Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PQ-188-son qaroriga
1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddati | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar |
I. Yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini sifat jihatidan tubdan takomillashtirish, hudud aholisi salomatligini mustahkamlash | |||||
1. | Samarqand davlat tibbiyot universitetida (keyingi oʻrinlarda — Universitet) taʼlim jarayonini xalqaro oliy taʼlim standartlariga muvofiqlashtirish. | 1. Taʼlim jarayonining kredit-modul tizimida olib borilishini toʻliq taʼminlash. | 2022-yildan boshlab | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Universitet |
2. Oʻquv rejalari va fan dasturlarini amaliy koʻnikmalarni shakllantirish va ilgʻor xorijiy tajribalarni implementatsiya qilish asosida qayta koʻrib chiqish. | 2022-yil 1-oktabr | ||||
2. | Universitet huzuridagi Reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy-tadqiqot institutida (keyingi oʻrinlarda — Ilmiy-tadqiqot instituti) taʼlim jarayonini tashkil etish. | 1. Ilmiy-tadqiqot instituti bazasida Universitetning Tibbiy reabilitatsiya va sport tibbiyoti hamda Travmatologiya va ortopediya kafedralari faoliyatini tashkil etish. 2. Universitetda tashkil etilayotgan “Klinik psixologiya” hamda “Bioinjeneriya va tibbiy texnologiyalar” taʼlim yoʻnalishlarining Ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan integratsiyasini taʼminlash. | 2022/2023 oʻquv yili | Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Universitet |
3. | Universitet va uning tarkibiy tuzilmalari professor-oʻqituvchilari va ilmiy tadqiqotchilari uchun masofaviy taʼlim, oʻquv kurslari, malaka oshirish va seminarlar koʻlamini kengaytirish. | Professor-oʻqituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ingliz tilini oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yuqori darajada oʻzlashtirgan professor-oʻqituvchilar ulushini 90 foizga yetkazish. | 2022/2023 oʻquv yili | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Universitet |
4. | Taʼlim sifatini taʼminlashda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanish. | 1. Masofaviy taʼlim texnologiyalarini joriy qilish orqali yetakchi xorijiy taʼlim muassasalari bilan onlayn vebinarlar va seminarlar oʻtkazish imkoniyatini yaratish. 2. Kafedralarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan taʼminlanganlik darajasini yaxshilash. 3. Barcha oʻquv binolari hamda talabalar turar joylarida internetdan unumli foydalanish imkoniyatlarini yaratish. 4. Respublikadagi tibbiyot oliy taʼlim muassasalari va boshqa xorijiy tibbiyot oliy taʼlim muassasalari tomonidan Universitetda masofaviy taʼlim orqali dars mashgʻulotlarini oʻtkazish, shuningdek, Universitet klinikalarida telemeditsina imkoniyatlaridan foydalanish uchun maʼlumotlar uzatish tarmogʻiga ulash choralarini koʻrish. | 2022/2023 oʻquv yili | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Universitet, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
5. | Professor-oʻqituvchilar, yosh tadqiqotchilar, talabalar uchun xalqaro taʼlim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish. | Professor-oʻqituvchilar, yosh tadqiqotchilar hamda talabalarning Springer, Elsevier, ProQuest, EBSCO, Web of Science kabi ilmiy nashriyotlar maʼlumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratish. | 2022-yil 1-sentabr | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Universitet |
6. | Universitet klinikasida telemeditsina texnologiyalarini joriy qilish. | 1. Universitetning koʻp tarmoqli klinikasi, ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasi va Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti klinikalari oʻrtasida oʻzaro telemeditsina yoʻli bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish. | 2023-yil 1-yanvar | Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
2. Mahalliy va xorijiy tibbiyot oliy taʼlim muassasalari tomonidan ularning yuqori malakali professor-oʻqituvchilarini jalb qilgan holda Universitetda masofaviy taʼlim orqali dars mashgʻulotlarini oʻtkazish, shuningdek, bemorlarning masofaviy tibbiy koʻriklari hamda konsiliumlarni tashkil qilish. | 2022 — 2025-yillar | ||||
7. | Hudud aholisi salomatligini mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzi yuritishni keng targʻib etish. | 1. Universitet kafedralari hamda Universitet tarkibiy tuzilmalarining professor-oʻqituvchilari va xodimlarini Samarqand viloyati tuman (shahar)lariga biriktirish. | 2022-yil 1-may | - | Universitet |
2. Universitet kafedralari hamda Universitet tarkibiy tuzilmalarining professor-oʻqituvchilari va xodimlari ishtirokida hudud aholisining salomatligini mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzini yuritish boʻyicha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida (oilaviy shifokor punkti, oilaviy poliklinika, koʻp tarmoqli markaziy poliklinika) hamda barcha qishloq va mahallalarda joyiga chiqqan holda xizmat koʻrsatilishini taʼminlash. Bunda, quyidagilarga eʼtibor qaratish: aholining salomatlik holatini, kasalliklarni keltirib chiqaruvchi xavf omillarining tarqalganlik darajasini oʻrgangan holda aholini xavf guruhlariga tasniflash; xavf guruhlariga koʻra ularga individual maslahat berish, koʻrik va nazoratni amalga oshirish, sogʻlomlashtirish va reabilitatsiyaning individual choralarini belgilash; aholi orasida eng koʻp tarqalgan va oʻlimning asosiy sababchisi boʻlgan kasalliklarni erta aniqlash choralarini koʻrish, maqsadli skrining tadbirlarini amalga oshirish; aholining salomatlik holati, kasallikni keltirib chiqaruvchi xavf omillarining tarqalganlik holati va kasallanish darajasidan kelib chiqib, maxsus elektron dastur asosida “Salomatlik profili”ni yaratish; qishloq va mahallalarda “Salomatlik maktabi” faoliyatini yoʻlga qoʻyish, nafaqadagi oʻqituvchi va tibbiyot xodimlari, ziyolilar hamda yoshlardan iborat volontyorlik jamiyatlarini tuzish; koʻp tarmoqli markaziy poliklinikada “Toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi xonalari”ni tashkil qilish, maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan shifokor va hamshiralar tomonidan aholi orasida targʻibot tadbirlarini amalga oshirish, shuningdek individual maslahat berish tizimini joriy qilish; barcha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida shifokor oldi koʻriklari orqali oʻrta tibbiyot xodimlari tomonidan eng koʻp uchraydigan kasalliklarni keltirib chiqaruvchi xavf omillarini aniqlash, aholini antropometrik oʻlchovlardan oʻtkazish, 5 yoshgacha bolalarning oʻsishi va rivojlanishi monitoringini olib borish kabi vazifalarning mustaqil bajarilishini taʼminlash; yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi, sogʻlom turmush tarzi asoslari boʻyicha tibbiyot brigadasi vakillarining amaliy va nazariy bilimlarini oshirish; aholi orasida toʻgʻri ovqatlanish asoslari, kasalliklar profilaktikasi, jismoniy faollik, shaxsiy va jamoat gigiyenasi, kun tartibini toʻgʻri tashkillashtirish va zararli odatlardan voz kechish boʻyicha targʻibotning zamonaviy usullarini (aksiya, sport musobaqalari, tanlov, fleshmob) amaliyotga joriy qilish va ommalashtirish choralarini koʻrish. | 2022-yil yakuniga qadar | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Universitet | ||
3. Samarqand viloyati tajribasining natijalaridan kelib chiqib, uni boshqa tibbiyot oliy taʼlim muassasalariga ham tatbiq qilish boʻyicha taklif kiritish. | 2022-yil 1-dekabr | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi | ||
II. Ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish | |||||
8. | Neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazi faoliyatini tashkil etish. | 1. Samarqand shahri Maxdumi Aʼzam koʻchasi, 18-uy manzilida joylashgan binoda Neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazi faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish. 2. Markazni yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash. 3. Universitetning Neyroxirurgiya, Nevrologiya hamda Anesteziologiya va reanimatologiya kafedralarining integratsiyasini taʼminlash. | 2022-yil yakuniga qadar | Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Universitet |
4. Samarqand viloyati va qoʻshni hududlar miqyosida koʻrsatilayotgan neyroxirurgik xizmat hamda ilmiy ishlar koʻlamini kengaytirib borish. | 2025-yil yakuniga qadar | ||||
9. | Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy markazi faoliyatini tashkil etish. | 1. Samarqand shahri Maxdumi Aʼzam koʻchasi, 18-uy manzilida joylashgan binoda Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy markazi faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2022-yil yakuniga qadar | Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Universitet |
2. Markazni yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash. | |||||
3. Markazning Universitet kafedralari hamda Samarqand viloyati davolash-profilaktika muassasalari bilan yaqin hamkorligini taʼminlash. | 2025-yil yakuniga qadar | ||||
10. | Sogʻliqni saqlash sohasida ilmiy va texnikaviy muammolarni hal etishga yoʻnaltirilgan fundamental, amaliy, innovatsion loyihalarni bajarish va amaliyotga tatbiq etish. | 1. Ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish boʻyicha xorijiy davlatlarning (Rossiya, Koreya Respublikasi, Germaniya va boshqalar) tajribalarini maqsadli oʻrganish. | 2022-yil 1-oktabr | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Universitet |
Oʻrganish natijalaridan kelib chiqib, ilgʻor tajribalarni amaliyotga tatbiq etish. | 2023-2024-yillar | ||||
2. Universitet huzuridagi ilmiy muassasalarning faoliyatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va maqsadli koʻrsatkichlarini belgilab olish. | 2022-yil 1-dekabr | ||||
3. Universitet talabalari, doktorant va yosh olimlarning muntazam ravishda startap-loyihalar tanlovlarida ishtirokini taʼminlash. | 2022 — 2025-yillar | ||||
11. | Ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalarini amaliyotga tatbiq etish. | Doktorant va mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya ishlari asosida olingan natijalarni amaliyotga tatbiq etish: 2022-yilda — 25 ta; 2023-yilda — 35 ta; 2024-yilda — 45 ta; 2025-yilda — 60 ta. | 2022 — 2025-yillar | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Universitet |
12. | Yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni takomillashtirish. | 1. 2023-yil uchun doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka 40 nafar tadqiqotchilarni qabul qilish. | 2023-yil 1-yanvar | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy attestatsiya komissiyasi, Universitet |
2. 8 ta fan doktori (DSc) va 18 ta falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari himoyasini amalga oshirish. | 2023-2024-yillar | ||||
13. | Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatning axborot taʼminoti tizimini joriy etish, professor-oʻqituvchilar va tadqiqotchilarning oʻquv-uslubiy va nashriy faolligini oshirish. | 1. Xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazalarida (Scopus, Web of Science va boshqalar) indekslanuvchi jurnallardagi maqolalar sonini: 2022-yilda 100 taga; 2023-yilda 150 taga; 2024-yilda 200 taga; 2025-yilda 250 taga yetkazish. | 2022 — 2025-yillar | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Universitet |
2. Universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan chop etiladigan darslik va oʻquv qoʻllanmalar sonini 20 taga, monografiyalar sonini 50 taga, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar sonini 200 taga yetkazish. | 2023-yil 1-sentabr | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | |||
3. Universitet tomonidan taʼsis etilgan “Tibbiyot va biologiya muammolari” hamda “Doktor axborotnomasi” ilmiy-amaliy jurnallarini Scopus xalqaro ilmiy-texnik axborot bazasida indeksatsiya qilish. | 2024-yil 1-sentabr | ||||
III. Universitet va uning tarkibdagi muassasalarning kadrlar salohiyatini oshirish | |||||
14. | Universitet, Reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy-tadqiqot instituti, L.M. Isayev nomidagi Mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti hamda Universitet huzuridagi akademik litseyni yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash. | Maʼmuriy-boshqaruv, ilmiy-pedagogik va oʻquv-yordamchi xodimlarning attestatsiyasini oʻtkazish hamda xodimlar tarkibini zamon talablariga javob beradigan, yuqori malakali, kasbiy tayyorgarlikka ega kadrlar bilan toʻldirish. Bunda, birinchi navbatda, salohiyatli professor-oʻqituvchilar va ilmiy izlanuvchilarni oʻquv, ilmiy hamda davolash jarayonlariga keng jalb etishga alohida eʼtibor qaratish. | 2022-yil 1-oktabr | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
15. | Universitetning ilmiy salohiyatini oshirish. | 1. Tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul kvotasini koʻpaytirish boʻyicha tegishli vazirliklarga takliflar kiritish. | 2022-yil 1-dekabr | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Universitet |
2. Iqtidorli yoshlarning xorijiy oliy taʼlim muassasalariga maqsadli doktoranturaga yuborish boʻyicha tanlovlarda ishtirokini taʼminlash. | 2022 — 2025-yillar | ||||
16. | Oʻquv yili natijalariga koʻra professor-oʻqituvchilarning reytingini baholash tizimini yoʻlga qoʻyish. | 1. Oʻquv yili yakuni boʻyicha kafedralar oʻqituvchilarining reytingini baholash mezonlarini ishlab chiqish. | 2022-yil 1-oktabr | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Universitet |
2. Reyting natijalariga koʻra professor-oʻqituvchilarning sifat tarkibini aniqlash va yaxshilash. | Har yili 1-noyabr | ||||
3. Professor-oʻqituvchilar bilan muddatli mehnat shartnomalari tuzish, ularni qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish hamda ustama haq belgilashda reyting natijalarini hisobga olish. | 2022 — 2025-yillar | ||||
17. | Universitetning kadrlar zaxirasini shakllantirish. | 1. Universitetda bakalavriat va magistraturada tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni tanlab olish. 2. Tanlab olingan iqtidorli talabalarni ilmiy-pedagogik faoliyatga keng yoʻnaltirish orqali kadrlar zaxirasini doimiy shakllantirib borish. | 2022 — 2025-yillar | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Universitet |
IV. Universitet va uning tarkibiy tuzilmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash | |||||
18. | Neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazi hamda Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy markazining bino va inshootlarini kapital taʼmirdan chiqarish hamda moddiy-texnika bazasini shakllantirish. | 1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish. 2. Tender savdolarini oʻtkazish. 3. Rekonstruksiya va kapital taʼmir ishlarini boshlash. 4. Zamonaviy laborator-diagnostika va davolash jihozlarini xarid qilish va oʻrnatish. | 2024-2025-yillar | Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Universitet |
20. | Universitetning kommunal infratuzilmasi obyektlarini rekonstruksiya qilish va taʼmirlash. | 1. Samarqand shahri, Anakabay koʻchasi, 6-uy manzilida joylashgan Universitetning oʻquv binosi (sobiq harbiy kafedra binosi), unga tegishli sport zali binolarini hamda ularning isitish tizimlarini kapital taʼmirlash, yangi isitish qozonlarini oʻrnatish. 2. Universitet talabalar turar joylari binolarining issiq va sovuq suv hamda isitish tizimlarini kapital taʼmirlash. | 2022 — 2024-yillar | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Universitet |
21. | Universitet Akademik litseyining moddiy-texnika bazasini yaxshilash. | Akademik litsey binosini, isitish tizimini hamda oʻquvchilar turar joyi binosining issiq va sovuq suv tizimini kapital taʼmirlash. | 2023-yil 1-yanvar | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Universitet |
22. | Universitet huzuridagi Reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy-tadqiqot institutining moddiy-texnika bazasini yaxshilash. | 1. Ilmiy-tadqiqot institutining bino va inshootlarini kapital taʼmirlash. 2. Ilmiy-tadqiqot institutida zamonaviy laboratoriya tashkil etish. 3. Kichik ortopedik operatsiyalarni amalga oshirishga moʻljallangan operatsion blokni tashkil etish. | 2022 — 2025-yillar | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Universitet |
V. Xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish | |||||
23. | Rivojlangan davlatlarning oliy tibbiy taʼlim sohasida faoliyat yurituvchi nufuzli oʻquv yurtlari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalarni rivojlantirish. | 1. JICA tashkiloti bilan Universitet klinikalarini modernizatsiya qilish boʻyicha 1 ta, ERASMUS+ dasturi doirasida Italiyaning Milan universiteti va Gretsiyaning Aristotel universiteti bilan 2 ta xorijiy ilmiy grantlar hisobiga Universitet salohiyatini oshirish va 1 ta xalqaro kredit mobillik loyihalarini amalga oshirish. | 2022 — 2025-yillar | Xalqaro grantlar | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Universitet |
2. AQSHning Nyu-York universiteti bilan 1 ta yangi ilmiy loyiha, Koreya Respublikasining Yonse universiteti bilan 1 ta yangi ilmiy loyihani amalga oshirish. | 2023 — 2025-yillar | Oʻzaro shartnomalar asosida ijrochilar mablagʻlari | |||
3. Rossiya Federatsiyasining Astraxan davlat tibbiyot universiteti, Ijevsk davlat tibbiyot akademiyasi hamda Ukrainaning Ternopol davlat tibbiyot universitetlaridan 20 nafar talabani Universitetning oʻquv jarayoniga xalqaro almashinuv dasturlari va yozgi maktab tashkil etish orqali jalb qilish. | 2022-2023-yillar | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | |||
4. KOICA va JICA xalqaro tashkilotlari bilan hamkorlikda davolash ishlarini rivojlantirish uchun mutaxassislarni taklif etish. | 2022 — 2024-yillar | Xalqaro grantlar | |||
5. Xorijiy oliy taʼlim muassasalarida akademik almashinuv doirasida ishlab chiqarish amaliyotini oʻtagan talabalar sonini 100 taga yetkazish. | 2022 — 2024-yillar | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | |||
24. | Professor-oʻqituvchilarning xorijda malaka oshirishini, xodimlarni magistratura va doktorantura (PhD)ga yuborilishini tashkil etish. | 1. Universitetning 40 nafar pedagog va ilmiy kadrlarini xorijda stajirovka oʻtashi va malaka oshirishini tashkil etish. 2. Universitetning 15 nafar bitiruvchi va xodimlarining magistratura hamda doktoranturada oʻqishini tashkil etish. | 2022/2023 oʻquv yili | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Universitet |
25. | Universitetda taʼlim oluvchi xorijiy talabalar ulushini oshirish. | 1. Xorijiy fuqarolarni Universitetga jalb qilish boʻyicha xalqaro taʼlim agentliklari bilan “Ochiq eshiklar” tadbirini oʻtkazish. | Har yili avgust oyida | Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Universitet |
2. Koreya Respublikasi, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston hamda Turkmaniston davlatlariga xizmat safarlarini amalga oshirish va ushbu davlatlarda xalqaro taʼlim agentliklari bilan Universitetga talabalarni jalb etish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish. | 2022 — 2025-yillar | ||||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PQ-188-son qaroriga
2-ILOVA
| T/r | Koʻrsatkich (indikator) nomi | Oʻlchov birligi | Amaldagi koʻrsatkich | 2022-yil | 2023-yil | 2024-yil | 2025-yil |
| I. Yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini sifat jihatidan tubdan takomillashtirish | |||||||
| 1. | Xorijiy hamkor universitetlar bilan onlayn darslar tashkil qilish. | onlayn darslar soni | 25 | 35 | 50 | 70 | 100 |
| 2. | Talabalar amaliyotlarini hamkor xorijiy oliy taʼlim muassasalarida oʻtkazish. | talabalar soni | 25 | 35 | 45 | 55 | 70 |
| 3. | IELTS, TOEFL, CEFR va boshqa sertifikatlarga ega boʻlgan talabalar sonini oshirish. | talabalar soni | 50 | 65 | 80 | 95 | 110 |
| 4. | Mutaxassislik fanlari boʻyicha xorijiy tillarda oʻqitiladigan fanlar sonini oshirish. | foizda | 10 | 15 | 20 | 25 | 30 |
| 5. | Hamkor tashkilotlarda kafedralar filiallarini tashkil etish. | kafedralar filiallari soni | 5 | 12 | 15 | 18 | 20 |
| II. Ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish | |||||||
| 6. | Universitetning ilmiy salohiyati (ilmiy darajaga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar ulushi)ni oshirish. | foizda (jami professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan) | 45,7 | 49 | 53 | 57 | 60 |
| 7. | Ilmiy faoliyatga oid dasturlar doirasida bajariladigan ilmiy tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish. | ilmiy dasturlar doirasida jalb qilingan mablagʻlar (soʻmda) | 200 mln | 300 mln | 400 mln | 600 mln | 800 mln |
| 8. | Xoʻjalik shartnomalari hisobiga budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish samaradorligini oshirish. | xoʻjalik shartnomalari soni | 3 | 5 | 7 | 9 | 12 |
| 9. | Universitet huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazlarida maqsadli ilmiy loyihalar va xorijiy grantlar asosidagi tadqiqotlar. | tadqiqotlar soni | 1 | 2 | 3 | 5 | 6 |
| 10. | Professor-oʻqituvchilarning xalqaro ilmiy jurnallarda, shuningdek, Web of Science, Scopus va boshqa xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasida indekslanuvchi jurnallardagi maqolalari. | maqolalar soni | 50 | 60 | 75 | 90 | 110 |
| 11. | Monografiyalarni nashr etish. | monografiyalar soni | 80 | 90 | 100 | 110 | 120 |
| 12. | Respublika ilmiy jurnallarida maqolalar chop etish. | maqolalar soni | 183 | 230 | 290 | 340 | 390 |
| 13. | Ilmiy konferensiyalarni oʻtkazish. | konferensiyalar soni | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 |
| III. Universitetning kadrlar salohiyatini oshirish | |||||||
| 14. | Turdosh taʼlim muassasalari oʻrtasida sohaning yetuk mutaxassislari ishtirokida onlayn video maʼruzalar tashkil etish. | video maʼruzalar soni | 4 | 10 | 15 | 20 | 25 |
| 15. | Pedagog va rahbar kadrlarni hamkor xorijiy oliy taʼlim muassasalariga malaka oshirishga yuborish. | kadrlar soni | 14 | 20 | 25 | 30 | 40 |
| 16. | IELTS, TOEFL, CEFR va boshqa sertifikatlarga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar sonini oshirish. | professor-oʻqituvchilar soni | 5 | 15 | 20 | 30 | 40 |
| IV. Universitetning moddiy-texnika bazasini yaxshilash | |||||||
| 17. | Auditoriyalarni zamonaviy multimedia vositalari bilan jihozlash. | foizda (umumiy auditoriya fondiga nisbatan) | 40 | 60 | 75 | 90 | 100 |
| 18. | Oʻquv va boshqaruv binolarini yuqori tezlikdagi simsiz Internet (Wi-Fi) tarmogʻi bilan taʼminlash. | foizda (oʻquv va boshqaruv binolari umumiy maydoniga nisbatan) | 60 | 75 | 85 | 90 | 100 |
| V. Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish | |||||||
| 19. | Universitetda tahsil oladigan xorijiy talabalar salmogʻini oshirish. | xorijiy talabalar soni | 650 | 800 | 1000 | 1200 | 1500 |
| 20. | Xorijiy oliy taʼlim muassasalarining yetakchi professor-oʻqituvchilarini taʼlim jarayoniga jalb etish. | xorijiy professor-oʻqituvchilar soni | 20 | 30 | 45 | 60 | 75 |
| 21. | Xalqaro almashinuv dasturlari, yozgi maktab, xalqaro simpozium va konferensiyalarda ishtirok etadigan professor-oʻqituvchilar va talabalar salmogʻini oshirish. | ishtirok etadigan professor-oʻqituvchilar va talabalar soni | 25 | 40 | 55 | 70 | 85 |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PQ-188-son qaroriga
3-ILOVA| T/r | Hudud | Kafedralar |
| 1. | Bulungʻur tumani (aholi soni — 193 ming kishi, mahallalar soni — 55, oilaviy poliklinikalar soni — 3, oilaviy shifokor punktlari soni — 8) | 1. 1-son Ichki kasalliklar kafedrasi 2. Oftalmologiya kafedrasi 3. Nurli diagnostika va terapiya kafedrasi 4. Diplomdan keyingi taʼlim fakulteti Bolalar xirurgiyasi, anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi |
| 2. | Jomboy tumani (aholi soni — 180 ming kishi, mahallalar soni — 38, oilaviy poliklinikalar soni — 3, oilaviy shifokor punktlari soni — 9) | 5. 2-son Ichki kasalliklar kafedrasi 6. Xirurgik kasalliklar kafedrasi 7. Diplomdan keyingi taʼlim fakulteti Umumiy amaliyot va oilaviy meditsina kafedrasi |
| 3. | Ishtixon tumani (aholi soni — 264 ming kishi, mahallalar soni — 62, oilaviy poliklinikalar soni — 4, oilaviy shifokor punktlari soni — 8) | 8. Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi 9. 1-son Bolalar xirurgiya kafedrasi 10. Umumiy xirurgiya kafedrasi 11. Diplomdan keyingi taʼlim fakulteti Nevrologiya va neyroxirurgiya kafedrasi |
| 4. | Kattaqoʻrgʻon tumani (aholi soni — 282 ming kishi, mahallalar soni — 69, oilaviy poliklinikalar soni — 3, oilaviy shifokor punktlari soni — 9) | 12. 4-son Ichki kasalliklar kafedrasi 13. 1-son Pediatriya va neonatologiya kafedrasi 14. Endokrinologiya kafedrasi 15. Diplomdan keyingi taʼlim fakulteti Stomatologiya kafedrasi |
| 5. | Kattaqoʻrgʻon shahri (aholi soni — 92 ming kishi, mahallalar soni — 36, koʻp tarmoqli markaziy poliklinika) | 16. 1-son Xirurgik kasalliklar kafedrasi 17. 2-son Pediatriya kafedrasi 18. 3-son Ichki kasalliklar kafedrasi 19. Diplomdan keyingi taʼlim fakulteti Tibbiy radiologiya kafedrasi |
| 6. | Qoʻshrabot tumani (aholi soni — 136 ming kishi, mahallalar soni — 45, oilaviy poliklinikalar soni — 2, oilaviy shifokor punktlari soni — 11) | 20. 2-son Xirurgik kasalliklar kafedrasi 21. Bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi 22. Tibbiy reabilitatsiya, sport tibbiyoti va xalq tabobati kafedrasi 23. Diplomdan keyingi taʼlim fakulteti Ichki kasalliklar kafedrasi |
| 7. | Narpay tumani (aholi soni — 219 ming kishi, mahallalar soni — 57, oilaviy poliklinikalar soni — 2, oilaviy shifokor punktlari soni — 4) | 24. Urologiya kafedrasi 25. 3-son Pediatriya va tibbiy genetika kafedrasi 26. Teri-tanosil kasalliklar kafedrasi 27. Diplomdan keyingi taʼlim fakulteti Yuqumli kasalliklar kafedrasi |
| 8. | Nurobod tumani (aholi soni — 156 ming kishi, mahallalar soni — 39, oilaviy poliklinikalar soni — 3, oilaviy shifokor punktlari soni — 11) | 28. Onkologiya kafedrasi 29. Travmatologiya va ortopediya kafedrasi 30. Jamoat salomatligi va sogʻliqni saqlash menejmenti kafedrasi |
| 9. | Oqdaryo tumani (aholi soni — 165 ming kishi, mahallalar soni — 35, oilaviy poliklinikalar soni — 4, oilaviy shifokor punktlari soni — 6) | 31. 1-son Akusherlik va ginekologiya kafedrasi 32. Umumiy gigiyena va ekologiya kafedrasi 33. Terapevtik stomatologiya kafedrasi 34. 1-son Otorinolaringologiya kafedrasi |
| 10. | Payariq tumani (aholi soni — 260 ming kishi, mahallalar soni — 65, oilaviy poliklinikalar soni — 3, oilaviy shifokor punktlari soni — 14) | 35. 3-son Akusherlik va ginekologiya kafedrasi 36. Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi 37. Ortopedik stomatologiya kafedrasi |
| 11. | Pastdargʻom tumani (aholi soni — 367 ming kishi, mahallalar soni — 107, oilaviy poliklinikalar soni — 6, oilaviy shifokor punktlari soni — 14) | 38. 2-son Akusherlik va ginekologiya kafedrasi 39. Nevrologiya kafedrasi 40. Epidemiologiya kafedrasi 41. Bolalar stomatologiyasi kafedrasi |
| 12. | Paxtachi tumani (aholi soni — 148 ming kishi, mahallalar soni — 59, oilaviy poliklinikalar soni — 3, oilaviy shifokor punktlari soni — 8) | 42. Pediatriya kafedrasi 43. Diplomdan keyingi taʼlim fakulteti Xirurgiya, endoskopiya va anesteziologiya-reanimatologiya kafedrasi 44. Ogʻiz boʻshligʻi jarrohligi va dental implantologiya kafedrasi |
| 13. | Samarqand tumani (aholi soni — 261 ming kishi, mahallalar soni — 74, oilaviy poliklinikalar soni — 3, oilaviy shifokor punktlari soni — 7) | 45. Anesteziologiya, reanimatsiya va shoshilinch tibbiyot kafedrasi 46. Neyroxirurgiya kafedrasi 47. Diplomdan keyingi taʼlim fakulteti Pediatriya va umumiy amaliyot kafedrasi 48. Yuz-jagʻ xirurgiyasi kafedrasi |
| 14. | Samarqand shahri (aholi soni — 562 ming kishi, mahallalar soni — 215, oilaviy poliklinikalar soni — 12) | 49. Ftiziatriya kafedrasi 50. 2-son Bolalar xirurgiyasi kafedrasi 51. Diplomdan keyingi taʼlim fakulteti Akusherlik va ginekologiya kafedrasi 52. Diplomdan keyingi taʼlim fakulteti Psixiatriya kafedrasi 53. Neyroxirurgiya kafedrasi 54. Yuqumli kasalliklar kafedrasi |
| 15. | Toyloq tumani (aholi soni — 211 ming kishi, mahallalar soni — 50, oilaviy poliklinikalar soni — 2, oilaviy shifokor punktlari soni — 6) | 55. Gematologiya kafedrasi 56. Ichki kasalliklar kafedrasi 57. Diplomdan keyingi taʼlim fakulteti Otorinolaringologiya kafedrasi 58. Diplomdan keyingi taʼlim fakulteti Oftalmologiya kafedrasi |
| 16. | Urgut tumani (aholi soni — 533 ming kishi, mahallalar soni — 117, oilaviy poliklinikalar soni — 6, oilaviy shifokor punktlari soni — 16) | 59. 2-son Otorinolaringologiya kafedrasi 60. Yuqumli kasalliklar kafedrasi 61. Psixiatriya, tibbiy psixologiya va narkologiya kafedrasi 62. Travmatologiya va ortopediya kafedrasi 63. Diplomdan keyingi taʼlim fakulteti Akusherlik va ginekologiya kafedrasi 64. Neyroxirurgiya kafedrasi |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PQ-188-son qaroriga
4-ILOVA