O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BOJ OLINADIGAN HUDUDI ORQALI TAShILADIGAN AKSIZ SOLIG‘IGA TORTILADIGAN TOVARLARNI NAZORAT QILIShNI KUChAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 4-oktabrdagi PQ-703-sonli “Aksiz solig‘iga tortiladigan ayrim turdagi tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit yo‘li bilan olib o‘tilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalari qo‘llanishni takomillashtirish to‘g‘risida” 1997-yil 12-iyundagi Farmoniga muvofiq va aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlar tranzitini tartibga solish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, bojxona nazorati va statistikasini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining boj olinadigan hududi orqali tashiladigan aksiz solig‘iga tortiluvchi tovarlar uchun bojxona to‘lovlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining depozit schyotiga to‘lash tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ushbu Tartib 1997-yil 1-dekabrdan boshlab amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bojxona poshlinalari va soliqlari to‘lovini ta’minlash summalarini to‘lash uchun Davlat bojxona qo‘mitasining depozit valyuta schyotini ochsin.
Kirib kelish va chiqib ketish punktlari hududida joylashgan vakolatli banklar muassasalariga jismoniy shaxslar bilan bojxona poshlinalari va soliqlari to‘lovini ta’minlash schyotiga naqd chet el valyutasini qabul qilish, shuningdek, tranzit tovarni olib chiqib ketish chog‘ida qaytariladigan ushbu valyuta bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat etilsin.
3. Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakillari orqali tegishli davlatlarning tashqi ishlar vazirliklarini O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga uning hududi orqali aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarni tranzit tartibida tashib o‘tishga oid qismiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida belgilangan tartibda xabardor qilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari B. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 12-noyabr,
509-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 12-noyabrdagi 509-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasining boj olinadigan hududi orqali xalqaro tranzit tartibida tashiladigan aksiz solig‘iga tortiluvchi tovarlar uchun bojxona to‘lovlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining depozit schyotiga to‘lash
TARTIBI
Ushbu Tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalari qo‘llanishni takomillashtirish to‘g‘risida” 1997-yil 12-iyundagi Farmoniga muvofiq, respublikaning boj olinadigan hududi orqali xalqaro tranzit tartibida tashib o‘tiladigan aksiz solig‘iga tortiluvchi tovarlar ustidan bojxona nazoratini takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Ushbu Tartibning amal qilishi tranzit tartibida tashishning bojxona tartibiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab avtomobil transportida tashiladigan aksiz solig‘iga tortiluvchi tovarlarga, shuningdek, ularni temir yo‘l, daryo va havo transportidan avtomobil transportiga o‘tkazish hollarida tatbiq etiladi.
Mazkur Tartibning amal qilishi MDP (MDP Konvensiyasi, 1975-yil) kitobi qo‘llangan holda yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi bojxona konvensiyasiga muvofiq tranzit tartibida tashiladigan aksiz solig‘iga tortiluvchi tovarlarga, shuningdek, tranzit tartibida tashish shartlari Hukumatlararo bitimlarda kelishilgan tovarlarga tatbiq etilmaydi.
1. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Tartibda foydalaniladigan atamalar quyidagilarni anglatadi:
tranzit tovar — bojxonaning tranzit tartibiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining boj olinadigan hududi orqali tashiladigan, bojxona to‘lovlari summasini O‘zbekiston Respublikasining Davlat bojxona qo‘mitasining depozit schyotiga to‘lash yo‘li bilan ularning to‘lanishini ta’minlash qo‘llanadigan aksiz solig‘iga tortiluvchi tovarlar;
o‘tkazish punkti — amalda tovarni tashib kirish (tashib chiqib ketish) amalga oshiriladigan bojxona kompleksi yoki bojxona posti;
bojxonaning tashib kirish (tashib chiqib ketish) organi — faoliyat ko‘rsatish hududida o‘tkazish punkti joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Boshqarmasi;
to‘lovni ta’minlash summasi — ushbu tovar O‘zbekiston Respublikasining boj olinadigan hududiga erkin muomalaga chiqarilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining depozit schyotiga ushbu to‘lovlarni ta’minlash hisobiga to‘lanadigan (import poshlina, aksiz solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan yig‘im va 1998-yil 1-yanvardan boshlab — qo‘shilgan qiymat solig‘idan iborat bo‘lgan) bojxona to‘lovlari summasi;
to‘lovchi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining depozit schyotiga to‘lovni ta’minlash summasini to‘lovchi har qanday manfaatdor shaxs;
tovarlar guruhi — bitta o‘tkazish punkti orqali bitta transportda yoki ularning tarkibida (kolonnada) ayni bir vaqtda tashib kiritiladigan tranzit tovarlar.
II. Tranzit tovarlarning bojxona nazorati
2. Tranzit tovarlar ular O‘zbekiston Respublikasining boj olinadigan hududiga amalda tashib kiritilgan vaqtdan boshlab ushbu hududdan amalda tashib chiqib ketilgan vaqtgacha bojxona nazoratida bo‘ladi.
3. Tranzit tovarlarni tashuvchi avtotransport vositalari bojxona organlarining tashib kiritish va tashib chiqib ketishni o‘tkazuvchi punktlarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan avtoo‘tkazish joylari orqali o‘tkaziladi.
4. Temir yo‘l orqali tashiladigan tranzit tovarlar, to‘lovni ta’minlash summasini to‘lamasdan, amaldagi qonunchilik bilan belgilangan bojxona tranzit tartibiga qat’iy rioya qilingan holda tashiladi.
Tashuvchining aybi bilan bojxona tranzit tartibi buzilgan taqdirda javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tegishli temir yo‘l korxonasi zimmasiga yuklanadi.
5. Aksiz solig‘iga tortiluvchi tovarlarni tranzit tartibida temir yo‘l transportida tashiyotgan jismoniy shaxslar to‘lovni ta’minlash summasini to‘lamaydilar.
Tranzitning bojxona tartibi buzilgan taqdirda yuqorida ko‘rsatilgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javob beradilar.
6. Tranzit tovarlar nazoratini tovar keltirayotgan tomonning bojxona organi amalga oshiradi.
III. Tranzit tovarlarni bojxona tomonidan rasmiylashtirish
7. Tranzit tovarlarni bojxona tomonidan rasmiylashtirish to‘lovchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining depozit schyotiga to‘lovni ta’minlashning tegishli summalari to‘langandan hamda bu haqda to‘lov hujjati taqdim etilgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining bojxona qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
9. Tranzit tovarni olib chiqib ketish bojxona organining o‘tkazib yuborish joyiga yetkazib berish muddati va transport vositasining O‘zbekiston hududi bo‘ylab qatnov yo‘nalishi tovar keltirilayotgan bojxona organining o‘tkazish punktida belgilanadi.
10. Tranzit tovar O‘zbekiston Respublikasining boj olinadigan hududiga tashib kelinayotganda belgilangan tartibda yukning bojxona deklaratsiyasi (bundan keyin YuBD deb ataladi) to‘ldiriladi.
Bunda YuBD da quyidagi to‘lovlar turlari bo‘yicha to‘lovni ta’minlashning to‘langan summasi ko‘rsatiladi:
import poshlina,
aksiz solig‘i,
qo‘shilgan qiymat solig‘i (1998-yil 1-yanvardan boshlab),
jismoniy shaxslardan olinadigan yig‘im.
Bir vaqtning o‘zida tranzit tovar to‘g‘risidagi barcha zarur ma’lumotlar nazorat qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga beriladi.
11. Tranzit tovarni O‘zbekiston Respublikasining boj olinadigan hududi tashqarisiga amalda tashib ketishda YuBD da tovarni tashib ketish bojxona organining o‘tkazish punktida bojxona belgisi qo‘yiladi.
Bunda tovarni tashib ketish bojxona organi tomonidan o‘zi belgilangan tartibda tasdiqlagan YuBDning nusxalari yukni tashib keltirish bojxona organiga va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga jo‘natiladi.
12. Avariya sodir bo‘lganda yoki yengib bo‘lmas kuchlar ta’sir qilganda tranzit tovarlar transportlardan tushirilishi mumkin. Bunday hollarda yuk tashuvchi:
tovarlarning saqlanishini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga va ulardan ruxsat etilmagan biron-bir tarzda foydalanishga yo‘l qo‘ymaslikka;
O‘zbekiston Respublikasining yaqin joydagi bojxona organiga ishlarning ahvoli, tovar va transport vositalarining turgan joyi haqida zudlik bilan xabar berishga;
tovarlarni yaqin joydagi bojxona organiga tashishni yoki O‘zbekiston Respublikasi bojxona organining mansabdor shaxslarini tovarlar turgan joyga yetkazishni ta’minlashga majburdir.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari avariya yoki yengib bo‘lmas kuchlar ta’siri oqibatida tashuvchi qiladigan biron-bir sarf-xarajatlarni o‘z zimmasiga olmaydilar. Bunday hollarda bojxona organlari tegishli idoralarning tasdiqlovchi hujjatlari asosida tovarni O‘zbekiston Respublikasining boj olinadigan hududidan tashib ketish muddatini uzaytirish to‘g‘risida zudlik bilan qaror qabul qiladilar, tovarlar tashuvchining aybisiz yo‘qolgan hollarda esa to‘lovni ta’minlash summalarini qaytarish haqida qaror qabul qiladilar va bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasini hamda tovarni tashib ketayotgan bojxona organini xabardor qiladilar.
IV. Pul mablag‘larini Davlat bojxona qo‘mitasining depozit schyotiga topshirish
13. Tranzit tovarlarga nisbatan bojxona to‘lovlarini ta’minlash summasi sifatidagi pul mablag‘lari to‘lovchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining depozit schyotiga to‘lanadi.
14. Bojxona to‘lovlarini ta’minlash summasi kursi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan erkin almashtiriladigan valyutada to‘lanadi.
15. Yuridik shaxslar tomonidan pul mablag‘larini to‘lash tranzit tovarlar O‘zbekiston Respublikasining boj olinadigan chegarasidan o‘tkazilgungacha yoki o‘tkazilayotgan vaqtda naqd pulsiz yoxud plastik kartochkalar bo‘yicha, jismoniy shaxslar tomonidan esa yaqin joydagi bank bo‘limiga naqd pul to‘lash yo‘li bilan yoxud plastik kartochkalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
16. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining depozit schyotiga to‘lanadigan pul mablag‘lari, qonunchilikka muvofiq aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlar uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha hisoblanadi.
Agar amalda to‘langan pul mablag‘lari summasi YuBDda hisoblangan summadan kam bo‘lsa, tranzit tovarlar tashib keltirilmaydi.
17. To‘lovchi tomonidan to‘lov topshiriqnomasi yoki tovarlarning har bir guruhi uchun alohida to‘lov to‘g‘risidagi kvitansiya taqdim etiladi. Ko‘rsatib o‘tilgan pul mablag‘lari boshqa xil to‘lovlar hisobiga qabul qilinmaydi.
Bunda tovarni keltirayotgan bojxona organining o‘tkazish punktida to‘lovni ta’minlash summasi to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjatining nusxasi qoldiriladi.
|
18. Pul mablag‘lari o‘tkazish bo‘yicha to‘lov topshiriqnomasining “To‘lovning maqsadi” bandida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak “__________ dagi _______son schyot-faktura bo‘yicha Davlat bojxona qo‘mitasi boshqarmasining____________ | |
|
___________________________________________________________________ | |
|
(Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar) | |
|
o‘tkazish punkti orqali _____ dagi _____ -son kontrakt bo‘yicha _____ miqdoridagi aksiz solig‘iga tortiladigan tranzit tovarga | |
|
____________________________________________________ nisbatan bojxona | |
|
(tovar nomi) |
|
| to‘lovini ta’minlash. | |
Pul mablag‘larni tovar egasi bo‘lmagan boshqa shaxs tomonidan to‘langan taqdirda, ushbu bandda pul mablag‘lari qaysi shaxs manfaatlari uchun to‘lanayotgani qo‘shimcha ravishda ko‘rsatilishi kerak.
V. Tranzit tovar uchun to‘langan mablag‘larni tasarruf etish
19. Davlat soliq qo‘mitasining depozit schyotiga pul o‘tkazgan to‘lovchi tranzit tovar O‘zbekiston Respublikasining boj olinadigan hududidan amalda olib chiqib ketilgunga qadar ularni tasarruf etishga haqli emas, tovarlarni ushbu hududga olib kelishni rad etish hollari bundan mustasno.
20. Tranzit tovar O‘zbekiston Respublikasining boj olinadigan hududidan amalda olib chiqib ketilgan holda, bu chiqarib yuborish bojxona organi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi 3 kun mobaynida tegishli bankka to‘lov topshiriqnomasi yuboradi, uning asosida ushbu bank ta’minlash to‘lovi to‘langan valyutadagi mablag‘larni to‘lovchiga u ko‘rsatgan schyotga yoki plastik kartochkalarga o‘tkazadi.
Jismoniy shaxs tomonidan to‘langan ta’minlash to‘lovi summasi jismoniy shaxs xohishiga ko‘ra, belgilangan tartibda naqd pul shaklida qaytariladi yoki bu mablag‘lar boj hududidan chiqib ketishda plastik kartochkalarga yoxud ta’minlash to‘lovi valyutasida shaxsiy schyotlarga o‘tkaziladi.
21. To‘lovni ta’minlash summalari depozit schyotida bo‘lgan vaqt uchun foizlar hisoblanmaydi.
22. Tranzit tovarni tovar egasining yozma holdagi arizasi bo‘yicha boshqa xil bojxona tartibi bo‘yicha joylashtirishda bojxona to‘lovlari schyotiga to‘langan to‘lovlarni ta’minlash summasi, qonunchilikka muvofiq konvertatsiya qilingan summalarni respublika budjeti daromadiga o‘tkazgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga sotilishi kerak.
23. Tranzit tovar tovarni tashib keltiruvchi bojxona organining o‘tkazish joyida belgilangan muddatda tovarni tashib ketuvchi bojxona organining o‘tkazish joyigacha yetkazib berilmagan taqdirda va tovarni tashib ketish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi bildirish hujjatlari mavjud bo‘lmaganda tovarni tashib ketishning belgilangan muddati tugagan kundan boshlab, 30 kalendar kun tugashi bilan to‘lovni ta’minlash summasi mazkur Tartibning 22-bandiga muvofiq respublika budjeti daromadiga o‘tkazilishi kerak.
Respublika budjeti daromadiga o‘tkazilgan pul mablag‘lari qaytarib berilmaydi.
24. To‘lovni ta’minlash to‘langan summalarining respublika budjeti daromadiga o‘tkazilishi bojxona qoidalarini buzgan shaxsni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikdan ozod qilmaydi.