27.04.2022 yildagi KQ-340-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori, 27.04.2022 yildagi KQ-340-IV-son
Kuchga kirish sanasi
27.04.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yil ayoli” milliy tanlovini oʻtkazish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 16-apreldagi KQ-156-V-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, har jihatdan ibratli xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, gender tenglikni taʼminlash borasida olib borilayotgan islohotlarni keng targʻib qilish va jamoatchilikka yetkazish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Yil ayoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 16-apreldagi KQ-156-V-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi bilan birgalikda “Yil ayoli” milliy tanlovi har yili yuqori saviyada tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlasin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 16-apreldagi KQ-156-V-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari tomonidan oʻtkaziladigan koʻrik-tanlovlar toʻgʻrisida”gi KQ-214-IV-sonli Qaroriga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati tizimli ravishda tanlovning mazmun-mohiyati, ularni tashkil etish va oʻtkazish jarayonlari davlat va xorijiy tillarda Senat rasmiy veb-saytida, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini taʼminlasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 16-apreldagi KQ-156-V-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 27-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KQ-340-IV-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 27-apreldagi KQ-340-IV-sonli Qaroriga

1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yil ayoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom “Yil ayoli” milliy tanlovini (bundan buyon matnda — Tanlov deb yuritiladi) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi hamda Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi tanlov tashkilotchilari hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari, xalqaro tashkilotlar tanlovda hamkor tashkilotchi boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan 35 yoshdan yuqori hamda oʻz yoʻnalishi boʻyicha faoliyat bilan kamida 5 yil mobaynida uzluksiz shugʻullanib kelayotgan ayollar, shuningdek, uy bekalari tanlov ishtirokchilari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi tanlovning ishchi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tanlov ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxema boʻyicha oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tanlov ishtirokchilarini baholash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq “Yil ayoli” milliy tanlovini oʻtkazish boʻyicha Respublika tashkiliy qoʻmitasining;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq namunaviy tarkibdagi “Yil ayoli” milliy tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitasining;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq namunaviy tarkibdagi “Yil ayoli” milliy tanlovining tuman (shahar) bosqichini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitasining qarorlari bilan tuziladigan Hakamlar hayʼatlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tanlovning maqsadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tanlovning maqsadi — mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissasini qoʻshib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat boʻlish bilan birga oʻzi faoliyat koʻrsatayotgan tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari boʻlgan ayollarni qoʻllab-quvvatlash, ragʻbatlantirish, munosib taqdirlash hamda bu boradagi ilgʻor tajribalarni ommalashtirishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tanlovning vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, har jihatdan ibratli, isteʼdodli ayollarni aniqlash, ularning faoliyatini keng jamoatchilikka yaqindan tanishtirish, ilgʻor ish tajribasini ommalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayollar orasida professionallik, ishbilarmonlik, raqobatbardoshlik muhitini shakllantirishga imkon berish va bilim darajasini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov ishtirokchilari orasidan yuksak kasb mahoratiga ega boʻlgan, sohaning fidoyi mutaxassislarini tanlash va ular haqidagi maʼlumotlar bazasini doimiy ravishda boyitib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tanlov uch bosqichda oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi bosqich — tuman (shahar) bosqichi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchi bosqich — hududiy bosqich (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uchinchi bosqich — respublika bosqichi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tanlovning respublika, hududiy, tuman (shahar) bosqichlarini tashkil etish va oʻtkazish uchun belgilangan namunaviy tarkib asosida tuzilgan tashkiliy qoʻmitalar tomonidan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarda tanlovni yuqori saviyada oʻtkazilishiga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovni yuqori saviyada oʻtkazish uchun tashkiliy qoʻmitalar aʼzolarini hududlarga biriktirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkiliy qoʻmitalar aʼzolari tomonidan tanlovning tegishli bosqich gʻoliblari faoliyatining joyiga chiqib oʻrganilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir bosqich ushbu Nizomda belgilangan qoidalarga muvofiq oʻtkazilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir bosqichda ushbu Nizomda belgilangan qoidalarga rioya qilmaslik holatlari aniqlansa, uni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy bosqich natijalari toʻgʻrisida Respublika tashkiliy qoʻmitasiga mazkur Nizomda belgilangan tartibda ishtirokchilarning hujjatlari, maʼlumot va fotoalbomlarini tadbir oʻtganidan soʻng uch kun muddat ichida taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tashkiliy qoʻmitalar tanlovni tashkil etish va oʻtkazish jarayonlari ommaviy axborot vositalarida yoritilishini taʼminlashga masʼuldir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichlarini oʻtkazish boʻyicha tuzilgan tashkiliy qoʻmitalar tuman (shahar)lardagi tashkiliy qoʻmitalar ishini muvofiqlashtirib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tanlovning tuman (shahar) bosqichini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tuman (shahar) bosqichlarida tanlovda qatnashish istagini bildirgan ayollarning ishtirokini, gʻoliblarni aniqlash va keyingi bosqichga tavsiya etish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni belgilaydi hamda amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Tanlov bosqichlarini oʻtkazish muddatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tanlov bosqichlari har yili quyidagi muddatlarda oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi bosqich — Tanlovning tuman (shahar) bosqichini tashkil etish va oʻtkazish tuman (shahar) tashkiliy qoʻmitalari tomonidan har yili oktabr oyida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlar hayʼati qarori bilan belgilangan nominatsiyalar boʻyicha bir nafardan gʻolib deb topilgan ayollarning hujjatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tashkiliy qoʻmitalariga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchi bosqich — Tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi har yili noyabr oyida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichida ushbu Nizomda belgilangan shartlar asosida belgilangan nominatsiyalar boʻyicha bir nafardan gʻoliblar aniqlanadi va tanlovning respublika bosqichida qatnashishi toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlar hayʼati qarori bilan tasdiqlangan gʻoliblarning hujjatlari har yili 30-noyabrga qadar respublika tashkiliy qoʻmitasiga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uchinchi bosqich — Respublika bosqichi har yili dekabr oyining oxirgi 10 kunligida tantanali tarzda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika bosqichida Tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichida belgilangan nominatsiyalar boʻyicha gʻolib deb topilgan ayollar qatnashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika tashkiliy qoʻmitasi qaroriga koʻra Tanlov bosqichlarini tashkil etish va oʻtkazish muddatlari oʻzgartirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Hakamlar hayʼati tanlovning tuman (shahar) bosqichlarida 5 kishidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar bosqichlarida 7 kishidan, respublika bosqichida 9 kishidan iborat tarkibda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tanlovning hududiy bosqichlari gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi quyidagi tartibda oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hudud markazlarida oʻtkaziladigan taqdirlash tadbiri uchun nufuzli bino ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdirlash marosimiga eng chekka qishloqlar, ovullarda yashayotgan, fidokorona mehnati bilan obroʻ-eʼtibor qozongan, oʻz mahallasi ravnaqi, tinchligi va obodligiga munosib hissa qoʻshgan ulugʻ onaxonlar va turli yoshdagi xotin-qizlar taklif qilinadi;taqdirlash marosimiga eng chekka qishloqlar, ovullarda yashayotgan, fidokorona mehnati bilan obroʻ-eʼtibor qozongan, oʻz mahallasi ravnaqi, tinchligi va obodligiga munosib hissa qoʻshgan ulugʻ onaxonlar va turli yoshdagi xotin-qizlar taklif qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbir davomida hudud xotin-qizlari faoliyatini aks ettiruvchi, shuningdek, ayollar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning koʻrgazmalari, yarmarkalar tashkil qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirda taniqli xonandalar, yozuvchilar va boshqa sanʼat vakillari ishtirokidagi konsert dasturi tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov jarayonlari Internet tarmoqlari va ommaviy axborot vositalarida keng yoritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Respublika bosqichi gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi quyidagi tartibda oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida oʻtkaziladigan taqdirlash tadbiri uchun bino ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdirlash marosimiga mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oʻzlarining ulkan hissasini qoʻshib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat boʻlish bilan birga oʻzlari faoliyat koʻrsatayotgan tashkilotlar nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari boʻlgan faol ayollar hamda turli yoshdagi xotin-qizlar taklif qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirda taniqli xonandalar, yozuvchilar va boshqa sanʼat vakillari ishtirokidagi konsert dasturi tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Tanlovni oʻtkazish shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Barcha bosqichlarda tanlov ishtirokchilari quyidagi shartlar asosida baholanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi shart — “Oʻzini tanishtirish”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu shartda tanlov ishtirokchilari 3 daqiqa ichida oʻz faoliyati, oilasi, jamiyatda tutgan oʻrni, hududidagi faolligi haqida soʻzlab berishi hamda taqdimotini namoyish etishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishtirokchining oʻzi haqidagi maʼlumotni tasvirlash, libosi, tashqi koʻrinishi va ichki dunyosi (maʼnaviyati, zamonaviy ayol qiyofasi, milliylik va zamonaviylikning uygʻunligi) baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchi shart — “Savol va javob”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu shartda ishtirokchilarga mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar, ayniqsa oila, xotin-qizlarni yanada qoʻllab-quvvatlash, ularning davlat hamda jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlashga qaratilgan 2 tadan savol beriladi va 2 daqiqa vaqt ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uchinchi shart — “Zamonaviy oʻzbek ayoli” mavzusidagi videorolik namoyishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu shartda ishtirokchilar oʻzlarining faoliyat yoʻnalishi boʻyicha 3 daqiqalik videorolik namoyishini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ishtirokchilar belgilangan yoʻnalishlardan birini tanlagan holda oʻzining faoliyat yoʻnalishini yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlangan mavzuni yoritishning oʻziga xosligi, rang-barangligi, mavzuga oid materiallardan mahorat bilan foydalana olishi, kreativ yondashuvi hamda keng dunyoqarashi baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Barcha shartlar Hakamlar hayʼatining har bir aʼzosi tomonidan 5 ballik mezon asosida baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tanlovning tuman (shahar) va hududiy bosqichlarida 3 ta shart natijalariga koʻra eng koʻp ball olgan ishtirokchilar gʻolib deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ballar teng boʻlib qolganida tanlov gʻoliblari eng koʻp bir xil ball olgan ishtirokchilarning tashkiliy qoʻmita tomonidan tayyorlangan qoʻshimcha savollarga bergan javoblari Hakamlar hayʼati tomonidan baholash orqali aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlar hayʼati raisining ovozi hal qiluvchi boʻlib hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tanlovning respublika bosqichida belgilangan 3 ta shart asosida ishtirokchilarning toʻplagan ballariga qarab, oliy oʻrin, 1, 2 va 3-oʻrin hamda belgilangan nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tanlov oʻtkazish boʻyicha Hakamlar hayʼati majlisida bayonnoma yuritiladi va u Hakamlar hayʼati raisi, masʼul kotib va tanlovda qatnashgan Hakamlar hayʼatining boshqa aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayonnomada quyidagilar koʻrsatilishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov oʻtkazish joyi va sanasi, tanlovning boshlanish va yakunlanish vaqti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovda qatnashgan Hakamlar hayʼati aʼzolarining roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovda qatnashgan ayollarning roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash varaqasidagi ballarni hisoblash natijalari, shu jumladan har bir ishtirokchi tomonidan toʻplangan ballar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov gʻolibi mazkur Nizom talablariga koʻra ovoz berish yoʻli bilan aniqlangan boʻlsa — ovoz berish natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov oʻtkazish jarayoniga taalluqli boʻlgan boshqa maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov yakunlari boʻyicha Hakamlar hayʼati qarori, shu jumladan tanlovda nominatsiyalar boʻyicha gʻolib deb topilgan ishtirokchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlar hayʼati qarori ustidan shikoyat qilish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishtirokchilar tomonidan toʻplangan ballar, ovoz berish natijalari hamda Hakamlar hayʼatining qarori shu kunning oʻzida tanlovda ishtirok etgan talabgorlarga oʻqib eshittiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan shartlar asosida baholash varaqalari, Hakamlar hayʼati aʼzolari majlisining bayonnomasiga ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Tanlovda ishtirok etish uchun belgilangan hujjatlar quyidagi muddatlarda taqdim etilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovning tuman (shahar) bosqichi ishtirokchilari tomonidan oʻz faoliyatiga doir hujjatlar hududdagi tuman (shahar) tashkiliy qoʻmitalariga — har yili 1-oktabrga qadar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovning tuman (shahar) bosqichida belgilangan nominatsiyalar boʻyicha gʻolib boʻlgan xotin-qizlarning faoliyatiga doir hujjatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tashkiliy qoʻmitalariga — har yili 1-noyabrga qadar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichida belgilangan nominatsiyalar boʻyicha gʻolib boʻlgan xotin-qizlarning faoliyatiga doir hujjatlar respublika tashkiliy qoʻmitasiga — har yili 1-dekabrga qadar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ishtirokchilar Tashkiliy qoʻmitaga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir ishtirokchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovda ishtirok etish uchun hududiy Tashkiliy qoʻmita raisi nomiga ishtirokchi tomonidan imzolangan ariza (2-ilova);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov ishtirokchisining maxsus soʻrovnoma shakli (3-ilova);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyatini aks ettiruvchi maʼlumotlar, koʻrgazmali materiallar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat faoliyati va erishgan yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diplom hamda turli sertifikat nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish joyidan tavsifnoma (uy bekalari uchun mahalladagi xotin-qizlar faolining tavsifnomasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi, oilasi, jamiyatda tutgan oʻrni, hududidagi faolligi haqida taqdimot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlagan yoʻnalishi boʻyicha faoliyatini ochib beruvchi 3 daqiqalik videorolik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Belgilangan muddatlardan kechiktirib topshirilgan hujjatlar qabul qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Tanlov gʻoliblarini taqdirlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Tanlov bosqichlarida belgilangan nominatsiyalar boʻyicha gʻolib deb topilgan ishtirokchilar hududiy tashkiliy qoʻmitalarning yigʻilish qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov gʻoliblari hududiy tashkiliy qoʻmitalar bilan kelishgan holda, maxsus diplom va homiylar hamda hamkor tashkilotlarning esdalik sovgʻalari bilan mukofotlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Tanlovlarda quyidagi nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yilning eng vatanparvar ayoli” nominatsiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vatanimiz tinchligini asrash yoʻlidagi munosib xizmati, xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatlarning oldini olish, oilalar farovonligini taʼminlash yoʻlida olib borayotgan namunali faoliyati, chekka va olis hududlarda joylashgan harbiy qism va shaharchalarda xizmat qilayotgan huquq-tartibot (ichki ishlar, prokuratura, mudofaa, chegara qoʻshinlari, milliy gvardiya, davlat xavfsizlik xizmati, soliq, favqulodda vaziyatlar, bojxona) idoralarida xizmat qilayotgan va shu bilan birga oqila oila bekasi boʻlgan xotin-qizlarga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yilning eng faol olima ayoli” nominatsiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini teran anglaydigan, kamida 2 ta chet tilini biladigan, ilmiy tadqiqoti dolzarb va respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga hissa qoʻshayotgan, shuningdek, ustoz-shogird yoʻnalishida yosh olimlarni yetishtirishda namuna boʻladigan, Oʻzbekiston ilm-fanini dunyoga targʻib qilgan xotin-qizlar bu nominatsiyaga erishishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yilning eng ilgʻor tadbirkor ayoli” nominatsiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga hissa qoʻshayotgan, faoliyatiga zamonaviy texnologiyalarni jalb etayotgan, aholi uchun eng koʻp ish oʻrinlarini yaratgan, ehtiyojmand oilalarga mehr-muruvvat koʻrsatayotgan, tadbirkorlikning turli yoʻnalishida oqila oila bekasi, fermer xoʻjaligi rahbari, aholi turmush darajasini yaxshilashga hissa qoʻshayotgan tadbirkor, hunarmand ushbu nominatsiyaga munosib koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli” nominatsiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yil davomida ona yurtga muhabbat, qadriyatlarimizga sadoqat, vatanparvarlik kabi gʻoyalarni oʻzida mujassam etgan badiiy asarlar, xalq amaliy sanʼati, tasviriy sanʼat asarlarini yaratgan, asarlari xorijiy mamlakatlarda tarjima qilinib, eʼlon qilingan, jahon adabiyoti va sanʼatiga salmoqli hissa qoʻshayotgan hamda ushbu ijod namunalari bilan aholining eʼtirofiga sazovor boʻlgan fidoyi, xulqi bilan namuna boʻla oladigan shoira, yozuvchi, jurnalist, suxandon, rassom, aktrisa, xonanda, bastakor xotin-qizlar ushbu nominatsiya gʻolibi boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻz kasbining ustasi boʻlgan yil ayoli” nominatsiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu nominatsiyada turli kasblarda yuqori choʻqqilariga erishgan yetuk mutaxassislar, oʻz kasbining sirlarini puxta egallagan, unga zamonaviy texnologiyalarni joriy etgan, ogʻir va yengil sanoat korxonalarida ishlayotgan va fidoyi mehnati bilan namuna bulayotgan, yosh mutaxassislarga ustozlik qilayotgan xotin-qizlar ishtirok etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yilning eng kuchli maʼnaviy-maʼrifiy targʻibotchisi” nominatsiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu nominatsiya boʻyicha xotin-qizlar maʼnaviyatini yuksaltirishda faol ishtirok etayotgan, jamiyatda yangi maʼnaviy makon yaratish, ezgu gʻoyalarni singdirish, mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishga salmoqli hissa qoʻshib kelayotgan, obroʻ-eʼtiborli ayollarni oʻz safida birlashtirgan, “Oqila ayollar” harakatini namunali yoʻlga qoʻygan, oilalarni mustahkamlash boʻyicha samarali targʻibot-tashviqot ishlarini faollik bilan olib borayotgan va natijalarini koʻrsatib bera olgan, jamoatchilikka, avvalo, yoshlarga tarbiyaviy taʼsir koʻrsata oladigan faol ayollar taqdirlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yilning eng yaxshi uy bekasi” nominatsiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu nominatsiya mahallada oʻzining maʼnaviyati, maʼrifati, madaniyati bilan eʼtiborga ega boʻlgan, farzand tarbiyasida shaxsiy namuna koʻrsatgan, yuksak fazilatli, elga munosib xizmat qilayotgan yoki jahon miqyosida yutuqlarga ega boʻlgan farzandlarni tarbiyalayotgan xonadon ozodaligini saqlagan, xonadonda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlagan uy bekalariga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yilning eng jonkuyar ustozi” nominatsiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu nominatsiya yosh avlodni tarbiyalashda munosib hissa qoʻshayotgan, maʼnaviy-axloqiy tarbiya va maʼrifiy ishlarning samarali tashkil etayotgan, qizlar tarbiyasida hamkor tashkilotlar bilan yuqori natijalarga erishayotgan, shogirdlari xalqaro yoki respublika olimpiadalarida, tanlovlarda faxrli oʻrin olgan, “Qizlarjon” klubi faoliyatini namunali yoʻlga qoʻygan, ibratli hayot kechirgan namunali ayollar bilan doimiy maʼrifiy ishlarni yoʻlga qoʻygan faol ustoz-murabbiylarga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yilning eng faol sogʻlom turmush tarzi targʻibotchisi” nominatsiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlar salomatligini mustahkamlashda munosib hissa qoʻshayotgan, sportning ommaviyligini taʼminlab, mahallalarda uy bekalari va yoshi keksa ayollar oʻrtasida sport-sogʻlomlashtirish tadbirlarini samarali tashkil etayotgan, xotin-qizlarni Oʻzbekiston va xalqaro darajadagi musobaqalardagi ishtirokini taʼminlayotgan va yuqori natijalarga erishishiga hissa qoʻshayotgan tibbiyot yoki sport sohasidagi xotin-qizlarga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yilning eng yangi gʻoyalar tashabbuskori” nominatsiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barcha tarmoqlarda sohaga va jamiyat rivojiga yangi gʻoyalar kiritayotgan, ushbu gʻoyalarni amalda tatbiq etib, samarali natijaga erishayotgan, ilmiy yoki innovatsion ishlanmasi tijoratlashtirishga yoʻnaltirilgan, gʻoyasi orqali ilm-fanni dunyoga targʻib qilgan xotin-qizlar taqdirlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yilning eng yaxshi IT — dasturchi ayoli” nominatsiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu nominatsiya boʻyicha axborot, moliya, logistika, elektron tijorat, elektron taʼlim, biotexnologiya, shuningdek, jamiyatda mavjud ijtimoiy muammolarga va boshqa yoʻnalishlarda loyihalarni amalga oshirayotgan, kreativ yondashuvi, oʻzi faoliyat yuritayotgan tashkilotning IT infratuzilmasini yaxshilash, anʼanaviy elektron formatdan raqamli koʻrinishga oʻtkazgan yoki mustaqil ravishda dasturlash bilan shugʻullanayotgan ayollar taqdirlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichida tanlovni oʻtkazish, gʻoliblarni taqdirlash Oila va xotin-qizlar davlat maqsadli jamgʻarmasi va hamkor tashkilotlar tomonidan yuqori turuvchi tashkilotlar bilan kelishilgan holda moliyalashtiriladi va mablagʻlar taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Tanlovning respublika bosqichida oliy oʻrin — Gran-pri hamda 1, 2 va 3-oʻrinni egallagan ishtirokchilar Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovda oliy oʻrin — Gran prini qoʻlga kiritgan ishtirokchi oliy darajadagi diplom, statuetka va Prezident sovgʻasi — avtomobil bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-oʻrinni olgan ishtirokchi 1-darajali diplom va bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-oʻrinni olgan ishtirokchi 2-darajali diplom va bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari miqdoridagi pul mukofoti bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-oʻrinni olgan ishtirokchi 3-darajali diplom va bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovning yakuniy respublika bosqichida yuqori oʻrinlarni egallagan ishtirokchilarga taqdim etiladigan sovrinlar miqdori tanlovga kamida 10 kun qolgunga qadar Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi raisi bilan kelishilgan holda oʻzgartirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovda faol ishtirok etib, belgilangan nominatsiyalar boʻyicha gʻolib deb topilgan ishtirokchilar homiylar va hamkor tashkilotlar tomonidan ajratilgan qimmatbaho sovgʻalar bilan ham taqdirlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Tanlovning barcha bosqichlarida sovrinli oʻrinlar hamda nominatsiyalar boʻyicha maxsus diplomlar, sovrinlar, belgilangan mukofotlar va sovgʻalar tanlovda gʻolib deb topilgan ishtirokchilarga Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, tanlovni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita aʼzolari hamda homiylar tomonidan tantanali ravishda topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Tanlovning barcha bosqichlarida Tanlov natijalarini eʼlon qilish hamda gʻoliblarni taqdirlash jarayonlari ishtirokchilar, hayʼat aʼzolari, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari taklif qilingan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov gʻoliblari va sovrindorlari markaziy va ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda shu jumladan tashkilotchilar nashrlarida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Tanlovning barcha bosqichlarida gʻolib boʻlgan hamda faol qatnashgan ishtirokchilarning hujjatlari Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi hamda hududiy boʻlimlarida 1 yil muddatda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Tanlov ishtirokchilari Hakamlar hayʼati qarori yuzasidan tanlovning har bir bosqichi yakuni boʻyicha bir kun muddatda Hakamlar hayʼati raisi nomiga appelyatsiya shikoyati (ariza) berishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Appelyatsiya shikoyati belgilangan tartibda roʻyxatga olinadi, uch ish kuni ichida koʻrib chiqilib, bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va oʻsha kunning oʻzida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Ishtirokchining shikoyati (arizasi) qanoatlantirilsa, tanlov natijalari Hakamlar hayʼati tomonidan qayta koʻrib chiqiladi va unga oʻzgartishlar kiritiladi. Hakamlar hayʼatining ushbu qarori yakuniy hisoblanib, qaror qayta tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Tanlovni Ushbu Nizom talablari hamda qonuniylik, oshkoralik, adolatlilik, tenglik kabi asosiy prinsiplarga rioya qilgan holda tashkil etish va oʻtkazishga respublika va hududiy tashkiliy qoʻmitalarning raislari va aʼzolari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“Yil ayoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga

1-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yil ayoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ishtirokchilar

Muddatlar

1-bosqich

Tashkiliy qoʻmita

(saralash bosqichi)

1. Tanlovning “Yilning eng vatanparvar ayoli”, “Yilning eng faol olima ayoli”, “Yilning eng ilgʻor tadbirkor ayoli”, “Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli”, “Oʻz kasbining ustasi boʻlgan yil ayoli”, “Yilning eng kuchli maʼnaviy-maʼrifiy targʻibotchisi”, “Yilning eng yaxshi uy bekasi”, “Yilning eng jonkuyar ustozi”, “Yilning eng faol sogʻlom turmush tarzi targʻibotchisi”, “Yilning eng yangi gʻoyalar tashabbuskori”, “Yilning eng yaxshi IT — dasturchi ayoli” nominatsiyalari boʻyicha saralash bosqichini oʻtkazish.

2. Saralash tadbirlari natijalari boʻyicha nomzodlarni tanlovida ishtirok etishga tavsiya etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.

Korxona, tashkilot, muassasalarda mehnat qilayotgan hamda uy bekalari boʻlgan xotin-qizlar

oktabr

2-bosqich

Tuman (shahar) tashkiliy qoʻmita, Hakamlar hayʼati

(tuman va shahar bosqichi)

1. Tanlovning “Yilning eng vatanparvar ayoli”, “Yilning eng faol olima ayoli”, “Yilning eng ilgʻor tadbirkor ayoli”, “Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli”, “Oʻz kasbining ustasi boʻlgan yil ayoli”, “Yilning eng kuchli maʼnaviy-maʼrifiy targʻibotchisi”, “Yilning eng yaxshi uy bekasi”, “Yilning eng jonkuyar ustozi”, “Yilning eng faol sogʻlom turmush tarzi targʻibotchisi”, “Yilning eng yangi gʻoyalar tashabbuskori”, “Yilning eng yaxshi IT — dasturchi ayoli” nominatsiyalari boʻyicha tuman va shahar bosqichini oʻtkazish.

2. Tanlov gʻoliblarini aniqlash boʻyicha Hakamlar hayʼati qarorini qabul qilish va Hududiy tashkiliy qoʻmitaga taqdim etish.

Birinchi bosqichda saralashdan oʻtgan xotin-qizlar

noyabr

3-bosqich

Hududiy tashkiliy qoʻmita, Hakamlar hayʼati

(viloyat bosqichi)

1. Tanlovning “Yilning eng vatanparvar ayoli”, “Yilning eng faol olima ayoli”, “Yilning eng ilgʻor tadbirkor ayoli”, “Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli”, “Oʻz kasbining ustasi boʻlgan yil ayoli”, “Yilning eng kuchli maʼnaviy-maʼrifiy targʻibotchisi”, “Yilning eng yaxshi uy bekasi”, “Yilning eng jonkuyar ustozi”, “Yilning eng faol sogʻlom turmush tarzi targʻibotchisi”, “Yilning eng yangi gʻoyalar tashabbuskori”, “Yilning eng yaxshi IT — dasturchi ayoli” nominatsiyalari boʻyicha viloyat bosqichini oʻtkazish.

2. Tanlov gʻoliblarini aniqlash boʻyicha Hakamlar hayʼati qarorini qabul qilish va Respublika tashkiliy qoʻmitasiga taqdim etish.

Tuman va shahar bosqichida tanlovdan oʻtgan xotin-qizlar

noyabr

4-bosqich

Respublika tashkiliy qoʻmita, Hakamlar hayʼati

(respublika bosqichi)

1. Tanlovning “Yilning eng vatanparvar ayoli”, “Yilning eng faol olima ayoli”, “Yilning eng ilgʻor tadbirkor ayoli”, “Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli”, “Oʻz kasbining ustasi boʻlgan yil ayoli”, “Yilning eng kuchli maʼnaviy-maʼrifiy targʻibotchisi”, “Yilning eng yaxshi uy bekasi”, “Yilning eng jonkuyar ustozi”, “Yilning eng faol sogʻlom turmush tarzi targʻibotchisi”, “Yilning eng yangi gʻoyalar tashabbuskori”, “Yilning eng yaxshi IT — dasturchi ayoli” nominatsiyalari boʻyicha respublika bosqichini oʻtkazish.

2. Tanlov gʻoliblarini aniqlash va taqdirlash.

Viloyat bosqichida tanlovdan oʻtgan xotin-qizlar

dekabr

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“Yil ayoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga

2-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yil ayoli” milliy tanlovini oʻtkazish boʻyicha Respublika tashkiliy qoʻmitasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

F.I.Sh.

Ish joyi lavozimi

Tashkiliy qoʻmitadagi lavozimi

1.

Kadirxanova Malika Akbarovna

Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi

Tashkiliy qoʻmita raisi

2.

Parpiboyeva Ozoda Abdukadirovna

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

Tashkiliy qoʻmita raisi hamraisi

3.

Boʻtayeva Farida Qoʻziyevna

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati (kelishuv asosida)

Tashkiliy qoʻmita aʼzosi

4.

Toshqulov Abduqodir Xamidovich

Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vaziri

Tashkiliy qoʻmita aʼzosi

5.

Turdiqulova Shahloxon Oʻtkurovna

Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari

Tashkiliy qoʻmita aʼzosi

6.

Xodjimatov Minxajidin Mirzajanovich

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

Tashkiliy qoʻmita aʼzosi

7.

Rahimova Nigina Xayrullayevna

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi direktori

Tashkiliy qoʻmita aʼzosi

8.

Rashidova Gulzoda Ataxanovna

Aksiyadorlik tijorat Xalq banki boshqaruvi raisi

Tashkiliy qoʻmita aʼzosi

9.

Lavozimiga koʻra

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi Gender tenglikni taʼminlash va xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish boʻlimi boshligʻi

Tashkiliy qoʻmita masʼul kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: respublika tashkiliy qoʻmitasi tarkibiga kiritilgan davlat va jamoat tashkilotlarning masʼul xodimlari lavozimdan boʻshaganda yoki boshqa ishga oʻtganda lavozimiga koʻra ularning oʻrniga yangi tayinlangan yoki saylangan masʼul xodimlar tashkiliy qoʻmita tarkibiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“Yil ayoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga

3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yil ayoli” milliy tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

F.I.Sh.

Ish joyi lavozimi

Tashkiliy qoʻmitadagi lavozimi

1.

Lavozimiga koʻra

Viloyat hokimi oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi

Tashkiliy qoʻmita raisi

2.

Lavozimiga koʻra

Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati, Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi

Tashkiliy qoʻmita raisi hamraisi

3.

Lavozimiga koʻra

Hududdagi oliy taʼlim muassasasining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor

Tashkiliy qoʻmita aʼzosi

4.

Lavozimiga koʻra

Viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi rahbari

Tashkiliy qoʻmita aʼzosi

5.

Lavozimiga koʻra

Viloyat Aksiyadorlik tijorat Xalq banki boshqaruvi raisi

Tashkiliy qoʻmita aʼzosi

6.

Lavozimiga koʻra

Xotin-qizlar faoliyati bilan shugʻullanuvchi nodavlat notijorat tashkiloti rahbari

Tashkiliy qoʻmita aʼzosi

7.

Lavozimiga koʻra

Oila va xotin-qizlar boshqarmasi Gender tenglikni taʼminlash va xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish boʻyicha bosh mutaxassisi

Tashkiliy qoʻmita masʼul kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: hududiy tashkiliy qoʻmita tarkibiga kiritilgan davlat va jamoat tashkilotlarning masʼul xodimlari lavozimdan boʻshaganda yoki boshqa ishga oʻtganda lavozimiga koʻra ularning oʻrniga yangi tayinlangan yoki saylangan masʼul xodimlar tashkiliy qoʻmita tarkibiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“Yil ayoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga

4-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yil ayoli” milliy tanlovining tuman (shahar) bosqichini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

F.I.Sh.

Ish joyi lavozimi

Tashkiliy qoʻmitadagi lavozimi

1.

Lavozimiga koʻra

Tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi

Tashkiliy qoʻmita raisi

2.

Lavozimiga koʻra

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi

Tashkiliy qoʻmita raisi hamraisi

3.

Lavozimiga koʻra

Hududdagi oliy taʼlim muassasasining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor

Tashkiliy qoʻmita aʼzosi

4.

Lavozimiga koʻra

Tuman (shahar) Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi rahbari

Tashkiliy qoʻmita aʼzosi

5.

Lavozimiga koʻra

Tuman (shahar) Aksiyadorlik tijorat Xalq banki boshqaruvi raisi

Tashkiliy qoʻmita aʼzosi

6.

Lavozimiga koʻra

Xotin-qizlar faoliyati bilan shugʻullanuvchi nodavlat notijorat tashkiloti rahbari

Tashkiliy qoʻmita aʼzosi

7.

Lavozimiga koʻra

Oila va xotin-qizlar boʻlimining Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, mahallalardagi xotin-qizlar faollari ishini muvofiqlashtirish va boshlangʻich tashkilotlar bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassisi

Tashkiliy qoʻmita masʼul kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: tuman (shahar) tashkiliy qoʻmita tarkibiga kiritilgan davlat va jamoat tashkilotlarning masʼul xodimlari lavozimdan boʻshaganda yoki boshqa ishga oʻtganda lavozimiga koʻra ularning oʻrniga yangi tayinlangan yoki saylangan masʼul xodimlar tashkiliy qoʻmita tarkibiga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 16-apreldagi KQ-156-V-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 16-apreldagi KQ-156-V-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 27-apreldagi KQ-340-IV-sonli Qaroriga

4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari tomonidan oʻtkaziladigan koʻrik-tanlovlar toʻgʻrisida”gi KQ-214-IV-sonli Qaroriga kiritilayotgan oʻzgartishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari tomonidan oʻtkaziladigan koʻrik-tanlovlar toʻgʻrisida”gi KQ-214-IV-sonli Qarorining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bandidagi “va “Gender tenglik faoli” koʻrik-tanlovlari” degan soʻzlar “koʻrik tanlovi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandidagi “2-“a” hamda “2-“b” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bandining uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-“a” hamda 2-“b” ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.