06.06.2022 yildagi PQ-269-son
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2022-y., 07/22/414/0996-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan o‘n ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Bajarish uchun mas’ullar

1.

Oliy sport mahorati instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut)da tayyorlanadigan kasblar va lavozimlar bo‘yicha ishlab chiqilgan kasb standartlari asosida malaka talablari, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda ishchi guruh shakllantirish.

2022-yil noyabr

-

Sportni rivojlantirish vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

2. Mavjud kasb standartlarini qayta o‘rganib chiqish hamda zaruratga ko‘ra qayta tasdiqlash.

2022-yil dekabr

3. Tasdiqlangan kasb standartlari asosida malaka talablari, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini tasdiqlash.

2023-yil avgust

2.

Institutda mahorat darslari va maxsus mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun yetakchi xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarning malakali olimlari hamda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini taklif etish.

1. Tajriba almashish maqsadida xorijiy yetakchi turdosh oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va tajribali mutaxassislarining mahorat darslarini tashkil etish.

2. Konferensiya va ilmiy seminarlarga hamda ilmiy ishlar muhokamalariga malakali olimlar hamda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini taklif etish.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab

Sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
,

Tashqi ishlar vazirligi

3.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro tajriba almashinuv amaliyotini kengaytirish.

Professor-o‘qituvchilar va trenerlarni xorijiy mamlakatlardagi yetakchi oliy ta’lim muassasalariga stajirovkaga yuborish.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab

Sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

4.

Institutning Axborot-resurs markazi faoliyatini tashkil etish.

1. Axborot-resurs markazini malakali kadrlar bilan to‘ldirish.

2. Axborot-resurs markazini o‘quv-metodik adabiyotlar, axborot materiallari (shu jumladan ularning elektron variantlari), maxsus davriy nashrlar bilan ta’minlash.

3. Axborot-resurs markazini mebel, inventar, axborot-kommunikatsiya vositalari bilan ta’minlash.

4. Talabalarning mustaqil ta’lim olishlari uchun masofaviy elektron ta’lim platformasini tashkil etish hamda elektron axborot resurs manbalari (taqdimotlar, tarqatma materiallar, ma’ruza matnlari, video va audio darslar) bilan boyitib borish.

2023-yil avgust

Sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

5.

Institutni sport turlari bo‘yicha zamonaviy texnik vositalar va maxsus laboratoriya uskunalari (anjomlari) bilan jihozlash.

1. Institutda tashkil etiladigan laboratoriyalar hamda ular uchun zarur bo‘lgan jihozlar ro‘yxatini shakllantirish.

2023-yil mart

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Innovatsion rivojlanish agentligi,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi

2. Laboratoriyalarni zarur jihozlar bilan ta’minlash.

2023-yil avgust

6.

Institutning ta’lim va boshqaruv jarayonida IT-texnologiya infratuzilmasini takomillashtirish.

1. Institut binolarini optik tolali simlar bilan jihozlash va yagona tarmoq boshqaruvini yaratish.

2. Institut binolari, shu jumladan Axborot-resurs markazida Wi-Fi hududlar tashkil etish, Internet tarmog‘idan keng foydalanish imkonini yaratish.

2023-yil iyul

Ijrochilar mablag‘lari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi

7.

Institutining shtatlar jadvali va xarajatlari smetasini ro‘yxatdan o‘tkazish.

Institutning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasi loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil avgust

-

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)