20.05.2022 yildagi 279-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qoʻngʻirot soda zavodi” MChJ qoʻshma korxonasida 2022 — 2025-yillarda kalsiylangan soda ishlab chiqarishni yiliga 250 ming tonnaga yetkazish boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki va tashqi bozorda barqaror talabga ega boʻlgan kalsiylangan soda mahsulotini ishlab chiqarishni kengaytirish, kimyo sanoatining eksport salohiyatini yanada oshirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 3-apreldagi PQ-4265-son qaroriga asosan “Qoʻngʻirot soda zavodi” MChJ qoʻshma korxonasida (keyingi oʻrinlarda — qoʻshma korxona) ishlab chiqarish quvvatini 200 ming tonnadan 450 ming tonnagacha oshirish loyihasi boʻyicha tanlov oʻtkazilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov yakunlari yuzasidan qoʻshma korxona va “SALYUS” MChJ (Rossiya) oʻrtasida loyihalash, qurish, jihozlarni yetkazib berish va ishga tushirish boʻyicha dastlabki shartnoma imzolanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani ishga tushirish natijasida 300 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi va korxona ishchi-xodimlari uchun Qoʻngʻirot tumani “Elabat” posyolkasida “Yangi Oʻzbekiston” massivini barpo etish belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yangi Oʻzbekiston” massivida 2022-2023-yillarda 20 ta koʻp qavatli uylar qurish, tashqi yoʻl-transport va muhandislik kommunikatsiya infratuzilmalari uchun qoʻshma korxona tomonidan buyurtmachi sifatida 2021-yil moliya-xoʻjalik faoliyati yakunlari boʻyicha olingan sof foydadan 40,0 mlrd soʻm va qolgan qismi boshqa kimyo sanoati tarmoq korxonalarining 2021-yil yakuni boʻyicha prognoz koʻrsatkichlaridan ortiq olingan sof foydasining bir qismini ajratish hisobiga amalga oshirilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi va “Oʻzkimyosanoat” AJning investitsiya loyihasini amalga oshirishda loyiha qiymatining 10 foiz kafolat mablagʻini maxsus hisob varaqga qoʻymasdan 1-ilovaga muvofiq boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan 76,5 gektar yer maydonlarini qoʻshma korxonaga ijara huquqi asosida ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzkimyosanoat” AJ, Energetika vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi va “Oʻzsuvtaʼminot” AJ tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qoʻshma korxonani 2-ilovaga muvofiq zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini va ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Energetika vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bir oy muddatda qoʻshma korxonani zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash ishlari uchun ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Investitsiya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 25-avgustdagi PQ-5233-son qarorida koʻrsatilgan manbalar hisobidan zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va “Oʻzkimyosanoat” AJ har chorak yakuni boʻyicha mazkur qarorda belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi — Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B.F. Islamov va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Q.R. Sariyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 20-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
279-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 279-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qoʻngʻirot soda zavodi” MChJ qoʻshma korxonasida ishlab chiqarish quvvatini 200 ming tonnadan 450 ming tonnaga oshirish investitsiya loyihasi yuzasidan yer maydoni ajratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAQSIMOTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Yer maydoni ajratishdan maqsad

Yer maydoni oʻlchami
(gektar)

Qoʻngʻirot tumani

1.

“Qoʻngʻirot soda zavodi” MChJ qoʻshma korxonasida kalsiylangan soda va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun

40,0

2.

“Borsakelmas” tuz koni yonidan tuzni qayta ishlashda hosil boʻlgan chiqindilarni tashlash uchun

5,0

3.

Qoʻngʻirot tumani “Elabad” posyolkasidan quruvchilar uchun vaqtinchalik turar joylar obyektlarini qurish uchun

18,5

4.

Qoʻngʻirot tumani “Elabad” posyolkasida “Yangi Oʻzbekiston” massivini barpo etish uchun

10,0

Qoraoʻzak va Beruniy tumanlari

1.

Qoraoʻzak va Beruniy tumani hududidagi “Jamansoy” ohaktosh konida 3,5 km suv quvurini tortish uchun

3,0

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Loyihani amalga oshirish jarayonida ajratiladigan yer maydonlariga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 279-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qoʻngʻirot soda zavodi” MChJ qoʻshma korxonasida ishlab chiqarish quvvatini 200 ming tonnadan 450 ming tonnaga oshirish investitsiya loyihasini amalga oshirishda korxonani zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash boʻyicha amalga oshiriladigan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ChORA-TADBIRLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Masʼullar

Ijro muddati

1.

Qaroqalpogʻiston 220/110/10 kV nim stansiyasidan 110 kV ochiq taqsimlash qurilmasini kengaytirish orqali 1 km masofaga 110 kVli havo uzatish tarmogʻini tortib kelish va yangi 110/10/6kVli nim stansiya qurish.

Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

2022-yil dekabr

2.

“Qoʻngʻirot mintaqaviy gaz quvurlari boshqarmasi”ga qarashli sanoat gaz tarmogʻi ulanish nuqtasiga yangi AGTS, ochib yopish moslamasi, gaz quvuriga elektrkimyoviy ximoya qurilmasi bilan jami 20,5 km masofaga gaz quvurini tortib kelish.

Energetika vazirligi, “Oʻztransgaz” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ

2022-yil dekabr

3.

“Tuyamuyun-Nukus” mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish boshqarmasi DUKga tegishli “Taxiatosh-Qoʻngʻirot” suv quvurlariga ulanish uchun 40 km masofaga suv quvurini tortib kelish va ulanish nuqtasiga yangi nasos stansiyasi hamda suv havzasi (rezervuar) qurish.

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ

2022-yil dekabr

4.

110 kVli havo uzatish elektr tarmogʻi obyektlari (oʻlchamlari 220 kV) va 110/35/6 kV “KSZ” nimstansiyasini “Qoʻngʻirot soda zavodi” MChJ qoʻshma korxonasi balansidan tegishli yetkazib beruvchi tashkilot balansiga begʻaraz oʻtkazish.

Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

2022-yil
avgust

5.

Tashqi avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash.

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

2022-yil dekabr

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/279/0440-son)