29.04.2022 yildagi PQ-229-son

T/r

Tadbirlarning nomi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Tashkiliy-amaliy tadbirlar

1.

Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tashkiliy qo‘mitalarini tuzish.

2022-yil 2-mayga qadar

Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti

2.

Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida hamda barcha shahar va tumanlarda “Inson qadri ulug‘ — Xotira muqaddas”, “Mardlik va jasorat — hamisha barhayot” shiorlari ostida kompleks tadbirlar rejasini tasdiqlash va amalga oshirish.

2022-yil Reja-jadval asosida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

3.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlarni o‘tkazish uchun shu hududda istiqomat qilayotgan taniqli fan arboblari, ijodkor ziyolilar, sportchilar, shu bilan birga, belgilangan tartibda shartnoma asosida madaniyat, san’at xodimlari ishtirokini ta’minlash, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi va uning mintaqaviy bo‘linmalari, shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi a’zolaridan iborat targ‘ibot-tashviqot va ijodiy guruhlarni tuzish.

2022-yil may

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Madaniyat vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Kinematografiya agentligi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi va uning mintaqaviy bo‘linmalari, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

4.

Toshkent shahridagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida joylashgan “Matonat madhiyasi”, Xotira maydonida joylashgan “Motamsaro ona” monumentlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlaridagi “Motamsaro ona” monumentlari poyiga gul qo‘yish marosimlarini tashkil etish.

2022-yil 7 — 9-may kunlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, vazirliklarning (idoralarning) budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, barcha vazirlik va idoralar hamda davlat va jamoat tashkilotlari

5.

Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisiga, front orti mehnat faxriylariga, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining oila a’zolariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish maqsadida tegishli vazirlik, idora va boshqa tashkilot hamda harbiy qism va muassasa boshliqlari tomonidan ushbu toifadagi shaxslarni qutlash uchun ularning yashash joyiga tashriflarini uyushtirish.

2022-yil 1 — 10-may kunlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, vazirliklarning (idoralarning) budjet va budjetdan t�shqari mablag‘lari, shuningdek, homiylik xayriyalari mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamg‘armasi, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, davlat va jamoat tashkilotlari

6.

1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini o‘z xohishlariga ko‘ra respublika hududidagi sanatoriylarga bepul yuborishni tashkil etish.

2022-yil davomida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, vazirliklarning (idoralarning) budjet va budjetdan tashqar� mablag‘lari, shuningdek, homiylik xayriyalari mablag‘lari

Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamg‘armasi

7.

O‘sib kelayotgan yosh avlod vakillarini Vatanga muhabbat, sadoqat, mardlik va fidoyilik ruhida tarbiyalash maqsadida mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini, aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlashda qahramonlik ko‘rsatib, xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan xizmatchilarning ular o‘qigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘rnatilgan byustlari poyiga gul qo‘yishni tashkillashtirish.

2022-yil 1 — 9-may

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, vazirliklarning (idoralarning) budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek, homiylik xayriyalari mablag‘lari

Xalq ta’lim vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti

8.

“G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida:

majmua hududida obodonlashtirish ishlarini olib borish (turli xil dekorativ gullar ekish);

“Amfiteatr” ustki qismi qoplamasining tozalash ishlarini tashkillashtirish.

2022-yil 5-may kuniga qadar

Toshkent shahar mahalliy budjeti hamda homiylik xayriyalari mablag‘lari

Toshkent shahar hokimligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

9.

“G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hududidagi Ikkinchi jahon urushi davriga oid samolyot va zirhli texnikalar eksponatlariga texnik xizmat ko‘rsatish va zarur ta’mirlash ishlarini tashkillashtirish.

2022-yil 5-may kuniga qadar

“O‘zbekiston havo yo‘llari” AJ mablag‘lari va Mudofaa vazirligining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

“O‘zbekiston havo yo‘llari” AJ, Mudofaa vazirligi

10.

O‘quvchi va talaba yoshlarni harbiylik kasbiga qiziqtirish, vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida ularni harbiy qismlarda, oliy harbiy ta’lim muassasalarida yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishtirish uchun “Mard askar — yoshlarga namuna” shiori ostida “ochiq eshiklar kuni”ni uyushtirish hamda ushbu maskanlarda harbiy-vatanparvarlik tadbirlari, suhbat-munozaralar, sport o‘yinlarini tashkil etish.

yil davomida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Xalq ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

11.

Ikkinchi jahon urushi yillarida frontga safarbar etilgan vatandoshlarimizning nomlarini abadiylashtirish maqsadida bitta viloyat misolida tumanlar kesimida alifbo tartibida jangchilar nomlari bitilgan “Vatan fidoyilari” (ishchi nomi) kitobining nishona nusxasini tayyorlash.

2022-yil 9-may kuniga qadar

Mudofaa vazirligining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Mudofaa vazirligi, “O‘zarxiv” agentligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

12.

Ikkinchi jahon urushida O‘zbekiston xalqining g‘alabaga qo‘shgan munosib hissasini aks ettiruvchi “O‘zbekiston Ikkinchi jahon urushi davrida” turkumida kitob-albomni chop etish.

2022-yil may

O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “O‘zarxiv” agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

13.

Arxiv va aholi uylarida saqlanayotgan frontdan yozilgan maktublarni jamlagan holda kitob tayyorlash va chop etish.

2022-yil may

O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari

“O‘zarxiv” agentligi, Mudofaa vazirligi

14.

Vafot etgan urush va mehnat faxriylari hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining qabrlarini obodonlashtirish.

2022-yil may

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti

II. Madaniy-ma’naviy tadbirlar

15.

O‘zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushidagi jasorati, sabr-matonati, mardligi, vatanparvarligini tarannum etuvchi “Urush xotiralarda” mavzusida ijodiy ishlar tanlovini tashkil etish.

2022-yil 9-may kuniga qadar

Mudofaa vazirligining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti, O‘zbekiston “Hunarmand” uyushmasi

16.

Ikkinchi jahon urushi yillarida suratga olingan O‘zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushi yillarida front va front ortidagi jasorati, sabr-matonati, mardligi, vatanparvarligini tarannum etuvchi “O‘chmas u kunlar shuhrati” mavzusida fotolavhalar ko‘rgazmasini tashkil etish.

2022-yil 1 — 15-may

O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari

Mudofaa vazirligi, “O‘zarxiv” agentligi, O‘zbekiston Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi

17.

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan urush xotiralariga bag‘ishlangan askar maktublari, o‘zbek tilida chop etilgan Front gazetalari, Ikkinchi jahon urushi lavhalari aks ettirilgan gazeta va kitoblar (ma’lumotlar) namunalaridan iborat ko‘rgazma tashkil etish.

2022-yil 1 — 15-may

Mudofaa vazirligi, “O‘zarxiv” agentligi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi

18.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi tuzilmalarning harbiy orkestrlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi madaniyat maskanlari, xiyobonlarda “Ajdodlarimiz jasorati — mangu barhayot” nomli konsert dasturlari namoyishini belgilangan tartibda tashkil etish.

2022-yil 9-may kuni

Vazirliklarning (idoralarning) budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek, homiylik xayriyalari mablag‘lari

Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

19.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi teleradiokanallarda hamda nodavlat telekanallarda 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan hujjatli va badiiy filmlarni efirga uzatish, maxsus ko‘rsatuvlar tashkil etish.

2022-yil may

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Kinematografiya agentligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

20.

Oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litseylar, umumta’lim maktablarida urush va mehnat faxriylari ishtirokida Ikkinchi jahon urushida O‘zbekiston xalqining fidoyiligi, jasorati va matonatini aks ettiruvchi hujjatli va badiiy filmlar namoyish etiladigan darslarni tashkil etish va o‘tkazish.

2022-yil may

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Kinematografiya agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti

21.

“G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida “Musaffo osmon” shiori ostida umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida respublika rasmlar tanlovini o‘tkazish.

2022-yil may

Xalqaro politsiya assotsiatsiyasining O‘zbekistondagi tashkiloti, Mudofaa vazirligi

22.

“Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini va front ortida fidokorona mehnat qilganlar faxriylarni e’zozlash — O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlardan biri” mavzusida seminar tashkil etish.

2022-yil may

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi, Ichki ishlar �azirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar hamda davlat va jamoat tashkilotlari

23.

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi mobil aloqa operatorlari tomonidan abonentlarga SMS-tabriklar jo‘natish.

2022-yil 9-may kuni

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

24.

“Men g‘olib” shiori ostida 10 kmga yugurish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari chempionatining ikkinchi bosqichini o‘tkazish.

alohida rejaga asosan

Vazirliklarning (idoralarning) budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek, homiylik xayriyalari mablag‘lari

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Turizm va madaniy meros vazirligi

III. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat fronti faxriylari, xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlar xodimlari oilalarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilish yo‘nalishidagi tadbirlar

25.

9-may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy va vatanparvarlik turkum tadbirlarini tashkil etish.

Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari, mehnat fronti faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining oilalari holidan xabar olishni, ularga moddiy-ma’naviy yordam ko‘rsatishni tashkil etish.

2022-yil 1 — 15-may kunlari

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Eshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi

26.

Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti nogironlari, m�staqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida sog‘lig‘ini yo‘qotgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga maqsadli yordam ko‘rsatish, ularni protezlar, nogironlar aravachalari va boshqa zarur tibbiy asbob-anjomlar bilan ta’minlash.

2022-yil 1 — 15-may kunlari

Vazirliklarning (idoralarning) budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek, homiylik xayriyalari mablag‘lari

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

27.

Yolg‘iz va kam ta’minlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining turar joyi va uy ho‘jaliklarini ta’mirlash, obodonlashtirish.

2022-yil

1 — 15-may kunlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari, vazirliklarning (idoralarning) budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek, homiylik xayriyalari mablag‘lari hisobidan

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

28.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan biryo‘la to‘lanadigan pul mukofotini tantanali ravishda topshirish.

2022-yil 9-may kuniga qadar

O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Moliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, Yoshlar ishlari agentligi

1.

A.N. Aripov

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, ishchi guruh rahbari

2.

V.V. Maxmudov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi, ishchi guruh rahbari o‘rinbosari

3.

Lavozimi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi

4.

T.A. Xudaybergenov

O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vaziri

5.

A.A. Abduxakimov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — turizm va madaniy meros vaziri

6.

A.A. Jo‘raboyev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari

7.

Q.M. Rafikov

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi

8.

T.A. Ishmetov

O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri

9.

B.N. Kurbanov

O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri

10.

P.R. Bobojonov

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri

11.

R.M. Djurayev

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni

12.

A.H. Qo‘ldoshev

O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri

13.

A.H. Toshkulov

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

14.

B.O. Saidov

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri

15.

O.A. Nazarbekov

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri

16.

Lavozimi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari

17.

S.E. Xusanov

Davlat xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari — Chegara qo‘shinlari qo‘mondoni

18.

S. Turdiyev

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari

19.

Sh.T. Axmedov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi devonining sho‘ba mudiri

20.

A.D. Xadjayev

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

21.

A.K. Ko‘chimov

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

22.

X.A. Batirov

O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisi

23.

M.M. Xojimatov

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari

24.

S.S. Saidov

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

25.

R. Abdullayev

O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi

26.

O.A. O‘sarov

O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi