1-ILOVA
|
T/r |
Tadbir nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Moliyalashtirish manbalari |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Andijon davlat chet tillari instituti faoliyatini yoʻlga qoʻyish, taʼlim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalar va oʻqitish metodlarini joriy etish | |||||
|
1. |
Andijon davlat chet tillari instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlash. |
1. Institut ustavini ishlab chiqib, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish. |
- |
2022-yil iyun |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut |
|
2. Institut tuzilmasini belgilangan normativlarga muvofiq tasdiqlash. |
2022-yil iyul | ||||
|
2. |
Institutning shtat jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash. |
1. Institutning shtat jadvalini oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash. |
- |
2022-yil iyun |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Institut |
|
2. Institutning 2022-yilga moʻljallangan xarajatlar smetasini oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash. |
2022-yil iyul | ||||
|
3. |
Institutni zarur bilim va amaliy koʻnikmalarga ega kadrlar bilan toʻldirish. |
1. Institutni pedagog va ilmiy xodimlar bilan toʻldirish uchun boʻsh ish oʻrinlariga tanlov eʼlon qilish. 2. Mutaxassisligi (kvalifikatsiyasi) mos keluvchi pedagog va ilmiy xodimlarni tanlov asosida ishga saralab olish. |
- |
2022/2023 oʻquv yiliga qadar |
Institut, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
|
4. |
Ilgʻor xorijiy tajriba va kadrlar buyurtmachilari talablari asosida oʻquv jarayonini tashkil etish. |
1. Fan dasturlari mazmunini kadrlar buyurtmachilari talablari va xorijiy tajriba asosida ishlab chiqish. |
- |
2022/2023 oʻquv yiliga qadar |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut |
|
2. Institutda mutaxassislik fanlarini tegishli xorijiy tillarda oʻqitish tizimini joriy etish. 3. Oʻquv rejalaridagi fanlar sonini nomutaxassislik fanlar hisobiga bosqichma-bosqich kamaytirish hamda mustaqil taʼlim salmogʻini oshirish orqali takomillashtirib borish. 4. Bitiruvchi kurs talabalari amaliyotini kelgusida talabalar ishga joylashishi mumkin boʻlgan tashkilotlarda tashkil etish. |
2023/2024 oʻquv yilidan boshlab | ||||
|
5. |
Taʼlim jarayoniga xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʻor taʼlim texnologiyalari va oʻqitish metodlarini joriy etish. |
1. Yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining ilgʻor taʼlim metodika va texnologiyalarini oʻrganish va joriy etish choralarini koʻrish. 2. Xorijiy mutaxassislar ishtirokida maʼruza va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish. |
- |
2022-yil iyun — avgust |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut |
|
6. |
Institutga talabalarni qabul qilish jarayonini tashkil etish. |
1. Institutda bakalavriat va magistratura bosqichlarida kadrlar tayyorlash boʻyicha davlat buyurtmasini aniqlash va qabulni tashkil etish. |
- |
Har yili iyun — avgust |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Institut |
|
2. Andijon davlat universiteti va uning Pedagogika institutida xorijiy tillar yoʻnalishlari boʻyicha bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan talabalar oʻqishini Institutga koʻchirish. |
2022-yil sentabr | ||||
|
7. |
Institut professor-oʻqituvchilarining kasbiy mahoratini oshirib borish. |
1. Mutaxassislik fanlari professor-oʻqituvchilarining malakasini xorijda oshirib borish reja-jadvalini tasdiqlash. 2. Reja-jadvalga muvofiq professor-oʻqituvchilarni xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish. 3. Institutning belgilangan tartibda tanlovlarda gʻolib boʻlgan professor-oʻqituvchilarini nufuzli xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida falsafa doktori (RhD) ilmiy darajasini olish uchun oʻqishga yuborishni tashkil etish. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari, grantlar |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi |
|
8. |
Institutning professor-oʻqituvchi, tadqiqotchi va talabalari uchun xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasidan bepul foydalanish imkoniyatini yaratish. |
1. Nufuzli ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasiga ega kompaniyalar bilan muzokaralar olib borish. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar |
2022-yil oktabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut |
|
2. Elektron maʼlumotlar bazalariga obunani tashkil qilish hamda ulardan professor-oʻqituvchi, tadqiqotchi va talabalar uchun bepul foydalanish imkoniyatini yaratish. |
2023-yili yanvar | ||||
|
9. |
Institut talabalarining chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha tashqi baholash tizimini joriy etish. |
1. Turli yoʻnalishlardan tanlab olingan bir guruh (kamida 20 nafar) yuqori kurs talabalari bilimini milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat tizimlari orqali baholash. 2. Baholash natijasi boʻyicha taʼlim jarayoni va oʻquv dasturlarini takomillashtirish. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar |
Har yili, oʻquv yili davomida |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut |
|
10. |
Institutning kutubxona fondini shakllantirish hamda uni zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik va ilmiy-texnik adabiyotlar bilan boyitish. |
1. Taʼlim jarayoni va ilmiy faoliyatni amalga oshirish uchun lozim boʻladigan adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Zamonaviy oʻquv adabiyotlarini yaratish, xorijiy adabiyotlarni xarid qilish va tarjima qilish, axborot-resurs markazi fondini muntazam ravishda yangilab borish. |
Davlat budjetidan mazkur maqsad uchun ajratilgan mablagʻlar, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi, grantlar |
2022-yil avgust |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut |
|
11. |
Institutning taʼlim jarayoniga “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish — NEMIS” axborot tizimini joriy etish. |
1. Institutning akademik faoliyati, xususan, talabaning davomat hisoboti, oʻzlashtirish qaydnomasi va reyting daftarchasi, guruh jurnali, dars va imtihon jadvallarini raqamlashtirish. 2. Professor-oʻqituvchilarning ilmiy loyihalari, maqolalari, ilmiy-uslubiy nashrlari, ilmiy izlanuvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish. 3. Boshqaruv kadrlar, professor-oʻqituvchilar tarkibi va talabalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuritish hamda tegishli hisobotlarni tayyorlash jarayonlarini raqamlashtirish. 4. Toʻlov-shartnomalarni hamda stipendiya toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron shaklda tizim orqali taqdim etishni yoʻlga qoʻyish. 5. Institut koʻrsatkichlarining maʼlumotlar bazasini shakllantirish hamda oliy taʼlim muassasalari milliy reytingini yuritish va taʼlim sifatini masofaviy monitoring qilish imkoniyatini yaratish. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari |
2022/2023 oʻquv yili davomida |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut |
|
II. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish hamda yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish | |||||
|
12. |
Institut professor-oʻqituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirib borish hamda yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish. |
1. Institutning professor-oʻqituvchilari va talabalarini ilmiy-tadqiqot ishlariga faol jalb etish. 2. Professor-oʻqituvchilar hamda yosh tadqiqotchilarning ilmiy maqolalarini Web of Science, Scopus, Google Scholar kabi xalqaro indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalarida chop etish choralarini koʻrish. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Institut |
|
13. |
“Yosh filolog” oʻquv laboratoriyasini tashkil etish. |
1. Laboratoriya uchun xonalarni tayyorlash va jihozlash. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari |
2023-yil fevral |
Institut |
|
2. Laboratoriya faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
2023-yil mart | ||||
|
14. |
Talabalarning ilmiy-ijodiy salohiyatini oshirib borish. |
1. Iqtidorli talabalarni saralab olish va ilmiy-tadqiqot ishlariga yoʻnaltirish. 2. Tajribali professor-oʻqituvchilar tomonidan talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish. 3. Ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etgan talabalarni ragʻbatlantirib borish. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut |
|
15. |
Institutning taʼlim jarayonida IT-texnologiya infratuzilmasini rivojlantirish. |
1. Institut tarmogʻini yuqori tezlikdagi Internetga ulash. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari |
2022-yil avgust |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Institut |
|
2. Institutning axborot-resurs markazi, oʻquv binolari va talabalar turar joylarida “wi-fi” tizimi orqali Internetdan keng foydalanish imkoniyatini yaratish. |
2022-yil oktabr | ||||
|
III. Institutning xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish | |||||
|
16. |
Institutning oʻquv dasturlarini xalqaro tan olingan tashkilotlarning tashqi akkreditatsiyasidan oʻtkazish. |
1. Oʻquv dasturlarini xalqaro tan olingan tashqi akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun hamkor tashkilot bilan aloqalarni oʻrnatish. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar |
2022/2023 oʻquv yili davomida |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Institut |
|
2. Oʻquv dasturlarini xalqaro tan olingan tashqi akkreditatsiyadan oʻtkazish. |
2025/2026 oʻquv yiliga qadar | ||||
|
17. |
Taʼlim jarayonini tashkil etishda hamkor xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan aloqalarni rivojlantirish. |
1. Xorijiy hamkor oliy taʼlim muassasalari bilan mutaxassislik fanlari boʻyicha vebinarlar tashkil qilish. 2. Yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma taʼlim dasturlari (double degree, joint degree) doirasida kadrlar tayyorlash. 3. Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish. |
grantlar, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari |
2023/2024 oʻquv yilidan boshlab |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut |
|
18. |
Xorijiy ilmiy va taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot yoʻnalishida aloqalarni rivojlantirish. |
1. Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari doirasida yuqori ilmiy salohiyatga ega professor-oʻqituvchi va mutaxassislarni Institut doktorant va mustaqil tadqiqotchilariga ilmiy maslahatchi sifatida biriktirish choralarini koʻrish. 2. Yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlar bilan qoʻshma ilmiy tadqiqotlar olib borishni yoʻlga qoʻyish. 3. Xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari grantlari va xorijiy ilmiy fondlar mablagʻlarini jalb etish. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut |
|
19. |
Institutda tahsil oluvchi xorijiy talabalar ulushini oshirish. |
1. Xorijiy fuqarolarni Institutga jalb qilish boʻyicha taʼlim agentliklari bilan kelishuv imzolash. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar |
2023/2024 oʻquv yili davomida |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Institut |
|
2. Kelishuv doirasida xorijiy, avvalambor, MDH davlatlarida Institut faoliyatini targʻib qilish. |
Reja-jadvalga muvofiq | ||||
|
IV. Talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularning bandligini taʼminlash | |||||
|
20. |
Institut talabalariga boʻsh vaqtda qoʻshimcha daromad topishlariga koʻmaklashish. |
1. Talabalarga Institutning boʻsh xonalarida til oʻrgatish kurslarini tashkil etish va daromad topish uchun sharoit yaratib berish. 2. Talabalarga qoʻshimcha hunar oʻrganishga koʻmaklashish maqsadida hunarmand ustalar tomonidan mashgʻulotlar oʻtkazishni tashkil etish. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik mablagʻlari |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Hunarmand uyushmasi, Institut |
|
21. |
Talabalar oʻz ustida ishlashi uchun taniqli mutaxassislarni jalb qilgan holda motivatsion tadbirlar oʻtkazish. |
1. Respublikada va xorijiy davlatlarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar va notiqlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Shakllantirilgan roʻyxatga muvofiq seminar, ochiq muloqot va boshqa tadbirlarni, jumladan masofaviy rejimda tashkil qilish. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut |
|
22. |
Institutda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni keng joriy etish maqsadida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan markaz tashkil qilish. |
1. Markaz nizomi va chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari |
2022-yil dekabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut |
|
2. Institutga tegishli binolarda Markaz uchun beshta muhim tashabbusni qamrab oladigan xonalar ajratish va ularni zarur jihozlar bilan taʼminlash. |
2023-yil yanvar | ||||
|
23. |
Institutning Xonobod shahar, “Kampirrovot” MFY hududida joylashgan dam olish maskanida talabalar uchun seminar, sayyor mashgʻulotlar, yozgi va qishki maktablar tashkil etish. |
1. Institutning dam olish maskanida tadbirlar oʻtkazish dasturini tasdiqlash. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik mablagʻlari |
Har yili avgust oyida |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi, Institut |
|
2. Dastur asosida seminarlar, sayyor mashgʻulotlar, yozgi (qishki) maktablar tashkil etish orqali talabalarni jalb etish. |
Dasturga muvofiq | ||||
|
24. |
Institutda beshta muhim tashabbus doirasida toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
1. Baxshichilik, maqom, estrada, teatr, rassomchilik, sport yoʻnalishlarida toʻgaraklar hamda badiiy havaskorlik jamoalarini tashkil etish va hudud yoshlarini mazkur toʻgaraklarga jalb etish. 2. Institut talabalari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga qaratilgan sport tadbirlarini tashkil etish. 3. Talabalarning badiiy adabiyotlarga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida “Men sevgan badiiy asar” kabi tanlovlarni muntazam tashkil etib borish. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik mablagʻlari |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab |
Yoshlar ishlari agentligi, Institut |
|
25. |
Talabalarni ish bilan taʼminlash maqsadida Institutda yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan “Karyera markazi” faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
1. “Karyera markazi” tomonidan Institut taʼlim yoʻnalishlariga mos tashkilot va korxonalar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish. 2. Hamkor korxona va tashkilot vakillariga Institut talabalarini saralab olish uchun tegishli sharoit yaratish. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik mablagʻlari |
2022/2023 oʻquv yili davomida |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Institut |
|
26. |
Institut talabalarini hududdagi umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalariga biriktirish. |
1. Hududdagi umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalarini imzolash. 2. Talabalarga doimiy ravishda mazkur taʼlim muassasalarida amaliyot oʻtash va oʻz bilimlarini mustahkamlash uchun sharoit yaratish. |
- |
2023/2024 oʻquv yilidan boshlab |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Institut |
2-ILOVA
|
T/r |
Ustuvor vazifa |
Maqsadli koʻrsatkich |
Yillar kesimida |
Oʻsish koʻrsatkichi, (2023-yilga nisbatan) | |||
|
2023-yil |
2024-yil |
2025-yil |
2026-yil | ||||
|
1. |
Milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega professor-oʻqituvchilar ulushini oshirish |
Asosiy shtatdagi kasbiy fan professor-oʻqituvchilari soniga nisbatan, foizda |
15 |
30 |
40 |
50 |
3 baravar |
|
2. |
Milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega talabalar ulushini oshirish |
Jami talabalar soniga nisbatan, foizda |
20 |
30 |
45 |
60 |
3 baravar |
|
3. |
Yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash |
Ilmiy salohiyat, foizda |
20 |
25 |
35 |
40 |
2 baravar |
|
4. |
Himoya qilinadigan falsafa doktori dissertatsiyalari (PhD) soni |
7 |
11 |
16 |
21 |
3 baravar | |
|
5. |
Himoya qilinadigan doktorlik dissertatsiyalari (DSc) soni |
3 |
5 |
7 |
9 |
3 baravar | |
|
6. |
Falsafa doktori ilmiy darajasini olishga talabgor doktorantlar (PhD) soni |
4 |
8 |
12 |
20 |
5 baravar | |
|
7. |
Fan doktori ilmiy darajasini olishga talabgor doktorantlar (DSc) soni |
2 |
4 |
6 |
8 |
4 baravar | |
|
8. |
Mustaqil izlanuvchilar soni |
5 |
10 |
15 |
25 |
5 baravar | |
|
9. |
Professor-oʻqituvchilarning ilmiy-uslubiy faoliyati natijadorligini oshirish |
Darsliklar soni |
2 |
4 |
6 |
8 |
4 baravar |
|
10. |
Oʻquv qoʻllanmalari soni |
3 |
6 |
9 |
12 |
4 baravar | |
|
11. |
Monografiyalar soni |
3 |
5 |
7 |
9 |
3 baravar | |
|
12. |
Scopus, Web of Science maʼlumotlar bazasiga kiritilgan maqolalar soni |
10 |
30 |
55 |
90 |
9 baravar | |
|
13. |
Respublika jurnallarida eʼlon qilingan ilmiy maqolalar soni |
10 |
20 |
30 |
40 |
4 baravar | |
|
14. |
Scopus, Web of Science maʼlumotlar bazasiga kiritilgan har bir maqolaga toʻgʻri keluvchi iqtiboslar soni |
0,5 |
1,0 |
1,5 |
2,0 |
4 baravar | |
|
15. |
Ilmiy-tadqiqot faoliyati va ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish asosida olingan mablagʻlar (mlrd soʻm hisobida) |
Xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari va ilmiy fondlardan olingan mablagʻlar |
0,1 |
0,3 |
0,8 |
1,0 |
10 baravar |
|
16. |
Davlat grantlari asosida oʻtkazilgan ilmiy-tadqiqotlardan olingan mablagʻlar |
0,1 |
0,2 |
0,3 |
0,5 |
5 baravar | |
|
17. |
Xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish |
Institut professor-oʻqituvchilarini jahonning yetakchi universitetlari va ilmiy markazlariga xizmat safarlariga yuborish |
5 |
8 |
11 |
15 |
3 baravar |
|
18. |
Institutga xorijiy olimlarning tashrifi (kamida 1 oyga) |
2 |
3 |
5 |
8 |
4 baravar | |
|
19. |
Xorijiy talabalar soni |
10 |
20 |
50 |
100 |
10 baravar | |
|
20. |
Akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etuvchi talabalar soni |
10 |
20 |
50 |
80 |
8 baravar | |
|
21. |
Institut professor-oʻqituvchilarining xorijiy olimlar bilan hammualliflikda chop etgan maqolalari soni |
5 |
10 |
15 |
20 |
4 baravar | |
3-ILOVA
|
T/r |
Taʼlim yoʻnalishi |
|
I. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishi | |
|
2022/2023 oʻquv yilidan | |
|
1. |
Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tili |
|
2. |
Filologiya va tillarni oʻqitish: fransuz tili |
|
3. |
Filologiya va tillarni oʻqitish: nemis tili |
|
4. |
Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili |
|
5. |
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili |
|
6. |
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: rus tili |
|
7. |
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili |
|
8. |
Xorijiy til va adabiyoti: rus tili |
|
9. |
Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (tillar boʻyicha) |
|
2023/2024 oʻquv yilidan | |
|
10. |
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: fransuz tili |
|
11. |
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: nemis tili |
|
12. |
Filologiya va tillarni oʻqitish: arab tili |
|
13. |
Filologiya va tillarni oʻqitish: koreys tili |
|
14. |
Filologiya va tillarni oʻqitish: xitoy tili |
|
15. |
Filologiya va tillarni oʻqitish: yapon tili |
|
II. Magistratura mutaxassisliklari | |
|
2022/2023 oʻquv yilidan | |
|
1. |
Xorijiy til va adabiyoti (tillar boʻyicha) |
|
2. |
Lingvistika (tillar boʻyicha) |
|
3. |
Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (tillar boʻyicha) |
|
2023/2024 oʻquv yilidan | |
|
4. |
Sinxron tarjima (tillar boʻyicha) |
|
5. |
Badiiy tarjima (tillar boʻyicha) |