Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.11.2007 26.04.2002 yildagi 144-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.11.2007
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

DAVLAT MOLIYASINI BOSHQARISHNI ISLOH QILISH” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISHGA TAYYORLANISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 1-noyabrdagi PQ-721-sonli “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirish, zamonaviy kompyuterlar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda budjet mablag‘larining samarali sarflanishini ta’minlash, budjet ijrosining moliya tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish” loyihasini (keyingi o‘rinlarda loyiha deb ataladi) tayyorlashga 400,0 ming AQSH dollari miqdorida avans berishga rozilik bildirilgani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yaponiya Hukumatining moliya axborot tizimining funksional va texnikaviy tuzilmasini ishlab chiqishga 500,0 ming AQSH dollari miqdorida grant berishni ma’qullaganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ko‘rsatib o‘tilgan loyihani tayyorlashni tashkil etish va uning amalga oshirilishi yuzasidan mas’uliyat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Loyihani tayyorlash va amalga oshirish bo‘yicha ilovaga muvofiq tarkibda Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar Muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘rsatib o‘tilgan loyihani tayyorlash va amalga oshirish bo‘yicha monitoring olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha doirasida jalb etiladigan vakolatli organlar, konsalting kompaniyalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani tayyorlash va amalga oshirish uchun jalb etiladigan mablag‘lardan samarali foydalanish ustidan nazoratni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tender savdolari o‘tkazish bo‘yicha qarorlar qabul qilish va ularning natijalarini ma’qullash, tegishli tender komissiyalari tarkibini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertizalar o‘tkazish va jalb etiladigan konsultantlar va ekspertlar hisobotlarini ma’qullash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlashtiruvchi kengash ikki hafta muddatda Muvofiqlashtiruvchi kengash ish tartibini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga loyihani tayyorlashga doir tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun 4 kishidan iborat vaqtinchalik ishlaydigan ishchi guruh tuzishga, ularga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan milliy valyutada ish haqi to‘lashga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Moliya vaziri loyihani tayyorlashga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki avansini hamda Yaponiya Hukumati grantini olish yuzasidan Bitim-xatni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Moliya vazirligining buyurtmanomalariga binoan, loyihani tayyorlash va amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirmasdan kelish vizalari berilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Moliya vazirligining buyurtmanomalariga binoan, loyihani tayyorlash va amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirmasdan ko‘p martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 26-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
144-son

Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-apreldagi 144-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish” loyihasini tayyorlash va amalga oshirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

1.‎ Nurmurodov M.B.‎ —‎ Moliya vaziri, Kengash raisi‎
2.‎ Mannopbekov N.T.‎ —‎ Vazirlar Mahkamasi Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti boshlig‘i, Kengash raisining o‘rinbosari‎
3.‎ Guskova T.N.‎ —‎ Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari‎
4.‎ Oripov S. O.‎ —‎ Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari‎
5.‎ Jumageldiyev M.R.‎ —‎ Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari‎
6.‎ Qo‘chqorov J.A.‎ —‎ Moliya vazirining o‘rinbosari‎
7.‎ Soliyev N.L.‎ —‎ Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari‎
8.‎ Kilberg V.G.‎ —‎ Moliya vazirligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, Kengashning mas’ul kotibi‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Kengash a’zolari boshqa ishga o‘tganda Kengash tarkibiga ularning o‘rniga yangi tayinlangan shaxslar kiritiladi.