga yozma ravishda kiritish va belgilangan tartibda shartnomalarni rasmiylashtirish.

Komissiya

Har bir o‘quv yilida 1-oktabrdan kech bo‘lmagan muddatda

”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) quyidagi mazmundagi 3-ilova bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAVSIYANOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

TAVSIYANOMA

№ AA 0000

Ushbu tavsiyanoma fuqaro

______________________________ga

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

(___________________)

(pasport seriyasi va raqami)

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining 20___ yil “___”___________dagi _____-son buyrug‘iga asosan berildi.

M.O‘.

________________________________

(mansabdor shaxsning F.I.O., imzo)

20___ yil “___”___________

TAVSIYANOMA

№ AA 0000

Ushbu tavsiyanoma fuqaro ___________________ _________________ _________________ga

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

___________________ (pasport seriyasi va raqami)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20___ yil “___”___________dagi _____-son qaroriga muvofiq ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun berildi.

Tavsiyanoma O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining 20___ yil “___”___________dagi _____-son buyrug‘iga asosan berildi.

Tavsiyanoma rasmiylashtirib berilgan sanadan e’tiboran bir yil muddat davomida kuchga ega bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

____________________________________

(F.I.O.)

(M.O‘., imzo)

20___ yil “___”___________

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son; 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)