Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
BUYRUGʻI
MOLIYA ORGANLARIDA BUDJETDAN TAShQARI MABLAGʻ OLUVChILAR BILAN TOVAR (IShLAR, XIZMATLAR) YETKAZIB BERUVChILAR OʻRTASIDAGI ShARTNOMALARNI ROʻYXATDAN OʻTKAZISh VA ULARNING XARAJATLARI TOʻLOVINI NAZORAT QILISh TARTIBI HAQIDA VAQTINChALIK NIZOMNI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 21-mayda 1475-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 26-dekabrdagi 180-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining “Moliya organlarida budjetdan tashqari mablagʻ oluvchilar bilan tovar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning xarajatlari toʻlovini nazorat qilish tartibi haqida vaqtinchalik nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1475-2, 06.01.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 610-sonli qarorining 20-bandiga muvofiq (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 523-modda) hamda budjetdan mablagʻ oluvchilar bilan tovar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi shartnomalar (kontraktlar)ni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning xarajatlarini toʻlashga budjet mablagʻlarini oʻtkazish ustidan nazorat qilishni tartibga solish maqsadida buyuraman:
1. Ilova* qilinayotgan Moliya organlarida budjetdan tashqari mablagʻ oluvchilar bilan tovar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning xarajatlari toʻlovini nazorat qilish tartibi haqidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olinganidan soʻng oʻn kundan keyin amalga kiritilsin.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 5-may,
63-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 21-son, 155-modda; 2006-y., 6-7-son, 42-modda)