06.06.2022 yildagi PQ-270-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.06.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paralimpiyachilarning matonat maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimiz dovrugʻini dunyoga tanitish borasida yoshlarning qoʻlga kiritgan yutuqlarini, ularning ibratli hayot tarzini targʻib qilish orqali mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuygʻularini kamol toptirish, yoshlarni parasport turlariga keng jalb qilish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-maydagi “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5114-son qarorida belgilangan paralimpiya harakatini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini amaliyotga bosqichma-bosqich tatbiq etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Paralimpiyachilarning matonat maktabi (keyingi oʻrinlarda — Matonat maktabi) tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Matonat maktabining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yoshlar, shu jumladan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning qoʻlga kiritgan yutuqlari, ularning ibratli hayot tarzini targʻib qilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalari, mehnat jamoalari hamda mahallarda yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etib, paralimpiyachilarning oʻz hayot yoʻllarida qiyinchiliklarni qanday yengib oʻtganliklari haqida suhbatlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar, ayniqsa yoshlarda halollik, vijdoniylik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari shaxs sifatlarini, shuningdek, milliy gʻurur tuygʻularini shakllantirishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar, ayniqsa yoshlar ijtimoiy hayotining turli masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqish, davlat organlari va tashkilotlariga taklif va tavsiyalar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ona Vatanimiz shuhratini dunyoga tarannum etish bilan bogʻliq eng muhim tushunchalar, hayotiy va professional koʻnikmalarni ilm-maʼrifat asosida yoshlarning qalbi va ongiga singdirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarga yuqori natijalarga erishgan shaxslarni oʻrnak qilib koʻrsatish orqali ularni matonatli etib tarbiyalash, shu maqsadda ilmiy-amaliy anjumanlar, savol-javob, kitobxonlik kechalari, mashhur kishilar bilan uchrashuvlar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarda qadimiy tariximiz va madaniyatimiz bilan, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yoʻlida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib boʻlish tuygʻusini shakllantirishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yoshlarni parasport turlariga keng jalb qilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsib kelayotgan yosh avlodni paralimpiya sport turlariga jalb etish, ularni “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” gʻoyasi atrofida birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar, ayniqsa yoshlar oʻrtasida maxsus taʼlim muassasalarida hamda mahallalarda jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini oʻtkazishda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtidorli yoshlarni tanlab olish, ularni parasport turlariga yoʻnaltirish hamda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, jamiyatda munosib oʻrin egallashlarini ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning xalqaro parasport tadbirlari va musobaqalari, forum va konferensiyalardagi ishtirokini taʼminlashga koʻmaklashish.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Matonat maktabi Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan holda tashkil qilinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi bir vaqtning oʻzida Matonat maktabiga rahbarlik qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Matonat maktabi faoliyatini moliyalashtirish manbalari boʻlib Davlat budjeti mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Matonat maktabining tashkil etilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasiga qoʻshimcha 2 ta shtat birligi ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Matonat maktabiga hududlarga borib kelish va tadbirlarda ishtirok etish uchun 1 ta yengil avtomobil, 1 ta avtobusni xarid qilish uchun mablagʻlar va ularni saqlash uchun limit ajratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi Paralimpiyachilarning matonat maktabi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish va paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi etib qayta nomlansin va uning yangilangan tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Matonat maktabining yoshlar, shu jumladan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning qoʻlga kiritgan yutuqlari, ularning ibratli hayot tarzini targʻib qilish sohasidagi faoliyati Mudofaa vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Matonat maktabining yoshlarni parasport turlariga keng jalb qilish sohasidagi faoliyati Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov) va Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov) Matonat maktabining asosiy vazifalari samarali va toʻliq roʻyobga chiqarilishida Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasiga yaqindan koʻmaklashsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Matonat maktabi faoliyatini tashkil qilishning quyidagi tartibi joriy qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) har yili 1-dekabrga qadar Paralimpiyachilarning matonat maktabi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish va paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi tarkibiga kiritilgan vazirlik, idora, hokimliklar va jamoat tashkilotlari tegishli namuna boʻyicha ishlab chiqilgan kelgusi yil davomida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasiga taqdim etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi Mudofaa vazirligi va Sportni rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda chora-tadbirlar rejalarini Matonat maktabining asosiy vazifalari, mazkur qarorning 5-bandida koʻzda tutilgan yoʻnalishlar, shuningdek, boshqa dolzarb masalalarni hisobga olgan holda umumlashtiradi hamda kompleks reja loyihasini tayyorlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi har yili 20-dekabrga qadar kompleks reja loyihasini koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun, shuningdek, qabul qilingan kompleks rejaning ijrosi boʻyicha yigʻma axborotni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Paralimpiyachilarning matonat maktabi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish va paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi (A.N. Aripov):
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar, hokimliklar va boshqa tashkilotlarning mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosi haqidagi hisobotlarini eshitadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash yigʻilishida kompleks reja loyihasini koʻrib chiqadi va har yili 1-fevralga qadar tasdiqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Matonat maktabi faoliyatini samarali tashkil etishda barcha vazirlik, idora, hokimlik va jamoat tashkilotlarining oʻzaro hamkorligini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Mudofaa vazirligi hamda Sportni rivojlantirish vazirligi Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda kompleks reja ijrosi ustidan doimiy nazorat olib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Paralimpiyachilarning matonat maktabi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish va paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi (A.N. Aripov) uch hafta muddatda Matonat maktabida 2022-yil davomida quyidagilar amalga oshirishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin va uning tizimli ravishda amalga oshirilishini taʼminlasin:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov) tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning, shu jumladan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning ongu tafakkuriga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini, milliy armiyamiz bilan faxrlanish, davlat xavfsizligini himoya qilish uchun masʼuliyat tuygʻusini chuqur singdirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarga mamlakatimizning mudofaa salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun va mohiyatini tizimli ravishda yetkazish hamda dunyoda sodir boʻlayotgan globallashuv jarayonlariga nisbatan ularda ongli munosabat va faol hayotiy pozitsiyani shakllantirish, burchga sadoqat, masʼuliyat, fidoyilikni oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning, shu jumladan paralimpiyachilarning harbiy qismlarga ekskursiyalar va koʻrgazmali tashriflarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vatan ozodligi yoʻlida qahramonlik koʻrsatgan buyuk ajdodlarimiz va jasur zamondoshlarimizning ibratli hayotini keng targʻib etish asosida yoshlarda “Yangi Oʻzbekiston — yangi gʻalabalar sari” degan hayotiy eʼtiqodni qaror toptirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Milliy gvardiya (R. Djurayev) tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
terrorizmga qarshi kurashishda hamda terrorchilik harakatlarining oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etib, mardonavor halok boʻlgan askarlarning ibratli hayotini keng targʻib etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning, shu jumladan paralimpiyachilarning Temurbeklar maktablari, oliy harbiy taʼlim muassasalari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning maxsus guruhlari va harbiy qismlarga ekskursiyalar va koʻrgazmali tashriflarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mard oʻgʻlon” davlat mukofotiga sazovor boʻlgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuvlar oʻtkazish, ular erishgan yutuq va natijalarni yoshlar oʻrtasida keng targʻib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Temurbek vorislari” harbiy-sport oʻyinlarini bosqichma-bosqich tashkil etish, ularga jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov) tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarga moʻljallangan badiiy, multiplikatsion va qisqa metrajli filmlar ishlab chiqarilishini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosiy, ilmiy va ijtimoiy islohotlardagi ishtirokini aks ettiradigan va daxldorlik tuygʻusini shakllantiradigan turli janr va mavzularda filmlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning sportga kirib kelishidan boshlab ularning yuqori natijalarga erishish yoʻli, nufuzli musobaqalardagi ishtiroki va bugungi kundagi hayoti toʻgʻrisida qisqa metrajli badiiy va hujjatli filmlar, videoroliklar tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlar hayoti, ularning orzu-intilishlari, oʻy-havaslarini ifodalovchi filmlar ishlab chiqarilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyorlangan filmlarni yoshlar orasida keng targʻib va tashviq qilish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev) tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarda, xususan uyushmagan yoshlarda tarixiy xotira, milliy gʻurur va oʻzlikni anglash, roʻy berayotgan voqealarga daxldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuygʻularini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning zamonaviy kasblarni egallashga boʻlgan intilishini qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ular oʻz ijodiy va intellektual salohiyatini roʻyobga chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlar, xususan uyushmagan yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishga keng jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni diniy-ekstremistik va boshqa buzgʻunchi tashkilotlar taʼsiridan, chetdan “ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib kelayotgan salbiy taʼsir va tahdidlardan asrash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S. Sayyid) tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
katta isteʼdod va yuksak fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlgan keksa avlod vakillarining ijodiy salohiyati va mahoratidan yoshlarni keng bahramand etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yosh isteʼdod sohiblarini izlab topish, ularning iqtidorini roʻyobga chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mumtoz adabiyotimizni, buyuk namoyandalarning asarlarini yoshlarga yanada yaqinlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlar, shu jumladan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar bilan “Doʻrmon”, “Parkent” va “Zomin” ijod uylarida taniqli yozuvchilar, shoirlar ishtirokidagi uchrashuvlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalar, taʼlim muassasalarida yoshlar, shu jumladan paralimpiyachilar ishtirokida muntazam maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish, shuningdek, ijodiy uchrashuvlar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) “Nuroniy” jamgʻarmasi (S. Turdiyev) tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oqsoqollar, keksa yoshdagi mahalla faollarini yoshlarni Vatanga muhabbat, keksalarni eʼzozlash, ezgulik va rahmdillik singari xalqimizning koʻp asrlik anʼanalarini hurmat qilish ruhida tarbiyalashga yoʻnaltirilgan ijtimoiy faoliyatga jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda yoshlarni ijtimoiy va moddiy qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, ularning birinchi navbatdagi ehtiyojlari qondirilishida har tomonlama yordam berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taniqli keksa yozuvchilar, artistlar, xonandalar, sport faxriylari, rassomlar va ijodkor ziyolilarning boshqa vakillarini taklif etgan holda yoshlar oʻrtasida ijodiy kechalar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov) tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlar, shu jumladan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar va paralimpiyachilarning ibratli hayot yoʻllari va qiyinchiliklarni qanday yengib oʻtganliklari hamda gʻalaba qozonganligi haqidagi uchrashuv va suhbatlarni keng yoritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish va tematik teleradiodasturlar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paralimpiya sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston chempionati (kubogi), mamlakatimizda oʻtkaziladigan nufuzli xalqaro musobaqalar (turnirlar)ni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi, Transport vazirligi va Sportni rivojlantirish vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri, A. Qodiriy koʻchasida joylashgan piyodalar yurish va dam olish maskanida Paralimpiyachilar bogʻini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent metropolitenining yangi qurilayotgan bekatlaridan biriga “Paralimpiya harakati” nomini berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilab qoʻyilsinki, Matonat maktabi boʻyicha Oʻzbekiston tajribasini dunyo mamlakatlariga targʻib etish maqsadida 2023-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba Toshkent shahrida “Paralimpiyachilar matonati” xalqaro forumi oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-iyuldan boshlab tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari hisobida turgan 10 — 35 yoshdagi nogironligi boʻlgan shaxslar hamda fuqarolarning murojaatiga koʻra nogironlik guruhi belgilangan sportchilar haqidagi maʼlumotlar har chorakda Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasiga taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-yanvardan boshlab tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari xulosalari asosida nogironlik guruhi belgilangan barcha 10 — 35 yoshdagi shaxslarning elektron maʼlumotlari har chorakda Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasiga yuboriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari xulosalari asosida nogironlik guruhi belgilangan 10 — 35 yoshdagi shaxslarni paralimpiya sport turlariga yoʻnaltirish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov) Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev) zimmasiga mazkur bandda belgilangan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va samarali tashkil qilish boʻyicha shaxsiy masʼuliyat yuklatilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar Matonat maktabi bilan hamkorlikda quyidagilarni 2022/2023 oʻquv yili boshlanishiga qadar amalga oshirsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim jarayonida sogʻlom oʻquvchi va talabalar bilan bir qatorda alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchi va talabalarning aqliy hamda ijtimoiy salohiyatlarini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rivojlanishning turli imkoniyatlariga ega boʻlgan oʻquvchi va talabalar uchun har qanday kamsitilishni istisno qiladigan, barcha oʻquvchi va talabalarga teng munosabatda boʻlishni taʼminlaydigan yagona moslashtirilgan ijtimoiy muhitni yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoatchilik hamda taʼlim jarayonining barcha ishtirokchilarida alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchi va talabalar muammolariga nisbatan bagʻrikenglik munosabatini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat vazirligi bilan birgalikda oʻquvchi va talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ularning qiziqishlarini inobatga olgan holda musiqa, rassomchilik, tasviriy sanʼat, kulolchilik va boshqa toʻgaraklarni tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev) tasarrufidagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar), “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari, shuningdek, nogironligi boʻlgan bolalar uchun “Muruvvat” internat uylarida paralimpiya sport turlari, shu jumladan parastol tennisi, paradzyudo, golbol, 5x5 futbol, parayengil atletika, bochcha, parapauerlifting, paraqilichbozlik sport turlarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratsin hamda ularni zaruriy sport jihozlari va formalari bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) tasarrufidagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar), “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari uchun sport jihozlari va formalarini xarid qilish maqsadida vazirlikka ajratilgan budjet mablagʻlarining iqtisod qilingan qismidan yil yakuniga qadar 2 milliard soʻmgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev) “Muruvvat” internat uylari uchun sport jihozlari va formalarini xarid qilish maqsadida vazirlikka ajratilgan budjet mablagʻlarining iqtisod qilingan qismidan yil yakuniga qadar 1 milliard soʻmgacha yoʻnaltirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) 2023-yildagi Davlat budjetining parametrlarini shakllantirishda mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun 3 milliard soʻmdan kam boʻlmagan mablagʻlarni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov) Xalq taʼlimi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar), “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari hamda “Muruvvat” internat uylaridagi nogironligi boʻlgan bolalarni doimiy ravishda hududlardagi sport-taʼlim muassasalarida (sport maktablari, Olimpiya va Paralimpiya kollejlari va boshqalar) belgilangan parasport turlariga jalb qilish choralarini koʻrsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi Matonat maktabining samarali faoliyat olib borishi uchun yetarli sharoit hamda multimedia mahsulotlari, adabiyotlar, buklet, banner va boshqa kreativ targʻib qiluvchi materiallar bilan taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov) hamda Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarning taʼlim olgan muassasalarida “Matonatli sportchilarimiz — faxrimiz” xonalarini tashkil etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Matonat maktabi ishchi guruhlarining hududlarda samarali faoliyat olib borishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Matonat maktabi tomonidan amalga oshiriladigan targʻibot-tashviqot ishlarini manzilli tashkil etish va tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar)lar tarixiy muzeylarida Paralimpiya, Paraosiyo oʻyinlarida ishtirok etgan sportchilarga bagʻishlangan ekspozitsiyalar tashkil etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Moliya vazirligi (T. Ishmetov) mazkur qarorda belgilangan Matonat maktabi faoliyatini tashkil qilish bilan bogʻliq zarur mablagʻlarni 2022-yil respublika budjetida koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida, 2023-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Matonat maktabi Toshkent shahri, Beshyogʻoch koʻchasi, 126-uy manzili boʻyicha joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-maydagi “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5114-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib mudofaa vaziri B.N. Kurbanov, sportni rivojlantirish vaziri A.I. Ikramov hamda Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi M.M. Tashxodjayev belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 6-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-270-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi PQ-270-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paralimpiyachilarning matonat maktabi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish va paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

1.

A.N. Aripov

Bosh vazir, Respublika kengashi raisi

2.

B.N. Kurbanov

mudofaa vaziri, Respublika kengashi raisi oʻrinbosari

3.

A.I. Ikramov

sportni rivojlantirish vaziri, Respublika kengashi raisi oʻrinbosari

4.

M.M. Tashxodjayev

Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi, Respublika kengashi raisi oʻrinbosari

5.

R.M. Djurayev

Milliy gvardiya qoʻmondoni

6.

B.O. Saidov

xalq taʼlimi vaziri

7.

A.H. Toshkulov

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

8.

B.A. Musayev

sogʻliqni saqlash vaziri

9.

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

10.

B.I. Zakirov

qurilish vaziri

11.

T.A. Ishmetov

moliya vaziri

12.

A.Z. Saʼdullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori

13.

A.K. Inakov

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori

14.

F.F. Abduxalikov

Kinematografiya agentligi bosh direktori

15.

M.R. Boltabayev

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori

16.

S. Turdiyev

“Nuroniy” jamgʻarmasi boshqaruvi raisi

17.

S. Sayyid

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

18.

K.K. Abdullayev

Oʻzbekiston nogironlar jamiyati boshqaruvi raisi

19.

G.Oʻ. Shodiyeva

Oʻzbekiston karlar jamiyati boshqaruvi raisi

20.

E.D. Norpulatov

Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati boshqaruvi raisi

21.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

22.

Z.Z. Tadjibayev

Vazirlar Mahkamasi bosh mutaxassisi, Respublika kengashi kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Respublika kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi PQ-270-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-maydagi “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5114-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “24” raqami “26” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshidagi “mazkur qarorga asosan tashkil qilinayotgan Paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi” soʻzlari “Paralimpiyachilarning matonat maktabi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish va paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“14. Paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagi mazmundagi 141-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“141. Paralimpiyachilarning matonat maktabi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish va paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi (A.N. Aripov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 2021-yilda paralimpiya sport turlarini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha manzilli hududiy dasturlarni tasdiqlasin, shuningdek, ularning toʻliq va sifatli ijro etilishi yuzasidan doimiy monitoring oʻrnatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paralimpiya sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida mahalliy, xorijiy va xalqaro tashkilotlarning grantlari, homiylar — yuridik va jismoniy shaxslarning mablagʻlarini jalb qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Paralimpiya qoʻmitasining yillik daromadlar va xarajatlar smetasini tasdiqlash, unga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish Respublika kengashi tomonidan amalga oshiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston milliy paralimpiya qoʻmitasining
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Rais

Rais oʻrinbosari

Bosh kotib

Paralimpiyachilarning matonat maktabi

2

Ilmiy-metodik taʼminlash va rivojlantirish boʻlimi

2

Xalqaro aloqalar va marketing boʻlimi

2

Bosh yuriskonsult

1

Paralimpiya sport turlari infratuzilmasini rivojlantirish boʻlimi

2

Hamkor tashkilotlar va sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) bilan ishlash boʻlimi

2

Xodimlar bilan ishlash boʻyicha inspektor

1

Paralimpiya sport turlarini muvofiqlashtirish sektori

1

Hududiy boʻlinmalar bilan ishlash boʻlimi

2

Moliya-iqtisodiyot boʻlimi

3

Sport tibbiyoti sektori

1

Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan ishlash sektori

1

Moddiy-texnik taʼminot boʻlimi

2

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 26 nafar, shundan 16 ta shtat birligi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni oʻrnatilgan meʼyorlarga muvofiq belgilanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.