1-ILOVA
| T/r | Hududlar nomi | Tumanlar nomi | Tumanlardagi asosiy ekin maydoni (gektarda) | shundan, tumanlardagi paxta maydoni (gektarda) |
| 1. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi | Ellikqalʼa | 24 208 | 9 600 |
| 2. | Andijon | Ulugʻnor | 20 727 | 8 534 |
| 3. | Buxoro | Vobkent | 20 211 | 10 494 |
| 4. | Jizzax | Sharof Rashidov | 29 923 | 9 300 |
| 5. | Qashqadaryo | Qarshi | 37 979 | 15 000 |
| 6. | Navoiy | Navbahor | 23 720 | 7 555 |
| 7. | Namangan | Pop | 36 729 | 10 302 |
| 8. | Samarqand | Narpay | 21 115 | 10 762 |
| 9. | Surxondaryo | Jarqoʻrgʻon | 19 423 | 6 665 |
| 10. | Sirdaryo | Sayxunobod | 28 462 | 10 000 |
| 11. | Toshkent | Quyichirchiq | 35 969 | 11 461 |
| 12. | Fargʻona | Beshariq | 20 434 | 7 995 |
| 13. | Xorazm | Qoʻshkoʻpir | 23 909 | 9 600 |
| Jami | 342 809 | 127 268 | ||
2-ILOVA
| T/r | Chora-tadbir nomi | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar | |
| Hokimlik va tashkilotlar | Vazirlik va idoralar | |||
| I. Tuproqning unumdorlik holati va ozuqa elementlari bilan taʼminlanganlik darajasiga bogʻliq holda agrotexnik tadbirlarni oʻtkazish | ||||
| 1. | Paxta ekiladigan maydonlarda tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha bajariladigan tadbirlar rejasini ishlab chiqishda foydalanish uchun mavjud maʼlumotlar bazasi asosida tuproq holati toʻgʻrisidagi xulosani tayyorlash. | Yil davomida | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Kadastr agentligi (A. Allaberganov), Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (I. Ergashev) |
| 2. | Tuproq ball boniteti, gumus, umumiy azot, fosfor, kaliy hamda nitratli azot, harakatchan fosfor va almashinuvchi kaliy bilan taʼminlanishi darajasiga qarab gʻoʻzani mineral va organik oʻgʻitlar bilan oziqlantirish meʼyorlarini belgilash. | Yil davomida | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (I. Ergashev) |
| 3. | Shudgor oldidan yerga fosforli oʻgʻitlar yillik meʼyorining 70% ini (100 kg/ga sof holda, ammofos oʻgʻiti 220 kg/ga meʼyorda), kaliyli oʻgʻitning 50 % ini (50 kg/ga kaliy sof holda yoki 83 kg/ga kaliy xlorid oʻgʻiti) hamda mahalliy oʻgʻit (goʻng 15 — 20 tonna yoki kompost 20 tonna/ga miqdorida) solish yuzasidan seminar oʻtkazish. | 2022-yil oktabr-noyabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (I. Ergashev), Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (A. Toʻrayev) |
| 4. | Kuzgi shudgorning ahamiyati, oʻtkazish muddati, chuqurligi va mexanik tarkibi ogʻir maydonlarda plug osti qatlamini 60 — 70 sm chuqur yumshatish toʻgʻrisida seminarlar oʻtkazish hamda ilmiy amaliy tavsiyalar berish. | 2022-yil noyabr-dekabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (A. Toʻrayev) |
| 5. | Tuproqning shoʻrlanish darajalari, shoʻr yuvish jarayoni, usullari va meʼyorlari, tuproq tarkibidagi zararli tuzlarning gʻoʻza oʻsimligiga taʼsiri, ikkilamchi shoʻrlanish, shoʻrlangan yerlarda agromeliorativ tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha seminarlar oʻtkazish. | 2022-yil noyabr-dekabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev) Kadastr agentligi (A. Allaberganov) |
| 6. | Tuproq unumdorligini oshirishda oraliq va siderat ekinlar turi va navlarini tanlash va ekish, ilmiy asoslangan almashlab va navbatlab ekish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish va seminarlar oʻtkazish. | 2022-yil oktabr-noyabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (A. Toʻrayev) |
| II. Viloyatlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib gʻoʻza navlarini ilmiy asoslangan holda toʻgʻri joylashtirish rejasini tuzish va urugʻlik jamgʻarish | ||||
| 7. | Gʻoʻza navlarini tezpisharligi, hosildorligi, suv tanqisligi va shoʻrga bardoshliligi boʻyicha ilmiy asoslangan joylashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish. | 2022-2023-yillar sentabr — yanvar | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (A. Toʻrayev) |
| 8. | Ekish rejalashtirilgan gʻoʻza navlarining urugʻlik chigitlarini tayyorlash, sifatini nazorat qilish. | 2023-yil mart | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev) |
| 9. | Paxtachilikka ixtisoslashgan tumanlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda gʻoʻza navlaridan yuqori va sifatli paxta hosili yetishtirish agrotexnologiyalari boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyanomalar tayyorlash, oʻquv seminarlarini oʻtkazish. | 2023-yil mart | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (A. Toʻrayev) |
| 10. | Rayonlashgan, istiqbolli va yangi gʻoʻza navlari urugʻlik maydonlarini navga xos boʻlmagan oʻsimliklardan tozalash va aprobatsiya koʻrigidan oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar berish, mualliflik nazoratini olib borish. | 2023-yil avgust | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (A. Toʻrayev) |
| III. Ilmiy asoslangan agrotavsiyalar asosida begona oʻtlarga qarshi kurash va chigit ekish | ||||
| 11. | Tuproq turi va tarkibidan kelib chiqib, gʻoʻza maydonlarini kapital va joriy tekislash, chigitni ekishga tayyorlash, boronalash, molalash kabi tadbirlarning ahamiyati, oʻtkazish tartibi va muddati boʻyicha seminarlar oʻtkazish. | 2023-yil mart-aprel | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (A. Toʻrayev) |
| 12. | Chigitni ekish oldidan biostimulyatorlar bilan ishlov berish: “Uzgumi” 0,7-0,8 l/t, “Fitovak” 200 — 300 ml/t, “Bioduks” 2-3 ml/t va boshqa stimulyatorlarni qoʻllash, oʻsimlikning jadal oʻsishi va rivojlanishini taʼminlash maqsadida vegetatsiya davomida oʻsishni sozlovchi moddalar bilan barg orqali oziqlantirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish. | 2023-yil mart-aprel | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (A. Toʻrayev) |
| 13. | Chigit ekish bilan yoki ekishdan keyin begona oʻtlarga qarshi tuproq ustidan “Stomp” 0,8 — 1,0 l/ga, “Kotoran” 1,0 — 1,2 kg/ga va boshqa gerbitsidlarni qoʻllash boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berish. | 2023-yil mart-aprel | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (A. Toʻrayev) |
| 14. | Hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, chigit ekish grafiklarini ishlab chiqish va chigit ekish mavsumini qisqa muddatda (10 — 12 kun) yakunlash, toʻliq va sogʻlom nihol undirib olishga erishish. | 2023-yil aprel | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev) |
| 15. | Saralangan, dorilangan, yuqori unuvchanlikka ega urugʻlarni ekish bilan birga gektariga sof holda 15 — 20 kg azotli va 20 — 25 kg fosforli oʻgʻitlarni seyalkaga oʻrnatilgan maxsus moslamalar yordamida ekish chizigʻidan 5 — 7 sm uzoqlikda, 12 — 15 sm chuqurlikka solish va chigit ekishni taʼminlash. | 2023-yil mart-aprel | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev) |
| IV. Gʻoʻza yetishtirishda amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlarni ilmiy asoslangan tavsiyalar asosida oʻtkazish | ||||
| 16. | Dalalarning meliorativ tuproq sharoiti, ekish sxemasi va gʻoʻza naviga bogʻliq ravishda yaganalashni eng maqbul muddat — 1-2 chinbarg paydo boʻlganda oʻtkazish boʻyicha fermer xoʻjaliklari hamda agroklasterlar rahbarlari ishtirokida seminarlar oʻtkazish. | 2023-yil aprel-may | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (A. Toʻrayev) |
| 17. | Gʻoʻza qator oralariga ishlov berishning ahamiyati, ishlov berish muddatlari, chuqurligi, kultivatsiya oʻtkazishda ishchi organlar soni va ularni rostlash, begona oʻt bosgan uchastkalarda kompleks ishlov berish tadbirini sifatli oʻtkazishni monitoring qilish. | 2023-yil aprel-may | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev) |
| 18. | Gʻoʻzani oziqlantirishda mineral oʻgʻitlarning yillik meʼyorlariga koʻra, oʻgʻitlarni tuproqdagi harakatchan fosfor va almashinuvchi kaliy miqdorlariga bogʻliq holda tabaqalashtirib solish, tuprogʻi shoʻrlangan yerlarda azotli oʻgʻitlar meʼyorini 10 — 15 foiz oshirish, fosfor va kaliyli oʻgʻitlarni agrokimyoviy kartogrammalar asosida berishni tashkil etish. | Mavsum davomida | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (I. Ergashev) |
| 19. | Gʻoʻzani vegetatsiya davrida bargi orqali biostimulyatorlar bilan oziqlantirishning ahamiyati, ishlov berish muddati va meʼyorlari, stimulyatorlardan (“Uzgumi”, “Fitovak”, “Bioduks” va b.) samarali foydalanish boʻyicha seminarlar oʻtkazish. | Mavsum davomida | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (I. Ergashev), Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (A. Toʻrayev) |
| 20. | Gʻoʻzani chilpish muddati va usullari, kimyoviy chilpishda qoʻllaniladigan preparatlardan foydalanish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish hamda seminarlar oʻtkazish. | 2023-yil iyul-avgust | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Oʻsimliklar karantini va himoyasi (I. Ergashev), Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (A. Toʻrayev) |
| V. Hududlarda suvdan foydalanish samaradorligini oshirish va suv tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini qoʻllash | ||||
| 21. | Gʻoʻzaning oʻsishi, rivojlanishi va tuproqning mexanik tarkibini hisobga olgan holda sugʻorish muddatlari va meʼyorlarini belgilash, suv tejovchi usul va texnologiyalar qoʻllaniladigan maydonlarni kengaytirish, tuproqdagi namlikni uzoq muddat saqlab turuvchi texnologiyalardan foydalanish. | Mavsum davomida | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev) |
| 22. | Gʻoʻza navlarining biologik xususiyatlari hamda tuproq-iqlim sharoiti, sizot suvlari sathi, gidromodul hududlardan kelib chiqib sugʻorish davomiyligi, sugʻorishlar oraligʻi va texnikasi, sharbat usulida sugʻorish, tunda sugʻorishning ahamiyati, sugʻorishda zamonaviy asboblardan foydalanish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish. | Mavsum davomida | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar | Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev) |
| VI. Gʻoʻza maydonlarida ilmiy asoslangan holda defoliatsiya oʻtkazish hamda uning sifatini nazorat qilish | ||||
| 23. | Gʻoʻza defoliatsiyasining ahamiyati, defoliatsiya samaradorligiga taʼsir etuvchi omillar, oʻtkazish muddati va defoliantlar meʼyorlarini belgilash, ishchi eritmalarni tayyorlash, purkagich agregatlarni sozlash, ularni ishlatish tartiblari boʻyicha tavsiyanoma ishlab chiqish va seminarlar oʻtkazish. | 2023-yil avgust-sentabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (I. Ergashev) |
| 24. | Paxta hosilini mashinalar yordamida terish uchun dalalarni tayyorlash, terim mashinalarini doimo ish holatida boʻlishini taʼminlash va terimni tashkil etish. | 2023-yil sentabr-oktabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, paxta-toʻqimachilik klasteri va yerdan foydalanuvchilar | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev) |