25.05.2022 yildagi PQ-259-son
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-201-son qarori bilan 2023-yil 1-martdan boshlab milliy sport turlari bo‘yicha uch bosqichli umumrespublika sport musobaqalarini o‘tkazish tizimi joriy qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

T/r

Yo‘nalishlar

Amalga oshirish mexanizmlari

Amalga oshirish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

1.

Aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, o‘smirlar va yoshlarning etnosport turlari bilan shug‘ullanishga qiziqishini oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, etnosport turlari bo‘yicha respublika va hududiy musobaqalarni, shu jumladan Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida o‘tkazish.

1. Etnosport turlari bilan shug‘ullanish va ularni targ‘ib qilish bo‘yicha mahallalarda aholini keng jalb qilish ishlarini tashkil etish.

2022-2023-yillar davomida rejaga asosan

Ijrochilar mablag‘lari

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

(A. Tursunov),

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Aslonov),

O‘zbekiston etnosport assotsiatsiyasi

(O. Norinbayev)

2. Bolalar va o‘smirlar hamda yoshlar o‘rtasida milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini keng targ‘ib etish maqsadida etnosport turlari bo‘yicha uch bosqichli musobaqalarni tashkil etish:

birinchi bosqich — tuman (shahar) musobaqalari;

ikkinchi bosqich — viloyat musobaqalari;

uchinchi bosqich — respublika (final) musobaqalari.

2023-yildan boshlab har yili

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalari doirasida ajratilgan mablag‘lar, homiylik mablag‘lari

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Aslonov),

O‘zbekiston etnosport assotsiatsiyasi

(O. Norinbayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, milliy sport turlari bo‘yicha sport uyushmalari

3. Etnosport turlari bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazish nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil dekabr

-

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Aslonov),

O‘zbekiston etnosport assotsiatsiyasi

(O. Norinbayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

4. Etnosport turlari bo‘yicha “Uzbekistan Ethno Games” respublika festivalini tashkil etish.

2023-yil may

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalari doirasida ajratilgan mablag‘lar, homiylar va ijrochilar mablag‘lari

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Aslonov),

O‘zbekiston etnosport assotsiatsiyasi

(O. Norinbayev),

Toshkent shahar hokimligi

(J. Artikxodjayev),

milliy sport turlari bo‘yicha sport uyushmalari

5. Xalqaro etnosport festivalini tashkil etish. Bunda, “Ichan qal’a” majmuasida festivalning ochilish va yopilish marosimlarini o‘tkazish.

2023-yil sentyabr

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalari doirasida ajratilgan mablag‘lar, homiylar va ijrochilar mablag‘lari

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Aslonov),

O‘zbekiston etnosport assotsiatsiyasi

(O. Norinbayev),

Xorazm viloyati hokimligi

(F. Ermanov),

milliy sport turlari bo‘yicha sport uyushmalari

6. Polvonlar va dorbozlar ishtirokida “Polvonlar sulolasi” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish.

2023-yil mart

Budjet, homiylar va ijrochilar mablag‘lari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

O‘zbekiston polvonlar milliy markazi

(N. Yusupov),

O‘zbekiston etnosport assotsiatsiyasi

(O. Norinbayev),

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Aslonov)

7. Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida har yili uloq-ko‘pkari, ot poygasi, milliy kurash va boshqa etnosport turlari bo‘yicha turnirlarni tashkil qilish.

2022-2023-yillar davomida rejaga asosan

Ijrochilar va homiylar mablag‘lari

Mudofaa vazirligi

(B. Kurbanov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Davlat xavfsizlik xizmati

(A. Azizov),

Davlat bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Aslonov),

O‘zbekiston kurash federatsiyasi

(K. Yusupov),

O‘zbekiston uloq-ko‘pkarifederatsiyasi

(N. Jo‘rayev),

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi

(B. Gaziyev),

O‘zbekiston etnosport assotsiatsiyasi

(O. Norinbayev)

2.

Etnosport turlari bo‘yicha sportchilar, trenerlar, mutaxassislar va boshqa kadrlarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish.

1. Respublika estrada sirk kollejida polvonlik va dorbozlik san’ati yo‘nalishida o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

-

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(K. Karimov)

2. Dorbozlik va polvonlik yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv reja va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil avgust

-

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(K. Karimov),

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Aslonov)

3. 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab etnosportning boshqa turlari bo‘yicha (shu jumladan, milliy kurash, turon kurashi, belbog‘li kurash, bel olish va uchkurash, bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish, uloq-ko‘pkari, ot poygasi, o‘zbek jang san’ati, dorboz, qarabtep/lanka) mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha taklif kiritish.

2023-yil aprel

-

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Aslonov),

O‘zbekiston etnosport assotsiatsiyasi

(O. Norinbayev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(K. Karimov),

milliy sport turlari bo‘yicha sport uyushmalari, manfaatdor vazirlik va idoralar

4. Milliy sport turlari va xalq o‘yinlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish.

2022-yil dekabr

Davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari doirasida ajratilgan mablag‘lar

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(Sh. Turdikulova),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev)

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(K. Karimov),

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Aslonov)

3.

Milliy sport turlari va xalq o‘yinlarining mohiyati haqida targ‘ibot materiallarini (qo‘llanma, buklet, banner, flayer va boshqalar)ni tayyorlash, ta’lim muassasalarida targ‘ibot ishlarini olib borish, malakali ustozlar, polvonlar, trenerlar hamda mutaxassislar ishtirokida seminar, trening, mahorat saboqlarini o‘tkazish.

1. Milliy sport turlari va xalq o‘yinlarining mohiyati haqida targ‘ibot materiallarini (qo‘llanma, buklet, banner, flayer va boshqalar) tayyorlash.

2022-yil avgust

Ijrochilar mablag‘lari

Maktabgacha ta’lim vazirligi

(B.Onorboyev),

Xalq ta’limi vazirligi

(U.Sharifxodjayev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(K. Karimov),

2. Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida etnosport turlarining jismoniy, intellektual, ma’naviy-axloqiy jihatdan o‘rni haqida jismoniy tarbiya darslari hamda ma’naviyat soatlarida tushuntirishlar berish.

2022-2023-yillar davomida rejaga asosan

Ijrochilar mablag‘lari

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Aslonov),

O‘zbekiston etnosport assotsiatsiyasi

(O. Norinbayev),

milliy sport turlari bo‘yicha sport uyushmalari

3. Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida malakali ustozlar, trenerlar, polvonlar hamda mutaxassislar ishtirokida seminar, trening, mahorat saboqlari tashkil etish.

2022-2023-yillar davomida rejaga asosan

Ijrochilar mablag‘lari

4. Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida milliy sport turlari va xalq o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish, g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalarni o‘z mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirish.

2022-2023-yillar davomida rejaga asosan

Ijrochilar mablag‘lari

5. Bolalar va o‘smirlar uchun alohida shartlarni nazarda tutuvchi “Milliy xalq o‘yinlari” o‘quv metodik qo‘llanmasini tayyorlash va nashr etish.

2022-yil sentyabr

Ijrochilar mablag‘lari

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Aslonov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(K. Karimov),

O‘zbekiston etnosport assotsiatsiyasi

(O. Norinbayev),

milliy sport turlari bo‘yicha sport uyushmalari

4.

Xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, etnosport turlarini yanada ommalashtirish va rivojlantirish.

1. Butunjahon etnosport konfederatsiyasi, YUNESKO hamda boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish.

2022-2023-yillar davomida

Ijrochilar mablag‘lari

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Aslonov),

O‘zbekiston etnosport assotsiatsiyasi

(O. Norinbayev),

2. Butunjahon etnosport konfederatsiyasi, YUNESKO va boshqa tashkilotlar ishtirokida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish.

2023-yil oktyabr

Ijrochilar mablag‘lari

Tashqi ishlar vazirligi

(V. Norov),

milliy sport turlari bo‘yicha sport uyushmalari

3. Toshkent shahrida Milliy sport turlari va xalq o‘yinlari muzeyini tashkil qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini kiritish.

2023-yil aprel

Budjet, homiylar va ijrochilar mablag‘lari

O‘zbekiston etnosport assotsiatsiyasi

(O. Norinbayev),

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Aslonov),

Madaniy meros agentligi

(Sh. Nurilloyev)

4. Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirishga qaratilgan maqolalar, tematik teleko‘rsatuvlar tayyorlash.

2022-2023-yillar davomida

Ijrochilar mablag‘lari

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

(A. Ko‘chimov),

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(A. Xadjayev),

5. “Milliy xalq o‘yinlari — milliy g‘urur” nomli maxsus roliklar tayyorlash va efirga uzatish bo‘yicha tanlov e’lon qilish.

2022-yil sentyabr

Ijrochilar mablag‘lari

O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi

(Sh. Qudratxo‘ja),

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Aslonov),

6. Milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini targ‘ib qilish va yanada ommalashtirish bo‘yicha polvonlar va faxriy u�tozlar ishtirokida turkum ko‘rsatuvlarni tashkil etish.

2022-2023-yillar davomida

Ijrochilar mablag‘lari

O‘zbekiston etnosport assotsiatsiyasi

(O. Norinbayev),

milliy sport turlari bo‘yicha sport uyushmalari

7. Hududiy teleradiokanallar orqali etnosport turlarini yanada keng targ‘ib qilish, shuningdek, mahalliy musobaqalarni o‘tkazish jarayonlarini muntazam yoritish.

2022-2023-yillar davomida

Ijrochilar mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(A. Xadjayev)

8. Etnosport turlari bo‘yicha musobaqalar va festivallarni turistik marshrutlar obyektlari ro‘yxatiga kiritish, ularga xorijiy va mahalliy turistlarni jalb qilish, turistlarga milliy sport turlari va xalq o‘yinlarining tarixi va ahamiyati haqida ma’lumotlarni yetkazish.

2022-yil avgust

Ijrochilar mablag‘lari

Turizm va madaniy meros vazirligi

(B. Ibragimov),

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Aslonov),

O‘zbekiston etnosport assotsiatsiyasi

(O. Norinbayev),

milliy sport turlari bo‘yicha sport uyushmalari