01.06.2022 yildagi 296-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 02.06.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlarining uzluksiz malaka oshirish tizimini joriy etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlarining malakasini oshirish tizimini zamonaviy taʼlim standartlari talablaridan kelib chiqqan holda yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2022-yil 1-sentabrdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlarining “Hayot davomida taʼlim olish” tamoyili asosida uzluksiz malakasi oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirishning maqsadi, vazifalari, mazmunidan kelib chiqib oʻquv jarayonini tashkil qilish, rahbar va pedagog xodimlarning uzluksiz malaka oshirishi uchun taʼlim dasturlari doimiy yangilab boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog xodimlarning kasbiy ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan malaka oshirish shakllarini mustaqil tanlash va oʻzlashtirish imkoniyati yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit-modul tizimi asosida muqobil va mustaqil malaka oshirish shakllari ham joriy qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlarining uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzluksiz malaka oshirish jarayonlari tashkilotchilarining vazifalari, oʻquv jarayonini tashkil qilish, taʼlim dasturlarini doimiy yangilab borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rahbar va pedagog xodimlarning kasbiy ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan malaka oshirish shakllarini mustaqil tanlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish dasturlarini oʻzlashtirish va belgilangan kredit birliklarini toʻplash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimida akademik litsey mavjud boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda akademik litseylar rahbar hamda pedagog xodimlarining malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat taʼlim talablari ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirishning kasbiy faoliyatga aloqador shakllari bir-birini toʻldirish tamoyillari asosida amaliyotga joriy qilinishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 15-iyulga qadar akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlarining uzluksiz kasbiy malakasini oshirish tizimini tashkil etish, ularning malakasini oshirish jarayonlarini uzluksiz nazorat qilish va shaxsiy hisobini yuritish imkoniyatini taʼminlovchi elektron platforma joriy etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 15-avgustga qadar rahbar va pedagog xodimlarning kasbiy-pedagogik faoliyati natijalari hamda ularning malakasini oshirish jarayonlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar elektron platformaga kiritilishini va keyinchalik doimiy yangilab borilishini taʼminlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akademik litseylar rahbar xodimlarining malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazida (keyingi oʻrinlarda — Bosh ilmiy-metodik markaz) tashkil etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akademik litseylar pedagog xodimlarining malakasini oshirish oliy taʼlim muassasalari huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazlarida (keyingi oʻrinlarda — mintaqaviy markazlar) tashkil etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirishning tasdiqlangan jadvaliga kiritilgan hamda Bosh ilmiy-metodik markaz va mintaqaviy markazlarga oʻqishga yuborilgan tinglovchilar uchun ularning ishdan ajralgan holda butun oʻqish davrida asosiy ish joyi boʻyicha oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlari tarkibidagi uch yoshga toʻlmagan bolasi boʻlgan ayollar, pensiya yoshidagilar hamda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun malaka oshirish kurslari masofaviy shaklda tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh ilmiy-metodik markaz va mintaqaviy markazlarga asosiy ishdan ajralgan holda malaka oshirishga tasdiqlangan jadvalga muvofiq boshqa hududlardan yuborilgan tinglovchilarning oʻqish joyiga kelish va u yerdan qaytish boʻyicha bir martalik yoʻl xarajatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ularni yuborgan taʼlim muassasasi hisobidan qoplanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlarining malakasini oshirish kurslariga mashgʻulotlar oʻtkazish uchun soatbay ish haqi toʻlash shartlari bilan jalb etilgan professor-oʻqituvchilar uchun ish haqi toʻlash shartlari oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslariga mashgʻulotlar oʻtkazish uchun soatbay ish haqi toʻlash shartlari bilan jalb etilgan professor-oʻqituvchilarning ish haqi toʻlash shartlariga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorda nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.H. Toshkulov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
296-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 296-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlarining uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlarining kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqib malaka oshirish jarayonlarini mustaqil tanlash va uzluksiz malaka oshirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akademik litseylarning rahbar xodimlari — akademik litseylarda boshqaruv funksiyalarini bajaruvchi (direktor, direktor oʻrinbosarlari, boʻlim boshliqlari) shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akademik litseylarning pedagog xodimlari — akademik litseylarda pedagogik faoliyatni amalga oshiruvchi professor, dotsent, bosh oʻqituvchi, yetakchi oʻqituvchi, katta oʻqituvchi, oʻqituvchi lavozimidagi shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masofaviy malaka oshirish — ishdan ajralmagan holda masofadan oʻqitish taʼlim usullari orqali malaka oshirishning onlayn (videomaʼruzalar, maslahatlar, nazorat turlarini masofadan turib real vaqt rejimida oʻtkazish) va oflayn (masofaviy taʼlim tizimidagi tegishli oʻquv-metodik resurslarni mustaqil ravishda oʻzlashtirish) shakli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mustaqil malaka oshirish — taʼlim darajasi va sifatiga qoʻyiladigan davlat taʼlim talablariga muvofiq yangi bilim, koʻnikma va malakalarni rahbar va pedagog xodimlar tomonidan mustaqil oʻzlashtirish, oʻzini oʻzi kasbiy rivojlantirish shakli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muqobil malaka oshirish — mustaqil malaka oshirish shakllaridan foydalanib rahbar va pedagog xodimlarning individual kasbiy mahorat natijalari tasdigʻining amaldagi malaka oshirish shakllariga tenglashtirilgan shakli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
modul — tinglovchining tegishli bilimga egalik qilish, kasbiy bilim va koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan oʻquv dasturining mustaqil tarkibiy qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit — tinglovchining alohida modul boʻyicha oʻrganishi va oʻzlashtirishi uchun ajratiladigan va birliklarda ifoda qilinadigan oʻquv yuklamasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit-modul — har bir oʻzlashtirilgan modul boʻyicha kredit birliklari jamlab boriladigan oʻqitish-baholash tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron portfolio — rahbar va pedagog xodimlarning kasbiy faoliyat natijalarini baholashga qaratilgan oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot va ijodiy ish materiallarini qamrab oluvchi elektron resurslar majmuasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlarining uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish mazkur Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq, malaka oshirish shakllariga ajratilgan kreditlar miqdori ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Malaka oshirishning maqsadi rahbar va pedagog xodimlarning oʻzini oʻzi mustaqil kasbiy rivojlanishini ragʻbatlantirish, oʻquv-tarbiya jarayonini yuqori ilmiy-metodik darajada tashkil etish, kadrlarning toifasi, darajasi va lavozimi boʻyicha kasbiy va pedagogik mahorati doimiy ravishda oʻsishini taʼminlashdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Malaka oshirishning vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rahbar va pedagog xodimlarning kasbiy bilim, koʻnikma va malakasini uzluksiz yangilab borish mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy talablarga muvofiq taʼlim sifatini taʼminlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarlikni oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rahbar va pedagog xodimlarning ilmiy-pedagogik salohiyatidan kelib chiqib ularning kasbiy ehtiyojlarni qanoatlantirishga yoʻnaltirilgan uzluksiz malaka oshirishning shakllarini mustaqil tanlashi va oʻzlashtirishi imkoniyatini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv materialining tinglovchilar tomonidan tizimli ravishda va belgilangan muddatlarda oʻzlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Malaka oshirish jarayonlari tashkilotchilarining vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etadi hamda malaka oshirish kurslarining oʻquv rejasi va oʻquv dasturlarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markaz hamda Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish mintaqaviy markazlari (keyingi oʻrinlarda — Markazlar) faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularning oʻquv-metodik va moddiy-texnika bazasini takomillashtirish choralarini koʻradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy tajriba asosida malaka oshirish yoʻnalishlarini takomillashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish kurslarida taʼlim jarayonini takomillashtirish mexanizmlari va metodikalarini belgilaydi, malaka oshirishga qoʻyiladigan davlat taʼlim talablarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish kurslaridan oʻtishi lozim boʻlgan tinglovchilarning har yillik reja-grafigini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Bosh ilmiy-metodik markaz:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masofadan oʻqitishning onlayn va oflayn shakllarida malaka oshirish kurslarini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish jarayonining doimiy elektron monitoringini yuritadi, monitoring koʻrsatkichlari asosida istiqbolli kadrlar kontingentini shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rahbar va pedagog xodimlarning uzluksiz malaka oshirish tizimidagi oʻzlashtirish darajalariga mos ravishda malaka oshirish kurslaridan oʻtishini nazorat qiladi va monitoringini olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish kurslari tinglovchilarining onlayn-test nazorat topshiriqlarini tayyorlaydi va oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarda rahbar va pedagog xodimlar tomonidan elektron portfolio tizimiga maʼlumotlar toʻgʻri kiritilganligini nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish mintaqaviy markazlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv dasturlari asosida malaka oshirish kurslarini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish kurslarining tegishli oʻquv-metodik resurslarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish kurslarida mashgʻulotlar oʻtkazish uchun sohaning yetakchi pedagog xodimlari, amaliyotchi mutaxassislarni, shuningdek, shartnoma asosida xorijiy mutaxassislarni jalb etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchilar tomonidan elektron portfolio tizimiga maʼlumotlar toʻgʻri kiritilganligini nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Akademik litseylar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oʻquv yilida noyabr oyining birinchi oʻn kunligida mustaqil ravishda malaka oshirish shakllari boʻyicha faoliyat olib borayotgan rahbar va pedagog xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Bosh ilmiy-metodik markazning elektron portfolio tizimiga kiritilishini taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq rahbar va pedagog xodimlarning belgilangan muddatlarda malaka oshirish kurslariga yuborilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akademik litseyning kengaytirilgan yigʻilishlarida malaka oshirish natijalarini muhokama qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan rahbar va pedagog xodimlarning ilgʻor tajriba, yangi bilim va koʻnikmalarini ommalashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir oʻquv yilida Bosh ilmiy-metodik markazning yagona elektron tizimiga rahbar va pedagoglar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritilishini taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish natijalari tahlilini olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy ish rejasida oʻquv yili uchun uzluksiz malaka oshirish shakllari boʻyicha faoliyatini rejalashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy faoliyat natijalarini elektron portfolio tizimiga joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda rahbar va pedagog xodimlar kasbiy faoliyat natijalarining tasdiqlovchi hujjatlarini elektron portfolio tizimiga quyidagi tartibda kiritib boradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dars berayotgan fanlari boʻyicha talabalarning hududiy, respublika va xalqaro miqyosidagi fan olimpiadalari, sport musobaqalari, sanʼat sohasidagi koʻrik-tanlovlar va koʻrgazmalardagi ishtirokini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi (buyruqdan koʻchirma, diplom, faxriy yorliq);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy anjumanlar toʻplamida nashr qilingan ishlarning tasdiqlangan nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy jurnallarda chop qilingan ishlarning tasdiqlangan nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mamlakatlarda malaka oshirish yoki stajirovka oʻtaganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doktorlik dissertatsiyasining (PhD, DSc) himoya qilinganligini qayd etuvchi diplomning nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
darslik yoki oʻquv qoʻllanmasi uchun berilgan guvohnomaning nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Elektron portfolio tizimiga kiritilgan barcha maʼlumotlarning haqqoniyligiga rahbar va pedagog xodimlar shaxsan javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron portfolio tizimidagi koʻrsatkichlarning haqqoniy emasligi aniqlanganda tegishli rahbar va pedagog xodimlarning elektron portfolio natijalari bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Malaka oshirish quyidagi shakllarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishdan ajralgan holda malaka oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishdan ajralmagan holda mustaqil malaka oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muqobil malaka oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka oshirish shakllarining mazmuni davlat taʼlim talablarida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ishdan ajralgan holda malaka oshirish Markazlarda oʻqish orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda akademik litseylarning rahbar va pedagog xodimlari har yili 24 akademik soat ishdan ajralgan holda malakasini oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mustaqil malaka oshirish quyidagi koʻrinishda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mamlakatlarda malaka oshirish, stajirovka oʻtash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtidorli va isteʼdodli oʻquvchilar bilan ishlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy anjumanlarda maʼruza bilan qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24 akademik soat hajmida mustaqil tajriba orttirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv adabiyotlari (hammualliflikdagi darslik, oʻquv qoʻllanmasi)ni tayyorlash va nashrdan chiqarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mustaqil malaka oshirish shakli boʻyicha soʻnggi bir yilda toʻplangan kredit birliklari malaka oshirish natijalarini umumlashtirishda hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Muqobil malaka oshirish soʻnggi bir yilda bajarilgan ishlar hisobidan quyidagi koʻrinishda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka mualliflikda darslik, oʻquv qoʻllanmasi tayyorlash va nashrdan chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyorlagan oʻquvchilari respublika fan olimpiadalarida gʻoliblikni (1, 2 yoki 3-oʻrinlar) qoʻlga kiritishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyorlagan oʻquvchilari xalqaro fan olimpiadalarida gʻoliblikni (oltin, kumush, bronza medallari) qoʻlga kiritishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mamlakatlarda malaka oshirish yoki stajirovka oʻtash (ikki haftadan kam boʻlmagan muddatda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Malaka oshirish shakllari boʻyicha maʼlumotlar elektron portfolio tizimiga shaxsan rahbar va pedagogning oʻzi tomonidan kiritiladi va uzluksiz malaka oshirish jarayonida oʻquv dasturlarini oʻzlashtirish, mustaqil va muqobil malaka oshirish shakllarini bajarish orqali toʻplangan kredit birliklari elektron nazorat tizimi orqali qayd etib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Akademik litseylarning rahbar va pedagog xodimlari har yili malaka oshirishning oʻquv dasturlarini oʻzlashtirishi va belgilangan kredit birliklarini toʻplashlari majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Akademik litsey rahbar va pedagog xodimlarining malaka oshirishdan oʻtdi deb hisoblanishi tinglovchidan bir yil davomida kamida 8 kredit birlik toʻplashni nazarda tutadi. Bunda bir kredit birligi 6 akademik soatga teng hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlari tarkibidagi uch yoshga toʻlmagan bolasi boʻlgan ayollar, pensiya yoshidagilar hamda nogironligi boʻlgan shaxslar mustaqil yoki muqobil shaklda yoxud ishdan ajralmagan holda har yili mustaqil tajriba orttirish usuli orqali 48 akademik soat hajmida malakasini oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Malaka oshirish tinglovchisi kursning oʻquv rejasida nazarda tutilgan barcha nazorat turlarida ijobiy natija koʻrsatsa, oʻquv dasturi toʻliq oʻzlashtirilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Malaka oshirish jarayonida yil davomida belgilangan 8 kredit birligini toʻplagan tinglovchilarga elektron generatsiya qilingan, elektron imzo yoki uning muqobil shaklidagi (QR-kod) hujjat (sertifikat) taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Har bir oʻquv dasturini muvaffaqiyatli oʻzlashtirganlik haqidagi maʼlumotlar xodimlarning elektron portfoliosidagi shaxsiy kabinetlarida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Oʻquv dasturlarini belgilangan oʻqish muddati davomida oʻzlashtira olmagan hamda uzrli sabablarsiz tinglovchilar safidan chetlashtirilgan tinglovchi joriy yil yakuniga qadar toʻlov evaziga oʻz hisobidan Markazlar reja-jadvali asosida ish beruvchining roziligi bilan ishdan ajralgan holda Markazlarda yoki ishdan ajralmagan holda masofadan oʻqitish usuli orqali kurslarni takroran oʻzlashtirishi talab qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Yil davomida belgilangan kredit birliklarni toʻplay olmasligi rahbar va pedagog xodimlar bilan tuzilgan shartnomani mehnat qonunchiligiga muvofiq xodimning malakasi yetarli emasligi sababi bilan bekor qilishga asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ular bilan asosiy ish joyi boʻyicha mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan olti oy oʻtgandan keyin pulli asosda oʻquv dasturlarini oʻzlashtirishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Malaka oshirish jarayonlarini monitoring qilish, shuningdek, tinglovchilarning kasbiy faoliyati natijalarini qayd etib borish Bosh ilmiy-metodik markazning yagona elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Malaka oshirish kurslarining mazmuni, taʼlim dasturlariga qoʻyiladigan talablar davlat taʼlim talablarida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Tinglovchilarning malaka oshirish kurslariga uzrli sabablar bilan qatnashmasligi tasdiqlangan taqdirda, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq malaka oshirish boshqa muddatga koʻchiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ishdan ajralgan holda malaka oshirishdan oʻtadigan tinglovchilarning malaka oshirish davrida asosiy ish joyi boʻyicha egallagan lavozimi va oʻrtacha oylik ish haqi saqlanadi, ularning oʻquv yuklamasi belgilangan tartibda boshqa pedagoglar oʻrtasida taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Oʻquv mashgʻulotlari uchun ikki akademik oʻquv soati davomiyligi uzluksiz 80 daqiqani, mashgʻulotlar oraligʻidagi tanaffus kamida 10 daqiqani tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Ishdan ajralgan holda malaka oshirish kurslaridagi oʻquv jarayoni akademik litseylardan taqdim etilgan yillik buyurtmalar boʻyicha guruhlarning toʻldirilishiga bogʻliq holda tinglovchilar soni 20 nafardan kam va 30 nafardan koʻp boʻlmagan akademik guruhlarda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Istisno tariqasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchilar kontingenti yetarli boʻlmagan yoʻnalishlarda, jumladan, rus yoki qoraqalpoq tilida dars olib boriladigan guruhlarda tinglovchilar kontingenti bir guruh meʼyorida yigʻilmaydigan kam sonli alohida yoʻnalishlarda oʻquv jarayonini tashkil etishda bir guruhdagi tinglovchilar soni kamida 5 nafar etib belgilanishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yil davomida 5 nafargacha pedagog xodimlar yigʻilmaydigan alohida yoʻnalishlarda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda Markaz rahbarining buyrugʻi bilan tinglovchilar soni 5 nafardan kam guruh shakllantirilishi yoki ular uchun malaka oshirish masofadan oʻqitish usullari orqali amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Ishdan ajralgan holda malaka oshirish davrida uzrli sabablarsiz 6 soat va undan koʻp oʻquv mashgʻulotlariga qatnashmagan tinglovchilar Markaz rahbarining buyrugʻi bilan tinglovchilar safidan chiqariladi va bu haqidagi axborot Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga, shuningdek, tinglovchining asosiy ish joyiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mashgʻulotlarda qatnashmaganligi uchun kurslardan chetlashtirilgan tinglovchilar oʻquv dasturlarini oʻzlashtirmagan deb hisoblanadi hamda ularga nisbatan ushbu Nizomning 25-bandi tegishli talablari tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjat bilan tasdiqlangan uzrli sabablarga koʻra 6 soat va undan koʻp hajmda mashgʻulotlarda qatnashmaganlar tinglovchilar safidan chiqariladi hamda ularga navbatdagi kurslarda ishtirok etishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlarining malakasini oshirish kurslari tegishli yoʻnalishlar boʻyicha malaka talablari, oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini hisobga olgan holda tinglovchilarni sifatli oʻqitish uchun moddiy-texnika bazasi, pedagoglar tarkibi mavjud boʻlganda kurslar faoliyati va resurs taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan va budjetdan tashqari moliyalashtirish asosida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka oshirish kurslari tinglovchilari (takroriy oʻqitishdan tashqari) bepul asosda oʻqitiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlarining uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlarining uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Ijrochilar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Tizimida oliy taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirliklar va idoralar

Akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yagona elektron tizimga kiritish, malaka oshirish shakllarini aniqlash.

Har yili noyabr oyining birinchi oʻn kunligida

2-bosqich

Bosh ilmiy-metodik markaz

Akademik litseylar buyurtmalari asosida soʻnggi kalendar yil uchun rahbar va pedagog xodimning egallab turgan lavozimiga qarab oʻqish davri, shakli va yoʻnalishi boʻyicha malaka oshirish tinglovchilarining yillik rejasini shakllantirish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

Har yili dekabr oyining birinchi oʻn kunligida

3-bosqich

Bosh ilmiy-metodik markaz, mintaqaviy markazlar

Malaka oshirish yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv jarayonlarini tashkil etish.

Oʻquv dasturlarida nazarda tutilgan nazorat turlari boʻyicha tinglovchilarning oʻzlashtirish koʻrsatkichlarini aniqlash.

Tasdiqlangan reja-jadval asosida

4-bosqich

Akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlari

Muqobil yoki mustaqil malaka oshirish shakllarini bajarish hamda uning natijalarini tasdiqlovchi hujjatlarni elektron portfolio tizimiga kiritish.

Yil davomida

5-bosqich

Bosh ilmiy-metodik markaz, mintaqaviy markazlar

Malaka oshirish kurslari natijalarini tahlil qilish asosida yil davomida belgilangan kredit birliklarini toʻplagan rahbar va pedagog xodimlarga QR-kod bilan himoyalangan elektron shakldagi sertifikatni berish.

Yil davomida belgilangan kredit miqdorlarini toʻplay olmagan rahbar va pedagog xodimlarni takroriy kurslarda oʻqishga tavsiya etish.

Har yili dekabr oyida

Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlarining uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlarining uzluksiz malaka oshirish shakllariga ajratilgan kreditlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MIQDORI

T/r

Malaka oshirish shakllari

Ijodiy ishning turi

Kredit

I. Mustaqil malaka oshirish

1.

Xorijiy mamlakatlarda malaka oshirish, stajirovka oʻtash

2

Xorijiy mamlakatlarda:

malaka oshirish, stajirovka oʻtash (davomiyligi 24 soatdan kam boʻlmagan muddatda) —

2

2.

Iqtidorli va isteʼdodli talabalar bilan ishlash

0,3

oʻquvchilarining hududiy (viloyat) fan olimpiadalari, sport musobaqalari, sanʼat sohasidagi koʻrik tanlovlar va koʻrgazmalardagi sovrinli oʻrin uchun —

0,1

3.

Ilmiy anjumanlarda maʼruza bilan qatnashish

0,5

xalqaro miqyosda —

0,2

respublika miqyosida —

0,1

4.

Ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish

0,5

har bir ilmiy maqola uchun:

xalqaro miqyosda —

0,2

respublika miqyosida —

0,1

5.

Mustaqil tajriba orttirish

4

onlayn shakldagi tanlov modul dasturlarini oʻzlashtirish

6 akademik soat uchun —

1

6.

Oʻquv adabiyotlari (hammualliflikdagi darslik, oʻquv qoʻllanmasi)ni tayyorlash va nashrdan chiqarish

0,7

darslik —

0,5

oʻquv qoʻllanma —

0,2

II. Muqobil malaka oshirish shakllari

7.

Yakka mualliflikda darslik, oʻquv qoʻllanmasi tayyorlash va nashrdan chiqarish

8

8.

Falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilish

8

9.

Tayyorlagan oʻquvchilari respublika fan olimpiadalarida gʻoliblikni (1, 2 yoki 3-oʻrinlar) qoʻlga kiritishi

8

10.

Tayyorlagan oʻquvchilari xalqaro fan olimpiadalarida gʻoliblikni (oltin, kumush, bronza medallari) qoʻlga kiritishi

8

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/296/0470-son; 12.07.2024-y., 09/24/415/0501-son)