1-ILOVA
|
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddatlari |
Moliyalashtirish manbai |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish orqali bolalar qamrovini oshirish | |||||
|
1. |
Toshkent shahrida davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari sonini koʻpaytirish |
1. Toshkent shahrida tumanlar boʻyicha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tegishli boʻsh turgan yer maydonlarini aniqlash. 2. DXSH asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlarini 2022-2023-yillarda tashkil etish uchun takliflar tayyorlash. 3. Takliflar boʻyicha DXSH asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish. |
2022-yil may
|
Tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari hisobidan |
Maktabgacha taʼlim vazirligi (Shin), Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (F. Umarov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (B. Abidov) |
|
2. |
Toshkent shahridagi toʻliq quvvatda ishlamayotgan va bolalarni tashkilotga qabul qilish uchun elektron navbatda arizalar boʻlmagan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tajriba-sinov tariqasida pullik xizmat koʻrsatish shaklida bolalarni 2 yoshdan boshlab qabul qilish |
1. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida pullik xizmat koʻrsatish shaklida bolalarni 2 yoshdan boshlab qabul qilish tartibini joriy etish. Bunda: davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida guruhlar tayyorlash; davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni 2 yoshdan boshlab qabul qilish xizmati narxini hisoblab chiqish va belgilash; pedagoglarni tanlab olish. 2. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni 2 yoshdan boshlab qabul qilishni amalga oshirish. |
2022-yil aprel
|
— |
Maktabgacha taʼlim vazirligi (Shin), Moliya vazirligi (Ishmetov), Adliya vazirligi (Davletov) |
|
3. |
Har bir tumanda 1 tadan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida 24 soatlik guruhlar tashkil etish orqali ishlaydigan ota-onalarga qulay sharoit yaratilishiga va ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayotga faolroq kirishishiga yordam berish |
1. Tumandagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va ularning moddiy imkoniyatlarini oʻrganib chiqish. 2. Ota-onalar oʻrtasida 24 soatlik guruhlar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida soʻrovnoma oʻtkazish va tahlil qilish. 3. Guruhga qabul qilinuvchilar roʻyxatini shakllantirish. 4. Pedagoglarni tanlab olish. 5. 24 soat faoliyat yuritadigan guruhlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
2022-yil may
|
— |
Maktabgacha taʼlim vazirligi (Shin), Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev), Moliya vazirligi (Ishmetov) |
|
4. |
2022-yilda Toshkent shahar Bektemir tumanidagi 12 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida va 2024-yilga kadar Toshkent shahridagi barcha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining xodimlari va tarbiyalanuvchilarini zamonaviy raqamli texnologiyalarni qoʻllagan holda avtomatik hisobga olish tizimini joriy etish |
1. Avtomatik hisobga olish tizimini joriy etish boʻyicha texnik talablarni ishlab chiqish. 2. Moliyalashtirish manbaini aniqlash. 3. Tegishli vazirliklar va idoralar bilan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida bitim tuzish. 4. Loyiha samaradorligini tahlil qilish va baholash. 5. Toshkent shahrida ushbu loyihani amalga oshirish. |
2022 — 2024-yillar |
Respublika budjeti mablagʻlari |
Maktabgacha taʼlim vazirligi (Shin), Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev), Moliya vazirligi (Ishmetov) |
|
5. |
2022-yildan boshlab Toshkent shahridagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida shanba va yakshanba kunlari faoliyat yuritadigan kunlik guruhlarni tashkil etish hamda ularni 2026-yilgacha bosqichma-bosqich kengaytirib borish |
1. Ota-onalar oʻrtasida shanba va yakshanba kunlari faoliyat yuritadigan kunlik guruhlarga boʻlgan ehtiyojni oʻrganish. 2. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida shanba va yakshanba kunlari faoliyat yuritadigan kunlik guruhlarni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. 3. Guruhlarni tayyorlash. 4. Pedagoglarni tanlab olish. 5. Nizom talablari asosida guruhlar faoliyatini tashkil etish. |
2022-yil may
|
— |
Maktabgacha taʼlim vazirligi (Shin), Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Adliya vazirligi (Davletov) |
|
II. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish | |||||
|
6. |
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari oʻrtasida mikrohududiy integratsiyani yoʻlga qoʻyish |
1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari mikrohududiy integratsiyasini yoʻlga qoʻyish boʻyicha ishchi guruhni shakllantirish. 2. Maktabgacha taʼlim tashkilotlariva umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari oʻzaro hamkorligi jadvalini tasdiqlash. 3. Hamkorlik doirasida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlariga tayyorlash samaradorligini oshirish. |
2022-yil may
|
— |
Maktabgacha taʼlim vazirligi (U. Begimqulov), Xalq taʼlimi vazirligi (U. Sharifxodjayev) |
|
7. |
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini oliy taʼlim muassasalariga biriktirish orqali taʼlim sifatini oshirishga erishish |
1. Oliy taʼlim muassasalari kafedralarining professor-oʻqituvchilari va maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlari oʻrtasida hamkorlikni tashkil etish tartibini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhni shakllantirish. 2. Ishlab chiqilgan tartibni tasdiqlash. 3. Oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari va maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlari hamkorligida maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatini oshirish. |
2022-yil iyul
2022-yil sentabrdan boshlab doimo |
— |
Maktabgacha taʼlim vazirligi (U. Begimqulov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (K. Karimov) |
|
8. |
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 2022-2023 oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich STEAM yondashuvi asosida mashgʻulotlar tashkil etilishini yoʻlga qoʻyish |
1. STEAM yondashuvi asosida mashgʻulotlar tashkil etish tartibini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhni shakllantirish. 2. STEAM yondashuvi asosida mashgʻulotlar tashkil etish tartibini ishlab chikish. 3. STEAM yondashuvi asosida mashgʻulotlar tashkil etish boʻyicha har bir tumandan 2 tadan maktabgacha taʼlim tashkilotini belgilash va zarur materiallar bilan taʼminlash. 4. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari roʻyxatini shakllantirish. 5. Qisqa muddatli oʻquv kurslari mazmunini ishlab chiqish. 6. Oʻquv kurslarini tashkil etish. 7. Belgilangan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida STEAM yondashuvi asosida mashgʻulotlar tashkil etishni yoʻlga qoʻyish. |
2022-yil may
2022-yil sentabrdan boshlab doimo |
Respublika budjeta mablagʻlari |
Maktabgacha taʼlim vazirligi (U. Begimkulov, N. Muslitdinov) |
|
III. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish va ularning moddiy-texnik holatini yaxshilash | |||||
|
9. |
Toshkent shahri mahalliy budjeta mablagʻlari hisobidan 2022-2023-yillarda Toshkent shahrida maktabgacha taʼlim tashkilotlari obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha manzilli dasturni ishlab chiqish |
1. Tumanlar boʻyicha maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar qamrovi past boʻlgan mahallalar roʻyxatini shakllantirish va ehtiyojni aniqlash. 2. Ehtiyojlar asosida Toshkent shahrida maktabgacha taʼlim tashkilotlari obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha manzilli roʻyxatni shakllantirish. Bunda quyidagilarni inobatga olish: 28 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotini rekonstruksiya qilish; 72 ta taʼmirtalab guruh xonalarini taʼmirlash; 33 ta guruhni mebel jihozlari bilan taʼminlash; barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlari tibbiyot xonalarini toʻliq qayta jihozlash; maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi taʼmirga muhtoj yozgi ayvonchalarning may?onchalarini toʻliq yangilash; maktabgacha taʼlim tashkilotlarini zamonaviy rusumdagi kompyuter texnikasi bilan taʼminlash; maktabgacha taʼlim tashkilotlari yozgi sport oʻyin maydonchalarini toʻliq yangilash nazarda tutiladi. |
2022-yil may
|
Toshkent shahar mahalliy budjeta |
Maktabgacha taʼlim vazirligi (Shin), Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Boboyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
IV. Maktabgacha taʼlim tizimini raqamlashtirish | |||||
|
10. |
Toshkent shahridagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini interaktiv texnologiyalar bilan taʼminlash |
1. Toshkent shahridagi axborot texnologiyalari bilan taʼminlanishi talab darajasidaboʻlmagan maktabgacha davlat taʼlim tashkilotlari roʻyxatini shakllantirish. 2. Xarid qilinadigan interaktiv texnologiyalar roʻyxatini shakllantirish. 1. Davlat maktabgacha taʼlimtashkilotlarini interaktiv texnologiyalar bilan taʼminlash. 2. Interaktiv samarali foydalanish choralarini koʻrish. |
2022-2023-yillar davomida |
Toshkent shahar mahalliy budjetining daromadlar rejasi orttirib bajarilgan qismi hisobidan |
Maktabgacha taʼlim vazirligi (Shin), Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev) |
2-ILOVA
|
Tumanning nomi |
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni |
Biriktirilgan oliy taʼlim muassasasi nomi | |
|
1. |
Sergeli |
24 ta |
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti |
|
Yashnobod |
46 ta | ||
|
Uchtepa |
50 ta | ||
|
Chilonzor |
57 ta | ||
|
2. |
Yangihayot |
18 ta |
Toshkent shahridagi Puchon universiteti |
|
Bektemir |
11 ta | ||
|
Yunusobod |
55 ta | ||
|
M. Ulugbek |
58 ta | ||
|
3. |
Yakkasaroy |
23 ta |
“A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat-budjet oliy taʼlim muassasasi filiali |
|
Mirobod |
27 ta | ||
|
Shayxontohur |
42 ta | ||
|
Olmazor |
54 ta |