26.03.2022 yildagi 136-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi boshqaruvini tashkil etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 22-fevraldagi PQ-141-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, Aydar-Arnasoy koʻllar tizimidan samarali foydalanish, ekologik holatni yaxshilash, aholining baliq va baliq mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish, hududda hayvonot va oʻsimlik dunyosi muhofazasini kuchaytirish, turizm salohiyatidan tizimli foydalanishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 22-fevraldagi PQ-141-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi” davlat unitar korxonasi Suv xoʻjaligi vazirligi muassisligidagi “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” masʼuliyati cheklangan jamiyati (keyingi oʻrinlarda — “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJ) sifatida qayta tashkil etilganligi hamda uning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimidan foydalanishni tubdan takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining moddiy-texnik bazasini shakllantirish uchun sotib olinadigan moddiy-texnika vositalarining roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi “Arnasoy” suv omborining barcha bino va gidrotexnika inshootlari hamda shtat birliklari Jizzax viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasida oʻzgartirishsiz qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJ mablagʻlari hisobidan har yili 1-dekabrga qadar shartnoma asosida Aydar-Arnasoy koʻllar tizimining (keyingi oʻrinlarda — koʻllar tizimi) suv havzasini, suvni muhofaza qilish zonasi va sohil boʻyi mintaqalari chegaralarini xatlovdan oʻtkazib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelajakda Sirdaryo havzasida suv resurslari hajmining kamayish ehtimolini hisobga olgan holda, koʻllar tizimining qisqa va uzoq muddatli istiqbolda suv hajmi va ekologik holatini modellashtirish hamda amalga oshirilishi lozim boʻlgan tadbirlar boʻyicha ilmiy-tadqiqot loyihasini amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻllar tizimida baliqchilik, hayvonot va oʻsimlik dunyosini koʻpaytirish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun 2022-yildan boshlab loyihalar tanlovini eʼlon qilib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv xoʻjaligi vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi va Sirdaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda koʻllar tizimiga quyiladigan kollektor-drenaj suvlaridan samarali foydalanish va ularning zararli taʼsirini kamaytirish boʻyicha Isroil hamda arab davlatlarining tajribasini oʻrgangan holda, ilmiy asoslangan taklif kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-iyunga qadar koʻllar tizimida ekologik muvozanatni saqlash boʻyicha 2030-yilgacha moʻljallangan dastur ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jizzax viloyati hokimligi, Navoiy viloyati hokimligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻllar tizimiga tutash hududlarda joylashgan davlat zaxirasidagi yer maydonlarini oʻrmon xoʻjaliklariga ajratib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orolboʻyi hududlarini oʻrmonlashtirish boʻyicha tajribalardan kelib chiqqan holda, 2022-2023-yillarda 500 gektar maydonda choʻl oʻsimliklaridan himoya oʻrmonzonlarni barpo etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Aydar-Arnasoy koʻllar tizimidan samarali foydalanish, ekologik holatni yaxshilash, suv sathini barqaror saqlash, suv bilan taʼminlash va shoʻrlanish darajasini kamaytirish boʻyicha respublika ishchi guruhining tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh (Sh.M. Gʻaniyev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili bahor va kuz oylarida koʻllar tizimi bilan bogʻliq ekologik holatni joyiga chiqqan holda oʻrganib, uning salbiy oqibatlarini tahlil qilish va oldini olish boʻyicha taklif kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorning bajarilishini tizimli nazorat qilsin hamda masʼul vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilgan ishlarni har chorak yakuni boʻyicha tahlil qilgan holda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 26-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
136-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-martdagi 136-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimidan foydalanishni tubdan takomillashtirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida ekologik muhit yomonlashuvining oldini olish

1.

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimiga (keyingi oʻrinlarda — koʻllar tizimi) quyiladigan kollektor-drenaj suvlaridan samarali foydalanish va ularning zararli taʼsirini kamaytirish boʻyicha Isroil hamda arab davlatlarining tajribasini oʻrgangan holda ilmiy asoslangan taklif tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Taklif

2022-yil iyul

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, Sirdaryo viloyati hokimligi

2.

Koʻllar tizimiga tutash hududlarda choʻl oʻsimliklaridan himoya oʻrmonzorlari barpo etish mumkin boʻlgan yer maydonlarini aniqlash va belgilangan tartibda oʻrmon fondi yerlari toifasiga oʻtkazish choralarini koʻrish, bunda:

ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan mablagʻlarni mahalliy budjetlarda nazarda tutish va belgilangan muddatlarda ajratib borish;

Jizzax va Navoiy viloyatlarining koʻllar tizimiga tutash hududlarning oʻrmon fondi yerlari toifasiga oʻtkazilgan yerlarning 500 gektarida choʻl oʻsimliklaridan himoya oʻrmonzorlarini barpo etish.

Chora-tadbirlar dasturi

2022-2023-yillar davomida

Jizzax viloyati hokimligi, Navoiy viloyati hokimligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

3.

Jizzax bosh kollektori va Markaziy Mirzachoʻl kollektoriga ifloslangan oqova suv tashlovchi potensial manbalarni aniqlash.

Tashkiliy tadbirlar

2022-yil may

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ

Jizzax va Guliston shaharlari kommunal xoʻjalik va sanoat tashkilotida hosil boʻlayotgan oqova suvlar sifatining belgilangan normativ talablarga muvofiqligi yuzasidan monitoring oʻtkazish.

Davriy ravishda

4.

Koʻllar tizimiga tashrif buyuruvchilarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida rekreatsion koʻllar hududida qutqaruv brigadasini va uning faoliyatini tashkil etish, bunda:

belgilangan tartibda plyaj zonalari tashkil etilishi uchun javobgarlikni tashkilot rahbari zimmasiga yuklash;

suv sathidan qatʼi nazar, suv akvatoriyasiga tutash hudud, shuningdek, suv sathi chizigʻidan 100 m doiradagi suv yuzasi uchastkasi sogʻlomlashtirish va sport maqsadlari yoki fuqarolarning dam olishi uchun moʻljallangan suv havzalaridan foydalanadigan tashkilotlarning javobgarlik zonasi hisoblanishini belgilash.

Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrugʻi

2022-yil iyun

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJ, manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Qozogʻiston Respublikasining “Chordara” suv omboridan koʻllar tizimiga suv tashlash yuzasidan Hukumatlararo ishchi guruh tuzish choralarini koʻrish.

Tashkiliy tadbirlar

2022-yil

Suv xoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

6.

Koʻllar tizimiga irrigatsiya tizimi kanallari orqali har yili qoʻshimcha suv tashlash choralarini koʻrish.

Tashkiliy tadbirlar

Har yili jadval boʻyicha

Suv xoʻjaligi vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, Navoiy viloyati hokimligi

7.

Koʻllar tizimidagi suvning aniq hajmini aniqlash uchun botiometrik oʻlchovlar oʻtkazish. Koʻllar tizimiga suv tashlovchi suv xoʻjaligi obyektlarida suvning hisobini yuritishni raqamlashtirish.

Chora-tadbirlar dasturi

2022-yil may

Suv xoʻjaligi vazirligi

Koʻllar tizimida qoʻshimcha gidrologik va boshqa kuzatuv punktlarini tashkil qilish.

Gidrometeorologiya xizmati markazi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi

8.

Koʻllar tizimining rekreatsion zonalar hududlarida hosil boʻladigan maishiy oqova suvlarni olib chiqish va zararsizlantirish uchun unga eng yaqin boʻlgan maishiy oqova suvlarni tozalash inshootlariga olib borish yoki oqova suv tozalash inshootlarini qurish yuzasidan taklif tayyorlash.

Taklif

2022-yil iyul

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Jizzax viloyati hokimligi, Navoiy viloyati hokimligi

II. Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida baliqchilikni rivojlantirish

9.

Koʻllar tizimida baliq zaxirasini koʻpaytirish, bunda:

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJ

Arnasoy suv omborida baliq ovlashga bir yilga moratoriy eʼlon qilish;

Chora-tadbirlar dasturi

2022-yil aprel

moratoriy davrida baliq ovlash holatlari aniqlanganda, ovlangan baliqlarni mehribonlik uylariga, bogʻcha va maktablarga tarqatish;

koʻlni ov qilish qurollaridan toʻliq tozalash;

Tashkiliy tadbirlar

2023-yil 1-aprelga qadar

melioratsiya ishlarini amalga oshirish.

Har yili jadval boʻyicha

“Aydar-Arnasoy koʻllar ti�imi” MChJ

10.

Mahalliy aholini doimiy ish bilan taʼminlash maqsadida “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJning “Baliq ishlab chiqarish” majmuasini barpo etish uchun Aydar-Arnasoy koʻllar tizimining “Tuzkon” hududidan 50 gektar yer maydonini belgilangan tartibda ajratish.

Jizzax viloyati hokimining qarori

2022-yil may

Jizzax viloyati hokimligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi

“Baliq ishlab chiqarish” majmuasi tarkibidagi yer uchastkalarining kadastr hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish.

Tashkiliy tadbirlar

2022-yil sentyabr

Kadastr agentligi, Jizzax viloyati hokimligi, “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJ,

Jizzax viloyatining mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan “Baliq ishlab chiqarish” majmuasiga olib keluvchi yoʻllarni taʼmirlash, doimiy elektr energiya va ichimlik suvi bilan taʼminlash choralarini koʻrish.

Chora-tadbirlar dasturi

Dasturda koʻrsatilgan muddatlarda

Transport vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Jizzax viloyati hokimligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ

11.

“Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJ tomonidan ovlangan baliq turlarining doimiy savdosini tashkil etish uchun dehqon bozorlarida yengil konstruksiyali baliq sotish nuqtalari ajratilishini taʼminlash.

Tashkiliy tadbirlar

Mavsum davomida

Toshkent shahar hokimligi, Jizzax viloyati hokimligi, Samarqand viloyati hokimligi, Navoiy viloyati hokimligi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi

III. Koʻllar tizimida turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish

12.

Koʻllar tizimining “Tuzkon” koʻli qirgʻogʻi boʻylab velosiped, kvadrotsikl, ot va tuyada sayr qilish hududlarini tashkil qilish.

Chora-tadbirlar dasturi

2023-yil aprel

Jizzax viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJ

13.

Koʻllar tizimining turistik salohiyatini koʻrsatuvchi targʻibot materiallari asosida xorijiy davlatlarda tashkil qilinadigan turistik va boshqa tadbirlarda taqdimotlar oʻtkazish.

Amaliy choralar

Yil davomida

Turizm va madaniy meros vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJ

14.

Koʻllar hududida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish.

Chora-tadbirlar dasturi

Yil davomida

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Jizzax viloyati hokimligi, “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJ, Ekologiya va atrof mu�itni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

15.

Koʻllar tizimi atrofida 2 km masofa kengligida chorvachilik bilan shugʻullanishga moratoriy oʻrnatish.

Chora-tadbirlar dasturi

Doimiy

Ekologiya va atrof ?uhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJ

16.

Koʻllar tizimi atrofida turistik zonalar tashkil etib, suv akvatoriyasi hududlarini biriktirish.

Chora-tadbirlar dasturi

Doimiy

Suv xoʻjaligi vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJ

IV. Koʻllar tizimida nazorat tizimini rivojlantirish

17.

Koʻllar tizimi akvatoriyasini muhofaza qilish hamda gʻayriqonuniy ov qilishning (brakonyerlik) oldini olish maqsadida:

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-martdagi 124-son qarori bilan tasdiqlangan Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi uchastkalarini baliq ovlash xoʻjaliklari tasarrufiga berish hamda sanoat baliq ovlashini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish;

“my.mehnat.uz” elektron manzilida identifikatsiya qilingan hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining “Ekonazorat” axborot tizimida qayd etilgan shaxslarga baliqchilik guvohnomasini elektron shaklda rasmiylashtirish;

sanoat maqsadida baliq ovlashni samarali nazorat qilish maqsadida ovlangan baliq miqdori va turlarini “Ekonazorat” axborot tizimi orqali shakllanadigan va soliq organlariga integratsiyalangan elektron yuk xatini rasmiylashtirish orqali qayd etish hamda realizatsiya qilish tizimini joriy etish yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha taklif tayyorlash.

Taklif

2022-yil may

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

18.

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan koʻllar tizimida sanoat usulida baliq ovlashga joriy etilgan moratoriyga rioya etilishi boʻyicha nazorat tadbirlarini amalga oshirish, bunda:

brakonyerlik holatlarini aniqlash va ularning oldini olish, huquqbuzarlarni javobgarlikka tortish choralarini koʻrish;

koʻllar tizimi akvatoriyasida patrul xizmatini olib borish;

suvdan toʻrlarni va ov qilish qurollarini yigʻib olish;

nazorat postlarida avtotransport vositalarini koʻzdan kechirish.

Tashkiliy tadbirlar

2023-yil 1-aprelga qadar

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi

19.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi huzuridagi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspeksiyasining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Aydra-Arnasoy koʻllar tizimi boʻlimini tashkil etish.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining buyrugʻi

2022-yil aprel

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

Arnasoy koʻllari tizimi boʻlimining moddiy-texnik bazasini shakllantirish, shu jumladan, dronlar bilan taʼminlash.

Tashkiliy tadbirlar

2022-2023-yillar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-martdagi 136-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining moddiy-texnik bazasini shakllantirish uchun sotib olinadigan moddiy-texnika vositalarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

(mln soʻm)

T/r

Moddiy-texnika vositalar nomi

Soni

Dastlabki qiymati*

shu jumladan:

Moliyalashtirish manbai

2022-yil

2023-yil

1.

Ekskavator

2

3 270

1635

1635

“Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJga Davlat soliq qoʻmitasi maxsus jamgʻarmasi hisobidan beriladigan begʻaraz moliyaviy koʻmak mablagʻlari hisobidan

2.

Buldozer

2

2 180

1090

1090

3.

Yuk tashuvchi ISUZU rusumli avtotransport

2

872

436

436

4.

ISUZU rusumli avtobus

2

545

272,5

272,5

5.

“Man” yuk mashinasi (18 tonnalik)

4

4 360

2 180

2180

6.

Yuklagich

2

1 090

545

545

7.

Yoʻltanlamas avtomashina

2

763

381,5

381,5

8.

“Niva” avtomobili

4

872

436

436

9.

“Arion” yer haydash traktori

2

1 090

545

545

10.

“TTZ 80” rusumli traktor

2

872

436

436

11.

Greyder

1

872

436

436

12.

Treller

2

2 180

1 090

1090

13.

“Kazanka M5” dvigatelli 40 — 60 qayiqlar

5

817,5

408,8

408,8

14.

“Amur” dvigatelli 40 — 90 qayiqlar

5

817,5

408,8

408,8

15.

“Progress” dvigatelli 40 — 60 qayiqlar

5

1 090

545

545

16.

Exolot

2

21,8

10,9

10,9

17.

GPS moslamalari

47

102,4

51,2

51,2

18.

Xizmat avtotransport vositasi**

4

654

327

327

Jami:

22 469,2

11 234,6

11234,6

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Tender yoki tanlov savdolari natijalariga koʻra aniqlik kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan avtotransport vositalari nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-martdagi 136-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimidan samarali foydalanish, ekologik holatni yaxshilash, suv sathini barqaror saqlash, suv bilan taʼminlash va shoʻrlanish darajasini kamaytirish boʻyicha respublika ishchi guruhining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Sh.M. Gʻaniyev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari

2.

Sh.R. Xamrayev

suv xoʻjaligi vaziri, ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari

3.

N.N. Oblomuradov

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi, ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari

4.

I.Y. Abduraxmanov

innovatsion rivojlanish vaziri

5.

Sh.J. Teshayev

qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari

6.

I.I. Norqulov

iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari

7.

O.Z. Nasritdinxodjayev

moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

8.

Lavozimiga koʻra

favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari

9.

U.A. Aʼzamov

turizm va madaniy meros vazirining birinchi oʻrinbosari

10.

S.A. Nishonboyev

ichki ishlar vaziri oʻrinbosari

11.

Sh.J. Raximov

Bosh prokuror oʻrinbosari (kelishuvga koʻra)

12.

E.A. Saliyev

Jizzax viloyati hokimi

13.

N.T. Tursunov

Navoiy viloyati hokimi

14.

Gʻ.Gʻ. Mirzayev

Sirdaryo viloyati hokimi

15.

B.S. Yuldashev

Fanlar akademiyasi prezidenti

16.

Sh.X. Xabibullayev

Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktori

17.

U.M. Mustafoyev

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisi

18.

A.B. Oʻrazkeldiyev

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti direktori v.b.

19.

X.X. Ishanov

Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimi, ishchi guruh kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/136/0243-son)