14.04.2022 yildagi 181-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Dori vositalarining klinik tadqiqotlarini rivojlantirish hamda ularning xalqaro standartlar talablariga muvofiq o‘tkazilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, klinik tadqiqotlarni xalqaro talablarga muvofiq rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri (keyingi o‘rinlarda — Klaster) hududida davlat muassasasi shaklidagi Dori vositalarining klinik tadqiqotlarini rivojlantirish markazini (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori vositalarining klinik tadqiqotlarini xalqaro etik va ilmiy standartlar talablariga muvofiq tashkil etishni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududida klinik tadqiqotlarni rivojlantirish hamda klinik bazalarni jahon standartlari asosida modernizatsiya qilishni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Zarur klinika amaliyoti (GCP)” talablariga muvofiq dori vositalarining klinik tadqiqotlarini o‘tkazishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jenerik dori vositalarining original dori vositalariga farmakologik bioekvivalentligini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
klinik tadqiqot subyektida dori vositalarining farmakokinetik tadqiqotlarini o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot xodimlarining klinik tadqiqotlar o‘tkazish sohasida malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Zarur klinika amaliyoti (GCP)” yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik Markazning muassisi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazda qurilish-montaj, ichki muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini barpo etish, tibbiy texnika, klinik va laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash ishlari Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Farmatsevtika tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, “Toshkent viloyatining Zangiota tumanida “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish loyihasi” doirasida Koreya Eksimbanki (EDCF) jamg‘armasi kreditlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterida Dori vositalarining klinik tadqiqotlarini o‘tkazish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘rsatilgan pulli xizmatlardan tushadigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar va tashkilotlarning mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Agentlik, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 2022 — 2026-yillarda Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarini davlat investitsiya dasturlari doirasida qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlashda ulardagi klinik bazalarni “Zarur klinika amaliyoti (GCP)” talablariga muvofiq qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Agentlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin hamda uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz tuzilmasi va shtatlar jadvalini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning rahbar va xodimlari mehnatiga haq to‘lashning Yagona tarif setkasi bo‘yicha razryadlarini belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Markazni yuqori malakali mutaxassis xodimlar bilan to‘ldirish chorasini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ikki oy muddatda mahalliy va xorijiy tashkilotlar tomonidan ishlab chiqariladigan dori vositalari klinik tadqiqotlarining xalqaro standartlar talablariga muvofiq o‘tkazilishini ta’minlashni nazarda tutuvchi Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni hamda klinik tadqiqotlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni hamda Klinik tadqiqotlar o‘tkaziladigan davolash-profilaktika muassasalarining ro‘yxatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z tuzilmasidagi Klinik tadqiqotlar o‘tkaziladigan davolash-profilaktika muassasalarini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri B.A. Musayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 14-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
181-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 181-son qaroriga

ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterida Dori vositalarining klinik tadqiqotlarini o‘tkazish markazi faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ChORA-TADBIRLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Markaz ustavini belgilangan tartibda tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

Ustav

2022-yil may

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

2.

Markaz tuzilmasi va shtatlar jadvalini tasdiqlash

Tuzilma va shtatlar jadvali

3.

Markazning rahbar va xodimlari mehnatiga haq to‘lashning Yagona tarif setkasi bo‘yicha razryadlarini belgilash

Tarif setkasi

4.

Loyihaning texnik-iqtisodiy asosini (TIA) ishlab chiqish

Texnik-iqtisodiy asos

2022-yil iyul

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

5.

Loyihaning texnik-iqtisodiy asosini Koreya tomoni bilan kelishish

Kelishilgan loyiha hujjati

2022-yil avgust-sentyabr

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

6.

Loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ekspertizadan o‘tkazish

Ekspertiza xulosasi

2022-yil oktyabr

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

7.

Koreya Eksimbanki (EDCF) jamg‘armasi bilan farmatsevtika klasterining ilmiy-o‘quv qismini tashkil etish bo‘yicha loyihani muhokama qilish bayonini (MOD) imzolash

Muhokama qilish bayoni (MOD)

2022-yil noyabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Moliya vazirligi

8.

Koreya Eksimbanki (EDCF) jamg‘armasi bilan farmatsevtika klasterining ilmiy-o‘quv qismini tashkil etish bo‘yicha imtiyozli moliyalashtirish shartlarini kelishish va qarz shartnomasini imzolash

Qarz shartnomasi

2022-yil dekabr

Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

9.

Loyihani amalga oshirish bo‘yicha Koreya maslahatchilarini aniqlash uchun tender/tanlov o‘tkazish

Maslahatchilarni tanlash

2023-yil fevral

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

10.

Koreya maslahatchilari tomonidan loyihani amalga oshirish rejasini va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish

Loyiha-smeta hujjatlari

2023-yil oktyabr

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

11.

Loyiha bo‘yicha bosh pudratchini belgilangan tartibda aniqlash

Bosh pudratchi bilan shartnoma tuzish

2023-yil dekabr

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

12.

Zarur jihozlar va inventarlar ro‘yxatini aniqlash va ularni yetkazib berish tartib-taomillarini boshlash

Maslahatchilarning texnik shartlari

2023-yil dekabr

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

13.

Dori vositalarining klinik tadqiqotlarini o‘tkazish markazining qurilish-montaj ishlarini boshlash

Qurilish maydonining tasdiqlangan bosh rejasi

2024-yil yanvar

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Qurilish vazirligi

14.

Dori vositalarining klinik tadqiqotlarini o‘tkazish markazida maxsus tibbiy texnika va jihozlarni o‘rnatish va ishga tushirish

Maxsus tibbiy texnika va jihozlarni ishga tushirish dalolatnomasi

2024-yil noyabr

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Ushbu Chora-tadbirlardagi belgilangan muddatlar Koreya Eksimbanki (EDCF) jamg‘armasi bilan erishiladigan kelishuvga muvofiq o‘zgarishi mumkin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.04.2022-y., 09/22/181/0312-son)