Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Korporativ boshqaruv tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 28-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2022-yil 17-martda maʼqullangan
Senat tomonidan 2022-yil 17-martda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi 154-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 11-noyabrda qabul qilingan OʻRQ-582-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 11, 790-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda) 38-moddasidagi “shuningdek Markaziy bank tasarrufidagi tashkilotlarning” degan soʻzlar “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining, shuningdek Markaziy bank tasarrufidagi tashkilotlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 3, 161, 166-moddalar, № 5, 267-modda, № 10, 671-modda; № 12, 880, 886-moddalar; 2020-yil, № 1, 3, 4-moddalar, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 801-modda, № 10, 968-modda) 70-moddasining oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Unitar korxona rahbari, shuningdek agar bu korxonaning ustavida nazarda tutilgan boʻlsa, kuzatuv kengashi uning boshqaruv organidir. Unitar korxonaning rahbari va kuzatuv kengashi mulkdor tomonidan yoki mulkdor vakil qilgan organ tomonidan tayinlanadi hamda ularga hisob beradi”.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 223-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 6-mayda qabul qilingan OʻRQ-370-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 128-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 12, 880, 886, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 973-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 13-moddaning:
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
2) 22-modda chiqarib tashlansin;
3) 42-moddaning:
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — toʻqqizinchi qismlari tegishincha uchinchi — sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
4) 44-moddaning:
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
5) 60-moddaning:
toʻqqizinchi qismi chiqarib tashlansin;
oʻninchi qismi toʻqqizinchi qism deb hisoblansin;
6) 62-modda:
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“umumiy yigʻilishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotganda aksiyadorlarga taqdim etilishi lozim boʻlgan axborot (materiallar) bilan aksiyadorlarni tanishtirish tartibi”;
uchinchi qismidagi “va davlat vakiliga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi qismidagi “va davlat vakiliga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
7) 64-modda birinchi qismining:
beshinchi xatboshisidagi “va davlat vakiliga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshisidagi “va davlat vakiliga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
8) 67-modda:
nomidagi “va davlat vakilining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
birinchi qismining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;
9) 76-moddaning:
birinchi qismidagi “bir yil” degan soʻzlar “uch yil” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
10) 78-moddaning:
beshinchi qismi chiqarib tashlansin;
oltinchi — oʻn birinchi qismlari tegishincha beshinchi — oʻninchi qismlar deb hisoblansin;
11) 79-moddaning sakkizinchi qismidagi “bir yil” degan soʻzlar “uch yil” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 89-moddaning beshinchi qismidagi “oʻn” degan soʻz “besh” degan soʻz bilan almashtirilsin;
13) 107-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jamiyatning moliya-xoʻjalik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish uchun jamiyat ustavida jamiyatning taftish komissiyasini tuzish (taftishchisini saylash) nazarda tutilishi mumkin”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Taftish komissiyasi (taftishchi) aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan saylanadi”;
ikkinchi — toʻqqizinchi qismlari tegishincha uchinchi — oʻninchi qismlar deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi OʻRQ-1137-sonli Qonuniga asosan 4-moddaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 22-iyul — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son)
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyulda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi OʻRQ-163-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 3-iyunda qabul qilingan OʻRQ-387-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 6, 227-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 3, 166-modda, № 4, 199-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 10, 968, 973-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
1) 33-moddaning birinchi qismi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” degan soʻzlardan keyin “va (yoki) Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 39-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qimmatli qogʻozlardagi hisob-kitoblarni va qimmatli qogʻozlarning uyushgan savdosida qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar natijalari boʻyicha pul mablagʻlaridagi hisob-kitoblarni belgilangan tartibda amalga oshirish”.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 25-fevralda qabul qilingan “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-677-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 2, 146-modda) 36-moddasining birinchi qismidagi “10 foiz” degan soʻzlar “besh foiz” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
8-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 29-mart,
OʻRQ-760-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son; 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son)