30.05.2022 yildagi PQ-263-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarga zamonaviy axborot-texnologiyalarini joriy qilish orqali ularni raqamlashtirish, buning natijasida aholiga xizmat koʻrsatish sifatini yanada kuchaytirish va bir qator sohalar vakillari faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bugungi kunda ushbu yoʻnalishda belgilangan vazifalar amalga oshirilishining tizimliligi va izchilligini taʼminlash, buning doirasida advokatura faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish orqali jismoniy va yuridik shaxslarga yuridik yordam koʻrsatishni yangi bosqichga olib chiqish zarurati mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Advokatura faoliyatida ortiqcha sansalorlik, byurokratiya hamda qogʻozbozlikka chek qoʻyish, uning faoliyatida sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari bilan elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish maqsadida, shuningdek, 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning ustuvor vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va inson omilini bartaraf etish orqali advokatura institutining davlat organlari va boshqa tuzilmalardan mustaqilligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarning tezkorlik bilan olinishini taʼminlash maqsadida advokatura, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa davlat organlari oʻrtasida elektron maʼlumot almashinuvini samarali yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlar tomonidan maxsus axborot dasturi orqali jismoniy va yuridik shaxslarga onlayn yuridik yordam koʻrsatish imkoniyatlarini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatura faoliyati uchun zarur axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalari va boshqa dasturiy mahsulotlarni shakllantirish hamda ularda saqlanadigan maʼlumotlarning kompleks himoya qilinishi va maxfiyligini taʼminlash choralarini koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2023-yil 1-yanvardan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqi uchun litsenziya berish, talabgor tomonidan malaka imtihonini topshirishining amaldagi tartibi saqlangan holda, “Litsenziya” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi va rasmiylashtirib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorning malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganligi haqidagi qaror va tegishli hujjatlar “Litsenziya” axborot tizimi orqali rasmiylashtiriladi va advokatlarning elektron reyestriga kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorga advokatlik litsenziyasini olish uchun tegishli adliya organiga murojaat qilmasdan istalgan vaqtda “Litsenziya” axborot tizimi orqali olish imkoniyati yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilgan yoki tugatilgan holatlar “Litsenziya” axborot tizimida avtomatik ravishda qayd etib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali “yagona darcha” tamoyili asosida faqat elektron tarzda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish (hisobga olish), qayta roʻyxatdan oʻtkazish va tugatish (hisobdan chiqarish) uchun zarur hujjatlar elektron tarzda Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlik tuzilmalarining taʼsis hujjatlarini adliya organining muhri bilan tasdiqlash, “roʻyxatdan oʻtkazilgan” belgisini qoʻyish amaliyoti bekor qilinib, ularga elektron QR-kod va identifikatsiya raqamlarini berish tartibi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlik tuzilmasi nomini roʻyxatdan oʻtkazishda bir xil yoki oʻxshash nomlarning yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumot onlayn tarzda olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) advokatlik faoliyatini boshlashda malaka imtihonini topshirish, advokatlik faoliyati uchun litsenziya olish va advokatlik byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha kompozit xizmat koʻrsatish imkoniyati yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka imtihonini topshirish uchun tegishli hujjatlarning qogʻoz shaklini talabgordan olish tartibi bekor qilinadi va ularni elektron tarzda yuborish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokat maqomiga ega boʻlishga talabgorning belgilangan talablarga mosligini tekshirgan holda imtihon vaqti va joyi haqida elektron xabar berish tartibi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlik guvohnomasini maxsus QR-kod qoʻyilgan holda berish tartibi joriy etilib, bu orqali advokatning maqomi haqida maʼlumot olish imkoniyati yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi (R. Davletov) uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishning (hisobga olishning) amaldagi tartibini qayta koʻrib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) bilan birgalikda mazkur bandda nazarda tutilgan tartibni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish hamda zarur boʻlgan tashkiliy-texnik tadbirlarni bajarish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Adliya vazirligining 2023-yil 1-yanvardan fuqarolarga yuridik yordam koʻrsatish jarayonlarini raqamlashtirish, advokatura sohasini sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa davlat organlari faoliyati bilan integratsiya qilishni nazarda tutuvchi “Yuridik yordam” axborot tizimini ishga tushirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, “Yuridik yordam” axborot tizimi doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlar elektron reyestri va advokatlarning shaxsiy elektron kabineti shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatning shaxsiy elektron kabineti orqali jismoniy va yuridik shaxslar bilan onlayn muloqot qilish, elektron raqamli imzodan foydalangan holda ishonch bildiruvchi shaxs xohishiga asosan masofadan turib yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida onlayn bitimlar (shartnomalar) tuzish va onlayn yuridik yordam koʻrsatish imkoniyati yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatura, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari oʻrtasida elektron hujjatlar almashinuvi yoʻlga qoʻyiladi (bundan qonun bilan muhofaza qilinadigan sirni tashkil etuvchi axborotlar mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov harakatlari yoki sud majlisi oʻtkazilish vaqti va joyi toʻgʻrisida advokatga elektron xabar berish imkoniyati yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokat soʻrovini elektron yuborish va advokat soʻrovi asosida yuridik yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatning oʻz arizasiga koʻra advokatlik maqomini toʻxtatib turish elektron tarzda advokat tomonidan xabarnoma berish shaklida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2023-yil 1-fevraldan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) advokatlik tuzilmalari tomonidan advokatlarga muayyan ishni olib borish uchun beriladigan anʼanaviy shakldagi order (keyingi oʻrinlarda — order) maqomiga teng boʻlgan maxsus QR-kod qoʻyilgan “Elektron advokatlik orderi”ni berish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlik tuzilmasi tomonidan ishonch bildiruvchi shaxs bilan tuzilgan barcha shartnomalarning faqat rekvizitlari (shartnoma raqami va uning tuzilgan sanasi) toʻgʻridan-toʻgʻri “Yuridik yordam” axborot tizimiga kiritiladi va bu QR-kod qoʻyilgan “Elektron advokatlik orderi”ni olish uchun asos boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokat soʻrovi yuborilgan davlat organi yoki tashkilot, tegishli ishni koʻrib chiqayotgan sud yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ tomonidan advokatning muayyan ishga vakolatliligini aniqlash muqobil ravishda QR-kod qoʻyilgan “Elektron advokatlik orderi” orqali ham amalga oshirilishi imkoniyati yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) order muqobillik asosida qogʻoz shaklda rasmiylashtirilganida, ushbu order haqidagi maʼlumotni “Yuridik yordam” axborot tizimiga kiritish majburiy hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) advokat soʻrovi shakliga qoʻyilgan talablar, shu jumladan unga orderning koʻchirma nusxasini ilova qilish, orderni qayd etish daftarini yuritish talablari bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki, “Yuridik yordam” axborot tizimi joriy etilishi munosabati bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat hisobidan advokatlarni ishga jalb etish inson omilisiz, elektron tartibda tasodifiy tanlash yoʻli bilan aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlarning onlayn malaka oshirishini tashkil etish va malaka oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlarni elektron shaklda berish tartibi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlik tuzilmalaridan statistik maʼlumotlarni anʼanaviy shaklda yigʻish bekor qilinib, statistik maʼlumotlar avtomatik ravishda umumlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi (R. Davletov) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) bilan birgalikda 2023-yil 1-yanvarga qadar “Yuridik yordam” axborot tizimi faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasi tasdiqlanishini, mazkur tizimning ishga tushirilishini, shuningdek, uning maxsus mobil ilovasi yaratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi “Yuridik yordam” axborot tizimining boshqa axborot-kommunikatsiya tizimlari bilan integratsiya qilinishi, uning uzluksiz ishlashi, axborot xavfsizligi taʼminlanishi hamda advokatlik siri oshkor etilmasligini taʼminlash uchun masʼul davlat boshqaruvi organi etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Yuridik yordam” axborot tizimini ishga tushirish, unga texnik xizmat koʻrsatish va uni qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlar Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirilishi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Adliya vazirligi Advokatlar palatasi bilan birgalikda 2022-yil 1-noyabrga qadar “Yuridik yordam” axborot tizimi joriy etilishi munosabati bilan advokatlarning kasbiy tayyorgarligi va malaka oshirish dasturlariga advokatlarning raqamli savodxonligini va malakasini oshirish, ularni axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi boʻyicha oʻqitish masalalarini kiritish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib adliya vaziri R.Q. Davletov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi B.D. Islamov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 30-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-263-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.05.2022-y., 07/22/263/0456-son)