19.05.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3334-1
Davlat statistika qo‘mitasining qarori, 19.05.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3334-1
Kuchga kirish sanasi
19.05.2022
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2023
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi PQ-20-son “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2021-yil 11-oktabrdagi 10-mb-son “2022-yil uchun statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3334, 2021-yil 25-noyabr) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2021-y., 10/21/3334/1096-son) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin.
1. 1-banddagi “109” raqami “110” raqami bilan almashtirilsin.
2. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchaning ilovasiga muvofiq tahrirdagi 110-ilova bilan to‘ldirilsin.