Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING BARQAROR RIVOJLANTIRISH BOʻYICHA MILLIY KOMISSIYASI TOʻGʻRISIDA
BMT Konferensiyasining atrof-muhit va rivojlantirish boʻyicha qarorlari va tavsiyanomalari bajarilishini tashkil etish, Oʻzbekistonning barqaror rivojlantirish prinsiplariga oʻtish muammolarini hal qilish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy hamkorlikda samarali qatnashishi maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining barqaror rivojlantirish boʻyicha Milliy komissiyasi 1-ilovaga* muvofiq tarki6da tuzilsin.
* 1-ilova berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
3. Milliy komissiya:
Barqaror rivojlantirish boʻyicha Milliy strategiya konsepsiyasini tayyorlash hamda Oʻzbekiston Respublikasining “XXI asrga kun tartibi” milliy dasturi loyihasini ishlab chiqish tartibi va muddatlari toʻgʻrisidagi takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
BMT bilan kelishilgan muddatlarda Barqaror rivojlantirish boʻyicha har yillik Milliy hisobotlarni tayyorlasin va unga taqdim etsin;
Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi ijroiya qoʻmitasi bilan birgalikda BMT rivojlantirish dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakolatxonasi bilan kelishgan holda Barqaror rivojlantirish boʻyicha Milliy komissiyasining doimiy ishlovchi kotibiyatini tashkil etsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 12-noyabr,
510-son
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)