30.05.2022 yildagi PF-144-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘nggi yillarda mamlakatimizda seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohalarini rivojlantirish hamda soha tashkilotlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bugungi kunda bu sohalardagi islohotlarni izchil davom ettirish, aholining seysmik xavfsizligini ta’minlashning yangi usullarini joriy qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohalarida islohotlarning aniq manzilliligini ta’minlash, sohalarga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini 2025-yilgacha takomillashtirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) hamda uning maqsadli ko‘rsatkichlari va indikatorlari 1 va 1a-ilovalarga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini 2025-yilgacha takomillashtirish konsepsiyasini 2022-2023-yillarda amalga oshirish “yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “yo‘l xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Konsepsiyani 2024-2025-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” Vazirlar Mahkamasi tomonidan alohida tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, Konsepsiya hamda uning maqsadli ko‘rsatkichlari, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) seysmologiya yo‘nalishi doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zilzilalarning vujudga kelish mexanizmi va tabiatining hamda zilzila darakchilarining turli geodinamik jarayonlarda namoyon bo‘lishini tadqiq qilish mexanizmini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarni makroseysmik ballarda va muhandislik ko‘rsatkichlarda seysmik mikrohududlashtirish bo‘yicha onlayn-xaritalarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli darajadagi tektonik yer yoriqlarining o‘rta masshtabdagi xaritasini yaratish va ularning seysmik potensialini baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bino va inshootlarning zilzilabardoshligini ta’minlash yo‘nalishi doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi uy-joylarning zilzilabardoshligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino va inshootlar hamda suv omborlari to‘g‘onlarining zilzilabardoshlik darajasini doimiy kosmik monitoring qilish tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) seysmologik kuzatuvlar tarmog‘ini takomillashtirish yo‘nalishi doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomatlashtirilgan kompleks-prognostik stansiyalarni ko‘paytirish hisobiga respublika hududini to‘liq monitoring qilish imkoniyatini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy seysmik kuzatuvlar tarmog‘ining xalqaro seysmik kuzatuvlar global tizimiga kiritilgan stansiyalar bilan doimiy aloqalarini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi davlat boshqaruv organlari faoliyatini muvofiqlashtirish yo‘nalishi doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seysmologiya sohasida ilm-fan va ta’limni rivojlantirish hamda aholi va davlat organlarini zilzilada harakat qilishga tayyorlash faoliyatini tartibga solish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududida qurilayotgan bino va inshootlar, suv omborlari va gidrotexnika inshootlari zilzilabardoshligini nazorat qilish tizimini takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsepsiya va “yo‘l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan davlat organlarining birinchi rahbarlariga shaxsiy mas’uliyat yuklatilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tadbirlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (keyingi o‘rinlarda — Kengash) davlat organlari tomonidan Konsepsiya va “yo‘l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarning sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish uchun mas’ul etib belgilansin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi PF-72-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.05.2023-y., 06/23/72/0283-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2022-yil 1-sentabrdan boshlab respublikaning seysmik faol zonalarida yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavf-xatar toifasi bo‘yicha murakkabligi (keyingi o‘rinlarda — xavflilik omili) IV toifaga mansub bo‘lgan, shaharsozlik normalari va qoidalarida keltirilgan bino va inshootlar konstruktiv tizimlarining chegaraviy parametrlaridan tashqariga chiqib ketgan obyektlarning maxsus texnik shartlariga zilzilabardoshlik bo‘yicha xulosalar berish tartibi joriy etiladi.
(4-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-apreldagi PF-66-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, buyurtmachi tashkilotlar loyiha-smeta hujjatlarini vakolatli organga ekspertizaga kiritishdan oldin xavflilik omili IV toifaga mansub obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ilmiy xulosalar olishga yo‘naltirishga, Fanlar akademiyasi obyektlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar berishga mas’ul etib belgilansin.
(4-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fanlar akademiyasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining seysmik faol zonalarida qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili IV toifaga mansub bo‘lgan bino va inshootlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha xulosalar berish tartibini joriy etish to‘g‘risida normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Fanlar akademiyasi tomonidan Respublikaning seysmik faol zonalarida joylashgan bino va inshootlar elektron texnik pasportlarining yagona integratsiyalashgan platformasidagi ma’lumotlar asosida seysmik zaif ijtimoiy soha obyektlarining ro‘yxatini har yili 1-aprelga qadar shakllantirib borish hamda instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazish ishlarini Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda tashkillashtirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, instrumental-texnik tekshiruv ishlari uchun mablag‘lar Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) hisobidan qoplanishi belgilansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2022-yil 1-oktabrdan boshlab respublika hududidagi ko‘p kvartirali uy-joylarni yillar kesimida zilzilabardoshlik bo‘yicha xatlovdan o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi va xatlov natijasiga ko‘ra ekspluatatsiya muddatini o‘tab bo‘lgan seysmik zaif va avariya alomatlari aniqlangan ko‘p kvartirali uy-joylar o‘rnida bosqichma-bosqich yangi uy-joylar qurish bo‘yicha takliflar mahalliy ijroiya hokimiyati organlariga kiritib boriladi.
(4-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi ko‘p kvartirali uy-joylarni zilzilabardoshlik bo‘yicha xatlovdan o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan davlat boshqaruvi organi etib belgilansin;
(4-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 2023-yil 1-maydan boshlab suv omborlari to‘g‘onlarining zilzilabardoshligini doimiy kosmik monitoring qilish tizimi yo‘lga qo‘yilib, mazkur yo‘nalishdagi mas’ul davlat organlari kosmik suratlar hamda ishlov berilgan ma’lumotlar bilan ta’minlab boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi mazkur tizimni yo‘lga qo‘yish uchun mas’ul davlat organi etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Fanlar akademiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-iyulga qadar seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi mutaxassislar hamda ilmiy doira vakillarini keng jalb qilgan holda Seysmik xatarni kamaytirish dasturini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-avgustga qadar seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasi muammolarining ilmiy yechimiga qaratilgan takliflarni (tematik mavzularni) shakllantirib, Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-fevralga qadar Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti olimlari bilan hamkorlikda rivojlangan davlatlarda qo‘llanilayotgan makroseysmik shkalalarni o‘rganib chiqib, “UMS-22” milliy makroseysmik shkalani ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022 — 2025-yillar davomida Andijon, Toshkent, Guliston, Nurafshon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Jizzax, Buxoro, Navoiy, Qarshi, Termiz, Nukus, Urganch shaharlarining raqamlashtirilgan seysmik mikrohududlashtirish xaritalarini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 2023-yil 1-apreldan boshlab suv omborlari to‘g‘onlarida seysmik xavfni oldindan prognoz qilish va baholash amaliyotini joriy qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kosmik monitoring doirasida simulyatsion dastur orqali zilzila natijasida to‘g‘on o‘pirilishi oqibatida suv bosishi mumkin bo‘lgan respublika hududlarining vizual 3D modellarini ishlab chiqish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv omborlari to‘g‘onlari o‘pirilishi oqibatida qutqaruv ishlarini tashkillashtirishida tegishli vazirlik va idoralarni zarur kosmik suratlar hamda ishlov berilgan ma’lumotlar bilan ta’minlash tizimi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi va Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda 2023-yil 1-fevralga qadar mazkur amaliyot va tizim ishga tushirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki, 2023-yildan boshlab respublikaning seysmik faol zonalarida balandligi 9 qavat yoki undan yuqori bo‘lgan seriyali qurilishi rejalashtirilgan yoki tanlab olingan bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish, sifatini ta’minlash hamda kamchiliklarni oldindan bartaraf etish maqsadida vibrodinamik uskuna yoki zamonaviy raqamlashtirilgan instrumental asbob-uskunalar yordamida sinov va tekshiruv o‘tkazib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, sinov va tekshiruvlar qurilish ishlariga mas’ul bo‘lgan buyurtmachi tashkilotlar tomonidan o‘tkazilishi belgilab qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qurilish vazirligi 2022-yil 1-dekabrga qadar O‘zbekiston sharoitida so‘nggi zamonaviy usullarni o‘rganib, tahlil qilgan holda “Ko‘p qavatli binolarni loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalarini ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov natijalari asosida ishlab chiqish jarayoni bo‘yicha Kengashga axborot kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Transport vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2022-yil 1-dekabrga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikadagi barcha sun’iy inshootlarni (ko‘priklar, tonnellar, estakadalar, temir yo‘l ko‘priklari va boshqalar) xatlovdan o‘tkazsin va uning natijalarini umumlashtirib, yagona raqamlashtirilgan ma’lumotlar bazasini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniqlangan egasiz sun’iy inshootlarni idoraviy mansubligi bo‘yicha biriktirish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2023-yil 1-martga qadar respublikadagi barcha mavjud sun’iy inshootlarning zilzilabardoshligi bo‘yicha elektron texnik pasportlarni shakllantirsin hamda ularning Respublikaning seysmik faol zonalarida joylashgan bino va inshootlar elektron texnik pasportlarining yagona integratsiyalashgan platformasiga kiritilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Suv xo‘jaligi vazirligi va “O‘zbekgidroenergo” AJ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-avgustga qadar birinchi bosqichda 2022-2023-yillarda I va II sinfga kiruvchi 32 ta, ikkinchi bosqichda 2024-2025-yillarda III va IV sinfga kiruvchi 26 ta suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni olib borish uchun zarur asbob-uskunalar xaridini amalga oshirish bo‘yicha asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 2023-yil 1-iyulga qadar tasarrufidagi toifalangan suv omborlari va gidrotexnika inshootlarining zilzilabardoshlik bo‘yicha ekspertizasi ekspress uslubiyot asosida o‘tkazilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. 2022-yil 1-avgustga qadar Suv xo‘jaligi vazirligi markaziy apparatida mavjud shtat birliklari doirasida seysmologik kuzatuvni doimiy tashkillashtirish bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv xo‘jaligi vazirligi mazkur shtat birligiga soha bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis kadrni tayinlash chorasini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Kengash tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni o‘tkazish bo‘yicha xarajatlar mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan qoplanishi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni o‘tkazish uchun mablag‘larni o‘z vaqtida ajratib borilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Fanlar akademiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi Suv xo‘jaligi vazirligining buyurtmasiga asosan seysmologik kuzatuvlarning o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Shunday tartib o‘rnatilsinki, 2023-yil 1-yanvardan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) seysmik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha davlat organlari rahbar kadrlari va xodimlarining Aholining barcha qatlamlarini zilzilaga tayyorlashga mo‘ljallangan milliy elektron platforma orqali malakasini oshirish va qayta tayyorlash kurslari o‘tkazib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari rahbar kadrlarning aholiga zilzilalar vaqtida o‘zini tutish qoidalarini tushuntirish, kuchli zilzilalardan talafotlarsiz chiqish hamda kuchli zilzilalarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirishga yo‘naltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Fanlar akademiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har uch yilda malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy elektron platformaga malaka oshirish bo‘yicha zamonaviy dasturlarni ishlab chiqib, kiritadi va muntazam ravishda yangilab boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 2022-yil 1-dekabrga qadar milliy elektron platformaning yuritilishi hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini o‘tkazish tartibini tasdiqlasin va amalga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-avgustga qadar aholining barcha qatlamini zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan so‘ng to‘g‘ri harakat qilishga mustaqil o‘rgatish uchun mo‘ljallangan mobil ilovani ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-iyunga qadar O‘zbekiston Respublikasi aholisini zilzilaga tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Seysmik mustahkam bino va inshootlarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish yo‘nalishida malakali kadrlarni tayyorlash tizimini hududlar kesimida kengaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab Namangan muhandislik-qurilish instituti va Farg‘ona politexnika institutida “Bino va inshootlar zilzilabardoshligi” ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha kadrlarni tayyorlash amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda mazkur ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha qabul ko‘rsatkichlarini 2022/2023 o‘quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlariga amaldagi kvotalar doirasida kiritish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab “Tarixiy obidalarning seysmik mustahkamligi” ta’lim mutaxassisligini ochish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-dekabrga qadar Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida zilzilalar ko‘p uchraydigan xavfli hududlar uchun turli xil darajadagi tabiiy ofatlar ssenariylarining zamonaviy kompyuter modellarini hamda ko‘rilgan zararlarni hisoblash usullarini ishlab chiqish va o‘quv dasturlariga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-sentabrdan boshlab Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Bino va inshootlarni zamonaviy kompyuter dasturlari yordamida modellashtirish” fani bo‘yicha oliy ta’lim tashkilotlari professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun intensiv kurslarni tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida gruntli inshootlar, suv omborlarining to‘g‘onlari, asos va poydevorlarni zilzilabardoshlik bo‘yicha zamonaviy raqamli hisoblash usullari va dasturlari (Plaxis, Ansys, Abaqus va boshqalar) yordamida baholashga mo‘ljallangan “Suv omborlari va gidrotexnika inshootlarining zilzilabardoshligini baholash” o‘quv-ilmiy laboratoriyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan muhandislik-qurilish institutida bino va inshootlarning zilzilabardoshlik bo‘yicha texnik holatini baholash, aktiv seysmik himoyalash usullari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishga mo‘ljallangan “Bino va inshootlarni seysmik himoyalash” o‘quv-ilmiy laboratoriyasi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, o‘quv-ilmiy laboratoriyalarning shtat birliklari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti hamda Namangan muhandislik-qurilish institutining professor-o‘qituvchilarini maqbullashtirish hisobidan jamlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti va Namangan muhandislik-qurilish institutining asoslangan takliflariga muvofiq o‘quv-ilmiy laboratoriyalarni zarur jihozlar bilan bosqichma-bosqich Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda seysmik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish maqsadida soha xodimlari va Kengash a’zolaridan iborat delegatsiyani shakllantirib, xorijiy mamlakatlarga qisqa muddatli tanishtiruv-stajirovka kurslarini tashkil etish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, tanishtiruv-stajirovka kurslarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-dekabrga qadar Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda respublikadagi seysmik faol, o‘rta faol va tinch hududlar hamda maydonlarni o‘zida mujassamlashtirgan interaktiv onlayn-xaritani ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-avgustga qadar seysmik faol zonalarda joylashgan bino va inshootlar maydonining zilzilalar oqibatida deformatsiyasi, siljishi, cho‘kishi kabi omillarni aniqlashga mo‘ljallangan radiolokatsion kosmik monitoring tizimini yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Fanlar akademiyasining Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti uchun ajratilgan yer maydonida alohida ma’muriy va laboratoriya binosini qurish, mavjud bino va inshootlarni mukammal ta’mirlash hamda jihozlash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fanlar akademiyasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga mazkur bandda nazarda tutilgan qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlarini 2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish bo‘yicha takliflarni taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Jamg‘arma hisobidan moliyalashtiriladigan xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan laboratoriya asbob-uskunalari, hisoblash texnika vositalari hamda butlovchi materiallarini qabul qiluvchi tashkilotlar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno) 3 yil muddatga ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Fanlar akademiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkillashtirishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib favqulodda vaziyatlar vaziri A.X. Qo‘ldoshev, qurilish vaziri B.I. Zakirov, suv xo‘jaligi vaziri Sh.R. Xamrayev va Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yuldashev belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmon ijrosi uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilgan chora-tadbirlarning natijadorligi to‘g‘risida har yarim yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 30-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-144-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi PF-144-son Farmoniga

1-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini 2025-yilgacha takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KONSEPSIYASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini 2025-yilgacha takomillashtirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya)ning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 30-iyuldagi PQ-4794-son qarori ijrosini ta’minlash hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasida seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalishlari, vazifalari, o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi rejalarini belgilaydi hamda sohaga oid dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi davlat siyosati mamlakat, mintaqalar va tarmoqlar bo‘yicha dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta’minlash va ilmiy-texnik resurslardan samarali foydalanish orqali tarmoq salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsepsiya jahon tendensiyalarini o‘rganish asosida O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini 2025-yilgacha takomillashtirish maqsadlarini, vazifalarini va asosiy yo‘nalishlarini, fan va texnika yutuqlari, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosidagi ustuvor tadbirlarni isloh qilish yo‘nalishlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlashning strategik maqsadlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsepsiyaning strategik maqsadlari respublikaning seysmik faol zonalarida istiqomat qilayotgan aholini, har xil turdagi bino-inshootlarni va muhandislik infrastrukturalarni seysmik xavfdan himoya qilishning strategik yo‘nalishlarini aniqlagan holda 2025-yilgacha ilmiy-amaliy, dasturiy va tashkiliy ishlarni belgilash va amalga oshirishdan iborat. Konsepsiyaning amalga oshirilishi, kelajakda O‘zbekistonning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va favqulodda hodisalarda mavjud resurslarning oqilona taqsimlanishiga imkoniyat yaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlashning strategik vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining barcha qatlamini zilziladan oldin, zilzila paytida va zilziladan so‘ng harakat qilish qoidalariga o‘rgatish va ularning tayyorgarligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seysmik xavfni, ta’sirni va xatarni baholashni xorijiy tajriba asosida amalga oshirish uchun ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish hamda ular asosida normativ-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seysmik faol zonalarda turli darajadagi seysmik xatarni baholash va zilzila talafotlarini kamaytirishning ilmiy asoslangan chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shahar hududlari bosh loyihasini ishlab chiqishni seysmik mikrohududlashtirish xaritalarga asoslangan holda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konstruksiyalar mustahkamligi, binolar, inshootlar va kommunikatsiyalarning zilzilabardoshligi sohasida fundamental, amaliy, innovatsion va investitsion loyihalarni kengaytirish, zilzilabardosh qurilish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiya va takliflar ishlab chiqish va amaliyotga keng tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inshootlarning zilzilabardoshligi va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasida ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqish, ularni seysmik xavfsizlik sohasiga joriy etishni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ehtimoli yuqori bo‘lgan zilzilalarning zararini va oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha mahalliy sharoitlarga bog‘lab tayyorlangan tadbirlar majmuasini ishlab chiqish. Bino va inshootlarni seysmik himoyalash uslublarini, yangi konstruktiv yechimlarini ishlab chiqish, hududlarning seysmik xavfsizligini ta’minlash uchun amaliy masalalarni hisoblash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv omborlari to‘g‘onlari va gidrotexnika inshootlarining zilzilabardoshligini monitoring qilish tizimini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika hududlarining seysmik xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlanishini tezlashtirish uchun maqbul bo‘lgan qonuniy, investitsion va infrastruktura muhitini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seysmik xavfsizlik sohasida malakali kadrlarni tayyorlash, ilmiy xodimlarni yetakchi xorijiy ilmiy markazlarda va ishlab chiqarish korxonalarida malakalarini oshirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1§. Seysmologiya yo‘nalishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘nggi yillarda seysmologiya sohasida O‘zbekiston olimlari asosiy fundamental g‘oyalarini va amaliy ilmiy izlanishlarini aholi va hududlarni seysmik xavfdan himoya qilish bo‘yicha aniq maqsadli chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirishga qaratgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bugungi kunda respublika aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash va zilzila sodir bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lgan seysmik faol zonalarda zilzilalarga oldindan tayyorlanish orqali talafotlarni kamaytirish ko‘p jihatdan respublikaning strategik rivojlanishini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Seysmologiya sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar zilzila tabiatini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, bunda zilzila darakchilarining namoyon bo‘lish qonuniyatlarini aniqlashga, zilzila o‘chog‘i mexanizmlari va parametrlari bo‘yicha seysmik to‘lqinlarning tarqalishi va ularning geologik muhitdagi xususiyatlarini o‘rganishga, turli darajadagi seysmik faol yer yoriqlarida zilzilalarning hosil bo‘lish o‘choqlarining joylashishidagi o‘rnini aniqlashga, seysmik xavfni mintaqaviy o‘zgarishini va seysmik tebranishlarni yerning yuza qismidagi grunt sharoitiga qarab o‘zgarishini va masofa bo‘ylab so‘nishini hamda hududlarning turli darajadagi seysmik xatarini baholashga yo‘naltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ma’lumki, seysmologiya sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar iqtisodiy sohalardagi dolzarb amaliy muammolarni hal qilish bilan chambarchas bog‘liqdir. Ushbu tadqiqotlar negizida respublikaning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi uchun strategik ahamiyatga ega amaliy muammolar hal qilinmoqda. Bular bino va inshootlarni loyihalash va qurish uchun muhim bo‘lgan seysmik xavfning miqdoriy qiymatlarini mujassamlashtirgan holda turli darajada seysmik hududlashtirish (umumiy va mufassal seysmik hududlashtirish hamda seysmik mikrohududlashtirish) xaritalari, seysmik hududlarda qurilish ishlarini olib borishning me’yorlari va qoidalari (QMQ 2.01.03-19 “Zilzilaviy hududlarda qurilish”), zilzilalar kuchini aniqlash shkalasi, respublika hududida joylashgan turli kattalikdagi seysmik faol yoriqlar va seysmogen zonalarning xaritalaridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Seysmologiya sohasidagi islohotlarning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zilzilalarni vujudga kelish mexanizmi va tabiati hamda zilzila darakchilarini turli geodinamik jarayonlarda namoyon bo‘lishini tadqiq qilish asosida zilzilalar paydo bo‘lish mexanizmining takomillashtirilgan modelini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy seysmik hududlashtirish xaritasining jahon talablari darajasidagi takomillashtirilgan ko‘rinishini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llanilayotgan me’yoriy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston hududidagi turli darajadagi tektonik yer yoriqlarining o‘rta masshtabdagi xaritasini yaratish va ularning seysmik potensialini baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon tajribasidan kelib chiqib shaharlar hududini makroseysmik ballarda va muhandislik ko‘rsatkichlarda seysmik mikrohududlashtirish onlayn-xaritalarini ishlab chiqish va ularni bino-inshootlarni loyihalash, qurish hamda rekonstruksiya qilish uchun me’yoriy hujjat sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohada ilg‘or tajribaga ega xorijiy davlatlarning ilmiy va amaliyotchi olimlari bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi va hududlarning seysmik xavfsizligini ta’minlash maqsadida turli masshtablarda seysmik xavfni, seysmik ta’sirni va seysmik xatarni baholashning geoaxborot texnologiyalari asosidagi metodikasini ishlab chiqish va uni amaliyotga tatbiq etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2§. Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini ta’minlash yo‘nalishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zamonaviy mexanika fanining rivojlanishi va undan kelib chiqadigan qurilish fanlari bino va inshootlarning qurilish me’yorlari va qoidalari asosida seysmik ta’sirlarga mustahkamligini hisoblash imkonini beradi. Biroq, seysmik ta’sirlarga mustahkamligini hisoblashning me’yoriy uslublari gidrotexnika inshootlari, yer osti kommunikatsiyalari, yo‘l o‘tkazgichlar, yer usti inshootlari, qiyaliklar, yon bag‘irlar va boshqa inshootlarni bir o‘lchamli modellar asosida hisoblashga asoslangan bo‘lib, inshootning dinamik ta’sirlarda fazoviy o‘zini tutishini to‘la aks ettirmaydi, inshoot materialining bir jinsli emasligini, konstruksiya elementlarining o‘zaro ta’sirini e’tiborga olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shunga qaramay, ilm-fanning rivojlanishi bilan amaliyotda materialning anizotropligini yaqqol aks ettiruvchi turli xil kompozitsion materiallar qo‘llanilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zilzilabardosh qurilish nazariyasi va amaliyotida hisoblashlar hamda nazariy g‘oyalarni katta masshtabdagi tajriba sinovlar yordamida tekshirishlardan o‘tkazish lozim. Bu bino va inshootlarning zilzilabardoshligini hamda aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida xalqaro umumqabul qilingan usul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inshootlarga seysmik ta’sirlar gruntning tebranishi orqali o‘tadi va bu jarayon inshootlarning grunt bilan o‘zaro ta’siri hamda boshqa bir qator o‘ziga xosliklari bilan xarakterlanadi. Zilzilaning intensivligi zilzila o‘chog‘idan chiqqan energiya miqdoriga, muhitning tuzilishiga va grunt sharoitiga, muhitning elastiklik xossasiga, inshootning dinamik xossalari (xususiy tebranish davri, zichligi, va boshqalar)ga bog‘liqdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer usti inshootlari uchun eng ko‘p tarqalgan hisoblash sxemalaridan biri ko‘p massali konsol va sterjen sxemasi hisoblanadi. Konstruksiyaning fazoviy tebranishini hisobga olish jarayoni sifatida ma’lum bikirlikda birikkan bir necha yig‘ilgan massalardan tashkil topgan tizimning tebranishi namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, inshootlarning egilishdagi tebranishiga ishlaydigan balka ko‘rinishidagi modellar ham mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuchli zilzila natijasida binolarning strukturaviy shikastlanishi va buzilishining tahlili hisoblash uslublari hamda modellashtirishda turli kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagi masalalarni o‘rganish bino va inshootlarning kuchli zilzila ta’sirida buzilishi hamda shikastlanishini kuzatish bilan bog‘liqdir. Seysmik ta’sirlarda inshoot tebranishining xususiy chastotasi yuklamalar chastotasiga teng bo‘lsa, inshootning zararlanishiga olib keluvchi rezonans rejimi vujudga kelishi mumkin. Shuning uchun, seysmik ta’sirlarda bino reaksiyasini shu tipdagi cheklanishlar bilan hisobga olish bino va inshootlarning zilzilabardoshligini ta’minlashning muhim jihatlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fazoviy hisoblash modellaridan foydalanib inshootning dinamik kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini o‘rganish inshootlarning fazoviy holatini, konstruktiv yechimlarning o‘ziga xosligini, konstruksiya elementlarining o‘zaro ta’sirini, yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarning zaiflashishini va bir jinsli emasligini hisobga olish imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrotexnika inshootlarining turli xil ko‘rinishdagi yuklamalarda (statik, dinamik yoki seysmik) kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati va dinamik o‘zini tutishini ilmiy o‘rganish tekis va fazoviy masalalarni hisoblash modellaridan foydalanib amalga oshiriladi. Bundan tashqari, grunt to‘g‘onining mustahkamligi va ustuvorligini aniqlashda yon bag‘irlarning ustuvorligini ta’minlashda katta rol o‘ynaydigan gruntning filtrlash xususiyatlarini hisobga olish lozim bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini ta’minlash sohasidagi islohotlarning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi uy-joylarning zilzilabardoshligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zilzilabardoshlikni ta’minlashda aholi xabardorligini oshirish bo‘yicha zarur choralarni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolarning zilzilabardoshligini ekspress aniqlash usullarini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ahamiyatiga ega yirik bino va inshootlar zilzilabardoshligining doimiy monitoringini olib borish hamda ularni tez, sodda va kamchiqim metodlar orqali kuzatib borishning yagona elektron bazasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seysmik faol zonalarda joylashgan bino va inshootlar maydonining zilzilalar oqibatida yuz bergan deformatsiyasi, siljishi, cho‘kishi kabi omillarni aniqlashga mo‘ljallangan radiolokatsion kosmik monitoring tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv omborlari to‘g‘onlarining zilzilabardoshlik darajasini doimiy kosmik monitoring qilish tizimini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy kompyuter dasturiy ta’minotlarini mahalliy me’yoriy hujjatlar bazasiga integratsiya qilgan holda bino va inshootlarning zilzilabardoshligini ta’minlash bo‘yicha vazifalarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3§. Seysmologik kuzatuvlar tarmog‘ini takomillashtirish yo‘nalishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hozirgi kunda respublikada seysmologik kuzatuvlar tarmog‘ida 40 ta seysmik stansiya mavjud bo‘lib, ularning 24 soat uzluksiz ishlashi ta’minlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Seysmik stansiyalarning 15 tasi qoyali tosh jinslarida, 24 tasi yumshoq yaxlit jinslarda, 1 tasi yumshoq yaxlit bo‘lmagan jinslarda joylashgan. Ushbu stansiyalarning 11 tasida keng polosali yuqori sezuvchan seysmometr, qolgan stansiyalarda qisqa davrli past shovqinli seysmometrlar o‘rnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika hududini kompleks monitoring qilish maqsadida, Seysmoprognostik monitoring respublika markazida 10 ta kompleks-prognostik stansiya hamda magnitometrik kuzatuv punktlari mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan bir qatorda, seysmik kuzatuvlar tarmog‘ida quyidagi muammolar mavjud:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seysmik kuzatuvlar tarmog‘i to‘liq avtomatlashtirilmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seysmik kuzatuvlar tarmog‘i xalqaro monitoring tarmoqlariga integratsiya qilinmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud stansiyalarning aksariyat qismi xalqaro standartlarga mos kelmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududini to‘liq monitoring qilish ko‘rsatkichi past;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14 ta stansiya shaharlar markazida joylashgan bo‘lib, bu hududlarda xalaqit qiluvchi to‘lqinlar darajasi yuqori hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shundan kelib chiqib, seysmologik kuzatuvlar sohasidagi islohotlarning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalaqit qiluvchi to‘lqinlar darajasi past bo‘lgan seysmik stansiyalarda Internet tarmog‘ining uzluksiz ishlashini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stansiyalar joylashuvi respublikaning muhim obyektlari atrofida bo‘lishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keng polosali yuqori sezuvchan seysmometrlar sonini oshirish va to‘liq tarmoqni qoplash imkoniyatini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud seysmometrlar va registratorlarni texnik parametrlarga muvofiqlashtirish choralarini ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qo‘shni respublikalar seysmik stansiyalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumotlar almashish tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy seysmik kuzatuvlar tarmog‘ining xalqaro seysmik kuzatuvlar global tizimiga kiritilgan stansiyalar bilan doimiy aloqalarini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomatlashtirish kompleks-prognostik stansiyalar sonini ko‘paytirish hisobiga respublika hududini to‘liq monitoring qilish imkoniyatini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuzatuv punktlarining asosiy qismini yer yoriqlari kesishmasida joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli proton magnitometrlarning sonini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompleks-prognostik stansiyalarning asosiy qismini kuzatuv quduqlari hududida joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
neft-gaz va og‘ir sanoat, kon metallurgiya obyektlarining faoliyati natijasida zaminda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni kuzatib borish tizimini yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4§. Seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi davlat boshqaruv organlari faoliyatini muvofiqlashtirish yo‘nalishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4794-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va ilmiy faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti tarkibida Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini muvofiqlashtirish shu’basi (keyingi o‘rinlarda — Shu’ba) tashkil etildi hamda Shu’baning asosiy vazifalari belgilab berildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bugungi kunda Shu’ba seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi mas’ul davlat organlari va tashkilotlari bilan doimiy faoliyat olib bormoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlar vazirligining zilzilalar vaqtida aholi tomonidan tegishli harakatlar va tadbirlar amalga oshirilishi, seysmoprognostik monitoring amalga oshirilishini tashkil etish hamda kuchli va talafotli zilzilalar sodir bo‘lishi xavfi mavjud bo‘lganida ularning oqibatlarini bartaraf etish sohasidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish vazirligining qurilayotgan binolar va inshootlarning seysmik xavfsizligi ta’minlanishini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash hamda nazorat qilish, shuningdek, mavjud binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish sohasidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fanlar akademiyasining seysmik xavfni turli masshtablarda baholash, seysmik jihatdan hududlashtirish, zilzilalarni vaqt kesimida prognoz qilish, binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini ta’minlash bo‘yicha uslubiyotlarni ishlab chiqish, hududlarning seysmik xavfi va seysmik xatariga doir turli masshtabli xaritalarini tuzish sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hozirda seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, uni davlat tomonidan tartibga solish hamda qo‘shimcha vazifalarni bajarish uchun Shu’ba faoliyat yo‘nalishlarini kengaytirish zarurati mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi mas’ul davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish samaradorligini oshirish uchun Shu’ba quyidagi sohalar yo‘nalishlarida salohiyatli kadrlarga ega bo‘lishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seysmologiya sohasida ilm-fan va ta’limni rivojlantirish hamda Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini tartibga solish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi va davlat organlarini zilzilada harakat qilishga tayyorlash hamda seysmoprognostik monitoring qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududida qurilayotgan bino va inshootlarning zilzilabardoshligini ta’minlash hamda nazorat qilish (hududlar bo‘yicha) tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv omborlari va gidrotexnika inshootlarining zilzilabardoshligini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seysmik xavfsizlik sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino va inshootlarning zilzilabardoshligini elektron texnik pasportlar asosida monitoring qilish hamda ularni mustahkamlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Konsepsiyaning amalga oshirilishidan kutilayotgan natijalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsepsiyaning amalga oshirilishi seysmologiya, inshootlar seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini yanada rivojlantirishga hamda kelajakda O‘zbekistonning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va favqulodda hodisalarda mavjud resurslarning oqilona taqsimlanishiga imkon beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsepsiyada rejalashtirilgan tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida quyidagilar kutilmoqda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi barcha qatlamining bo‘lishi mumkin bo‘lgan zilzilalarga tayyorgarligi oshiriladi va kuchli zilzilada aholi o‘rtasidagi o‘lim ko‘rsatkichi va moddiy zarar qiymatining sezilarli darajada kamayishiga erishiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuchli zilzilalarning uzoq, o‘rta va qisqa muddatli darakchilarini aniqlovchi majmualarni tayyorlashning yangi modeli yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qobig‘idagi lokal seysmik faol tektonik yoriqlarning texnogen kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholaydigan miqdoriy modellar ishlab chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston hududining o‘rta masshtabli seysmik potensiali baholangan turli darajadagi yer yoriqlarining xaritasi ishlab chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqaviy darajadagi seysmik xavfni baholashning ilmiy-uslubiy asoslari hamda O‘zbekiston hududining mayda masshtabli seysmik xatar xaritasi ishlab chiqiladi va uning bazasida dasturiy ta’minot yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat markazlarining yirik masshtablarda muhandislik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ishlab chiqilgan seysmik mikrohududlashtirish xaritalari ishlab chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘ta noyob va muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hamda yuqori qavatli bino va inshootlarning seysmik xatarini baholash va uni monitoring qilish metodikasi ishlab chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kesimida bosqichma-bosqich seysmik xatar baholanadi va ularning hududi uchun 1:200 000 masshtabda seysmik xatar xaritasi ishlab chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino va inshootlarning texnik holatini baholashning zamonaviy uslublari ishlab chiqiladi va ularni texnik holati tadqiq qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat, turarjoy, sanoat binolari va inshootlari uchun seysmik xavf baholanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasidagi eng seysmik faol, o‘rta faol va tinch hududlar hamda maydonlarni o‘zida mujassamlashtirgan interaktiv onlayn xarita ishlab chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seysmik faol zonalarda joylashgan bino va inshootlar maydonining zilzilalar oqibatida deformatsiyasi, siljishi, cho‘kishi kabi omillarni aniqlashga mo‘ljallangan radiolokatsion kosmik monitoring tizimi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv omborlari to‘g‘onlarining zilzilabardoshligini tadqiq etish doimiy kosmik monitoring qilish tizimi orqali amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geoaxborot texnologiyalarini qo‘llagan holda zilzila natijasida to‘g‘on o‘pirilishi oqibatida suv bosishi mumkin bo‘lgan hududlarning vizual modellari yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zilzila natijasida suv omborlari to‘g‘onlari o‘pirilishi oqibatida qutqaruv ishlarini tashkillashtirishida tegishli vazirlik va idoralarni zarur kosmik suratlar hamda ishlov berilgan ma’lumotlar bilan ta’minlash tizimi yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayotni ta’minlovchi tizimlarni seysmik mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar va tadbirlar ishlab chiqiladi, inshootlarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish jarayonida foydalanish uchun loyiha tashkilotlariga tarqatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seysmik va kompleks-prognostik kuzatuvlar tarmog‘i to‘liq avtomatlashtiriladi va jahon talablariga mos ravishda takomillashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seysmik stansiyalar tarmog‘i optimallashtiriladi, respublika bo‘yicha ikki va undan yuqori (M≥2,0) magnitudali zilzilalarni qayd etish imkonini beruvchi tarmoq yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikadagi muhim obyektlar hududlarini lokal seysmik va kompleks monitoring qilish imkoniyati yaratiladi. Yangi tizimda obyektlar joylashuvi hisobga olingan holda kuzatuv stansiyalari joylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seysmik kuzatuvlar tarmog‘i xalqaro monitoring tarmoqlariga integratsiyalanadi va xalqaro talab darajasidagi kuzatuvlar tarmog‘i yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuzatuv punktlari sonining ko‘payishi prognoz ma’lumotlarining sifati va aniqlik darajasini oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
prognoz yo‘nalishlari jahon tajribasini o‘rgangan holda kengaytiriladi, qo‘shimcha kuzatuv usullari (yerning deformatsiyalanganligi, GPS kuzatuvlar va hokazo) o‘zlashtiriladi va prognoz yo‘nalishiga tatbiq etiladi, prognoz sifat darajasi oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy xomashyodan xususiy uylarning (individual binolarni) elementar usulda zilzilabardoshligini oshirish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Seysmoprognostik monitoring respublika markazining seysmik va kompleks prognostik stansiyalari bilan prognoz ma’lumotlar almashinuvi jarayoni raqamlashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Seysmoprognostik monitoring respublika markazining raqamlashtirilgan seysmik kuzatuvlar hamda kuchli zilzilalarni qayd etish tarmog‘i yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy asbob-uskunalarda o‘tkazilgan gidrogeoseysmologik tajribalar asosida gidrogeodinamik maydonlardagi anomal o‘zgarishlarga asosan o‘rta va uzoq muddatli zilzila darakchilarini aniqlashning zamonaviy raqamli (avtomatlashgan) usuli yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuchli zilzilalar (o‘rta va qisqa muddatli, makon va zamon bo‘yicha) to‘g‘risida darak beruvchi majmualarni tayyorlashning yangi modeli yaratiladi va zilzilaning namoyon bo‘lish qonuniyatlari ishlab chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar uchun zilzila vaqtida tegishli harakat va tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma hamda video roliklar tayyorlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning seysmik faol zonalarida qurilayotgan besh qavatdan yuqori tanlangan binolarni tabiiy (vibrodinamik uskuna, raqamlashtirilgan instrumental asbob-uskunalar va boshqalar yordamida) sinovdan o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti bazasida qurilish konstruksiyalarini dinamik sinovlardan, modellashtirilgan bino va inshootlarni seysmoplatforma yordamida eksperimentdan o‘tkazishga mo‘ljallangan zamonaviy laboratoriya tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli oliy ta’lim tashkilotlari seysmik xavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlashni amalga oshiradi hamda zarur asbob-uskunalar, hisoblash texnika vositalari hamda butlovchi materiallar bilan ta’minlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi mas’ul davlat organlari va tashkilotlarining sohaga oid faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlari ishlab chiqiladi, shuningdek, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlar, shu jumladan xorijiy mamlakatlarda stajirovkalar tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning seysmik faol zonalarida qurilayotgan bino va inshootlarni zilzila kuchini so‘ndiruvchi qurilmalar bilan jihozlash hamda zilzilabardoshligini oshiruvchi yangi innovatsion qurilish materiallari bilan qurish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining bo‘lishi mumkin bo‘lgan zilzilalarga tayyorgarligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar majmui ishlab chiqiladi va muntazam seminar-treninglar o‘tkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning seysmik faol zonalarida joylashgan maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlari, shuningdek, tibbiyot muassasalarining bino va inshootlari bosqichma-bosqich instrumental tekshiruvdan o‘tkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘priklar, transport tonnellari, yo‘llar, metropolitenlar, yer osti inshootlari va boshqa tizimlarning seysmik zaifligini nazorat qilish uchun elektron texnik pasportlar (elektron (raqamli) ma’lumotlar bazasi)ni shakllantirish amaliyoti joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi PF-144-son Farmoniga

1a-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini 2025-yilgacha takomillashtirish konsepsiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari va indikatorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Maqsadli ko‘rsatkichlar

O‘lchov birligi

Indikatorlar (yillar kesimida)

Jami

2022

2023

2024

2025

1.

Jahon tajribasidan kelib chiqib muhandislik ko‘rsatkichlarida tuzilgan seysmik mikrohududlashtirish xaritalariga ega respublika shaharlarining sonini oshirish.

ta

24

3

6

7

8

2.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar tumanlari va shaharlari hamda Toshkent shahar tumanlari kesimida seysmik xatarning baholanganlik sonini oshirish.

ta

208

40

50

55

63

3.

Bino va inshootlar hamda ularning konstruksiyalarini seysmik kuchlar ta’siriga mustahkamlik, bikrlik va ustuvorlik talablari bo‘yicha baholash (sinov) ishlarini bajarish uchun tajriba-sinov laboratoriyalari sonini ko‘paytirish.

ta

10

2

2

3

3

4.

Bino va inshootlarning haqiqiy o‘lchamdagi konstruksiyalarini murakkab kuchlanish (bir vaqtning o‘zida cho‘zilish-siqilish, egilish, siljish va buralish) holatida mustahkamligi va zilzilabardoshligini aniqlash bo‘yicha sinov ishlarini amalga oshirish.

ta

18

2

3

5

8

5.

Seysmologiya, bino va inshootlar seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlik sohasidagi chet el jurnallarida (Web of Science va Scopus) respublika olimlarining chop etilgan maqolalari sonini oshirish.

ta

250

40

60

70

80

6.

Seysmologiya, bino va inshootlar seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlik sohasida ilmiy darajali xodimlar sonini hamda himoya qilingan dissertatsiyalar (PhD, DSc) sifatini oshirish.

ta

100

15

25

30

30

7.

Seysmik xavfsizlik sohasida faoliyat olib borayotgan kadrlarni jahonning yetakchi institutlari va markazlariga malaka oshirish hamda stajirovka o‘tash uchun yuborish.

nafar

150

30

40

40

40

8.

Seysmik xavfsizlik bo‘yicha jahonning ilg‘or tashkilotlari mutaxassislari ishtirokida seminar va konferensiyalar tashkil etish.

ta

14

2

3

4

5

9.

Keng polosali seysmometrlar tarmog‘ini kengaytirish (25 ta keng polosali seysmometr o‘rnatish).

ta

25

4

6

7

8

10.

Seysmik stansiyalar tarmog‘ini optimallashtirish, respublika bo‘yicha ikki va undan yuqori (M≥2,0) magnitudali zilzilalarni qayd etish imkonini beruvchi yangi stansiyalar ochish.

dona

14

2

3

4

5

11.

Magnitometrik kuzatuvlar tarmog‘ini kengaytirish (Respublika bo‘yicha qo‘shimcha 15 ta magnitometr o‘rnatish).

dona

15

2

3

4

6

12.

Gidrogeoseysmologik kuzatuvlar tarmog‘ini kengaytirish.

dona

20

3

4

6

7

13.

Seysmoprognostik monitoring respublika markazida ishlovchi muhandis va texnik xodimlarning zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar bilan ishlash va dasturlardan foydalanish bo‘yicha malakasini oshirish.

nafar

100

10

20

30

40

14.

Qo‘shni respublikalar bilan ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish (20 ta stansiya bo‘yicha).

dona

20

3

4

6

7

15.

Magnitometrik kuzatuv punktlarini to‘liq raqamli magnitometrlar bilan ta’minlash.

dona

15

2

3

4

6

16.

Prognoz yo‘nalishlarini jahon tajribasini o‘rgangan holda kengaytirish uchun deformometr (6 ta) va naklonomer (6 ta) asbob-uskunalarini xarid qilish.

dona

12

-

3

4

5

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi PF-144-son Farmoniga

2-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini 2025-yilgacha takomillashtirish konsepsiyasini 2022-2023-yillarda amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YO‘L XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi huquqiy asoslarni hamda qurilish me’yoriy hujjatlarini (QMQ, SHNQ) takomillashtirish

1.

“O‘zbekiston Respublikasining seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili IV toifaga mansub bo‘lgan bino va inshootlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha xulosalar berish tartibini joriy etish” to‘g‘risida normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

1. Sohadagi yetuk mutaxassis va olimlarni keng jalb qilgan holda ishchi guruhni shakllantirish.

2022-yil 1-iyun

-

Fanlar akademiyasi, Qurilish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Hujjat loyihasini ishlab chiqish, uni manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish.

2022-yil 15-iyul

3. Hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil 1-avgust

2.

“O‘zbekiston Respublikasi aholisini zilzilaga tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Hukumat qarorini ishlab chiqish.

1. Soha olimlari va mutaxassislarini jalb qilgan holda ishchi guruhni shakllantirish.

2022-yil 1-oktabr

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil 1-iyun

3.

“Seysmik xavfsizlik sohasi a’lochisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida Hukumat qarorini ishlab chiqish.

1. Sohadagi yetuk mutaxassis va olimlarni keng jalb qilgan holda ishchi guruhni shakllantirish.

2022-yil 1-avgust

-

Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Hujjat loyihasini ishlab chiqish, uni manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish.

2022-yil 15-dekabr

3. Hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil 1-may

4.

“Ko‘p qavatli binolarni loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalarini ilmiy-tadqiqot va tajriba sinov natijalari asosida ishlab chiqish.

1. O‘zbekiston sharoitida so‘nggi zamonaviy usullarni o‘rganib, tahlil qilgan holda Ko‘p qavatli binolarni loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalarini ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov natijalari asosida ishlab chiqish bo‘yicha takliflarni tayyorlash.

2022-yil 1-dekabr

-

Qurilish vazirligi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Xorijiy tashkilotlar va konsultantlarni jalb etgan holda “Ko‘p qavatli binolarni loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalarini ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov natijalari asosida ishlab chiqish.

2023-yil 1-dekabr

5.

“UMS-22” milliy makroseysmik shkalasini ishlab chiqish.

1. Ishchi guruhni shakllantirish.

2022-yil 1-iyun

-

Fanlar akademiyasi, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Seysmologiya instituti, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, Qurilish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Rivojlangan davlatlarda qo‘llanilayotgan makroseysmik shkalalarni o‘rganish va tahlil qilish.

2022-yil 1-iyul

3. “UMS-22” milliy makroseysmik shkalasini ishlab chiqish.

2022-yil 1-dekabr

4. Tegishli hujjat loyihasini Qurilish vazirligiga tasdiqlash uchun kiritish.

2023-yil 1-fevral

6.

Seysmik hududlarda transport inshootlari qurilishiga oid tegishli hujjatni xorijiy tajribani inobatga olgan holda qayta ishlab chiqish.

1. Sohadagi yetuk mutaxassis va olimlardan iborat ishchi guruhni shakllantirish.

2022-yil 1-iyul

-

Transport vazirligi, Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti, Qurilish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Seysmik hududlarda transport inshootlari qurilishiga oid tegishli hujjat asosida qurib foydalanishga topshirilgan inshootlarda tabiiy sinovlar o‘tkazish.

2023-yil iyun

3. Xorijiy tajribani inobatga olgan holda tegishli hujjatni qayta ishlab chiqish hamda Qurilish vazirligining ilmiy-texnik kengashida muhokama qilish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2023-yil 1-sentabr

7.

QMQ 2.01.03-19 “Zilzilaviy hududlarda qurilish” me’yoriy hujjatining IV bo‘limini to‘lqin nazariyasining hisoblash usullari bo‘yicha qo‘llanma ishlab chiqish.

1. QMQ 2.01.03-19 “Zilzilaviy hududlarda qurilish” me’yoriy hujjatining IV bo‘limini to‘lqin nazariyasining hisoblash usullari bo‘yicha qo‘llanma ishlab chiqish.

2022-yil 15-dekabr

Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining budjet va budjetdan tashqari mablag‘la?i

Fanlar akademiyasi, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, Qurilish vazirligi

2. QMQ 2.01.03-19 “Zilzilaviy hududlarda qurilish” me’yoriy hujjatining IV bo‘limini to‘lqin nazariyasining hisoblash usullari bo‘yicha qo‘llanmani Qurilish vazirligining ilmiy-texnik kengashida muhokama qilish va chop etish.

2023-yil 15-aprel

8.

Shaharsozlikda o‘zlashtiriladigan hududlarni mufassal seysmik hududlashtirish va seysmik mikrohududlashtirish xaritasini yaratish hamda uning asosida normativ-texnik hujjat ishlab chiqish.

1. Ishchi guruhni shakllantirish, shaharsozlikda o‘zlashtiriladigan hududlarni mufassal seysmik hududlashtirish va seysmik mikrohududlashtirishning ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish.

2022-yil 1-iyul

Seysmologiya institutining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Fanlar akademiyasi, Seysmologiya instituti, Qurilish vazirligi

2. O‘zbekiston hududining mufassal seysmik hududlashtirish va seysmik mikrohududlashtirish xaritasi asosida tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil 1-fevral

3. Hujjat loyihasini Qurilish vazirligiga tasdiqlash uchun kiritish.

2023-yil 1-aprel

9.

“Gidrotexnika inshootlariga bo‘ladigan yuklanish va ta’sirlar”, “Temir yo‘l va avtomobil yo‘llari tonnellari”, “Gidrotexnik inshootlar asoslari”, “Ko‘priklar va quvurlar” normativ hujjatlariga zilzilabardoshlik sohasidagi zamonaviy yutuqlar va ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda o‘zgartirishlar kiritish.

1. Ishchi guruhni shakllantirish, normativ hujjatlarga kiritilayotgan o‘zgartirishlarni tegishli idoralar bilan kelishish.

2023-yil 1-oktabr

-

Suv xo‘jaligi vazirligi, Transport vazirligi, Qurilish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Qo‘shimchalar kiritilgan normativ hujjatlarni Qurilish vazirligining ilmiy-texnik kengashida muhokama qilish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2023-yil 1-dekabr

II. Aholini zilzilaga tayyorlash ishlarini takomillashtirish

10.

Tashkilotlarda tegishli soha mutaxassislarini jalb etgan holda zilzila va uning oqibatlariga oid ko‘rgazmali o‘quv-uslubiy vositalar yordamida amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish.

1. Tashkilotlarda zilzila va uning oqibatlariga oid ko‘rgazmali o‘quv-uslubiy vositalardan foydalangan holda amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2022-yil 1-iyul

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar, milliy teleradiokompaniya

2. Chora-tadbirlarni tasdiqlash uchun Seysmologiya, seysmik chidamli qurilish hamda O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligi bo‘yicha idoralararo ilmiy-texnik kengash (keyingi o‘rinlarda — Kengash)ga kiritish.

2022-yil 1-sentabr

3. Tasdiqlangan chora-tadbirlar asosida amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

2022-2023-yillar davomida

11.

Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan aholi qatlami, shuningdek, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun zilzilada harakat qilishga mo‘ljallangan o‘quv-uslubiy materiallarni tayyorlash.

1. O‘quv-uslubiy qo‘llanmani ishlab chiqish.

2022-yil 1-avgust

Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari

2. Tayyorlangan o‘quv-uslubiy qo‘llanma bo‘yicha hududlarda ilmiy-amaliy seminar-treninglar o‘tkazish va aholiga yetkazish.

2022-2023-yillar davomida

III. Qurilish konstruksiyalarining mustahkamligini tajriba yo‘li orqali sinash hamda bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini oshirish

12.

Bino va inshootlar hamda ularning konstruksiyalarini seysmik kuchlar ta’siriga mustahkamlik, bikrlik va ustuvorlik talablari bo‘yicha baholash (sinov) hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish maqsadida maxsus mobil ko‘chma laboratoriya tashkil etish.

1. Maxsus mobil ko‘chma sifat laboratoriyasini xarid qilish bo‘yicha asoslangan takliflarni Jamg‘arma kengashiga taqdim etish.

2022-yil 1-avgust

Fanlar akademiyasi, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti hamda Jamg‘arma mablag‘lari

Fanlar akademiyasi, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti

2. Qurilish konstruksiyalarining sifatini tekshirishga mo‘ljallangan mobil laboratoriya jihozlarini xarid qilish choralarini ko‘rish.

2022-yil 1-dekabr

13.

Seysmik zaifligi aniqlangan ijtimoiy soha obyektlarini instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazish.

1. Seysmik zaif ijtimoiy soha obyektlari ro‘yxatini shakllantirish.

har yili 1-aprelga qadar

Jamg‘arma mablag‘lari

Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Ijtimoiy soha obyektlarini zilzilabardoshlik bo‘yicha instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazish.

doimiy

IV. Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini ta’minlash hamda ularning monitoringini takomillashtirish

14.

Respublikamizdagi mavjud ko‘p kvartirali uy-joy fondini xatlovdan o‘tkazish.

1. Respublikamizdagi mavjud ko‘p kvartirali uy-joy fondini qaytadan xatlovdan o‘tkazish.

2022-yil 1-oktabrdan boshlab

-

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

2. Ekspluatatsiya muddatini o‘tab bo‘lgan ko‘p kvartirali uy-joylar hamda seysmik zaifligi va avariya alomatlari aniqlangan uylarni buzib, o‘rnida bosqichma-bosqich yangi uy-joylar qurish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.

doimiy

V. Ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar va tonnellarning seysmik mustahkamligini hisoblash usullarini hamda monitoringini takomillashtirish

15.

Ko‘priklar va yo‘lo‘tkazgichlarning texnik holatini baholashda zilzilabardoshlik talablarini e’tiborga oluvchi tavsiyalar ishlab chiqish.

1. Ishchi guruhni shakllantirish, ko‘priklar, yo‘lo‘tkazgichlar va tonnel inshootlarini texnik holatini baholashda zilzilabardoshlik talablarini e’tiborga oluvchi tavsiyalarni ishlab chiqish va uni mutaxassislar o‘rtasida keng muhokamadan o‘tkazish.

2022-yil 1-oktabr

Transport vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi mablag‘lari

Transport vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti va Transport universiteti

2. Tavsiyalarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun Kengashga kiritish.

2023-yil 1-iyun

16.

Respublikadagi barcha sun’iy inshootlarning (ko‘priklar, tonnellar, estakadalar, temir yo‘l ko‘priklari va boshqalar) yagona raqamlashtirilgan ma’lumotlar bazasini tashkil etish.

1. Respublikadagi barcha sun’iy inshootlarni xatlovdan o‘tkazish.

2. Aniqlangan egasiz sun’iy inshootlarni idoraviy mansubligi bo‘yicha biriktirish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2022-yil 1-dekabrga qadar

Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot institutining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Transport vazirligi, Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti

17.

Respublikadagi barcha mavjud sun’iy inshootlarning elektron texnik pasportlarini shakllantirish va platformaga kiritish.

1. Respublika miqyosida mutaxassislar ishtirokida ishchi guruhni shakllantirish.

2022-yil 1-iyul

Transport vazirligi, Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot institutining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Transport vazirligi, Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti

2. Sun’iy inshootlarning elektron texnik pasportlashtirish amaliyotni yo‘lga qo‘yish.

2022-yil 1-avgust

3. Yig‘ilgan ma’lumotlarni qayta ishlash va ekspluatatsiya qilinayotgan sun’iy inshootlarning elektron texnik pasportlari bo‘yicha elektron bazani shakllantirish.

2023-yil 1-martga qadar

18.

Temir yo‘l ko‘priklarining zilzilabardoshlik darajasini hisoblashda unga ta’sir etuvchi seysmik yuklarni real yoki sintetik zilzilalarning yozuvlaridan (akselerogramma, seysmogramma) foydalangan holda hisoblash usulini ishlab chiqish.

1. Toshkent davlat transport universiteti professor o‘qituvchilari va olimlari ishtirokida xorijiy tajribani chuqur o‘rganish.

2022-yil 1-iyul

Toshkent davlat transport universitetining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari, Jamg‘arma mablag‘lari

Transport vazirligi, Toshkent davlat transport universiteti

2. Ilmiy-tadqiqot va tajriba sinov natijalarini tahlil qilgan holda temir yo‘l ko‘priklarining zilzilabardoshlik darajasini hisoblash usullarini ishlab chiqish.

2022-yil 1-dekabr

3. Ishlab chiqilgan hisoblash usullarini tasdiqlash uchun Kengashga kiritish.

2023-yil 15-mart

19.

Temir yo‘l ko‘priklarida seysmik himoyalash qurilmalari parametrlarini tanlash va hisoblash usullarini ishlab chiqish.

1. Toshkent davlat transport universiteti professor o‘qituvchilari va olimlari ishtirokida xorijiy tajribani chuqur o‘rgangan holda temir yo‘l ko‘priklarida seysmik himoyalash qurilmalarning optimal parametrlarini tanlash va hisoblash usullarini ishlab chiqish.

2023-yil 1-mart

Toshkent davlat transport universitetining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Transport vazirligi, Toshkent davlat transport universiteti

2. Ishlab chiqilgan hisoblash usullarini tasdiqlash uchun Kengashga kiritish.

2023-yil 15-mart

20.

O‘zbekiston Respublikasi sharoitida avtomobil yo‘llaridagi ko‘priklarda seysmik himoyalash qurilmalari konstruksiyalarining joylashtirilishi bo‘yicha yangi texnik yechimlarni ishlab chiqish.

Toshkent davlat transport universiteti professor o‘qituvchilari va olimlari ishtirokida xorij tajribasini hisobga olgan holda avtomobil yo‘llaridagi ko‘priklarda seysmik himoyalash qurilmalari konstruksiyalarining joylashtirilishi bo‘yicha yangi texnik yechimlarni ishlab chiqish.

2023-yil 1-iyul

Toshkent davlat transport universitetining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Transport vazirligi, Toshkent davlat transport universiteti

VI. Gruntli inshootlar, suv omborlari to‘g‘onlari hamda gidrotexnik inshootlarning seysmik mustahkamligini nazorat qilishni takomillashtirish

21.

Gruntli inshootlar, suv omborlari to‘g‘onlarining seysmik mustahkamligini ta’minlash mezonlarini ishlab chiqish.

1. Ishchi guruhni shakllantirish, gruntli inshootlar, suv omborlari to‘g‘onlarining seysmik mustahkamligini ta’minlash mezonlarini ishlab chiqish va uni mutaxassislar o‘rtasida keng muhokamadan o‘tkazish.

2022-yil 15-dekabr

Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Suv xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti

2. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga seysmik mustahkamlikni ta’minlash mezonlarini bo‘yicha takliflar kiritish.

2023-yil 15-fevral

3. Suv omborlari to‘g‘onlarini mazkur mezonlar asosida sinovdan o‘tkazish.

2023-yil 1-oktabrga qadar

22.

Respublikadagi toifalangan suv omborlarining (birinchi navbatda seysmik zonalarda joylashganlar) zilzilabardoshlik bo‘yicha monitoringini yuritish.

1. Ishchi guruhni shakllantirish.

2022-yil 15-iyul

Suv xo‘jaligi vazirligi hamda Jamg‘arma mablag‘lari

Suv xo‘jaligi vazirligi, Qurilish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

2. Ekspertlar bilan respublikadagi toifalangan suv omborlarini zilzilabardoshlik bo‘yicha monitoringini yuritish.

2023-yil 1-iyuldan boshlab doimiy

VII. Seysmoprognostik monitoring hamda seysmologik kuzatuvlar tarmog‘ini takomillashtirish

23.

Seysmoprognostik monitoring respublika markazini keng polosali zamonaviy seysmometrlar, magnitometrlar, deformometrik, impuls elektromagnit, naklonometriklar bilan ta’minlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritish.

1. Keng polosali zamonaviy seysmometrlar, magnitometrlar, deformometrik, impuls elektromagnit, naklonometriklarning tavsiflari va narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash.

2022-yil 1-iyul

Jamg‘arma mablag‘lari

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi

2. Xarid qilinadigan jihozlarning ro‘yxatini shakllantirish.

2022-yil 1-avgust

3. Xarid qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritish.

2022-yil 1-sentabr

24.

Milliy seysmik kuzatuvlar tarmog‘ini Seysmologiya bo‘yicha birlashgan ilmiy-tadqiqot muassasalari (Incorporated Research Institutions for Seismology) global tarmog‘iga ulash.

1. Milliy seysmik kuzatuvlar tarmog‘ini Seysmologiya bo‘yicha birlashgan ilmiy-tadqiqot muassasalari global tarmog‘iga ulash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2022-yil 15-iyul

Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi mablag‘lari

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2. Milliy seysmik kuzatuvlar tarmog‘ini Seysmologiya bo‘yicha birlashgan ilmiy-tadqiqot muassasalari (Incorporated Research Institutions for Seismology) global tarmog‘iga ulash choralarini ko‘rish.

2022-yil 15-oktabr

VIII. Seysmologiya, bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi hamda seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasida oliy ma’lumotli, shuningdek, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni takomillashtirish

25.

“Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari” ro‘yxatini takomillashtirish.

1. “Asoslar, poydevor va yer osti inshootlari. Ko‘prik va transport tonnellari. Yo‘llar, metropolitenlar”, “Gruntlar va tog‘ jinslari mexanikasi” ixtisosliklarini xorijiy tajribani inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqish hamda ularning negizida “Geotexnika” ixtisosligini tashkil etish.

2022-yil 15-iyul

-

Oliy attestatsiya komissiyasi, Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari ro‘yxatiga “Seysmik xavfsizlik” ixtisosligini kiritish.

2022-yil 25-avgust

3. “Geotexnika” va “Seysmik xavfsizlik” ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish.

2022-yil 15-sentabr

26.

Namangan muhandislik-qurilish instituti hamda Farg‘ona politexnika instituti o‘qituvchilari va magistrantlarining Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida zilzilabardoshlik bo‘yicha amaliyot o‘tashi tizimini yo‘lga qo‘yish.

1. Amaliyot o‘tash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil 1-iyul

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti

2. Amaliyot o‘tashni tashkil etish.

doimiy

27.

Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti hamda Seysmologiya instituti faoliyat yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish.

1. Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti hamda Seysmologiya instituti faoliyati bo‘yicha tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash.

2022-yil 1-avgust

-

Vazirlar Mahkamasi, Fanlar akademiyasi, Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi

2. Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti hamda Seysmologiya instituti faoliyatini jahon andozalariga mos ravishda qaytadan tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2022-yil 15-noyabr

3. Vazirlar Mahkamasi qarori asosida yangidan qayta tashkil etilgan Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti hamda Seysmologiya instituti faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2023-yil 2-yanvar

IX. Seysmologiya, bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi hamda seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasida ilm-fanni rivojlantirish

28.

Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasi ilmiy yo‘nalishlarida fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar tanlovini o‘tkazish va moliyalashtirish.

1. Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasi muammolari ilmiy yechimiga qaratilgan takliflarni (tematik mavzularni) o‘rnatilgan tartibda shakllantirilib, Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etish.

2022-yil 1-avgust

Innovatsion rivojlanish vazirligining tanlovlari natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar

Innovatsion rivojlanish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Taqdim etilgan tematik mavzular asosida belgilangan tartibda loyihalar tanlovini e’lon qilish.

2022-yil 15-avgust

3. Tanlov shartlaridan o‘tgan loyihalarni moliyalashtirish

2022-yil 1-noyabr

29.

Zilzilada amaliy harakatlanishni o‘rgatishga mo‘ljallangan ko‘chma mobil zilzila simulyatorini yaratish mavzusida maqsadli innovatsion ilmiy-texnik loyihasini ishlab chiqish.

1. Z?lzilada amaliy harakatlanishni o‘rgatishga mo‘ljallangan ko‘chma mobil zilzila simulyatorini yaratish mavzusida innovatsion loyihani ishlab chiqish.

2022-yil 15-iyul

Innovatsion rivojlanish vazirligining tanlovlari natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

2. Loyihani Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etish.

2022-yil 15-avgust

X. Seysmologiya va inshootlar seysmik mustahkamligi sohasidagi ilmiy laboratoriyalar faoliyatini takomillashtirish hamda yangi ilmiy-o‘quv laboratoriyalar tashkil etish

30.

Seysmologiya instituti tarkibidagi “Axborot-tahlil markazi” shtat birliklari doirasida “Seysmik va seysmoprognostik ma’lumotlarning ilmiy tahlili” laboratoriyasini tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

1. Laboratoriya vazifalarini, istiqboldagi tadqiqotlarning yo‘nalishlarini, shtat jadvalini belgilash.

2022-yil 1-iyul

-

Fanlar akademiyasi, Seysmologiya instituti

2. Laboratoriyani tashkil etish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil 1-noyabr

31.

Seysmologiya instituti tarkibidagi “Yangibozor geofizik observatoriyasi” noyob obyekti asosida “Geofizik ilmiy tajriba observatoriya”sini tashkil qilish.

1. Observatoriya vazifalarini, istiqboldagi tadqiqotlarning yo‘nalishlarini, shtat jadvalini belgilash.

2022-yil 1-avgust

Fanlar akademiyasi, Seysmologiya instituti hamda Jamg‘arma mablag‘lari

Fanlar akademiyasi, Seysmologiya instituti

2. Observatoriyani zarur geofizik asbob-uskunalar bilan jihozlash.

2023-yil 1-avgust

32.

Namangan muhandislik-qurilish institutida “Bino va inshootlarni seysmik himoyalash” o‘quv-ilmiy laboratoriyasini tashkil etish.

1. Bino va inshootlarning zilzilabardoshlik bo‘yicha texnik holatini baholash, aktiv seysmik himoyalash usullari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishga mo‘ljallangan “Bino va inshootlarni seysmik himoyalash” o‘quv-ilmiy laboratoriyasini tashkil etish.

2022-yil 1-iyul

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Namangan muhandislik-qurilish instituti hamda Jamg‘arma mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2. Laboratoriyani zarur jihozlar bilan bosqichma-bosqich ta’minlash.

2022-2023-yillar davomida

33.

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida zilzilabardoshlik bo‘yicha o‘quv-ilmiy laboratoriya tashkil etish.

1. Gruntli inshootlar, suv omborlarining to‘g‘onlari, asos va poydevorlarni zilzilabardoshlik bo‘yicha zamonaviy raqamli hisoblash usullari va dasturlari (Plaxis, Ansys, Abaqus va boshqalar) yordamida baholashga mo‘ljallangan o‘quv-ilmiy laboratoriya tashkil etish.

2022-yil 1-iyul

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti hamda Jamg‘arma mablag‘lari

Suv xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2. Laboratoriyani zarur jihozlar bilan bosqichma-bosqich ta’minlash.

2022-2023-yillar davomida

XI. Seysmik mustahkamlikni oshiruvchi qurilish materiallarining yangi avlodini yaratish ishlarini kengaytirish

34.

Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini oshiruvchi yuqori qo‘shilgan qiymatli bazalt va shisha tolali lentalar ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish.

1. Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini oshiruvchi yuqori qo‘shilgan qiymatli bazalt va shisha tolali lentalar ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish.

2022-2023-yillar davomida

-

“O‘zsanoatqurilish-materiallari” uyushmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi

2. Tadqiqot natijalarini respublikaning seysmik faol hududlarida qurilayotgan turar-joy binolarida qo‘llash choralarini qo‘rish.

2023-yil 1-oktabr

3. Tadqiqot yakunlari bo‘yicha yaratilgan ishlanmalarni butun respublikada joriy etish bo‘yicha takliflarni Kengashga kiritish.

2023-yil 1-dekabr

35.

Ilg‘or arxitektura va dizaynerlik tamoyillariga asoslangan seysmik mustahkamlikni oshiruvchi “kelajak materiallari” nomenklaturasini ishlab chiqish.

1. Seysmik mustahkamlikni oshiruvchi “kelajak materiallari” nomenklaturasini ishlab chiqish uchun ishchi guruhni shakllantirish.

2022-yil 1-iyul

-

“O‘zsanoatqurilish-materiallari” uyushmasi

2. Xorijiy tajribani chuqur o‘rgangan holda seysmik mustahkamlikni oshiruvchi “kelajak materiallari” nomenklaturasini ishlab chiqish va Kengashga tasdiqlash uchun kiritish.

2023-yil 1-mart

36.

Seysmik mustahkamlikni oshiruvchi qurilish materiallarini yaratishga qaratilgan aniq yo‘nalishlarni belgilash.

1. Seysmik mustahkamlikni oshiruvchi qurilish materiallarini yaratishga qaratilgan aniq yo‘nalishlar doirasida innovatsion va ilmiy-amaliy tadqiqotlar tanlovini e’lon qilish.

2022-yil 1-iyul

Innovatsion rivojlanish vazirligining tanlovlari natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar

Innovatsion rivojlanish vazirligi, “O‘zsanoatqurilish-materiallari” uyushmasi, Fanlar akademiyasi

2. Ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasini tanlovga taqdim etish.

2022-yil 1-avgust

3. Tanlovda g‘olib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish choralarini ko‘rish.

2022-yil 1-dekabr

XII. Seysmik xavfsizlik sohasini raqamlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish

37.

Aholining barcha qatlamini zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan so‘ng to‘g‘ri harakat qilishga mustaqil o‘rgatish uchun mo‘ljallangan mobil ilovani yaratish.

1. Aholining barcha qatlamini zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan so‘ng to‘g‘ri harakat qilishga mustaqil o‘rgatish uchun mo‘ljallangan mobil ilovani yaratish uchun texnik topshiriqni ishlab chiqish.

2022-yil 1-iyun

Innovatsion rivojlanish vazirligining tanlovlari natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2. Ishlab chiqilgan mobil ilovani jamoatchilikka yetkazish choralarini ko‘rish.

2022-yil 1-avgust

38.

Respublika hududidagi seysmik maydonlar informativ xarakteristikalari asosida seysmik jarayonlarni kuzatish va prognozlash axborot tizimini ishlab chiqish.

1. Seysmik jarayonlarni kuzatish va prognozlash axborot tizim ishlab chiqish uchun ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish.

2022-yil 15-iyul

Jamg‘arma mablag‘lari

Fanlar akademiyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2. Texnik topshiriqlar, loyiha-smeta hujjatlari va ish rejasini ishlab chiqish.

2022-yil 15-dekabr

3. Respublika hududidagi seysmik maydonlar informativ xarakteristikalari asosida seysmik jarayonlarni kuzatish va prognozlash axborot tizimini ishlab chiqish.

2023-yil 1-dekabr

39.

O‘zbekiston Respublikasi viloyat shaharlari markazlarining raqamlashtirilgan seysmik mikrohududlashtirish xaritalarini ishlab chiqish.

1. Andijon, Namangan, Farg‘ona shaharlarining raqamlashtirilgan seysmik mikrohududlashtirish xaritalarini ishlab chiqish.

2. Toshkent, Guliston, Nurafshon, Jizzax shaharlarining raqamlashtirilgan seysmik mikrohududlashtirish xaritalarini ishlab chiqish.

3. Samarqand, Qarshi, Termiz, Buxoro shaharlarining raqamlashtirilgan seysmik mikrohududlashtirish xaritalarini ishlab chiqish.

4. Navoiy, Nukus, Urganch shaharlarining raqamlashtirilgan seysmik mikrohududlashtirish xaritalarini ishlab chiqish.

Reja-grafikka muvofiq

Jamg‘arma mablag‘lari

Fanlar akademiyasi, Seysmologiya instituti

40.

Bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uylarning zilzilabardoshligi bo‘yicha elektron texnik pasportlarini shakllantirib, bino va inshootlar elektron texnik pasportlarining yagona integratsiyalashgan platformasiga kiritish.

1. Vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan o‘zlariga qarashli bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasportini vizual tekshiruv asosida to‘liq shakllantirish.

2022-yil 25-iyul

-

Vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar

2. Bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uylarning zilzilabardoshlik bo‘yicha elektron texnik pasportlarini yagona integratsiyalashgan platformaga kiritish.

2023-yil 1-mart

XIII. Seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasiga kosmik tadqiqotlarni keng joriy etish

41.

O‘zbekiston Respublikasidagi seysmik jarayonlarni (faol, o‘rta faol va tinch hududlar) hamda maydonlarni o‘zida mujassamlashtirgan interaktiv onlayn xarita ishlab chiqish.

1. Respublikadagi eng seysmik faol, o‘rta faol va tinch hududlarni aniqlash.

2022-yil 25-iyul

Jamg‘arma mablag‘lari

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi, Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

2. Texnik topshiriqlar, loyiha-smeta hujjatlari va ish rejasini ishlab chiqish.

2022-yil 1-avgust

3. Respublikadagi eng seysmik faol, o‘rta faol va tinch hududlar hamda maydonlarni o‘zida mujassamlashtirgan interaktiv onlayn xaritani ishlab chiqish.

2022-yil 1-dekabrga qadar

42.

Seysmik faol zonalardagi bino va inshootlar joylashgan maydonlarning zilzilalar oqibatida deformatsiyasi, siljishi, cho‘kishi kabi omillarni ko‘rsatib beruvchi radiolokatsion kosmik monitoring tizimini ishlab chiqish.

1. Ijodiy jamoani tuzish. Tahliliy materiallarni o‘rganish.

2022-yil 1-iyul

Jamg‘arma mablag‘lari

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Texnik topshiriqlar, loyiha-smeta hujjatlari va ish rejasini ishlab chiqish.

2022-yil 25-iyul

3. Seysmik faol zonalarda joylashgan bino va inshootlar maydonining zilzilalar oqibatida deformatsiyasi, siljishi, cho‘kishi kabi omillarni ko‘rsatib beruvchi radiolokatsion kosmik monitoring tizimini joriy etish.

2023-yil 1-avgust

43.

Suv omborlari to‘g‘onlarining zilzilabardoshligini doimiy kosmik monitoring qilish tizimini joriy etish.

1. Ijodiy jamoani tuzish. Tahliliy materiallarni o‘rganish.

2023-yil 15-yanvar

Jamg‘arma mablag‘lari

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

2. Texnik topshiriqlar, loyiha-smeta hujjatlari va ish rejasini ishlab chiqish.

2023-yil 1-fevral

3. Suv omborlari to‘g‘onlarining seysmik mustahkamligi darajasini doimiy kosmik monitoring qilish tizimini joriy etish.

2023-yil 1-may

45.

Zilzila natijasida to‘g‘on o‘pirilishi oqibatida qutqaruv ishlarini tashkillashtirishda tegishli vazirlik va idoralarni zarur kosmik suratlar hamda ishlov berilgan ma’lumotlar bilan ta’minlash tizimini ishlab chiqish.

1. Ijodiy jamoani tuzish. Obyekt bo‘yicha fond materiallarini o‘rganish.

2. Texnik topshiriqlar, loyiha-smeta hujjatlari va ish rejasini ishlab chiqish.

3. Vazirlik va idoralarni zarur kosmik suratlar hamda ishlov berilgan ma’lumotlar bilan ta’minlash tizimini yaratish.

2023-yil 1-aprelga qadar

Jamg‘arma mablag‘lari

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

XIV. Seysmologiya, bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi hamda seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasida zamonaviy o‘quv adabiyotlari tayyorlashni takomillashtirish

46.

Aktiv seysmik himoya qurilmalarini qo‘llash va yasash bo‘yicha qisqa o‘quv kurslarini tashkil etish hamda aktiv seysmik himoya qurilmalarini qo‘llash va loyihalash bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqish.

1. Aktiv seysmik himoya qurilmalarni qo‘llash va yasash bo‘yicha chet el mutaxassislarini jalb qilgan holda qisqa o‘quv kurslarini tashkil etish.

2022-yil 20-sentabr

Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Fanlar akademiyasi, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, Qurilish vazirligi

2. Sohadagi yetuk mutaxassis va olimlarni keng jalb qilgan holda ishchi guruhni shakllantirish.

2022-yil 20-noyabr

3. Uslubiy qo‘llanmani ishlab chiqish va qo‘llash uchun Qurilish vazirligiga topshirish.

2023-yil 20-avgust

47.

Seysmik faol hududlarda quriladigan ko‘p qavatli binolarni hisoblash bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqish.

Ilmiy asoslangan amaliy tavsiyanomalarni ishlab chiqish, muhokama qilish va ularni Qurilish vazirligining Ilmiy texnik kengashiga topshirish.

2023-yil 15-mart

Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Fanlar akademiyasi, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, Qurilish vazirligi

48.

Zamonaviy ilm-fan yutuqlarini inobatga olgan holda “Muhandislik seysmologiya asoslari”, “Umumiy seysmologiya” va “Instrumental seysmologiya” fanlaridan o‘zbek va rus tillarida darsliklar chop etish.

1. Xorijiy ilg‘or tajribani o‘rganish.

2022-yil 1-iyul

Seysmologiya institutining budjet va budjetdan tashqari mabl?g‘lari

Fanlar akademiyasi, Seysmologiya instituti, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2. Zamonaviy ilm-fan yutuqlarini inobatga olgan holda “Muhandislik seysmologiya asoslari”, “Umumiy seysmologiya” va “Instrumental seysmologiya” fanlaridan o‘zbek va rus tillarida darsliklarni tayyorlash.

2022-yil 20-iyul

3. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan guvohnoma olish va darsliklarni chop etish.

2022-yil 1-dekabr

49.

Zamonaviy asbob-uskunalar yordamida bino va inshootlardagi mavjud yashirin shikastlanishlar va yoriqlarni buzmasdan turib aniqlash usullarini ishlab chiqish.

1. Soha olimlari va mutaxassislarini jalb qilgan holda ishchi guruhini shakllantirish.

2022-yil 1-avgust

Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Fanlar akademiyasi, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti

2. Xorijiy tajribani o‘rgangan holda bino va inshootlardagi mavjud yashirin shikastlanishlarni buzmasdan turib aniqlash usullarini ishlab chiqish hamda ushbu usullar asosida uslubiy qo‘llanma chop etish.

2023-yil 1-dekabr

50.

“Bino va inshootlar zilzilabardoshligi” hamda “Gruntlar mexanikasi zamin va poydevorlar” fanlaridan zamonaviy darslik chop etish.

1. Xorijiy ilg‘or tajribani o‘rganish.

2022-yil 1-noyabr

Toshkent arxitektura qurilish institutining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Toshkent arxitektura qurilish instituti, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2. “Bino va inshootlar zilzilabardoshligi” hamda “Gruntlar mexanikasi zamin va poydevorlar” fanlaridan zamonaviy darsliklarni tayyorlash.

2023-yil 15-aprel

3. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan guvohnoma olish va darsliklarni chop etish.

2023-yil 1-iyun

51.

“Bino va inshootlarda aktiv seysmik himoya vositalarini qo‘llash” bo‘yicha zamonaviy o‘quv qo‘llanma chop etish.

1. Xorijiy ilg‘or tajribani o‘rganish.

2022-yil 15-iyun

Namangan muhandislik-qurilish institutining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Namangan muhandislik-qurilish instituti

2. “Bino va inshootlarda aktiv seysmik himoya vositalarini qo‘llash” bo‘yicha zamonaviy o‘quv qo‘llanmani tayyorlash va chop etish.

2023-yil 1-aprel

52.

“Gidrotexnika inshootlarining seysmik mustahkamligi” fanidan zamonaviy darslik chop etish.

1. Xorijiy ilg‘or tajribani o‘rganish.

2022-yil 1-iyul

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti

2. “Gidrotexnika inshootlarining seysmik mustahkamligi” fanidan zamonaviy darslikni tayyorlash.

2022-yil 1-sentabr

3. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan guvohnoma olish va darslikni chop etish.

2023-yil 1-may

53.

“Ko‘priklar, tonnellar va yo‘lo‘tkazgichlarning zilzilabardoshligi” fanidan o‘zbek va rus tillarida darslik chop etish.

1. Xorijiy tajribani o‘rganish.

2022-yil 15-avgust

Toshkent davlat transport universitetining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Transport vazirligi, Toshkent davlat transport universiteti

2. “Ko‘priklar, tonnellar va yo‘lo‘tkazgichlarning zilzilabardoshligi” fanidan o‘zbek va rus tillarida darsliklarni tayyorlash.

2023-yil 15-fevral

3. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan guvohnoma olish va darsliklarni chop etish.

2023-yil 15-may

54.

Respublikamiz va xorijda qo‘llanilayotgan seysmik mustahkamlikni oshiruvchi yangi qurilish materiallarining xususiyatlarini to‘liq ochib beruvchi zamonaviy o‘quv uslubiy qo‘llanma chop etish.

1. Xorijiy ilg‘or tajribani o‘rganish.

2022-yil 1-iyul

Toshkent arxitektura qurilish institutining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

“O‘zsanoatqurilish-materiallari” uyushmasi, Toshkent arxitektura qurilish instituti

2. Seysmik mustahkamlikni oshiruvchi yangi qurilish materiallarining xususiyatlarini to‘liq ochib beruvchi o‘quv qo‘llanmani tayyorlash va chop etish.

2023-yil 1-may

55.

“Seysmologiya muammolari” hamda “Mexanika muammolari” O‘zbekiston jurnallarining samaradorligini oshirish.

1. Tahririyat kengashini xorijiy olimlar bilan to‘ldirgan holda qayta ko‘rib chiqish.

2022-yil 15-iyul

Seysmologiya, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutlarining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Fanlar akademiyasi, Seysmologiya instituti, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti

2. Jurnal nizomi va maqolalarga qo‘yiladigan talablarni jahon andozalari darajasida ishlab chiqish.

2022-yil 15-avgust

3. “Seysmologiya muammolari” hamda “Mexanika muammolari” O‘zbekiston jurnallarining alohida veb-saytini yaratish va doimiy faoliyatini tashkil etish.

2022-yil 15-dekabr

4. “Seysmologiya muammolari” hamda “Mexanika muammolari” O‘zbekiston jurnallarini xalqaro umum e’tirof etilgan jurnallar bazasiga kiritish.

doimiy

XV. Seysmologiya, bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi hamda seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi kadrlarning xorijda malakasini oshirish va qayta tayyorlash

56.

Aholini zilziladan himoya qilish va ularni harakat qilishga o‘rgatish, shuningdek, seysmoprognostik monitoring sohasidagi ilg‘or tajribani o‘rganish maqsadida xorijiy stajirovkalar tashkil etish.

1. Xorijiy ilg‘or tajribani o‘rganishga yuborish uchun soha xodimlari va Kengash a’zolaridan iborat delegatsiyani shakllantirish va Jamg‘arma kengashiga taqdim etish.

2022-yil 1-avgust

Jamg‘arma mablag‘lari

Favqulodda vaziyatlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Xodimlarni ushbu soha rivojlangan davlatlarga stajirovka o‘tash uchun yuborish va ularning malakasini oshirish.

2022-2023-yillar

57.

Seysmologiya, bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi sohasidagi ilg‘or tajribani o‘rganish maqsadida xorijiy stajirovkalar tashkil etish.

1. Xorijiy ilg‘or tajribani o‘rganishga yuborish uchun soha xodimlari va Kengash a’zolaridan iborat delegatsiyani shakllantirish va Jamg‘arma kengashiga taqdim etish.

2022-yil 1-avgust

Jamg‘arma mablag‘lari

Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Xodimlarni ushbu soha rivojlangan davlatlarga stajirovka o‘tash uchun yuborish va ularning malakasini oshirish.

2022-2023-yillar

58.

Zilzilabardosh qurilish sohasida loyihalash, qurish va qurilish sifatini nazorat qilish usullarini o‘rganish maqsadida xorijiy stajirovkalar tashkil etish.

1. Xorijiy ilg‘or tajribani o‘rganishga yuborish uchun soha xodimlari va Kengash a’zolaridan iborat delegatsiyani shakllantirish va Jamg‘arma kengashiga taqdim etish.

2022-yil 1-avgust

Jamg‘arma mablag‘lari

Qurilish vazirligi, Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Xodimlarni ushbu soha rivojlangan davlatlarga stajirovka o‘tash uchun yuborish va ularning malakasini oshirish.

2022-2023-yillar

59.

Seysmik xavfsizlik sohasida malakali kadrlarni tayyorlash sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish maqsadida stajirovkalar tashkil etish.

1. Xorijiy ilg‘or tajribani o‘rganishga yuborish uchun soha xodimlari va Kengash a’zolaridan iborat delegatsiyani shakllantirish va Jamg‘arma kengashiga taqdim etish.

2022-yil 1-iyul

Jamg‘arma mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent arxitektura qurilish instituti, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti, Namangan muhandislik-qurilish instituti, Farg‘ona politexnika instituti

2. Xodimlarni ushbu soha rivojlangan davlatlarga stajirovka o‘tash uchun yuborish va ularning malakasini oshirish.

2022-2023-yillar

60.

Yuksak ilmiy natijalarga erishgan, shuningdek, fan rivojiga munosib hissa qo‘shgan olimlarni, shu jumladan yosh ilmiy xodimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni moddiy rag‘batlantirish.

1. Seysmologiya, bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi hamda seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasida faoliyat olib borayotgan hamda yuksak natijalarga erishgan xodimlar ro‘yxatini shakllantirish.

Har yili 1-avgustga qadar

Jamg‘arma mablag‘lari

Vazirlar Mahkamasi, Fanlar akademiyasi, Qurilish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Jamg‘arma kengashi tomonidan munosib deb topilgan xodimlarni moddiy rag‘batlantirish.

doimiy

61.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xodimlarining oylik ish haqlarini oshirish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqish.

1. Soha xodimlarining ish haqlari to‘g‘risida tahliliy ma’lumotlar tayyorlash.

2022-yil 15-iyul

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Moliya vazirligi

2. Tayyorlangan tahliliy ma’lumotlar asosida Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xodimlarining oylik ish haqlarini oshirish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2022-yil oxiriga qadar

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-177-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2025-y., 06/25/177/0880-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi PF-144-son Farmoniga

3-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5392-son Farmonining 4-bandi quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi hududida qurilayotgan binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rish, seysmik xavfsizlikning ta’minlanishini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash hamda nazorat qilish”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2789-son qarorining 1-bandi quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini rivojlantirish”.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi PF-72-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.05.2023-y., 06/23/72/0283-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4794-son qarorining 5-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagi mazmundagi o‘n beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasida ilmiy tadqiqotlarni va kuzatuvlarni olib borayotgan tashkilot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) o‘n beshinchi xatboshi tegishlicha o‘n oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.05.2022-y., 06/22/144/0457-son; 19.05.2023-y., 06/23/72/0283-son; 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son; 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son; 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son; 30.09.2025-y., 06/25/177/0880-son)