14.05.2022 yildagi 7-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoyat-protsessual qonuniga oʻzgartirishlar kiritilganligi, sud amaliyotida masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan hamda qonunning bir xil va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 22-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sudlarning eʼtibori ish holatlari har tomonlama, toʻliq va xolisona tekshirilishini taʼminlash, jinoyat sodir etilishi sabablari va unga imkon yaratgan shart-sharoitlarni aniqlash maqsadida jinoyat ishlarini birinchi instansiyada muhokama qilishda protsessual qonun normalariga qatʼiy rioya etish zarurligiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (bundan buyon matnda JPK deb yuritiladi) muvofiq sud jinoyat ishini muhokama qilishga, faqat JPK 49-bobida nazarda tutilgan barcha zarur harakatlar bajarilgandan keyin kirishishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. JPK 406-moddasiga muvofiq, har bir jinoyat ishi aynan bir tarkibdagi sud yoki bir sudya tomonidan koʻrib chiqilishi lozim. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, vakolat muddati yakunlangani, boshqa sudyalik lavozimiga yoki boshqa ishga oʻtgani munosabati bilan sudyaning (shu jumladan, xalq maslahatchisining) vakolatlari tugagan taqdirda, koʻrilishi tugallanmagan ish sudning boshqa tarkibida boshidan koʻrib chiqilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. JPK 407-moddasida nazarda tutilgan hollarda ishda ishtirok etgan zaxiradagi xalq maslahatchisi sud majlisida ish muhokamasi boshlangandan tugagunga qadar uzluksiz ishtirok etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun mazmuniga koʻra, zaxiradagi xalq maslahatchisi dalillarni tekshirishda ishtirok etishga, raislik qiluvchi ruxsati bilan soʻroq qilinayotgan shaxslarga savollar berishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, ishning barcha holatlari sinchkovlik bilan, har tomonlama, toʻliq, xolisona tekshirilishini taʼminlash va haqiqatni aniqlash maqsadida qonun sud majlisida raislik qiluvchiga sud muhokamasini tashkil etish boʻyicha muayyan vakolatlar yuklatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud majlisida raislik qiluvchi butun sud muhokamasi davomida jinoyat protsessining, sud ayblov yoki himoya tarafida boʻlmasligi va ularning hech qanday manfaatlarini ifodalamasligi, balki xolislik va begʻarazlikni saqlagan holda, taraflar oʻz protsessual majburiyatlarini bajarishlari va berilgan huquqlarini amalga oshirishlari uchun zarur shart-sharoit yaratib berishini nazarda tutuvchi muhim prinsipini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sudlarga tushuntirilsinki, JPK 25-moddasining oltinchi qismi, 26-moddasining birinchi qismi, 409 va 439-moddalariga koʻra, prokuror sud protsessining ishtirokchisi sifatida odil sudlovni amalga oshirish uchun muhim boʻlgan huquq va majburiyatlarga ega boʻlib, bular davlat ayblovchisi tomonidan ayblov xulosasining (ayblov dalolatnomasining) xulosa qismida bayon etilgan ayblovni oʻqib eshittirish, dalillarni tekshirishda bevosita ishtirok etish: sudlanuvchilar, jabrlanuvchilar va guvohlarni soʻroq qilish, ekspertlarning xulosasini tinglash, ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirish, sudda bayonnomalar va ishning boshqa hujjatlarini oʻqib eshittirishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunda bayon etilgan vazifalarni bajarish suddan jinoyat qonuni normalarini qoʻllash, sudlanuvchining harakatlarini kvalifikatsiya qilish, unga jazo turi va miqdorini belgilash, jinoyat sodir etilishiga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlar toʻgʻrisida xolisona fikr bayon qilish uchun prokurorga imkoniyat yaratish maqsadida jinoyat ishi muhokamasi chogʻida uning uzluksiz ishtirok etishini taʼminlashni talab etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JPK 412-moddasining birinchi qismi talabiga muvofiq, prokuror sud majlisiga kelmay qolgan taqdirda, sud jinoyat ishi muhokamasini keyinga qoldiradi. Prokuror uzrli sababsiz kelmay qolgan taqdirda, sud bu haqda yuqori turuvchi prokurorga xabar berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Shuni nazarda tutish lozimki, JPK 410 — 412-moddalariga muvofiq, sudlanuvchi, himoyachi va prokurorning sud majlisiga kelishi ularning majburiyati hisoblanadi, chunki bu ish materiallarini toʻliq, har tomonlama va xolisona tekshirish zarurati bilan bevosita bogʻliq boʻlib, bunga rioya etmasdan qonuniy va adolatli qaror qabul qilish imkoniyati yoʻq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan qayd etilgan protsess ishtirokchilaridan birortasi sud majlisiga kelmagan taqdirda, ishning muhokamasi keyinga qoldirilishi (JPK 410-moddasining uchinchi qismi bilan nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) va uning sudga kelishini taʼminlash boʻyicha qonunda nazarda tutilgan choralar koʻrilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. JPK 410-moddasining uchinchi qismiga koʻra, sudlanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlib, sudga kelishdan boʻyin tovlasa, uning yoʻqligi esa ish boʻyicha haqiqatni aniqlashga monelik qilmasa, sud ishni sudlanuvchi ishtirokisiz koʻrishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud majlisini sudlanuvchi ishtirokisiz oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda, sudya JPK 388-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, sudlanuvchining himoyachisiga ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi nusxasi topshirilgan-topshirilmaganligini tekshirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. JPK 414-moddasiga koʻra, birinchi instansiya sudida jinoyat ishini muhokama qilish faqat ish boʻyicha ayblanuvchi sifatida jalb qilingan shaxslarga nisbatan va eʼlon qilingan ayb doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlanuvchiga yoki ishga ayblanuvchi sifatida ishtirok etishga jalb etilgan yangi shaxslarga nisbatan yangi, ogʻirroq yoki haqiqiy holatga koʻra dastlabki ayblovdan jiddiy farq qiladigan ayblov boʻyicha ish faqat JPK 416 va 417-moddalarida nazarda tutilgan shartlar va tartibga rioya etgan holda muhokama qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. JPK 420-moddasiga muvofiq, koʻrilishi boshlangan jinoyat ishi quyidagi hollarda toʻxtatilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudlanuvchi suddan yashirinsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudlanuvchi sud majlisiga kelishiga imkoniyat bermaydigan ruhiy yoki boshqa ogʻir kasallikka chalinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud tomonidan prokurorga JPK 416 va 417-moddalarida nazarda tutilgan tartibda qoʻshimcha protsessual harakatlar amalga oshirilishini topshirish haqida ajrim chiqarilsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JPK 420-moddasida nazarda tutilgan holatlardan kelib chiqib, sud ishni biror sudlanuvchiga nisbatan yoki butunlay toʻxtatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, barcha protsessual harakatlarni izchil bajarmasdan va sud majlisining tayyorgarlik qismida hal qilinishi lozim boʻlgan masalalarni aniqlamasdan turib, sud tergovini JPK 52-bobi talablariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazish uchun sharoit yaratib boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud muhokamasining ushbu qismida raislik qiluvchi sudlanuvchining shaxsi bilan bogʻliq (JPK 434-moddasi) barcha masalalarni sinchkovlik bilan aniqlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud majlisining tayyorgarlik qismida raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchi shaxsiga oid maʼlumotlarning aniqlanishi sudni sud tergovi davomida jazo chorasini va jazoni ijro etish muassasasi turini belgilashga oid masalalarni hal qilish uchun ahamiyatli boʻlgan sudlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlarni (JPK 82-moddasi) sinchkovlik bilan oʻrganish majburiyatidan ozod etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. JPK 438-moddasi mazmuniga koʻra, sud muhokamasi ishtirokchilarining yangi guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni chaqirish toʻgʻrisidagi, ashyoviy dalillar va hujjatlarni talab qilib olish toʻgʻrisidagi iltimosnomalari bevosita ular arz qilingan va muhokama qilingandan soʻng hal etilishi lozim. Sud muhokamasi ishtirokchilari doirasini aniqlash va ishning harakati bilan bogʻliq boshqa barcha iltimoslar ham (jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar sifatida tan olish toʻgʻrisida, ishni toʻxtatish yoxud uning muhokamasini keyinga qoldirish toʻgʻrisida, ishni tugatish toʻgʻrisida va boshqalar), ular sud majlisining tayyorgarlik qismida yoki sud muhokamasi davomida arz qilinganligidan qatʼiy nazar, shu qoidalar asosida hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish sudga kelib tushganidan soʻng, lekin sud muhokamasi boshlangunga qadar kelib tushgan iltimosnomalar sud majlisining tayyorgarlik qismida hal qilinishi lozim. Biroq, ularning toʻgʻri hal qilinishini taʼminlash maqsadida ish boʻyicha raislik qiluvchi iltimosnomani koʻrib chiqishni keyinga qoldirishi va muayyan harakatlarni (maʼlumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni soʻrash va hokazo) amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunga koʻra (JPK 438-moddasining uchinchi qismi), iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish tarafni ushbu iltimosnomani boshqa asoslar boʻyicha sud muhokamasi davomida qayta arz qilish huquqidan mahrum etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, ehtiyot chorasini qoʻllash, oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi, pasport harakatini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi, sudlanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi, pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi, murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisidagi, rad etish toʻgʻrisidagi, jinoyat ishini toʻxtatish yoki uni prokurorga oʻtkazish toʻgʻrisidagi, boshqa organlarga ijro etish uchun yuboriladigan ajrimlar, shuningdek, xususiy ajrimlar alohida xonada (maslahatxonada) alohida hujjatlar koʻrinishida chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa masalalar boʻyicha ajrimlar sud majlisining oʻzida, sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirmasdan chiqarilishi mumkin va JPK 423-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq qaror qabul qilinishi sabablarini koʻrsatgan holda sud majlisi bayonnomasiga kiritib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud tomonidan sud majlisi davomida hal qilinadigan barcha masalalar boʻyicha ajrimlar darhol eʼlon qilinishi lozim (JPK 423-moddasining beshinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Sudlanuvchining koʻrsatmalari faqat JPK 104-moddasida nazarda tutilgan hollarda oʻqib eshittirilishi mumkin va sud tomonidan sud tergovi davomida tekshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari JPK 55, 57, 59, 61, 63-moddalariga muvofiq oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun barcha sud majlislarida ishtirok etishga haqlidirlar. Shu sababli bu shaxslarning keyingi sud majlislarida ishtiroki ixtiyoriy (ularning ishtiroki sud tomonidan zarur deb topilgan hollar bundan mustasno) boʻlib, bu haqda ish muhokamasi keyinga qoldirilganda sud majlisi bayonnomasida qayd etgan holda tushuntirilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Sudlanuvchilar, jabrlanuvchilar va guvohlar sifatida voyaga yetmagan shaxslar ishtirok etgan ish muhokama qilinayotganda, ishning alohida holatlarini aniqlash bunday shaxslarga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkinligini inobatga olib, sudlar har bir holda bunday holatlarni tekshirish chogʻida sud zalida voyaga yetmaganlar hozir boʻlishi zarurligi masalasini muhokama qilishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ishning muayyan holatlarini aniqlash uchun fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilimlar zarur boʻlgan barcha hollarda, ekspertiza oʻtkazish zarurligi yoki bu holatlar sud muhokamasiga mutaxassisni jalb etish orqali aniqlanishi mumkinligi masalasi hal qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mutaxassis dalillarni tekshirish chogʻida sudga yoki sud protsessi ishtirokchilariga maxsus bilim va koʻnikmalar zarur boʻlib qolganda (masalan, texnologik yoki ishlab chiqarish jarayonini, u yoki bu kasbning oʻziga xos xususiyatlarini tushunishda va hokazo) sud muhokamasiga taklif etiladi. Mutaxassis fikri sud majlisi bayonnomasida aks ettirilishi shart. Mutaxassis oldiga ekspert vakolatiga kiradigan savollarni qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi. Uning fikrini ekspert xulosasiga tenglashtirib boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert xulosasi qonunga muvofiq dalil turlaridan biri hisoblanadi va tadqiqotlarni amalga oshirish asosida beriladi. Ekspert oldiga mutaxassis vakolatiga kiruvchi savollar qoʻyilishi mumkin. Sudlar ekspertiza oʻtkazish uchun asoslar mavjud boʻlganda, ekspertiza oʻtkazishni ekspertni soʻroq qilish bilan almashtirishga yoʻl qoʻymasliklari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Sudlarning eʼtibori ish boʻyicha haqiqatni aniqlashda ashyoviy dalillar, hujjatlarni tekshirish, joy va binoni koʻzdan kechirish muhim ahamiyat kasb etishiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ashyoviy dalillar va hujjatlar sud majlisida ish boʻyicha boshqa dalillar bilan teng ravishda sinchkovlik bilan tekshirilishi (tegishlicha koʻzdan kechirilishi, oʻqib eshittirilishi) lozim boʻlib, ayni paytda ular taqdim etilgan shaxslar ularni tekshirish bilan bogʻliq u yoki bu holatlarga sudning eʼtiborini qaratishlari mumkin. Sudning ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirish va hujjatlarni oʻqib eshittirish boʻyicha barcha harakatlari sud majlisi bayonnomasida aks ettirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JPK 262-moddasining birinchi qismiga muvofiq, guvoh sudga kelishdan uzrli sabablarsiz bosh tortganda, u majburiy keltirilishi mumkin. Jumladan, quyidagilar guvohning sudga kelmasligiga uzrli sabablar deb tan olinishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uni sudga kelish imkoniyatidan mahrum etuvchi kasallikka chalinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oila aʼzosi kasallikka chalinib, uni parvarishlashni boshqa birovga topshirishning imkoni boʻlmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chaqiruv qogʻozi unga oʻz vaqtida topshirilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy ofat oqibatida kelishning iloji boʻlmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohning sudga belgilangan muddatda kelishiga toʻsqinlik qilgan boshqa obyektiv sabablar boʻlganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. JPK 296-moddasiga muvofiq, jinoyat sodir etilishiga imkon yaratgan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash sud muhokamasining muhim tarkibiy qismi ekanligini hisobga olib, sudlar har bir jinoyat ishini koʻrib chiqish chogʻida yetarli asoslar mavjud boʻlganda, xususiy ajrim chiqarishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud surishtiruv yoki dastlabki tergov oʻtkazilishi davrida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni aniqlasa, xususiy ajrim chiqarish yoʻli bilan bunga tegishli mansabdor shaxslarning eʼtiborini qaratishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Sud majlisi bayonnomasi ish boʻyicha eng muhim protsessual hujjatlardan biri ekanligini nazarda tutib, sudlar uni tuzish sifatini oshirish choralarini koʻrishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayonnoma JPK 426-moddasi talablariga qatʼiyan muvofiq tarzda tuzilishi lozim. Bunda quyidagilar bayon etilishiga alohida eʼtibor qaratilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud muhokamasi ishtirokchilari tomonidan berilgan iltimosnomalar va ularning muhokamasi tartibiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maslahatxonaga kirmasdan sud majlisida chiqarilgan sud ajrimlariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudlanuvchining unga nisbatan eʼlon qilingan ayblov mazmuni boʻyicha, guvohlar va jabrlanuvchilarning ish holatlari boʻyicha bergan koʻrsatuvlariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dalillarni tekshirish jarayoniga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayonnoma sifatli va oʻz vaqtida tuzilishi uchun raislik qiluvchi bilan bir qatorda sud majlisi kotibi javobgar boʻlib, u JPK 32-moddasiga muvofiq, bayonnomada sudning harakatlari va qarorlarini, shuningdek, sud muhokamasi ishtirokchilari harakatlarini toʻliq va toʻgʻri bayon qilib borishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayonnoma bir necha sud majlisi kotibi tomonidan yuritilganda, ulardan har biri bayonnomaning oʻzi yuritgan qismini imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. JPK 449-moddasiga muvofiq, taraflar muzokarasi davlat va jamoat ayblovchisi nutqi bilan boshlanadi. Soʻngra jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar yoki ularning vakillari, himoyachi va jamoat himoyachisi, sudlanuvchi, fuqaroviy javobgar yoki uning vakili soʻzga chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarga tushuntirilsinki, muzokaralar tugagandan soʻng taraflar JPK 457-moddasi birinchi qismining 1 — 6-bandlarida nazarda tutilgan masalalar yuzasidan oʻzlari taklif etgan qaror mazmunini sudga yozma tarzda taqdim etishlari mumkin. Davlat ayblovchisi va himoyachi muzokaralar tugagandan soʻng sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirgunga qadar sudga oʻzlarining yozma taklifini berishga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Taraflar muzokarasi ishtirokchilari oʻz soʻzlarida, sudlanuvchi esa, shuningdek, oxirgi soʻzida ish uchun muhim ahamiyatga molik yangi holatlar toʻgʻrisida xabar bersalar, sud, sud tergovini JPK 452-moddasi talablariga muvofiq, yangidan boshlab, sudlanuvchini ushbu holatlar toʻgʻrisida batafsil soʻroq qilishi hamda ularni protsessual qonunning sud tergoviga oid talablariga rioya etgan holda sinchkovlik bilan tekshirishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar, Toshkent shahar sudlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga ishlarni apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida koʻrayotganda birinchi instansiya sudlari tomonidan jinoyat-protsessual qonuni normalariga rioya qilinishiga alohida eʼtibor qaratish, ularni qoʻllashda yoʻl qoʻyilgan xatolarni muntazam tahlil qilib borish tavsiya etilsin.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1997-yil 22-avgustdagi “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini birinchi bosqich sudida muhokama etish jarayonida protsessual qonunchilikka rioya qilinishi toʻgʻrisida”gi 12-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 14-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-son