Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmatining faoliyat samaradorligini oshirish hamda nazorat ostidagi shaxslar bilan ishlash amaliyotini takomillashtirish orqali bu boradagi faoliyatni yanada samarali tashkil etish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 15-aprel,
PQ-207-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-apreldagi PQ-207-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-noyabrdagi “Jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4006-son qarorida:
a) 3-bandda:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tuman (shahar) probatsiya boʻlinmalari rahbarligiga probatsiya xizmatida kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan ichki ishlar organlari xodimlari tayinlanadi”;
toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 6-bandda:
birinchi xatboshidagi “50” raqami “100” raqami bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ozodlikni cheklash, axloq tuzatish ishlari, majburiy jamoat ishlari va muayyan huquqdan mahrum qilish jazolarini oʻtayotgan, shartli hukm qilingan hamda jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxslar sonini hisobga olgan holda, Jamoat xavfsizligi departamentining asoslangan takliflari boʻyicha probatsiya boʻlinmalari xodimlari, ishchi va xizmatchilarining qoʻshimcha shtat birliklarini joriy etish”;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklari depozit hisoblariga joylashtirish”;
beshinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha oltinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 34-bandi birinchi xatboshisidagi “ozodlikni cheklashga mahkum etilgan” soʻzlari “ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan va shartli hukm qoʻllanilgan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5076-son qarorida:
a) 1-ilovada:
5-pozitsiyaning “Yoʻnalish (mutaxassislik) nomi” ustunidagi “Jinoiy jazolarni ijro etish” soʻzlari “Jazoni ijro etish faoliyati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 51-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
|
“ |
||||
|
51. |
Probatsiya faoliyati |
yurist-psixolog |
kunduzgi |
3 yil |
|
”; |
b) 2-ilovada:
3-pozitsiyaning “Mutaxassislik nomi” ustunidagi “Patrul-post faoliyati” soʻzlari “Jamoat tartibini saqlash faoliyati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-pozitsiyaning “Mutaxassislik nomi” ustunidagi “Jazolarni ijro etish faoliyati” soʻzlari “Jazoni ijro etish faoliyati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Izoh: mazkur ilovaning 1-bandi “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi 2023-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 07/22/207/0310-son)