Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.08.2024 07.06.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3344-1
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 07.06.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3344-1
Kuchga kirish sanasi
07.06.2022
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.08.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 7 iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3344-1]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 29-iyuldagi 17-mh-sonli “Shaharsozlik normalari va qoidalari, fitosanitariya talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3545, 06.08.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-son “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash hamda huquqiy xizmat koʻrsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-dekabrdagi 25-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3344, 2021-yil 28-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 10/21/3344/1218-son) bilan tasdiqlangan Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir R. DAVLETOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 7-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 7-iyundagi 15-mh-son buyrugʻiga

ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“huquqiy ekspertiza — texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning qonunchilikka muvofiqligini hamda ularda huquqiy normalar mavjudligini aniqlash nuqtai nazaridan tekshirish.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“17. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlishi shart.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 55-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“55. Vazirlik va idoralarning yuridik xizmati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat loyihasining qonunchilikka muvofiqligini hamda unda huquqiy normalar mavjudligini aniqlash nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat loyihasi qonunchilikka muvofiq boʻlsa, shuningdek unda huquqiy normalar mavjud boʻlmasa, yuridik xizmat rahbari tomonidan imzolanadi va xulosa tayyorlanadi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidan “yoxud uning oʻrinbosari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat u birinchi kelishilayotgan vazirlik va idora bilan kelishilganidan soʻng, qirq besh kun ichida qabul qilinishi kerak.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 61-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bir nechta vazirlik va idoralarning qoʻshma qabul qilgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjati u birinchi boʻlib qabul qilayotgan vazirlik yoki idora tomonidan imzolangan sanadan boshlab yigirma kun ichida qabul qilinishi lozim.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 70-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“a) hujjat qonunchilik hujjatlariga zid boʻlsa;”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 10/22/3344-1/0488-son)