13.05.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3368
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining buyrugʻi, 13.05.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3368
Kuchga kirish sanasi
13.05.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhi tarkibini shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 13 mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3368]

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PQ-81-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” qaroriga asosan buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhi tarkibini shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktor A. BURXANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 13-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-son

Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2022-yil 13-maydagi 41-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhi tarkibini shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARTIBI

Mazkur Tartib Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhi (bundan buyon matnda Ekspertlar guruhi deb yuritiladi) tarkibini shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Tartibda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki reyting baholash natijalari — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) tomonidan elektron platforma orqali shakllantirilgan reyting baholashning dastlabki natijalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatlar toʻqnashuvi — shaxsning shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning oʻz lavozim yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir koʻrsatayotgan yoxud taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari, qonuniy manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan (mavjud manfaatlar toʻqnashuvi) yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan (ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi) vaziyat;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2024-yil 15-avgustdagi 64-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3368-1, 06.09.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2024-y., 10/24/3368-1/0686-son — 2024-yil 6-dekabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron platforma — Agentlik tomonidan yuritiladigan “E-Anticor.uz” elektron platformasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Dastlabki reyting baholash natijalarining xolisligini taʼminlash maqsadida har yili 9 kishidan iborat boʻlgan tarkibda Ekspertlar guruhi Agentlik tomonidan shakllantiriladi hamda oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Ekspertlar guruhi tarkibida kamida 3 kishi fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ekspertlar guruhi aʼzolari korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash boʻyicha oʻz faoliyatini amalga oshirishda mustaqildir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ekspertlar guruhi Agentlik tomonidan shakllantirilgan dastlabki reyting baholash natijalarini koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Ekspertlar guruhi tarkibini shakllantirish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ekspertlar guruhi tarkibi Agentlik tomonidan davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining (bundan buyon matnda davlat tashkilotlari deb yuritiladi) takliflariga asosan shakllantiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agentlik har yili 1-noyabrga qadar davlat tashkilotlari tomonidan elektron platformaga har chorakda (10-aprel, 10-iyul va 10-oktabrga qadar) kiritilgan maʼlumotlar tahlili asosida davlat tashkilotlariga Ekspertlar guruhi tarkibini shakllantirish uchun nomzod taqdim etish haqida murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Agentlikning murojaatiga asosan davlat tashkilotlari har yili 15-noyabrga qadar Agentlikka korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ikki nafar malakali mutaxassisni ularning obyektivka-maʼlumotnomalari bilan birgalikda taqdim qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Agentlik fuqarolik jamiyati instituti vakillari tomonidan Ekspertlar guruhiga nomzodlar taqdim etilishi uchun har yili 1-noyabrga qadar oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Ekspertlar guruhida ishtirok etish xohishini bildirgan fuqarolik jamiyati instituti vakillari har yili 15-noyabrga qadar Agentlikning rasmiy veb-saytidagi maxsus shaklni toʻldirishi hamda unga oʻzlarining obyektivka-maʼlumotnomalarini ilova qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Agentlik har yili 25-dekabrga qadar davlat tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan nomzodlar va Ekspertlar guruhida ishtirok etish xohishini bildirgan fuqarolik jamiyati instituti vakillarini quyidagi mezonlar asosida saralab olish orqali Ekspertlar guruhi tarkibini shakllantiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yillik ish stajiga ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida bilim va koʻnikmalarga ega boʻlish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Quyidagilar Ekspertlar guruhi tarkibiga kiritilishi mumkin emas:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi toʻgʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud boʻlgan shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga nisbatan surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi yuritilayotgan shaxs.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Agentlik nomzodlarning oliy maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom maʼlumotlari hamda ish stajini tasdiqlovchi maʼlumotlarni masʼul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ekspertlar guruhi 9 kishidan iborat tarkibda Agentlik direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ekspertlar guruhi rahbari Ekspertlar guruhi aʼzolarining birinchi yigʻilishida ochiq ovoz berish yoʻli bilan Ekspertlar guruhi aʼzosi hisoblanuvchi fuqarolik jamiyati institutlari vakillari orasidan saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Ekspertlar guruhining vazifalari, huquqlari va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Quyidagilar Ekspertlar guruhining vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tomonidan shakllantirilgan dastlabki reyting baholash natijalarini belgilangan muddatlarda va sifatli koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki reyting baholash natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish yoki qisman oʻzgartirish haqidagi xulosani yoki muqobil reyting baholash natijalarini taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ekspertlar guruhi quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki reyting baholash natijalarini koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etish boʻyicha Agentlikka takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki reyting baholash natijalari boʻyicha oʻz fikrlarini bildirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron platformani takomillashtirish va modernizatsiya qilish boʻyicha Agentlikka takliflar kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ekspertlar guruhi quyidagilarga majbur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyatini vijdonan va xolislik tamoyillariga tayangan holda amalga oshirish, qonunchilik hujjatlariga va mazkur Tartib talablariga qatʼiy rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki reyting baholash natijalarini koʻrib chiqish vaqtida oʻziga maʼlum boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qilmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik hamda mazkur holatlar yuzaga kelgan taqdirda bu haqida Ekspertlar guruhi rahbariga maʼlum qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash natijalari eʼlon qilingunga qadar ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda bu haqida chiqishlar qilmaslik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Ekspertlar guruhi faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Agentlik Ekspertlar guruhining faoliyatini samarali tashkil etish uchun oʻz binosidan stol, stullar, kompyuter, skaner, oʻquv va ilmiy jihozlar hamda statsionar telefon aloqasi bilan jihozlangan tegishli xonalarni ajratib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ekspertlar guruhi rahbari ishni samarali tashkil etish maqsadida dastlabki reyting baholash natijalari Ekspertlar guruhining barcha aʼzolari tomonidan koʻrib chiqilishini taʼminlaydi, Ekspertlar guruhi yigʻilishlarini chaqiradi va unga raislik qiladi, Ekspertlar guruhi aʼzolariga oʻz fikrlarini taqdim etish muddatini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ekspertlar guruhi aʼzolari belgilangan muddat ichida davlat tashkilotlarining dastlabki reyting baholash natijalarini koʻrib chiqadi. Bunda, Ekspertlar guruhiga qoʻshimcha materiallar zarur boʻlgan taqdirda ushbu maʼlumotlar Ekspertlar guruhi rahbarining soʻroviga koʻra Agentlik tomonidan darhol taqdim etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Agentlik tomonidan shakllantirilgan dastlabki reyting baholash natijalari Ekspertlar guruhining barcha aʼzolari tomonidan koʻrib chiqilgach Ekspertlar guruhi yigʻilishi chaqiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ekspertlar guruhining yigʻilishi, agar unda Ekspertlar guruhi aʼzolarning kamida besh nafari (kvorum) ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Ekspertlar guruhining yigʻilishida ishtirok etmagan guruh aʼzosining dastlabki reyting baholash natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish yoki qisman oʻzgartirish haqida xulosasi yoki muqobil reyting baholash natijalari (agar taqdim qilgan boʻlsa) koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ekspertlar guruhi aʼzolarining xulosa va muqobil reyting baholash natijalari Ekspertlar guruhida ovoz berish natijalariga koʻra shakllantiriladigan fikr sifatida taqdim etiladi. Ovozlar teng boʻlib qolganda guruh rahbarining fikri hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertlar guruhida qabul qilingan qarorga qoʻshilmagan guruh aʼzosi oʻz fikrini alohida bildirish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ekspertlar guruhi har yili 15-fevralga qadar dastlabki reyting baholash natijalarini koʻrib chiqish boʻyicha quyidagilardan birini Agentlikka taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki reyting baholash natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish yoki qisman oʻzgartirish haqida xulosa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muqobil reyting baholash natijalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Agentlik Ekspertlar guruhi tomonidan taqdim etilgan xulosa yoki muqobil reyting baholash natijalarini har yili 20-fevralga qadar puxta tahlil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Agentlik Ekspertlar guruhi tomonidan taqdim etilgan xulosa yoki muqobil reyting baholash natijalari yakuniy baholash natijalarida inobatga olinganligi yoki inobatga olinmaganligi toʻgʻrisida guruh rahbarini xabardor qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Ekspertlar guruhi faoliyatida manfaatlar toʻqnashuvi holatlarining oldini olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ekspertlar guruhi rahbari guruh faoliyatida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish boʻyicha choralar koʻrishga masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Eksperlar guruhi ishida manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish maqsadida guruh aʼzosiga koʻrib chiqish uchun oʻzi faoliyat yuritayotgan yoki ilgari ishlagan davlat tashkilotining dastlabki reyting baholash natijalari taqdim etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ekspertlar guruhi aʼzosi quyidagi hollarda, u yoki bu davlat tashkilotining dastlabki reyting baholash natijalarini koʻrib chiqishda manfaatlar toʻqnashuvi oʻziga maʼlum boʻlib qolgan paytdan eʼtiboran bir ish kuni ichida oʻzini ushbu davlat tashkilotining dastlabki reyting baholash natijalarini koʻrib chiqishdan ozod qilish boʻyicha Ekspertlar guruhi rahbariga xabar beradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu davlat tashkilotida ekspert yaqin qarindoshi masʼul mansabdor shaxs sifatida ishlayotgan boʻlsa yoki dastlabki reyting baholash natijalarini koʻrib chiqish obyekti (yuridik shaxs) unga aloqador shaxs boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertning ushbu davlat tashkilotining jamoatchilik tuzilmalariga aʼzo ekanligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli davlat tashkilotining litsenziyalar taqdim etish, mahsulotlar sotib olish va boshqa davlat xizmati koʻrsatish faoliyati bilan ekspertning bogʻliqligi mavjud boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa har qanday mavjud manfaatlar toʻqnashuvi oʻziga maʼlum boʻlib qolsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Ekspertlar guruhi rahbari tomonidan ushbu ekspertga manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan davlat tashkilotining dastlabki reyting baholash natijalari taqdim etilmasligi lozim.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2024-yil 15-avgustdagi 64-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3368-1, 06.09.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2024-y., 10/24/3368-1/0686-son — 2024-yil 6-dekabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Ekspertlar guruhi rahbari tomonidan ushbu ekspertga manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan davlat tashkilotining dastlabki reyting baholash natijalari taqdim etilmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ushbu Tartib buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 10/22/3368/0417-son; 07.09.2024-y., 10/24/3368-1/0686-son; 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)