1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddatlari | Mablagʻ miqdori | Moliyalashtirish manbai | Masʼul ijrochilar |
I. Virusli gepatitlarning oldini olish, tashxislash va davolash | ||||||
1. | Aholi orasida virusli gepatitlarning “V” va “S” turlarini erta tashxislash. | 1. Respublikada 2 mln nafar aholini virusli gepatitlarning “V” va “S” turlariga skrining tekshiruvidan oʻtkazish. | 2022 — 2025-yillar | 22,4 mlrd soʻm | Davlat budjeti mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Moliya vazirligi (Ishmetov) |
2. Skrining tekshiruvlarida virusli gepatitning “S” turi aniqlangan 60 ming nafar fuqaroni virusni tasdiqlovchi PZR tekshiruvidan oʻtkazish. | 6,72 mlrd soʻm | |||||
2. | Virusli gepatitning “S” turi bilan kasallangan bemorlarni davolash. | 1. Skrining tekshiruvlarida virusli gepatitning “S” turi tasdiqlangan 10,5 ming nafar bemorlarni davolash. 2. Dori vositalariga chidamli boʻlgan virus shtammlari ustida ilmiy tadqiqotlar olib borish ishlarini jadallashtirish. | 2022 — 2025-yillar | 47,0 mlrd soʻm | Davlat budjeti mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Moliya vazirligi (Ishmetov) |
3. | Emlash orqali virusli gepatitlar bilan kasallanishning oldini olish. | 1. Virusli gepatit “V” infeksiyasi yuqish xavfi yuqori boʻlgan jami 119 013 ming nafar tibbiyot xodimini ushbu infeksiyaga qarshi toʻliq (3 marotaba) emlash ishlarini tashkil etish. 2. Emlanganlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni shakllantirish. | 2022-2023-yillar | 1,28 mlrd soʻm | Davlat budjeti mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
II. Jigar surunkali virusli kasalliklarining yagona elektron reyestrini yaratish va uni yuritishni tashkil etish | ||||||
4. | Qon va uning tarkibiy qismlari bilan ishlaydigan xodimlarga ega boʻlgan davolash-profilaktika muassasalari, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hamda mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha tibbiyot tashkilotlarida jigar surunkali virusli kasalliklarining yagona elektron reyestri (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) yuritilishini joriy qilish. | 1. Reyestrni ishlab chiqish. | 2022-yil 1-noyabr | - | Davlat budjeti mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Shermatov) |
2. Reyestrini tegishli tibbiyot tashkilotlarida joriy qilish. | 2023-yil 1-yanvar | |||||
3. Kelgusida Reyestrni texnik va dasturiy qoʻllab-quvvatlash. | Doimiy | |||||
4. Reyestr yuritilishini monitoring qilish. | Doimiy | |||||
5. | Reyestrni “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali tegishli maʼlumotlar bazalari va axborot tizimlari bilan integratsiya qilish. | 1. Maʼlumotlar bazalari va axborot tizimlaridan quyidagi maʼlumotlarni taqdim etish: a) Personallashtirish agentligi tomonidan — jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami; b) Ichki ishlar vazirligi tomonidan: Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning ID-kartalari toʻgʻrisida maʼlumot; Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning biometrik hujjatlari toʻgʻrisida maʼlumot; Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini vaqtincha va doimiy roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida maʼlumot; v) Adliya vazirligi tomonidan: roʻyxatdan oʻtgan fuqarolik holati dalolatnoma (tugʻilganlik, nikoh tuzish, nikohdan ajralish, oʻlim) yozuvlari va ularning tarkibi toʻgʻrisida maʼlumot; shaxsning oila aʼzolari toʻgʻrisida maʼlumot. 2. Axborot xavfsizligi va shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha qonunchilik talablariga qatʼiy rioya qilish. | 2023-yil 1-yanvardan boshlab doimiy | Davlat budjeti mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Shermatov), Personallashtirish agentligi Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Adliya vazirligi (Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar | |
6. | Reyestrni yuritish tartibini belgilash. | 1. Reyestrni yuritish tartibini belgilash. 2. Reyestrning tartibga muvofiq yuritilishini tashkil etish. | 2022-yil 1-noyabr | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Shermatov), manfaatdor vazirlik idora va tashkilotlar | ||
7. | Reyestrni yuritish boʻyicha tegishli xodimlarni oʻqitish va ularning malakasini oshirib borish. | 1. Tegishli xodimlarni oʻqitish va ularning malakasini oshirib borish boʻyicha idoralararo ishchi guruhni tuzish. 2. Joylarda va onlayn seminarlar oʻtkazish. | 2022-yil 1-noyabrdan boshlab rejaga muvofiq | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Axborot texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Davlat personallashtirish markazi (Tashxodjayev), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Adliya vazirligi (Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar | ||
III. Ayrim dolzarb virusli infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha moddiy-texnika taʼminotini yaxshilash | ||||||
8. | Virusli gepatitlardan soʻng jigar fibrozi va gepatotsellyulyar karsinoma rivojlanishini erta tashxislash boʻyicha yangi texnologiyalarni tatbiq qi?ish. | 1. Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti va 14 ta hududiy gepatologiya markazlariga jigar fibrozi va gepatotsellyulyar karsinomani erta tashxislash uchun jami 90 mingta APF-III va PIVKA toʻplamini xarid qilish. | 2022 — 2025-yillar | 11,7 mlrd soʻm | Davlat budjeti mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Moliya vazirligi (Ishmetov) |
2. Virusli gepatitning “V” turi aniqlangan bemorlarda HBsAg(virus antigeni)ni miqdoriy aniqlash maqsadida jami 46 ming test toʻplamini xarid qilish. | 1,5 mlrd soʻm | |||||
9. | Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va hududiy yuqumli kasalliklar shifoxonalari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash. | 1. Vertikal yaxlit tizimning uzluksiz faoliyatini taʼminlash. 2. Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tomonidan hududiy yuqumli kasalliklar shifoxonalariga tizimli ravishda uslubiy va amaliy yordam koʻrsatish. 3. Sogʻliqni saqlash vazirligining respublika ixtisoslashgan markazlari professor va olimlari, yetakchi mutaxassislari tomonidan gepatit “S” va boshqa virusli infeksiyalar diagnostikasi, profilaktikasi va samarali davolash usullari boʻyicha joylardagi mutaxassislarga amaliy yordam koʻrsatishning manzilli dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish. | 2022-yil 1-iyundan boshlab rejaga muvofiq | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi (Yusupaliyev) | ||
10. | Bir marotaba ishlatiladigan tibbiy buyum va asboblar bilan taʼminlashning eng kam miqdorini belgilash tartibini tasdiqlash. Davlat davolash-profilaktika muassasalarini bir martalik tibbiy buyum va asboblar bilan taʼminlash. | 1. Davolash-profilaktika muassasalari va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida bir marotaba ishlatiladigan tibbiy buyum va asboblarga boʻlgan haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqib, ular bilan taʼminlashning eng kam miqdorini belgilash tartibini tasdiqlash. | 2022-yil 1-iyul | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi (Yusupaliyev), Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Moliya vazirligi (Ishmetov) | ||
2. Ishchi guruh tuzgan holda davlat davolash-profilaktika muassasalarida bir marotaba ishlatiladigan tibbiy buyum va asboblarga boʻlgan haqiqiy ehtiyojni oʻrganish. | 2022-yil 1-iyuldan boshlab rejaga muvofiq | |||||
3. Oʻrganish davomida aniqlangan ehtiyojdan kelib chiqib, davlat davolash-profilaktika muassasalarini bir martalik tibbiy buyum va asboblar bilan taʼminlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | 2023-yil 1-mart | |||||
IV. Virusli gepatit va boshqa virusli infeksiyalarni aniqlash boʻyicha laboratoriya xizmatining sifat nazorati tizimini takomillashtirish | ||||||
11. | Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, respublikada faoliyat koʻrsatayotgan barcha virusologik laboratoriyalarning xizmat sifatini oshirish. | Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti bazasida virusli kasalliklarni aniqlash boʻyicha milliy referens zardob panellarini yaratish va ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish. | 2022-2023-yillar | 2 mlrd soʻm | Davlat budjeti mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Kariyev) |
12. | Respublikaga xorijdan olib kirilayotgan va mahalliy sharoitda ishlab chiqarilgan biologik preparatlar (vaksina, test toʻplamlari va boshqalar) samaradorligini baholash va ularning xavfsizligini taʼminlash. | 1. Biologik preparatlar (vaksina, test toʻplamlari va boshqalar) samaradorligini oʻrganish boʻyicha standartni tasdiqlash. | 2022-yil 1-noyabr | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev) | ||
2. Standart asosida ilmiy-amaliy tadqiqotlar oʻtkazish va biologik preparatlarning klinik-epidemiologik samaradorligini baholash. | 2022-yil 1-noyabrdan rejaga muvofiq | |||||
V. Tabiiy oʻchoqli, yangi va qaytalanadigan virusli infeksiyalar boʻyicha choralarni amalga oshirish | ||||||
13. | Tegishli muassasalarda “Qrim-Kongo” gemorragik isitmasi (keyingi oʻrinlarda — QKGI) bilan kasallanib tuzalganlarning (donorlar) qon plazmasi bankini yaratish. | 1. Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi tegishli muassasalarda QKGI bilan kasallanib tuzalganlarning (donorlar) qon plazmasi bankini yaratish. 2. QKGI bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun ushbu kasallikdan tuzalgan bemorlar orasidan donorlarni aniqlash. 3. Donorlarda QKGIga qarshi antitanachalar titrini aniqlash va antitanachalarning titri yuqori boʻlgan donorlar plazmasidan donor qoni zaxirasini shakllantirish. | 2022 — 2025-yillar | Hisob-kitoblarga asosan | Muassasalarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi (Yusupaliyev), Moliya vazirligi (Ishmetov) |
14. | Arboviruslar, yangi va qaytalanadigan virusli infeksiyalarni oʻz vaqtida tashxislash, ularning profilaktikasi boʻyicha laboratoriya xizmatining sifatini yaxshilash. | 1. Arboviruslar, yangi va qaytalanadigan virusli infeksiyalarni aniqlash maqsadida Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriyalarini diagnostik toʻplamlar (IFA, PZR) va sarflovchi materiallar bilan taʼminlash. 2. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda sogʻliqni saqlash tizimi birlamchi boʻgʻini mutaxassislariga ularning arboviruslar, yangi va qaytalanadigan virusli infeksiyalarni oʻz vaqtida tashxislash va profilaktikasi boʻyicha tayyorgarligini hamda hushyorligini oshirish uchun seminarlar va anjumanlar tashkil etish orqali tashkiliy hamda uslubiy yordam koʻrsatish. | 2022 — 2025-yillar | Hisob-kitoblarga asosan | Muassasalarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi (Yusupaliyev), Moliya vazirligi (Ishmetov) |
VI. Respublikada yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda kadrlar salohiyatini oshirish, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va boshqa xorijiy ilmiy-amaliy markazlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish | ||||||
16. | Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasida faoliyat koʻrsatayotgan mutaxassislarning ilmiy salohiyatini oshirish. | 1. Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlari, yuqumli kasalliklar shifoxonalari (boʻlimlari)da faoliyat koʻrsatayotgan har bir mutaxassisning respublika markazlari bazasida stajirovkasini tashkil etish, oʻquv kurslarida tajriba va malakasini oshirish. 2. Viruslar, yangi paydo boʻlgan yuqumli kasalliklar mavzusida xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlarni tashkil etish. 3. Epidemiologik monitoring boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻzlashtirish maqsadida yosh olimlarni xorijiy davlatlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish dasturini ishlab chiqish. | 2022 — 2025-yillar | Davlat budjeti mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
17. | Oʻzbekistonda Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining virusli gepatitlarning “V” va “S” turlarini eliminatsiya qilish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlariga erishish choralarini koʻrish. | 1. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining virusli gepatitlar “V” va “S” turlarini eliminatsiya qilish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlari yuzasidan Oʻzbekistondagi amaldagi holatni tahlil qilish. Bunda, Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maqsadli koʻrsatkichlari asosida 2030-yilga qadar: skrining darajasini — 90 foizga yetkazish; davolash bilan qamrab olish ishlarini — 90 foizga yetkazish; bolalarni emlash darajasini — 90 foizga yetkazish; yangi kasallanish holatlari qayd qilinishini — 90 foizga kamaytirish; oʻlim holati koʻrsatkichlarini — 65 foizga kamaytirish kabi ustuvor yoʻnalishlar belgilanganligini inobatga olish. 2. Tahlil natijalaridan kelib chiqib, Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maqsadli koʻrsatkichlari boʻyicha har ikki yilga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturini Hukumat qarori bilan tasdiqlash. | 2024-yil 1-yanvar, kelgusida har ikki yilda | - | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Moliya vazirligi (Ishmetov) |
18. | Yuqumli kasalliklarni tashxislash, davolash va profilaktika qilish sohasidagi xalqaro tajribani va samarali yangi usullarni amaliyotga joriy qilish. | 1. Xorijiy yetakchi klinikalar va ilmiy-amaliy markazlar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan kelishuvlar va memorandumlar tuzish. 2. Xalqaro ilmiy anjumanlarda ishtirok etish, ilmiy tashkilotlarning salohiyatini oʻrganish va sohada erishilgan yutuqlar boʻyicha tajriba almashish. 3. Mutaxassislarning xorijiy ilmiy-amaliy muassasalarda malakasini oshirishini, yangi tashxislash, davolash va profilaktika usullarini oʻzlashtirishini taʼminlash. 4. Yuqumli kasalliklar, shu jumladan virusli infeksiyalarni tashxislash, davolash va profilaktika qilish boʻyicha oʻtkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tezkor joriy qilish tizimini yaratish. 5. Yuqumli kasalliklar diagnostikasi va profilaktikasi boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va amaliyotga joriy etish. | 2022 — 2025-yillar | Sogʻliqni saqlash vazirligi jamgʻarmasi | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov) | |
19. | Investitsiya loyihalarini jalb etish, epidemiologik baholash mezonlarini ishlab chiqish. | 1. Qoʻshma ilmiy tadqiqotlar, loyihalarni amalga oshirish. 2. Virusli infeksiyalar muammolari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, kasalliklarni nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish, ushbu maqsadlarga investitsiyalar va grantlarni jalb etish. 3. Respublika aholisi orasida parenteral virusli gepatitning tarqalishi va ularning uzoq muddatli oqibatlarini baholash uchun epidemiologik tadqiqot oʻtkazish. | 2022 — 2025-yillar | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi (Yusupaliyev) | ||
VII. Aholining yuqumli kasalliklar boʻyicha xabardorligini oshirish | ||||||
20. | Yuqumli kasalliklardan saqlanish borasida doimiy ravishda aholining xabardorligini oshirib borish. | 1. Ommaviy axborot vositalari orqali aholiga yuqumli kasalliklar toʻgʻrisida maʼlumotlar yetkazish boʻyicha aniq manzilli media-reja ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Media-reja asosida tadbirlarni amalga oshirish. 3. Virusli infeksiyalar mavzusida ijtimoiy roliklar tayyorlash, ularni muntazam ravishda tele- va radio kanallarda efirga berish hamda ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib borish. | Media-rejaga muvofiq | Ajratilgan mablagʻlar | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), OʻzMTRK (A. Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Kudratxodja) | |
21. | 28-iyul — Xalqaro gepatitga qarshi kurash kunini keng nishonlash. | 1. 28-iyul — Xalqaro gepatitga qarshi kurash kunini keng nishonlash boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash. 2. Ushbu sana munosabati bilan aholi orasida mazkur kasallikka bagʻishlangan targʻibot ishlarini olib borish. | Har yili iyul oyida | Ijrochilar mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), OʻzMTRK (Xadjayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
22. | Virusli gepatitlar masalalariga bagʻishlangan veb-sayt ishlab chiqish. | 1. Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutining veb-saytini takomillashtirish. 2. Veb-saytni doimiy ravishda maʼlumotlar bilan yangilab borish. | 2022-yil sentabr | Grant loyihalari mablagʻlari doirasida | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev) | |
2-ILOVA
|
|
|
|
|
nafar |
|
T/r |
Hududlar |
Emlanadigan xodimlar soni |
Shundan: | |
|
2022-yilda |
2023-yilda | |||
|
Jami |
119 016 |
47 605 |
71 411 | |
|
Shundan: |
|
|
| |
|
1. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
8 531 |
3 412 |
5 119 |
|
2. |
Andijon viloyati |
5 008 |
2 003 |
3 005 |
|
3. |
Buxoro viloyati |
10 673 |
4 269 |
6 404 |
|
4. |
Jizzax viloyati |
2 623 |
1 049 |
1 574 |
|
5. |
Qashqadaryo viloyati |
13 888 |
5 555 |
8 333 |
|
6. |
Navoiy viloyati |
1 823 |
729 |
1 094 |
|
7. |
Namangan viloyati |
6 026 |
2 410 |
3 616 |
|
8. |
Samarqand viloyati |
9 646 |
3 858 |
5 788 |
|
9. |
Sirdaryo viloyati |
4 966 |
1 986 |
2 980 |
|
10. |
Surxondaryo viloyati |
12 273 |
4 909 |
7 364 |
|
11. |
Toshkent viloyati |
11 685 |
4 674 |
7 011 |
|
12. |
Fargʻona viloyati |
9 478 |
3 791 |
5 687 |
|
13. |
Xorazm viloyati |
5 015 |
2 006 |
3 009 |
|
14. |
Toshkent shahri |
17 378 |
6 951 |
10 427 |