O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Ayrim davlat kadastrlarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2005-yil 15-noyabrdagi 250-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi N.J. Bakirov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori F.J. Pulatov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 7-iyun,
313-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 313-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Ayrim davlat kadastrlarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2005-yil 15-noyabrdagi 250-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 1-ilovada (Davlat o‘rmon kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom):
a) 16-banddagi “ushbu Nizomga ilova qilingan” so‘zlari “ushbu Nizomga 1-ilovadagi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
b) 23-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) quyidagi mazmundagi 231-band bilan to‘ldirilsin:
“231. Davlat o‘rmon kadastri avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimidan foydalanib yuritilishi va unda o‘rmon yerlarini hisobga olishda erni masofadan zondlash, multispektrial kosmik suratlardan foydalanish nazarda tutiladi.
Tematik qatlamlarni shakllantirishda vektorli obyektlarning (nuqtalar, chiziqlar va poligonlar) o‘zaro bog‘liqligi va yondoshligi ularning fazoviy joylashuvini inobatga olgan holda tasvirlanadi.
Davlat o‘rmon kadastri bo‘yicha tematik qatlamlar atributiv ma’lumotlari quyidagilar asosida:
O‘rmon bo‘limlari tematik qatlami atributiv ma’lumotlari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq;
O‘rmon kvartallari tematik qatlami atributiv ma’lumotlari ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq;
O‘rmon bilan qoplangan yerlar tematik qatlami atributiv ma’lumotlari ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq;
O‘rmon bilan qoplanmagan yerlar tematik qatlami atributiv ma’lumotlari ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakllantiriladi”;
g) Nizomga ilova belgisidagi “nizomga ilova” so‘zlari “Nizomga 1-ilova” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) Nizomga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat o‘rmon kadastrini yuritish sxemasi

1. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Davlat o‘rmon kadastri obyektlari bo‘yicha kadastr axborotlarini to‘playdi.
2. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi yer kadastridan hamda binolar va inshootlar davlat kadastridan yer uchastkalari, binolar va inshootlar to‘g‘risidagi axborotlarni oladi.
3. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi kadastr axborotlarini Davlat kadastrlari yagona tizimi ma’lumotlar bazasiga beradi.
4. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi so‘rovga ko‘ra Davlat kadastrlari yagona tizimi ma’lumotlar bazasidan Davlat o‘rmon kadastri bo‘yicha axborotlar olishi mumkin.
5. Davlat kadastrlari yagona tizimidan foydalanuvchilar so‘rovga ko‘ra Davlat kadastrlari yagona tizimi ma’lumotlar bazasidan belgilangan tartibda Davlat o‘rmon kadastri bo‘yicha kadastr axborotlari olishi mumkin.
* Kadastr axborotlarining harakat yo‘nalishlari stryelkalar bilan belgilangan.”;
e) quyidagi mazmundagi 2 — 5-ilovalar bilan to‘ldirilsin:
“Davlat o‘rmon kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘rmon bo‘limlari tematik qatlami atributiv ma’lumotlari
|
O‘rmon bo‘limining identifikatsiya raqami |
O‘rmon bo‘limining nomi |
O‘rmon bo‘limi tashkil etilgan sana |
O‘rmon xo‘jaligining nomi |
Idoraviy mansubligi |
O‘rmon bo‘limining joylashgan joyi |
O‘rmon bo‘limi ma’lumotlari hisobga olingan sana | |
|
|
|||||||
|
|
|||||||
|
|
|||||||
|
|
Davlat o‘rmon kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
O‘rmon kvartallari tematik qatlami atributiv ma’lumotlari
|
Kvartalning identifikatsiya raqami |
Kvartal raqami |
Izoh | |
|
|
|||
|
|
|||
|
|
|||
|
|
Davlat o‘rmon kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
4-ILOVA
O‘rmon bilan qoplangan yerlar tematik qatlami atributiv ma’lumotlari
|
Kontur identifikatsiya raqami |
Maydoni (ga) |
Daraxt nomi |
O‘rmonlarni ko‘paytirish usuli |
Daraxtlar yoshi bo‘yicha mansubligi |
Daraxtlarning o‘rtacha yoshi |
O‘rmonlarni tashkil qiluvchi asosiy turlar |
O‘rmonlarning holati |
Bonitet sinfi |
Daraxtlarning zichlik darajasi |
O‘rmon turi |
Daraxtlar zaxirasi (m³) |
Qiymati (so‘m) | |
|
|
|||||||||||||
|
|
|||||||||||||
|
|
|||||||||||||
|
|
Davlat o‘rmon kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA
5-ILOVA
O‘rmon bilan qoplanmagan yerlar tematik qatlami atributiv ma’lumotlari
|
T/r |
Kontur identifikatsiya raqami |
O‘rmon bilan qoplanmagan yerlar (ga) |
|
|
||
|
|
||
|
|
||
|
|
||
|
”. |
2. 2-ilovada (Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom):
a) 9 va 20-bandlardagi, 22-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) Nizomga ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish sxemasi

1. DShKni yuritish bo‘linmasi DShKning AGT ma’lumotlar bazasini shakllantirish uchun shaharsozlik faoliyati obyektlari to‘g‘risidagi kadastr axborotlarini to‘playdi.
2. DShKni yuritish bo‘linmasi o‘z vakolati doirasida o‘z ma’lumotlar bazasini yuritadi, DShK obyektlari to‘g‘risidagi kadastr axborotlarini “O‘zGAShKLITI” DUKning DShKni tashkil etish va yuritish bo‘yicha bosh tashkiloti (yoki uning filiallari)ga beradi.
3. “O‘zGAShKLITI” DUK olingan ma’lumotlarni tahlil qiladi va turkumlashtiradi, DShKning AGT ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va DKYaTga axborot beradi.
4. Qurilish vazirligi, “O‘zGAShKLITI” DUK va foydalanuvchilar so‘rovnoma bo‘yicha DKYaT ma’lumotlar bazasidan DShK obyektlari bo‘yicha axborot olishlari mumkin.
5. “O‘zGAShKLITI” DUKning DShKni yuritish bo‘linmalari, shuningdek, boshqa foydalanuvchilarning DShKning AGT ma’lumotlar bazasidagi zarur axborotlarni erkin olishlarini ta’minlaydi.
* Kadastr axborotlarining harakat yo‘nalishlari stryelkalar bilan belgilangan.”.
3. 3-ilovada (Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom):
a) 24-bandning ikkinchi xatboshidagi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) Nizomga ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsnya qilish joylari davlat kadastrini yuritish sxemasi

1. Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari mulkdorlari, shuningdek, boshqa huquqlarning egalari chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari bo‘yicha kadastr axborotlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalariga taqdim etadilar.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari mulkdorlardan va ushbu obyektlarga boshqa huquqlar egalaridan chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari to‘g‘risidagi kadastr axborotlarini to‘playdilar, kadastr yig‘majildlarini shakllantiradilar va ularni Davlat ekologiya qo‘mitasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyasiga beradilar.
3. Davlat ekologiya qo‘mitasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyasi Davlat yer kadastridan hamda Binolar va inshootlar davlat kadastridan yer uchastkalari, binolar va inshootlar to‘g‘risidagi axborotlarni oladi.
4. Davlat ekologiya qo‘mitasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyasi obyekt (chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari) ChKUJDKga kiritilgandan keyin kadastr axborotlarini DKYaT ma’lumotlar bazasiga beradi.
5. Davlat ekologiya qo‘mitasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyasi so‘rov bo‘yicha DKYaT ma’lumotlar bazasidan chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari to‘g‘risidagi axborotlarni olishi mumkin.
6. Davlat ekologiya qo‘mitasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyasi chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari obyektlari bo‘yicha zarur axborotlarni Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy organlariga yuboradi.
7. DKYaTdan foydalanuvchilar so‘rovga ko‘ra DKYaT va ChKUJDK ma’lumotlar bazasidan chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari bo‘yicha kadastr axborotlarini belgilangan tartibda olishi mumkin.
* Kadastr axborotlarining harakat yo‘nalishlari stryelkalar bilan belgilangan.”.
4. 4-ilovada (Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom):
a) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi o‘rinlarda — Kadastr agentligi) Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi”;
b) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Kadastr agentligining Geodeziya nazorati boshqarmasi Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish ishlarining ijrochisi hisoblanadi.
Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish ishlariga umumiy rahbarlikni Kadastr agentligi direktori amalga oshiradi.
Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritishni metodik ta’minlash Kadastr agentligi tomonidan amalga oshiriladi”;
g) Nizomga ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish sxemasi

1. Geodeziya, topografiya va kartografiya ishlarini bajaruvchilar KGDK obyektlari bo‘yicha boshlang‘ich axborotlarni Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Geodeziya nazorati boshqarmasiga taqdim etadilar.
2. Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Geodeziya nazorati boshqarmasi taqdim etilayotgan boshlang‘ich materiallar talablarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda ularni puxtalashtirish uchun qaytaradi.
3. Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Geodeziya nazorati boshqarmasi KGDK obyektlari bo‘yicha kadastr axborotlarini DKYaT ma’lumotlar bazasiga beradi.
4. Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Geodeziya nazorati boshqarmasi so‘rov bo‘yicha DKYaT ma’lumotlar bazasidan axborotlarni olishi mumkin.
5. DKYaT, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Geodeziya nazorati boshqarmasi ma’lumotlar bazasidan foydalanuvchilar so‘rovga ko‘ra KGDK obyektlari bo‘yicha kadastr axborotlarini belgilangan tartibda olishi mumkin.
* Kadastr axborotlarining harakat yo‘nalishlari stryelkalar bilan belgilangan.”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/313/0494-son)