20.05.2022 yildagi 275-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son qarori hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-son qarori 91-bandiga muvofiq Madaniyat vazirligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilganligi va uning moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik tizimidagi davlat korxonalarining foydasidan davlat ulushi boʻyicha belgilangan miqdorda dividentlar toʻlangandan soʻng qolgan mablagʻning 15 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat teatrlari, sirki va konsert-tomosha muassasalari tomonidan tashkil etiladigan madaniy tadbirlarni oʻtkazishdan olinadigan foydaning 10 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini depozitlarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik asosida olinadigan daromadlarning taqsimlanishidan tushgan mablagʻlar;

vazirlik tashabbusi bilan vazirlik tizim tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari, spektakllar, shou dasturlar va boshqa tadbirlardan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik tasarrufidagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasining budjetdan tashqari hisobvaragʻidan ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlarning kreditlari, grantlari va texnik koʻmaklashish mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish yoʻnalishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash va boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishni hisobga olish va nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hayʼati ikki hafta muddatda Jamgʻarmaning kengashi tarkibini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduxakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 20-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
275-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 275-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) budjetdan tashqari jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va undan foydalanish, shuningdek Jamgʻarmani boshqarish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamgʻarma yuridik shaxs tashkil etmagan holda, mablagʻlardan madaniyat va sanʼat sohasini rivojlantirish, Vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida ochilgan Vazirlikning maxsus budjetdan tashqari milliy valyutadagi tegishli gʻaznachilik hisobvaragʻiga hamda tijorat banklarida milliy va chet el valyutasida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jamgʻarma quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik tizimidagi davlat korxonalarining foydasidan davlat ulushi boʻyicha belgilangan miqdorda dividendlar toʻlangandan soʻng qolgan mablagʻning 15 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat teatrlari, sirki, madaniyat markazlari va konsert-tomosha muassasalarining topgan daromadidan 10 foizi miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik huzuridagi Madaniyat va sanʼat xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti tomonidan tashkil etiladigan qayta tayyorlash kurslarida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlarning 10 foizi miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini depozitlarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik asosida olinadigan daromadlarning taqsimlanishidan tushgan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik tashabbusi bilan vazirlik tizim tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari, spektakllar, shou dasturlar va boshqa tadbirlardan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik tasarrufidagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasining budjetdan tashqari hisobvaragʻidan ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari (metsenatlik koʻmagi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlarning kreditlari (qarzi), grantlari va texnik koʻmaklashish mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jamgʻarmaga tushadigan mablagʻlar Vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida ochiladigan milliy va chet el valyutasidagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida jamlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Chet el valyutasidagi mablagʻlar Jamgʻarmaning maxsus valyuta hisobvaragʻiga tushadi. Jamgʻarmaning valyuta hisobvaragʻiga tushgan chet el valyutasidagi zarur summalar belgilangan tartibda sotiladi (mazkur Nizomda nazarda tutilgan holatlar va alohida xarajatlardan tashqari). Chet el valyutasini sotishdan olingan milliy valyutadagi mablagʻlar Jamgʻarmaning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va ushbu Nizomga muvofiq taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlari koʻrsatish darajasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼdodli yosh ijodkorlarni izlab topish va qoʻllab-quvvatlash, taʼlim muassasalarini musiqa darsliklari, notalar toʻplamlari va oʻquv-metodik adabiyotlar bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniyat va sanʼat sohasidagi nufuzli xalqaro festival va tanlovlarda ijodkorlarimizning ishtirokini doimiy taʼminlash va ularning sara asarlarini namoyish etish, milliy ijodiy mahsulotlarni eksport qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlikka yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida belgilangan tartibda yetakchi mahalliy va xorijiy tashkilotlar mutaxassislarini, ekspertlarni maslahatchi sifatida jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlarni mahalliy va xorijiy taʼlim muassasalarida oʻqitish orqali malakasini oshirishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim-tarbiya jarayoniga ilgʻor pedagogika va axborot texnologiyalarini joriy qilish va xarajatlarini moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik tashabbusi bilan tashkil etiladigan ommaviy-madaniy tadbirlarga sarflanadigan mablagʻlarni qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik tashabbusi bilan yurtimiz va xorijiy mamlakatlarda tashkil etiladigan konsert-tomosha, spektakllar, shou dasturlar, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlikning markaziy apparati hamda davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlariga har oylik ustamalar, mukofotlar va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar toʻlash hamda ularni har tomonlama ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlikning ekspert-tahlil guruh tarkibiga kiritilgan mutaxassislar faoliyatini moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik hamda davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlariga mamlakat hududiga va xorijiy mamlakatlarga chiqish uchun aviachiptalar xarid qilish, xizmat safarlari xarajatlarini qoplash, vakillik xarajatlari, sovgʻalar, shuningdek xorijiy adabiyotlar xarid qilish va boshqalar uchun milliy va chet el valyutasida mablagʻlar ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniyat va sanʼat sohasidagi maqsadli dasturlarni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniyat va sanʼat infratuzilmasi obyektlarini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarining loyihaoldi hujjatlarini tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik tomonidan oʻz tizimida tashkil etiladigan davlat unitar korxonalari va davlat muassasalarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirish hamda belgilangan tartibda tuziladigan shartnomalar asosida ularning ustavlariga muvofiq ular tomonidan bajariladigan (koʻrsatiladigan) ishlar (xizmatlar) uchun toʻlovlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish, ular faoliyatini ragʻbatlantirish, madaniyat va sanʼat sohasidagi loyihalarga grantlar ajratish, shuningdek, faoliyati madaniyat va sanʼat sohasi bilan bevosita bogʻliq boʻlgan nodavlat notijorat tashkilotlarning xalqaro tashkilotlarga aʼzolik badallarini Jamgʻarma kengashi tomonidan tasdiqlanadigan hujjatlarga asosan toʻlab berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik tizimidagi kollej, texnikum va institutlarning iqtidorli, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj, chin yetim va nogironligi boʻlgan talabalari (oʻquvchilari)ni qoʻllab-quvvatlash maqsadida stipendiyalar toʻlash. Stipendiyalar miqdori Jamgʻarma kengashi tomonidan belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik, uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlarning bino va inshootlarini saqlash, ulardan foydalanish, ularni qurish va taʼmirlash, zarur anjomlar, shu jumladan ovoz kuchaytirish uskunalari, yoritish uskunalari, sahna liboslari, barcha turdagi musiqa asboblari, mebel, aloqa, kompyuterlar va boshqalar bilan taʼminlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik faoliyati bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan boshqa tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlarni moliyalashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlik, hududiy madaniyat boshqarmalari, tuman va shahar madaniyat boʻlimlari xodimlarini Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha ragʻbatlantirish ular faoliyatining natijadorligi (KPI) va erishilgan yutuqlarga qarab Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri buyrugʻiga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Jamgʻarmaga tushadigan mablagʻlar mazkur Nizomda koʻrsatilgan yoʻnalishlarga sarflanadi. Bunda, Jamgʻarma mablagʻlarining sarflanishida Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori talablari tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Jamgʻarma kengashi tomonidan tasdiqlangan yillik xarajatlar smetasiga zarur hollarda oʻzgartirish kiritish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Jamgʻarmani boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Jamgʻarma kengashi Jamgʻarmaning yuqori organi hisoblanadi. Jamgʻarma kengashining shaxsiy tarkibi Vazirlik hayʼati tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Jamgʻarma kengashi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning keyingi yil uchun daromadlar va xarajatlar smetasini har yili 25-dekabrgacha tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning chorak yakuni boʻyicha daromadlari va mablagʻlarining xarajatlari toʻgʻrisidagi hisobotlarini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Jamgʻarmaga joriy xizmat koʻrsatish, uning daromadlari va xarajatlari smetasi loyihasini tayyorlash, mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish monitoringini, shuningdek, mablagʻlarning hisob va hisobotini yuritish Vazirlikning iqtisodiy tahlil va moliya masalalariga masʼul boshqarmasi hamda buxgalteriya xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi yuzasidan hisobot va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot Vazirlikning hayʼati yigʻilishida koʻrib chiqiladi hamda har yili 15-martgacha Jamgʻarma kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish belgilangan tartibda Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Jamgʻarmaning hisobot yilida foydalanilmagan mablagʻlari olib qoʻyilmaydi va keyinchalik ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda foydalanish uchun milliy va chet el valyutada jamgʻarib boriladigan gʻaznachilik shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2022-y., 09/22/275/0435-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)