20.05.2022 yildagi 2122-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma qarori, 20.05.2022 yildagi 2122-IV-son
Kuchga kirish sanasi
20.05.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻshma qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi doirasida oʻtgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalari tubdan isloh qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat va davlat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini va inson huquqlarini taʼminlash, iqtisodiyotni liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur islohotlar natijasida mamlakatimizda Yangi Oʻzbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-maʼrifiy asoslari yaratildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar natijadorligini oshirish koʻp jihatdan yangilanishlarning konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamlash, jamiyat va davlat boshqaruvi sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirishni taqozo etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan yili boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayonida keng jamoatchilik tomonidan Bosh qomusimizga oʻzgartirishlar kiritish, uni bugungi kun talablari darajasiga olib chiqish borasida koʻplab takliflar ilgari surilgan edi. Bular xalqimizning mamlakatda boʻlayotgan keng koʻlamli oʻzgarishlarga befarq emasligini, islohotlarning faol ishtirokchisi boʻlishga intilayotganligini yaqqol koʻrsatdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning lavozimiga kirishish marosimidagi nutqi va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligiga bagʻishlangan bayram tabrigida ham oʻz aksini topgan edi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh qomusimizda “inson — jamiyat — davlat”, “Yangi Oʻzbekiston — ijtimoiy davlat” tamoyillarini mustahkamlash, iqtisodiy islohotlar jarayonida inson manfaatlarini taʼminlash bosh mezon boʻlishini taʼminlash, xususiy mulk daxlsizligini, yerga egalik qilish huquqini, fuqarolik jamiyati institutlarining oʻrnini konstitutsiyaviy darajaga koʻtarish kabi masalalar tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan keng koʻlamli vazifalar, xalqparvar davlatni barpo etish, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada samarali taʼminlash kabi maqsadlar mamlakatimizdagi tub islohotlarga mos yangi konstitutsiyaviy-huquqiy makonni yaratish zaruratini yuzaga keltirmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shularni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi hamda Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini yanada takomillashtirish masalasi partiyalarning maqsad va vazifalari hamda saylovoldi dasturlari bilan hamohang ekanligidan kelib chiqib konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish tashabbusini ilgari surishmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi va Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining mamlakatimizda konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish boʻyicha tashabbusi qoʻllab-quvvatlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha Konstitutsiyaviy komissiya (bundan buyon matnda Konstitutsiyaviy komissiya deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha Konstitutsiyaviy komissiya toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Konstitutsiyaviy komissiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda oʻz tashkiliy yigʻilishini oʻtkazib, belgilangan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha komissiya aʼzolari oʻrtasidagi vazifalar taqsimotini belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga qaratilgan takliflarni olish, umumlashtirish va ularga javob qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom loyihasini ishlab chiqsin hamda uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari Kengashlariga tasdiqlash uchun kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bu boradagi tashkiliy-huquqiy ishlarni samarali va puxta amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida oʻz ish rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyatiga ilmiy-tadqiqot muassasalari, tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislari, shuningdek soha ekspertlarini keng jalb qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon davlatlari konstitutsiyaviy tajribasini chuqur va har tomonlama oʻrgansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keng jamoatchilik fikri, jahon konstitutsiyaviy tajribasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan har tomonlama asoslantirilgan qonun loyihasini tayyorlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda ushbu qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari Kengashlariga koʻrib chiqish uchun taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Konstitutsiyaviy komissiyaning matbuot xizmati tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Matbuot xizmati (O. Tojiyev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimizda konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish bilan bogʻliq ishlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalari, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha Konstitutsiyaviy komissiya faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. Saidov va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 20-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2122-IV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 20-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KQ-347-IV-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 20-maydagi 2122-IV/KQ-347-IV-sonli Qoʻshma qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha Konstitutsiyaviy komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Konstitutsiyaviy komissiya raisi

1.

Saidov Akmal Xolmatovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari

Konstitutsiyaviy komissiya raisining oʻrinbosarlari

2.

Kamalov Murat Kallibekovich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari

3.

Xaitov Aktam Axmadovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari

4.

Qodirov Alisher Keldiyevich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari

5.

Burxanov Kutbidin Nukritdinovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining raisi

Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari

6.

Tojiyev Odiljon Fotihjon oʻgʻli

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari, Konstitutsiyaviy komissiya matbuot kotibi

7.

Ibragimova Zuxra Ametovna

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari

8.

Inoyatov Ulugʻbek Ilyasovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari

9.

Gapporov Xayrillo Lutpillayevich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari

10.

Shirinov Djahongir Djabborovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining raisi

11.

Nazarov Sharofiddin Xakimovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasining raisi

12.

Salixov Erkin Tagirovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining raisi

13.

Abdullayev Ilhom Zoirovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining raisi

14.

Kadirxanova Malika Akbarovna

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasining raisi

15.

Tajiyev Baxadir Sadullayevich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasining raisi

16.

Umarov Nariman Madjitovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitasining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasining raisi

17.

Alixanov Boriy Batirovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Orol boʻyicha mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasining raisi

18.

Polvanov Shuxrat Tagaymuratovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

19.

Djoʻrayev Qodir Asadovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

20.

Kudratov Inomjon Sattarkulovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

21.

Choʻlliyev Shuxrat Askarovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Yigʻma axborot-tahlil guruhi aʼzosi

22.

Bekmurodov Bobur Mansurovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasining aʼzosi

23.

Pak Viktor Nikolayevich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasining aʼzosi

24.

Shadmanov Adxam Xursanbayevich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining aʼzosi

25.

Xusanova Muxtabar Akbarovna

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining aʼzosi, Yigʻma axborot-tahlil guruhi aʼzosi

26.

Kompolshik Elena Aleksandrovna

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining aʼzosi

27.

Aripov Davron Raximovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining aʼzosi

28.

Karimov Tulkinjon Payziyevich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining aʼzosi

29.

Xudayberdiyev Zafar Raximovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining aʼzosi

30.

Raxmankulov Mir-Akbar Xodji-Akbarovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining aʼzosi

31.

Marufova Gulnora Maxmudovna

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasining aʼzosi

32.

Rafikov Kudratilla Mirsagatovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining aʼzosi

33.

Turdiyev Sodiqjon

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasining aʼzosi

34.

Xalmuradov Rustam Ibragimovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasining aʼzosi

35.

Annaklicheva Gulistan Axmedovna

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasining aʼzosi

36.

Pardayev Nusuratulla Markayevich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasining aʼzosi

37.

Najmiddinov Ikromxon Xoshimxonovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar, suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasining aʼzosi

38.

Boʻtayeva Baxtigul Abraxmatovna

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasining aʼzosi

39.

Artukbayeva Xaytxan

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasining aʼzosi

40.

Irkayev Abduraxim Pandjiyevich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasining aʼzosi

41.

Orziyeva Dilbar Adizovna

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasining aʼzosi

42.

Mirakulov Mirafzal Mirodilovich

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Huquq yoʻnalishidagi ilmiy-texnik Kengash raisining oʻrinbosari, Yigʻma axborot-tahlil guruhi rahbari

43.

Xakimov Raxim Rasuljonovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari, Yigʻma axborot-tahlil guruhi aʼzosi

44.

Muxtorov Nodir Ilxomjonovich

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarma boshligʻi, Yigʻma axborot-tahlil guruhi aʼzosi

45.

Ismailova Gulnoza Saydiganixodjayevna

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori, Yigʻma axborot-tahlil guruhi aʼzosi

46.

Abidxoʻjayev Umid Kutpitdinovich

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining direktori, Yigʻma axborot-tahlil guruhi aʼzosi

47.

Rustambayev Mirzayusup Xakimovich

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining boshligʻi

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi, Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 31-maydagi 2178-IV/KQ-356-IV-sonli Qoʻshma qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 20-maydagi 2122-IV/KQ-347-IV-sonli Qoʻshma qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha Konstitutsiyaviy komissiya toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha Konstitutsiyaviy komissiyaning (bundan buyon matnda Konstitutsiyaviy komissiya deb yuritiladi) asosiy vazifalari va vakolatlarini, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konstitutsiyaviy komissiyaning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni shakllantirish hamda tegishli qonun loyihasini ishlab chiqishdan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Konstitutsiyaviy komissiya oʻz faoliyati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari Kengashlari (bundan buyon matnda Oliy Majlis palatalari Kengashlari deb yuritiladi) oldida hisobdordir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Konstitutsiyaviy komissiya oʻz faoliyatini ochiq va oshkora tarzda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Konstitutsiyaviy komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari, davlat organlari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining vakillaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Konstitutsiyaviy komissiya tarkibiga oʻzgartish va qoʻshimchalar Oliy Majlis palatalari Kengashlarining Qoʻshma qarori bilan kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Konstitutsiyaviy komissiyaning asosiy vazifalari va vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Konstitutsiyaviy komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda jamoatchilikning takliflarini yigʻish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni umumlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha yakuniy takliflarni shakllantirib, tegishli qonun loyihasini ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy komissiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Konstitutsiyaviy komissiyaning vakolatlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy komissiya faoliyatini taʼminlash uchun davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan qonun loyihasini tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallarni, statistika maʼlumotlarini hamda oʻzga maʼlumotlarni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy va boshqa tashkilotlarning, olimlar hamda mutaxassislarning qonun loyihasi yuzasidan maslahatlari va tavsiyalarini, shuningdek ekspertlarning xulosalarini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklarning, davlat qoʻmitalarining yoki idoralarning, boshqa manfaatdor davlat organlarining, ilmiy va boshqa tashkilotlarning, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlarining vakillarini ekspert sifatida Konstitutsiyaviy komissiya faoliyatiga jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan jamoatchilikning va ekspertlarning takliflarini olish, umumlashtirish, jamoatchilik muhokamasiga chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoatchilikdan kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqish jarayonida aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish boʻyicha tegishli davlat organlariga takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Oliy Majlis palatalariga axborot kiritib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy komissiyaning faoliyati toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarini xabardor qilib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy komissiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Konstitutsiyaviy komissiya faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Konstitutsiyaviy komissiyaning raisi Konstitutsiyaviy komissiya faoliyatiga rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy komissiya raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy komissiyaning vakolatiga taalluqli boʻlgan masalalarni uning yigʻilishida koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy komissiyaning yigʻilishini chaqiradi va unda raislik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy komissiyaning qarorlarini tasdiqlaydi va ularning ijro etilishiga doir ishlarni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy komissiyaning aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy komissiyaning aʼzolari zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishiga doir ishlarni muvofiqlashtirib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy komissiya raisi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Konstitutsiyaviy komissiya raisining oʻrinbosarlari Konstitutsiyaviy komissiya qarorlarining ijro etilishini nazorat qiladi, amalga oshirilgan ishlarning holati haqida Konstitutsiyaviy komissiya raisiga axborot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy komissiya raisining oʻrinbosarlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy komissiya raisi yoʻqligida uning vazifalarini Konstitutsiyaviy komissiya raisining oʻrinbosarlaridan biri bajarib turadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Konstitutsiyaviy komissiya faoliyatining tashkiliy shakli uning yigʻilishidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy komissiya yigʻilishi, agar unda Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolarining yarmidan koʻpi ishtirok etayotgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Konstitutsiyaviy komissiyaning yigʻilishlari Komissiya raisi tomonidan zaruratga qarab, biroq oʻn kunda kamida bir marotaba chaqiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Konstitutsiyaviy komissiyaning barcha aʼzolari teng huquqqa va qaror qabul qilishda bittadan ovozga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Konstitutsiyaviy komissiya oʻz vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan tavsiyaviy xususiyatga ega qarorlar qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy komissiyaning qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy komissiyaning qarorlari Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy komissiyaning raisi oxirgi boʻlib ovoz beradi va ovozlar teng boʻlib qolsa, uning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Konstitutsiyaviy komissiyaning zimmasiga yuklatilgan vazifalar lozim darajada bajarilishini taʼminlash maqsadida yigʻma axborot-tahlil guruhi tuziladi. Yigʻma axborot-tahlil guruhi Konstitutsiyaviy komissiyaning kotibiyati vazifasini bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy komissiya faoliyatiga koʻmaklashish maqsadida tegishli sohada katta nazariy va amaliy tajribaga ega boʻlgan shaxslardan iborat tarkibda ishchi guruhlar shakllantirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kelib tushgan takliflar dastlab ishchi guruhlar muhokamasidan oʻtkazilib, ularning xulosasi olingandan soʻng Konstitutsiyaviy komissiyaning yigʻilishida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy komissiya koʻrib chiqilgan takliflar boʻyicha tegishli qarorlar qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Konstitutsiyaviy komissiya faoliyatining ommaviy axborot vositalarida yoritish tasdiqlangan media-reja asosida uning Matbuot xizmati tomonidan tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Konstitutsiyaviy komissiyaga takliflar ogʻzaki, yozma yoki elektron shaklda berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Konstitutsiyaviy komissiyaning yigʻilishlariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari, Oliy Majlis palatalari devonlarining xodimlari, shuningdek koʻrib chiqilayotgan masalaga aloqador boʻlgan davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, olimlar, mutaxassislar va ommaviy axborot vositalari taklif etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Konstitutsiyaviy komissiya Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha tegishli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni rasmiy eʼlon qilingandan soʻng oʻz faoliyatini tugatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy komissiya faoliyati Oliy Majlis palatalari Kengashlarining Qoʻshma qarori bilan muddatidan ilgari tugatilishi mumkin.