19.04.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3363
O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining buyrug‘i, 19.04.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3363
Kuchga kirish sanasi
20.07.2022
Hujjat hali kuchga kirgan emas
41. Temir yo‘l kesishmasida kesishma signalizatsiyasi mavjud bo‘lsa, Yo‘l harakati qoidalariga muvofiq 1.3.1 “Bir izli temir yo‘l” yoki 1.3.2 “Ko‘p izli temir yo‘l” ogohlantiruvchi yo‘l belgilari svetoforlar bilan bir ustunda, ustun bo‘lmaganda esa eng yaqin relsdan 20 metrdan kam bo‘lmagan masofada o‘rnatiladi.
42. Tartibga solinmaydigan temir yo‘l kesishmalari old tomonida eng yaqin relsdan 50 metrdan ortiq bo‘lmagan uzoqlikda joylashgan transport vositalari haydovchilariga mazkur Qoidalarning 2 va 3-ilovalariga muvofiq hisoblangan uzunlikka teng masofada poyezd ko‘rinishi ta’minlanmagan bo‘lsa, eng yaqin relsgacha 10 metr masofada Yo‘l harakati qoidalariga muvofiq 2.5 “To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan” belgisi o‘rnatiladi.
44. Temir yo‘l kesishmalariga tutashgan joylarda avtomobil yo‘llari tomonidan shlagbaumlar old tomonida, ular mavjud bo‘lmaganda esa Yo‘l harakati qoidalariga muvofiq o‘rnatilgan 1.3.1 “Bir izli temir yo‘l” yoki 1.3.2 “Ko‘p izli temir yo‘l” ogohlantiruvchi yo‘l belgilari old tomonida 150 — 300 metr masofada 1.1 “Shlagbaumli temir yo‘l kesishmasi” yoki 1.2 “Shlagbaumsiz temir yo‘l kesishmasi” ogohlantiruvchi va boshqa yo‘l belgilari o‘rnatiladi. Aholi punktlari va umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘l kesishmalariga tutashgan yo‘llarda bunday belgilar chetdagi relslardan 50 — 100 metr masofada o‘rnatiladi.
61. Shlagbaum yoki svetofordan 5 metrdan kam bo‘lmagan masofada Yo‘l harakati qoidalariga muvofiq 1.12 “To‘xtash chizig‘i” belgisi chizilishi kerak. Bunda, shlagbaum yoki svetofor mavjud bo‘lmaganda 1.12 “To‘xtash chizig‘i” belgisi eng yaqin relsdan 10 metrdan kam bo‘lmagan masofada 2.5 “To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi” belgisi to‘g‘risida chiziladi.
80. Kesishma signalizatsiyalaridan foydalanish infratuzilma egasi yoki shoxobcha yo‘llari egasi tomonidan mazkur Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq tayyorlanadigan yo‘riqnomaga (bundan buyon matnda mahalliy yo‘riqnoma deb yuritiladi) ko‘ra amalga oshiriladi. Mahalliy yo‘riqnoma besh yilda bir marta qayta ko‘rib chiqilishi lozim.
b) Yo‘l harakati qoidalari, mazkur Qoidalar va mahalliy yo‘riqnomaning matni;
v) mazkur Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq temir yo‘l kesishmasi kartochkasi;
85. Qish mavsumida yer muzlagan vaqtda temir yo‘l kesishmasi chegarasidagi (temir yo‘ldan shlagbaum o‘qigacha, shlagbaum bo‘lmagan joyda esa Yo‘l harakati qoidalariga muvofiq 1.3.1 “Bir izli temir yo‘l” va 1.3.2 “Ko‘p izli temir yo‘l” belgilari o‘rnatilgan joygacha bo‘lgan hudud) qatnov qismiga va piyodalar yo‘lkalariga sepish uchun qum zaxirasi mavjud bo‘lishi kerak.

Temir yo‘l kesishmasi
KARTOChKASI

____________________________________________________________________________________________

(tashkilot nomi)

______________________________ toifali temir yo‘l kesishmasi.

(I, II, III yoki IV toifa)

Temir yo‘l kesishmasi ___ kilometr ___ piketi, ___ temir yo‘l stansiyasida joylashgan.
Foydalanish turi ____________________________________________________________________________.

(umumiy, umumiy bo‘lmagan)

Kesishma turi _______________________________________________________________________________.

(tartibga solinadigan, tartibga solinmaydigan)

Navbatchi xodimlar mavjudligi _________________________________________________________________.

(navbatchi bilan, navbatchisiz)

Smenalar soni ______, smena davomiyligi ______, navbatchilar soni __________________________________.
Kesib o‘tadigan avtomobil yo‘li _______________________ toifadagi ______________________ kilometrida.
Shlagbaumlarning holati _______________________________________________________________________.
Kesishma signalizatsiyasining turi _______________________________________________________________.
To‘suvchi qurilmalarning mavjudligi ____________________________________________________________.
Transport vositasining haydovchisiga yaqinlashayotgan poyezdning ko‘rinishi:
o‘ng tomondan:
toq yo‘nalishdagi poyezd ___________ metr;
juft yo‘nalishdagi poyezd _________ metr;
chap tomondan:
toq yo‘nalishdagi poyezd ___________ metr;
juft yo‘nalishdagi poyezd __________ metr.
Temir yo‘l kesishmasining poyezd mashinistiga ko‘rinishi:
toq poyezd ______ metr;
juft poyezd ______ metr.
O‘tuvchi poyezdlar soni/sutkasiga (ikki yo‘nalishda) _________.
O‘tuvchi transport vositalari soni/sutkasiga (ikki yo‘nalishda) _______.
Yo‘lovchi transporti (avtobus) yo‘nalishlarining mavjudligi _________.
Poyezdlar harakatining eng yuqori tezligi:
yuk tashuvchi:
juft yo‘nalishda soatiga _____ kilometr;
toq yo‘nalishda soatiga _____ kilometr;
yo‘lovchi:
juft yo‘nalishda soatiga _____ kilometr;
toq yo‘nalishda soatiga _____ kilometr.
Kesishuvchi temir yo‘llarning soni (asosiy ___ ta, stansiya ___ ta).
Kesishma __________________________________________________________ joylashgan.

(qiyalikda, chuqurlikda, egri yo‘lda, to‘g‘ri yo‘lda)

Kesishma 20___ yilda foydalanishga topshirilgan.
Ma’lumotlar ____________________________________________________ to‘ldirildi.

(sana, mas’ul shaxsning imzosi)