18.04.2022 yildagi PQ-209-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda taʼlim berish sifatini oshirish hamda ular faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, xususan koʻzi ojiz va koʻrishda nuqsoni boʻlgan bolalarning jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur yoʻnalishdagi islohotlarning izchilligi va tizimliligini taʼminlash, koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalarning taʼlim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, ularning jamiyatga moslashuviga koʻmaklashish hamda qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ichki ishlar vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni Ichki ishlar vazirligiga biriktirish hamda ularni “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari (keyingi oʻrinlarda — “Nurli maskan” maktablari) deb nomlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Ichki ishlar vazirligi “Nurli maskan” maktablariga masʼullarni biriktirgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sifatli taʼlim va tarbiya berishga, ularning maishiy sharoitlarini yaxshilashga, shuningdek, oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarning jismoniy imkoniyatidan kelib chiqqan holda, ularni sogʻlom, maʼnan yetuk inson qilib tarbiyalashga hamda dunyoqarashini shakllantirish, sport turlariga qiziqtirish va jalb etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarning vatanparvarlik tuygʻularini shakllantiruvchi madaniy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etishga doimiy ravishda koʻmaklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Nurli maskan” maktablari oʻquvchilari xavfsizligini taʼminlash, ularni sogʻlomlashtirish va reabilitatsiya qilish tadbirlarini tizimli yoʻlga qoʻyish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Respublika koʻz kasalliklari klinik shifoxonasi, Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti hamda boshqa tibbiy muassasalarning malakali shifokorlarini jalb etgan holda, “Nurli maskan” maktablari oʻquvchilarini davolash-sogʻlomlashtirish va reabilitatsiya qilish amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, “Nurli maskan” maktablari oʻquvchilarini davolash-sogʻlomlashtirish va reabilitatsiya qilish tadbirlari uchun xarajatlar Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev) Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov) bilan birgalikda bir oy muddatda “Nurli maskan” maktablari oʻquvchilari uchun patronaj tizimini joriy etish hamda davolash-sogʻlomlashtirish va reabilitatsiya qilish tadbirlarini amalga oshirishni oʻz ichiga oluvchi chora-tadbirlar tasdiqlanishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) oʻquvchilarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik hamda ular orasida oʻz joniga qasd qilish holatlarining oldini olish boʻyicha profilaktika ishlarini tizimli yoʻlga qoʻyish doirasida barcha “Nurli maskan” maktablari hududiga videokuzatuv moslamalari oʻrnatilishi taʼminlansin va ular tegishli hududiy ichki ishlar organlariga integratsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) uch oy muddatda vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan mazkur vazifani amalga oshirish boʻyicha manzilli choralarni belgilab, ishlarni yakuniga yetkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Nurli maskan” maktablarining Brayl yozuvidagi darsliklar va oʻquv qoʻllanmalar, badiiy hamda bolalar uchun moʻljallangan adabiyotlar, turli ixtisoslik va yoʻnalishlardagi bosma va audiokitoblarga boʻlgan ehtiyoji har olti oyda oʻrganiladi va shu asosda adabiyotlar roʻyxati shakllantirib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, shakllantirilgan roʻyxat asosida davlat buyurtmasini eʼlon qilish, adabiyotlarni ushbu yoʻnalishdagi ixtisoslashgan, yetarli moddiy-texnik bazaga hamda tajribaga ega boʻlgan matbaa korxonalarida nashr etish hamda “Nurli maskan” maktablari ehtiyojidan kelib chiqib, taqsimot asosida tarqatish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun belgilangan viloyat va respublika fan olimpiadalari bitiruvchi sinflar oʻquvchilari uchun alohida tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “Nurli maskan” maktablari oʻquvchilari uchun axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, kasb-hunar va tadbirkorlikni oʻrgatish boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, “Nurli maskan” maktablari bitiruvchilarini qisqa muddatli oʻquv kurslari orqali kasb-hunarga oʻqitish uchun nodavlat taʼlim tashkilotlari oʻrtasida grant eʼlon qilinadi va oʻqish bilan bogʻliq xarajatlar Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) oliy taʼlim muassasalarining tegishli ixtisoslik va yoʻnalishlari boʻyicha Brayl alifbosi asosidagi adabiyotlarni chop etish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) koʻzi ojiz va zaif koʻruvchilar uchun darsliklar va oʻquv-metodik majmualar chop etuvchi nashriyot-matbaa korxonalari bilan deklaratsiya qilingan narxlar asosida belgilangan tartibda shartnomalar tuzishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda koʻzi ojiz va zaif koʻruvchilar uchun oʻquv va badiiy adabiyotlar chop etish sohasiga xususiy sektor vakillarini keng jalb qilish, ularga tegishli imtiyozlar berish orqali mazkur yoʻnalishni rivojlantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Boboyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2022-yil 1-iyulga qadar “Nurli maskan” maktablarida qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlarini bajarish 2023 — 2025-yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Moliya vazirligi (T. Ishmetov) tomonidan Samarqand shahridagi 59-sonli va 60-sonli koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar maktab-internatlarida 2022-yilda qurilish-taʼmirlash hamda jihozlash ishlarini amalga oshirish uchun bir oy muddatda tegishli mablagʻlar ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2022-yil sentabrdan boshlab “Nurli maskan” maktablari oʻquvchilarini kasb-hunarga oʻrgatish hamda bitiruvchilarining kasb egallashini taʼminlash maqsadida muassasalarda oʻgʻil va qiz bolalar uchun alohida zamonaviy jihozlangan ijtimoiy va maishiy yoʻnalishdagi majmua (oʻquv ustaxona)lar tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “Nurli maskan” maktablari 2022/2023 oʻquv yiliga qadar mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan koʻzi ojizlar uchun moslashtirilgan maxsus kompyuter texnika vositalari bilan toʻliq jihozlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi vaziri B. Saidov va ichki ishlar vaziri P. Bobojonov mazkur bandda belgilangan vazifalarni samarali va toʻlaqonli amaliyotga tatbiq etish boʻyicha shaxsan masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qurilish vazirligi (B. Zakirov) Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev) bilan birgalikda uch oy muddatda “Nurli maskan” maktablari obyektlarini loyihalash va qurishga doir ilgʻor xorijiy standartlar va meʼyorlarni oʻrganib chiqib, ularni qoʻllash boʻyicha texnik jihatdan tartibga solishga oid normativ hujjatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Yoshlar ishlari agentligi ikki oy muddatda mahallalardagi yoshlar yetakchilari tomonidan taʼlimga jalb etilmagan koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar roʻyxatlarini mahallalar kesimida shakllantirsin va ularning Xalq taʼlimi vazirligiga taqdim etilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Xalq taʼlimi vazirligi uch oy muddatda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan taqdim etilgan roʻyxatlar asosida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalarni toʻliq taʼlimga jalb etish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalarni taʼlimga jalb etishda alohida yondashuv-metodikalari asosida uy sharoitida tahsil oluvchilarni maxsus adabiyotlar bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov) alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalarning inklyuziv taʼlim olishi uchun zarur sharoitlar yaratish choralarini koʻrsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev) Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov) bilan birgalikda xalqaro tajribadan kelib chiqib, koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalarni umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalariga yuborish imkonini beruvchi tibbiy koʻrsatmalar roʻyxatini qayta koʻrib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil yakuniga qadar inklyuziv taʼlim tizimi joriy qilingan taʼlim muassasalarida koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratsin, shu jumladan ularni relyef yoʻlakchalar, Brayl alifbosi asosidagi adabiyotlar hamda maxsus eshitish moslamalari bilan taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili kamida ikki marotaba inklyuziv taʼlim tizimi joriy qilingan taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari uchun koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalarga taʼlim berish boʻyicha malaka oshirish kurslarini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inklyuziv taʼlim tizimi joriy qilingan taʼlim muassasalarida koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalarning yaqin qarindoshlariga ular bilan birga darslarda qatnashish imkoniyatlarini yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 2022-yil 1-iyunga qadar Andijon viloyatining 16-sonli “Nurli maskan” maktabining boʻsh turgan binosida koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi shaxslarning mehnat qilishi uchun tajriba-sinov tariqasida maxsus oʻquv-ishlab chiqarish korxonasi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon viloyati hokimligi (Sh. Abdurahmonov) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) hamda Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov) bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda “Nurli maskan” maktabining oʻquvchilari uchun oʻquv-ishlab chiqarish korxonasining ishlab chiqarish yoʻnalishidan kelib chiqib maxsus amaliy-oʻquv darslarini tashkil qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda oʻquv-ishlab chiqarish korxonasini zarur uskunalar, maxsus jihozlar, ish qurollari va anjomlar bilan taʼminlasin hamda ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlarni realizatsiya qilishda amaliy yordam koʻrsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2023-yil 1-yanvarga qadar Andijon viloyatining “Nurli maskan” maktabidagi oʻquv-ishlab chiqarish korxonasining natijalaridan kelib chiqib, respublikaning boshqa maktab-internatlarida mazkur tajribani joriy etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati (E. Narpulatov) hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) bilan birgalikda 2023-yil 1-fevralga qadar joylarda tashkil etilayotgan oʻquv ustaxonalarining yoʻnalish va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, kasbga yoʻnaltiruvchi maxsus oʻquv reja va dasturlarni ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2022/2023 oʻquv yiliga qadar “Nurli maskan” maktablari oʻquvchilarining ehtiyoji va imkoniyatidan kelib chiqib, ularda “Barkamol avlod” bolalar maktablarining tarmoq toʻgaraklari faoliyatini yoʻlga qoʻysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) bilan birgalikda 2022-yil yakuniga qadar “Nurli maskan” maktablari uchun oʻzbek nutq sintezatori va boshqa semantik-eshitish vositalari bilan hamohang ravishda milliy dizayndagi maxsus kompyuter dasturlarini yaratsin va oʻquv jarayoniga tatbiq qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, milliy dizayndagi maxsus kompyuter dasturlarini ishlab chiqish bilan bogʻliq xarajatlar Xalq taʼlimi sohasida islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov) bilan birgalikda 2022/2023 oʻquv yiliga qadar 1-sinf oʻquvchilariga belgilangan tartibda ajratiladigan “Prezident sovgʻasi” tarkibiga koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun maxsus oʻquv qurollari va toʻplamlar roʻyxatini shakllantirsin va tegishli qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) hamda Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev) bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda “Nurli maskan” maktablarining paralimpiya sport turlari bilan shugʻullanishda zarur boʻladigan sport asbob-uskunalari, jihozlar va boshqa inventarlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar hamda tayanch harakat aʼzolari shikastlangan bolalarning ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda paralimpiya sport turlari (dzyudo, futbol, yengil atletika) bilan mukammal shugʻullanishi uchun sport guruhlarini tashkil qilsin va ushbu maktablarga oʻquvchilarning sport turlariga qiziqishidan kelib chiqib, malakali trenerlar jalb qilinishini taʼminlasin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari aniqlangan paralimpiya sport turlari bilan shugʻullanishda zarur boʻladigan sport asbob-uskunalari, jihozlar va boshqa inventarlarga boʻlgan ehtiyojlarga asosan tegishli mahalliy budjetlar hisobidan “Nurli maskan” maktablarining sport zali va sport maydonlarini muntazam xalqaro meʼyorlar asosida jihozlash hamda zarur maxsus sport inventarlari bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
(101-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda “Nurli maskan” maktablarida sanʼat (musiqa) yoʻnalishini rivojlantirish, oʻquvchilarning sanʼat yoʻnalishidagi iqtidorlarini roʻyobga chiqarish maqsadida ularni hududlardagi musiqa va sanʼat maktablariga biriktirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, bolalarning sanʼat va musiqaga qiziqishini oshirish maqsadida “Nurli maskan” maktablarida “Doirachilar”, “Dutorchi qizlar”, “Folklor” guruhlari tashkil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xalq taʼlimi vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligining 2022-yilda Samarqand shahridagi 59- va 60-son “Nurli maskan” maktablari hududida ushbu muassasalarning cheklangan shtat birliklari doirasida koʻzi ojiz bolalarni maktabga tayyorlash maqsadida maxsus oʻquv dasturlari asosida bir yillik muddatli tayyorlov guruhlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2022-yil 1-oktabrdan boshlab “Nurli maskan” maktablari negizida koʻzi ojiz bolalarni maktabga tayyorlovchi bir yillik muddatli tayyorlov guruhlari faoliyatini tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin) 2022-yil 1-oktabrga qadar xalqaro tajribani keng oʻrgangan holda, maktabgacha yoshda boʻlgan koʻzi ojiz bolalarni oʻqitish metodikasini ishlab chiqsin va oʻquv dasturlari “Nurli maskan” maktablariga yetkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan 2022/2023 oʻquv yiliga qadar “Nurli maskan” maktablarini Brayl alifbosidagi tarqatma materiallar va oʻquv qoʻllanmalari bosib chiqarish uchun relyef-nuqtali Brayl printer, portativ taktilli Brayl displeyi, monoblok, qogʻoz kesuvchi va laminator uskunasi kabi kichik bosmaxona uchun zarur uskunalar bilan taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil yakuniga qadar “Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan “Nurli maskan” maktablari hududida “Yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatish maxsus maydoncha”lari tashkil etsin hamda koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar yashaydigan hududlarda ovozli svetoforlar va innovatsion yoʻl belgilarini oʻrnatish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarining shart-sharoitlarini bosqichma-bosqich yaxshilash boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarni soʻzsiz, oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan masʼul rahbarlarga shaxsiy javobgarlik yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Ichki ishlar vazirligi (B. Bobojonov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib xalq taʼlimi vaziri B.O. Saidov, ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 18-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-209-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-apreldagi PQ-209-son qaroriga

ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarining shart-sharoitlarini bosqichma-bosqich yaxshilash boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YOʻL XARITASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Belgilangan vazifalar

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Masʼul vazirlik va idoralar

1.

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab 1-sinfga qabul qilinadigan oʻquvchilarga ajratiladigan “Prezident sovgʻasi” tarkibiga koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun maxsus oʻquv qurollari va toʻplamlarni kiritish.

Maktab-internatlarning 1-sinfiga chiqadigan oʻquvchilarga taqdim etiladigan “Prezident sovgʻasi” tarkibiga pribor, grifel ruchka, relyefli chizgʻichlar kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022 yil 1-sentabrga qadar

Xalq taʼlimi vazirligi

(B. Saidov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi

(A. Inakov)

2.

“Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari (keyingi oʻrinlarda — maktab-internatlar) oʻquvchilari xavfsizligini taʼminlash maqsadida ularning hududiga qoʻshimcha videokuzatuv moslamalarini oʻrnatish va tegishli hududiy ichki ishlar organlariga integratsiya qilish.

1. Ehtiyojdan kelib chiqib muassasalarga qoʻshimcha videokuzatuv moslamalarini oʻrnatish.

2. Oʻrnatilgan videokuzatuv moslamalarini hududiy ichki ishlar organlariga integratsiya qilish.

3. Xavfsizlikni taʼminlash va xodimlar nazorati boʻyicha kompyuterlar nazorati, server tizimi, kirish-chiqish nazorati uchun “Skud”, “Surfansay” kabi tizimlarni oʻrnatish choralarini koʻrish.

Chora-tadbirlar dasturi

2022 yil 25 iyul

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Xalq taʼlimi vazirligi

(B. Saidov)

3.

Maktab-internatlarda “Barkamol avlod” bolalar maktablari tarmoqlarini samarali tashkil etish.

1. Maktab-internatlarda “Barkamol avlod” bolalar maktablarining tarmoq toʻgaragi uchun alohida xona ajratish.

2. Ajratilgan xonalarni zarur uskunalar bilan jihozlash va toʻgarak faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022 yil avgust

Xalq taʼlimi vazirligi

(B. Saidov),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

4.

Maktab-internatlarni Brayl yozuvli va zaif koʻruvchilar uchun katta shriftdagi adabiyotlar hamda darsliklar, shuningdek, Brayl yozuviga moslashgan maxsus qurilmalar bilan toʻliq taʼminlash.

1. Maktab-internatlarning Brayl alifbosidagi oʻquv darsliklari va badiiy adabiyotlarga boʻlgan ehtiyojini oʻrganib chiqish.

Chora-tadbirlar dasturi

2022 yil may

Xalq taʼlimi vazirligi

(B. Saidov),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Yozuvchilar uyushmasi

(S. Sayyidov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(A. Toshkulov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Oʻrganishlar natijalari asosida bosqichma-bosqich oʻquv darsliklarini chop ettirish.

2022 — 2025 yillar

3. 2023 yildan boshlab oʻzbek adabiyoti namoyandalarining eng sara asarlarini Braylda chop etishni yoʻlga qoʻyish.

4. Oʻquvchilar uchun tarqatma materiallar tayyorlash hamda oʻqituvchilar uchun uslubiy qoʻllanmalar chop etish maqsadida maktab-internatlarni Brayl yozuviga moslashgan maxsus printerlar bilan taʼminlash.

2022 yil sentabr

5. Korreksion fanlar, yaʼni koʻrish idroki, teri syezuvchanligi, moʻljal olib harakatlanish singari korreksion mashgʻulotlar uchun oʻquv-amaliy qoʻllanmalarni yaratish.

2022-2023 yillar

5.

Maktab-internatlar va oliy taʼlim muassasalarining kutubxonalari sharoitlarini yaxshilash va ularni koʻzi ojizlar hamda zaif koʻruvchi bolalar uchun turli adabiyotlar bilan bosqichma-bosqich toʻldirib borish.

1. Maktab-internatlar qoshidagi kutubxonalar faoliyatini tahlil qilish va ularning ehtiyojini oʻrganish.

2. Kutubxonalarni belgilangan talablar asosida jihozlash.

3. Oliy taʼlim muassasalari va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablarining kutubxonalarini Brayl alifbosidagi oʻquv adabiyotlar bilan taʼminlash.

Reja-grafik

2022-2023-yillar davomida

Xalq taʼlimi vazirligi

(B. Saidov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(A. Toshkulov)

6.

Maktab-internatlar, shuningdek, boshqa taʼlim muassasalarida QR-kodlar yordamida adabiyotlarning audio shakllarini yuklab olish imkoniyatini yaratish.

1. QR-kodlar yordamida adabiyotlarning audio shakllarini yuklab olish mumkin boʻlgan joylar roʻyxatini shakllantirish.

2. Shakllantirilgan roʻyxat asosida maktab-internatlar, shuningdek, boshqa taʼlim muassasalarida “Audiokitoblar burchagi”ni tashkil etish.

3. Tashkil etilgan “Audiokitoblar burchagi” faoliyatini samarali yuritish hamda uni yangi adabiyotlar bilan toʻldirib borish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining audiokitoblar bazasidan foydalanishni yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022 yil dekabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

Xalq taʼlimi vazirligi

(B. Saidov),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov)

7.

Maktab-internatlardagi qayta tayyorlov kurslaridan oʻtmagan pedagog xodimlarning qayta tayyorlovdan oʻtishini tashkil qilish.

1. Qayta tayyorlovdan oʻtmagan pedagog xodimlar roʻyxatini shakllantirish.

Reja-grafik

2022-yil may-iyun

Xalq taʼlimi vazirligi

(B. Saidov),

A. Avloniy nomidagi xalq taʼlimi muammolarini oʻrganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti

(A. Radjiyev)

2. Qayta tayyorlov kurslaridan oʻtmagan pedagog xodimlarning reja asosida bosqichma-bosqich qayta tayyorlovdan oʻtishini tashkil qilish.

Reja asosida

8.

Maktab-internatlar rahbarlari va pedagog xodimlari malakasini oshirish tizimini samarali yoʻlga qoʻyish.

1. Maktab-internatlardagi malaka oshirmagan pedagog xodimlar roʻyxatini shakllantirish.

Reja-grafik

2022-yil may-iyun

Xalq taʼlimi vazirligi

(B. Saidov),

A. Avloniy nomidagi xalq taʼlimi muammolarini oʻrganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti

(A. Radjiyev)

2. A. Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti hamda hududiy malaka oshirish markazlarida maxsus taʼlim pedagoglari uchun malaka oshirish kurslari faoliyatini takomillashtirish.

Ryeja asosida

3. Pedagog xodimlarni reja asosida malaka oshirish kurslariga jalb etib borish.

9.

Maktab-internatlarda paralimpiya sport turlari boʻyicha toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Maktab-internatlardagi oʻquvchilarning qiziqishini inobatga olgan holda, ularning paralimpiya sport turlari (dzyudo, futbol, yengil atletika) bilan mukammal shugʻullanishi uchun sport guruhlarini tashkil qilish va ushbu maktablarga oʻquvchilarning sport turlariga qiziqishidan kelib chiqib, malakali trenerlar jalb qilinishini taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022 yil sentabr — dekabr

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Ikramov),

Xalq taʼlimi vazirligi

(B. Saidov),

Oʻzbekiston paralimpiya qoʻmitasi

(M. Tashxodjayev)

10.

Oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni kasb-hunarga oʻrgatish maqsadida maktab-internatlar qoshida oʻquvchilar imkoniyatini inobatga olgan holda, oʻquv ustaxonalarini (gilam toʻqish, naqsh, yogʻoch oʻymakorligi, duradgorlik va boshqalar) tashkil etish.

1. Oʻquvchilarning kasb-hunarga boʻlgan qiziqishlari va imkoniyatlarini oʻrganish.

Chora-tadbirlar dasturi

2022 yil may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Xalq taʼlimi vazirligi

(B. Saidov),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov)

2. Oʻrganishlar natijalarini inobatga olgan holda, oʻquv ustaxonalari tashkil qilish va ularni jihozlash.

2022-yil davomida

3. Tashkil etilgan ustaxonalarda oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻqitish boʻyicha muntazam dars mashgʻulotlarini yoʻlga qoʻyish. Zarur hollarda malakali mutaxassislarni jalb qilish.

doimiy ravishda

11.

Viloyatlarda istiqomat qiluvchi koʻrish nuqsoni mavjud 7 yoshgacha boʻlgan bolalarni 2026-yilgacha bosqichma-bosqich maktabgacha taʼlim tizimi bilan qamrab olish.

1. Mahallalardagi koʻrishda nuqsoni boʻlgan maktab yoshigacha boʻlgan bolalarni aniqlash.

Chora-tadbirlar dasturi

2022 yil dekabr

Maktabgacha taʼlim vazirligi

(A. Shin),

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi

(A. Inakov),

Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi (S. Turdiyev)

2. Aniqlangan bolalarni maktabgacha taʼlimga jalb etish va bosqichma-bosqich qamrab olish choralarini koʻrish.

3. Ushbu toifadagi bolalar uchun tayyorlov guruhlarini tashkil qilish.

2022 — 2026 yillar

12.

Koʻrish nuqsoni mavjud boʻlgan va ota-onalarining qaramogʻida boʻla turib, taʼlimga jalb etilmagan maktab yoshidagi bolalarni taʼlim tizimi bilan qamrab olish.

1. Mahallalarda koʻrish nuqsoni mavjud boʻlgan va ota-onalarining qaramogʻida boʻla turib, taʼlimga jalb etilmagan maktab yoshidagi bolalarni aniqlash.

Chora-tadbirlar dasturi

2022 yil avgust

Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi (S. Turdiyev),

Xalq taʼlimi vazirligi

(B. Saidov)

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi

(A. Inakov),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov)

2. Aniqlangan bolalarni taʼlimga (maktab internatlarida yoki uy taʼlimiga) jalb etish choralarini koʻrish.

2022-yil sentabrdan boshlab

13.

Maktab-internatlarni bitirgan va bugungi kunda mehnatga layoqatli boʻla turib, bandligi taʼminlanmagan koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi fuqarolar bandligini taʼminlash choralarini koʻrish.

1. Bandligi taʼminlanmagan koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi fuqarolarni aniqlab, ularning manzilli roʻyxatini shakllantirish.

2. Bandligi taʼminlanmagan koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi fuqarolar uchun kasbga oʻqitish kurslarini tashkil qilish.

3. Ushbu fuqarolarni kasbga oʻrgatish va bandligini taʼminlash choralarini koʻrish.

Chora-tadbirlar dasturi

2022 yil iyul

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

(M.M. Ubaydullayev),

Oʻzbekiston Koʻzi ojizlar jamiyati

(E. Narpulatov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(N. Xusanov),

Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi

(S. Turdiyev)

14.

Koʻzi ojiz insonlar koʻp yashaydigan serqatnov koʻchalarda ovozli svetoforlar va innovatsion yoʻl belgilarini oʻrnatish.

1. Koʻzi ojiz insonlar koʻp yashaydigan serqatnov koʻchalar roʻyxatini shakllantirish.

2. Aniqlangan koʻchalarda ovozli svetoforlar va innovatsion yoʻl belgilarini oʻrnatish choralarini koʻrish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022 yil noyabr

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari

15.

Maktab-internatlarda yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatishga moʻljallangan maxsus maydonchalar tashkil etish.

1. Maxsus maydonchalarining loyihalarini tayyorlash.

2. Barcha maktab-internatlarda toʻliq jihozlangan “Yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatish maxsus maydonchasi”ini tashkil etish choralarini koʻrish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022 yil dekabr

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari

16.

Maktab-internatlarni parta, stol-stul, musiqa asboblari, maxsus kompyuterlar, tiflotexnik, lingafon uskunalari, laboratoriya jihozlari, boʻrtma xaritalar, maxsus rasm priborlari va kitob javonlari bilan taʼminlash.

1. Maktab-internatlarning jihozlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlash.

2. Ehtiyojdan kelib chiqib, zarur oʻquv jihozlari, cholgʻu asboblari (dutor, chanqovuz, doira, gitara, chang, pianino, ovoz kuchaytirgich va boshqalar), Brayl alifbosidagi musiqa notalari toʻplami darsliklari, kompyuter jamlanmalari (monitor, rangli printerlar, proyektor, interaktiv doska, raqamli kamera va boshqalar)ni xarid qilish.

3. Jihozlarni muassasalarga yetkazish.

Chora-tadbirlar dasturi

2022 yil dekabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Xalq taʼlimi vazirligi

(B. Saidov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

17.

Koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalarning kunlik ehtiyojini qoplash maqsadida 1 100 dona maxsus hassa, 2000 dona relyefli chizma chizish grafik toʻplamlari bilan taʼminlash.

1. Kunlik ehtiyoj uchun zarur boʻlgan asosiy buyumlarni xarid qilish.

2. Buyumlarning ehtiyoji boʻlgan bolalarga tarqatilishini tashkil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-2023 yillar davomida

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi

(A. Inakov),

Xalq taʼlimi vazirligi

(B. Saidov)

18.

Maktab-internatlarda tahsil olayotgan koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar, shuningdek, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi muassasalariga qabul qilingan koʻrishda nuqsoni boʻlgan bolalar uchun yetarli sharoit yaratish.

1. Maktab-internatlar hovlisi hamda bino ichini turli belgilar, maxsus yoʻlak, eshikka osib qoʻyiladigan qoʻngʻiroqcha yoki boʻrtmada yozilgan shaklli taxtachalar bilan jihozlash.

2. Oliy taʼlim muassasalarida koʻzi ojizlar erkin harakat qilishi uchun qulay sharoitlar yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

Xalq taʼlimi vazirligi

(B. Saidov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(A. Toshkulov),

Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati

(E. Narpulatov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Qurilish vazirligi

(B. Zakirov)

19.

Bolalar salomatligini taʼminlash va doimiy nazorat qilib borish maqsadida maktab-internatlarda tibbiyot xonalarini zamon talablari asosida jihozlash.

1. Maktab-internatlarning tibbiyot xonalarida boʻlishi lozim boʻlgan jihozlarning belgilangan talab va meʼyorlarga mosligini oʻrganib chiqish.

2. Ehtiyojdan kelib chiqib, zarur tibbiyot jihozlarini xarid qilish.

3. Tibbiyot jihozlarini muassasalarga yetkazish.

Chora-tadbirlar dasturi

2022 yil oktabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 07/22/209/0316-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)